Qator oralariga ishlov berish sifatini aniqlash



Download 308,59 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi308,59 Kb.
#201212
Bog'liq
999 (Автосохраненный)


QATOR ORALARIGA ISHLOV BERISH SIFATINI ANIQLASH

Qator oralariga ishlov berish sifati tuproqning fizik mexanik xususiyatlari, agregatlarning harakat tezligi, o’simliklar holati, kultivator ishchi organlari taxlanishi, o’rnatilishi va hokazolarga bog’liqdir.



Agrotexnik talablar.

1.O’stirilayotgan ekinlar qator oralariga ishlov berishda tuproq chuqurligi agrotexnik talablariga muvofiq bo’lishi lozim.

2. Ishlov berilgan tuproq yuzasi tekis, maydalangan va yumshoq bo’lishi lozim. Qator orasida, egat chuqurligidagi farq 3-5 sm dan oshmasligiga ruxsat etiladi.

3. Tuproqqa ishlov berishda pastki nam qatlam yuzaga chiqib ketmasligi kerak.

4. Himoya mintaqasi kengligini shunday maqbul olish kerakki, unda ishlov berilganda o’simlikning ildizi va ustki organlari zararlanmasligi kerak.

5. Qator oralariga ishlov berishda kultivator ishchi organlari o’tadigan mintaqada begona o’tlar to’liq kesilgan bo’lishi kerak.

6. Qattiq va suyuq o’g’itlarni agrotexnik talablarga muvofiq tavsiya etilgan chuqurlikka solish kerak.

7. Tuproqni yig’ishda o’simlik bo’g’ziga ko’mish lozim.



Sifat ko‘rsatgichlari.

Qator oralariga ishlov berish sifati quyidagi ko’rsatgichlar bo’yicha baholanadi:

1. Ishlov berish muddati

2. Ishlov berish chuqurligining tekisligi

3. Qator oralarida ishlov berilmagan joylar mavjudligi

4. Tuproqqa ishlov berilgan qatlamning bir tekisligi va ag’darilganligi

5. Ishlov berilgan mintaqada begona o’tlarning kesilganlik darajasi

6. Madaniy o’simlikning zararlanganlik darajasi



Qator oralariga ishlov berishni nazorati

Bir tekis chuqurlikda ishlov berishni aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Kultivatorning qamrash kengligi bo’yicha himoya qatoriga maydalangan va ko’milgan tuproqlar ajratiladi. Tuproqning yuza qismiga agregat harakati yo’nalishi bo’yicha perpendikulyar holatda reyka va chiziq bo’yicha juyak yuzasidan tubigacha masofa aniqlanadi (eng kamida har qatordan uchta joydan). Agar (sm) larga bo’lingan metall material bo’lsa, ishlov berish chuqurligi yumshatilgan tuproqni ajratmasdan aniqlanadi. Buning uchun metall materialni qatordagi egat yuzasidan ishlov berilmagan qattiq qismgacha suqiladi. Kultivatorning bir tekis chuqurligini aniq baholash uchun maydondan 25-30 martadan kam bo’lmagan mexanizatorning sxemasida o’tkaziladi.

Dala tajribalarida aniq taqqoslash zarur bo’lganda, kultivatsiya chuqurligi profillashtirish natijalariga ko’ra baholanadi. Buning uchun tuproq yuzasi ishlov berishgacha va profillashtiriladi, shuningdek profil kultivatsiya yo’nalishi bo’yicha bo’yiga va eniga uslubga muvofiq tushiriladi.

Tuproqqa bir tekis ishlov berish chuqurligini belgilashda farq +1 sm dan oshmasligi kerak. Agar kultivatorning ish organlari ishlov berishda har xil chuqurlikda ishlasa, u holda kultivatsiya chuqurligi har bir ishchi organi bo’yicha aniqlanadi. Keyin ishchi organlarning belgilangan chuqurlikdan farqi hisoblab topiladi.

Ekinning kultivator bilan zararlanish darajasi ko’p jihatdan o’simlikning rivojlanish davriga, ekish sifatiga, mexanizator mahoratiga, agregatning harakat 141 tezligiga va hakozolarga bog’liq bo’ladi. Bunda, ekishning boshlang’ich davrlarida kesilgan va ko’milgan o’simliklar kechki davrlarida esa, o’simlikning o’suv organlari zararlanishi hisobga olinadi.

O’simliklarning zararlanish darajasini baholash uchun agregat izidan 2 qator ajratiladi, ma‟lum masofadagi o’simliklarning umumiy miqdori, ko’milgan va mexanik shikastlangan o’simliklar soni hisoblanadi. O’simliklar qator orasi 70, 60 va 45 sm bo’lganda o’simliklar soni muvofiq holda 14,3; 16,7; 22,2 m qatordagi kesimda 1 ga da o’simliklar qalinligi muvofiq keladi. Zararlangan o’simliklar miqdorini foizda umumiy va hisobga olayotgan uzunligini bildiradiki, bunda traktor va kultivator bilan jarohatlangan o’simliklar aniqlanadi. O’simlikning jarohatlanish darajasi rivojlanish davrlarini hisobga olgan holda 5 balli shkalada aniqlanadi.



Nazorat savollari.

1. Qator oralariga ishlov berish sifati deganda nimani tushunasiz?

2. Qator oralariga ishlov berishda kultivatorga qanday agrotexnik talablar qo’yiladi?



3. Qator oralariga ishlov berish sifati qanday nazorat qilinadi?
Download 308,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish