Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashgan?



Download 97 Kb.
bet1/4
Sana18.01.2022
Hajmi97 Kb.
#391340
  1   2   3   4




21-variant

1. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashgan?

A) Yoshliging g‘animat, bolam, o‘sib, un. – U yoshli ko‘zlari bilan menga termilardi.

B) Uning o‘tli nigohlari qarshisida hech narsa deya olmas edi. – Bolaligimni eslasam, o‘tloqda dumalab o‘ynaganlarimiz yodimga tushadi.

C) Tuzdonni stol ustiga keltirib qo‘ydi. – Tuzsiz xamir tandirda turmas.

D) Cho‘lboboning payvandlariga havas qilmaydigan bog‘bon kam topiladi. – U bog‘li poyabzal sotib olishni mo‘ljallagan edi.


2. Bahor. . . Bu kun olam uyg‘onmoqda. Ana, yam-yashil maysalar xuddi jajji qizaloqlar kabi qiqirlab bosh ko‘tarmoqda. Quyosh olam uzra iliq nurlarini taratmoqda. Ushbu parcha qaysi uslubga xos?

A) rasmiy uslub

B) badiiy uslub

C) so‘zlashuv uslubi

D) ilmiy uslub

3. Qismat bu isnod-u uyat. . . ayni biz. . . boshimiz. . . solgan erkankim, shul zamonda tug‘ilganimdan pushaymondaman, musibatli damlarda qulayotgan saltanat tojdori. . . – siz. . . , qanot bo‘lolmaganimdan ozurda va armondaman. Ushbu parchadagi ko‘p nuqtalarning o‘rnida qo‘llab bo‘lmaydigan kelishik qo‘shimchasini aniqlang.

A) qaratqich kelishigi

B) o‘rin-payt kelishigi

C) jo‘nalish kelishigi

D) tushum kelishigi

4. Qaysi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilmagan?

A) Bolalar atrofni to‘yib-to‘yib tomosha qilishdi.

B) Shunda uchchala ayolning o‘g‘illari kelib qolishibdi.

C) Vatan muqaddas tushincha sanaladi.

D) Darxaqiqat, endi uning qo‘lidan osonlikcha qutulib bo‘lmaydi.

5. "Institutni bitirgan yilim meni aspiranturaga qabul qilishdi va men yana shaharda qoldim", – deb so‘zini davom ettirdi u biroz o‘ylangandan so‘ng. Ushbu gapda qatnashgan fe’llar haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas?

A) 1 o‘rinda orttirma nisbatdagi sof fe’l qatnashgan.

B) O‘timli fe’llarning 1 tasi birgalik nisbatida.

C) Sof fe’llarning faqat 2 tasi xabar maylidagi fe’l sanaladi.

D) Gapdagi sifatdoshlar 2 xil nisbatda.

6. Qaysi javobda badiiy uslubga oid gap berilgan?

A) Uchrashuv 15-may kuni soat 15:00 da maktabning majlislar zalida boshlanadi.

B) Ikki til – o‘zbek va fors tillari – ikki pahlavon, ular goh mantiqning gurzisini ko‘taradilar, goh husn va salobatlarini namoyish qiladilar.

C) Ushbu ma’lumotnoma so‘ralgan joyga ko‘rsatish uchun berildi.

D) Tovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik

hodisalar deb yuritiladi.

7. Qaysi gapda yasama otdan yasalgan sifat qatnashgan?

A) Maqtanchoqliging tufayli sen do‘stlaringning e’tiboridan qolding.

B) Alisher Navoiy bilimsiz tabiblarni jallodga o‘xshatardi.

C) U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan kamgap va qaysargina bir bola ekan.

D) Bir vaqtlar sen turtkilagan yigit bugun senga rahbar bo‘lib kelmoqda.
8. Qaysi javobda sifat turkumiga oid so‘z bilan paronim bo‘la oladigan birlik berilgan?

A) azm B) ahil C) xam D) xiyla


9. Qaysi javobda holat ravishlari berilgan?

A) olg‘a, qiynalib, ko‘p

B) dir-dir, kuyinib, yumshoq

C) yugurib, harsillab, shoshib

D) arang, mardlarcha, jim
10. Ega vazifasida kelgan juft fe’l qatnashgan gapni toping.

A) Konspekt daftarini olib, o‘sha yerda ko‘chiraman-qo‘yaman.

B) Oyqizning shunchalik yelib-yugurishi ham umuman foyda bermadi.

C) Tog‘asining qo‘llab-quvvatlashi tufayli u tijoratda ulkan yutuqqa erishgandi.

D) Yosh Hakima boshqa o‘rtoqlaridan qolmaslik uchun qizarib-bo‘zarib ishlardi.
11. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub emas?

A) tuzmoq-suzmoq

B) jon-don

C) ziyon-ziyod

D) g‘ildira-shildira
12. Qaysi javobdagi so‘zlarning barchasi imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?

A) kakao, inkubator, fotoaparat

B) kordinata, bakalavr, vakum

C) teleko‘rsatuv, magistratura, dissertatsiya

D) kompressor, komissiya, manitoring
13. U bog‘li poyabzal sotib olishni mo‘ljallagan edi. Ushbu gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan asosdosh bo‘la oladigan so‘z qaysi javobda qatnashmagan?

A) Nodirjon echkini o‘tloqqa bog‘lab uyga qaytdi.

B) Bu voqeadan qanday xulosa chiqarishi uning aql-idrokiga bog‘liq.

C) Yigit tadbirkorligi tufayli yerli, suvli va bog‘li mulkdorga aylanibdi.

D) Polvon belini belbog‘ bilan mahkam bog‘ladi va ishga shaylandi.
14. Qaysi gapda ot turkumiga oid so'zlar bilan omonim bo'la oladigan ot qatnashgan?

A) Shu shirkatga tegishli daladagi paxtani teringlar.

B) Bir yil tut ekkan kishi qirq yil mevasini teradi.

C) Bu yilgi bahorning kechikishi daladagi yumushlarni ham kechiktirdi.

D) Ular dushman lashkarlariga qaratib to'p ota boshladjlar.
15. Yasama sifat ishtirok etmagan gapni aniqlang.

A) O'zbekistonning kelajagi yorug' va ertasi porloqligi shubhasiz.

B) Ilm kaliti yordamida yo'llarida uchraydigan muammolarni yechib ketaveradilar.

C) Kelajakning oltin kaliti turli sohalarda o'zini ko'rsata oladigan yoshlar qo'lida.

D) Xalqimizning bilimli yoshlari bugun dunyoning eng taraqqiy etgan ilm dargohlarida ta’lim olib kelmoqdalar.
16. Qaysi gapda fe'llarning munosabat shakli qo'shimchasi bilan omonim bo'la oladigan nisbat qo'shimchasi qatnashgan?

A) U akalari bilan ariq qazib, suvsiz cho'lga suv chiqaribdi.

B) Ko'z ochgani qo'ymaydi alam...

C) "Daraxtni yer ko'kartiradi, odamni – e1", – deydi dono xalqimiz.

D) Kechikib ekilgan g'alla ham, chigit ham, keyin berilgan ishlovlarga qaramay, yaxshi unmadi.
17. Omonim so'zdan yasalgan faoliyat-jarayori otini aniqlang.

A) ro'shnolik B) shofyorlik C) ko'rik D) terma


18. Qaysi gapda ravishdosh shaklidagi yasama fe'l qatnashgan?

A) Endi barcha qilgan ishlari uchun o'zi javob bergani mahkamaga ketibdi.

B) Bolasi yig'lagani uchun uzoq kutib o'tirolmadi, uyiga ketdi.

C) – Biz siznikiga hamma ovqatingizni yeb qo'ygani keldik, xola, – dedi Nodirjon kulib.

D) Otasi safardan qaytavermagach, xavotirlangan Akramjon ukalariga xabar berdi.
19. Quyidagi qatorda fe'l asosida ifodalangan o'timli-o'timsizlik ma'nosi nisbat qo'shimchasi ta'sirida o'zgargan fe'llar necha o'rinda berilgan? kuylatmoq, oʻylanmoq, qiynalmoq, yedirmoq, silkinmoq, jimirlatmoq, bo'shatmoq

A) 7 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta


20. Qaysi javobda paronim bilan bogʻliq xatolik mavjud emas?

A) Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi yod yaxshi.

B) O'zbekni qon qaqshatganni oʻzbek siylar,

Holimizni qon kuzatdi yassaviylar. . .

C) Sen – shohlari osmonlarga

Tegib turgan chinorim. . .

D) Xalq ganchin yulmoqqa cho'zilgan qoʻlga

Biz alvon guldasta tutibmiz faqat.



Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish