Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar



Download 171,5 Kb.
bet14/29
Sana31.12.2021
Hajmi171,5 Kb.
#203319
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
niyozova

To`rtinchi shart – ushlash zararlar nisbati teng bo`lgan holdagina qonuniy hisoblanadi, ya`ni ushlash vaqtida yetkazilgan zarar sodir etgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga va harakteriga ushlash holatiga nisbatan to`g`ri kelmasligi mumkin emas.

Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida unga yetkazilgan zararning qonuniyligini baholashda ushlash vaqtidagi shart-sharoitlar hamda vaziyat, qilmishni sodir etgan shaxsning ushlanishdan qochish maqsadida qilgan harakatlari, ushlovchining kuchi va imkoniyatlari, xavflilik darajasi, ruhiy holati bilan bog`liq bo`lgan boshqa holatlar hisobga olinadi. Xususan, odam o`ldirgan shaxs qarshilik ko`rsatmasa yoki uning qarshiligi ahamiyatsiz bo`lsa, unga zarar yetkazish ushlash chegarasidan chiqmasligi kerak. Mabodo shaxs jinoiy javobgarlikdan qochib, uni ushlamoqchi bo`lgan shaxsga tajovuz qilsa, ushlashni amalga oshiruvchi shaxs zarar yetkazishning yo`l qo`yilgan chegarasidan chetga chiqish huquqiga egadir. Bunday harakat yetkazilgan zarar zaruriy mudofaa deb kvalifikatsiya qilinishi kerak.

Demak, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazishning qonuniyligi shartlarini ikki guruhga bo`lib o`rganish mumkin.

Ushlashning qonuniyligi va asoslanganligini belgilovchi shartlar:

a) ushlash uchun asoslarning jinoyat qonuni bilan taqiqlangan jinoiy qilmish sodir etilgan vaqtda vujudga kelishi;

b) jinoyat sodir etgan shaxsning odil sudlovdan yashirinish maqsadida qochishi.

Ushlashni amalga oshirayotgan shaxsning harakatlarini ifodalovchi shartlarga:


  1. 1) zararning jinoyat huquqiy ushlashni amalga oshirayotgan shaxs tomonidan yetkazilishi;

  2. 2) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida qo`llaniladigan usul va vositalarning ehtimoliy bo`lmasligi kerak.

Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashga qaratilgan chora-tadbirlar qilmish va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga mos kelishi kerak.

Ushlangan shaxsga u yetkazgan zararga nisbatan kam yoki teng darajada zarar yetkazilgan bo`lsa, u holda jinoyat sodir qilgan shaxsni ushlagan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Nisbatan aybdor va ushlagan shaxsning harakatlarida tenglik bo`lmagan bo`lsa, ushlash choralari chegarasidan chetga chiqish holati mavjud bo`ladi.

O`zbekistan Respublikasi Jinoyat kodeksining 39-moddasi 2-qismiga ko`ra, ushlash choralari chegarasidan chetga chiqish deganda ushlash vositalari va usullariga, qilmish va uni sodir etgan shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga, shuningdek,, ushlash sharoitiga butunlay mos kelmaydigan va natijada ushlanayotgan shaxsga qasddan zarar yetkazilishini tushunish lozim.

Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash choralaridan chetga chiqish – zarar yetkazishning majburiyligi va nisbatan tenglik belgilaridan tashqari yuqorida sanab o`tilgan boshqa shartlar mavjud bo`lgandagina huquqiy hisoblanadi.

Albatta, ko`p hollarda jinoyatchini ushlash vaqtida unga ma`lum bir zarar yetkazilishi mumkin.

Zaruriy choralar chegarasidan chetga chiqish deb topish uchun jinoyatchini ushlagan shaxs yetkazgan zarar va jinoyatchi tomonidan yetkazilgan zararlarning teng emasligi shart, lekin bu tengsizlik jinoyatchini ushlagan shaxs uchun yetarlicha aniq va ravshan bo`lgan bo`lishi lozim. Ushlash vaqtida ushlash choralari chegarasidan chetga chiqish oqibatida yetkazilgan zarar nafaqat ochiq va ravshan, balki ushlash zaruriyatining oqibatida vujudga kelgan bo`lishi zarur.

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 101-moddasida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o`ldirganlik uchun, 108-moddasida esa ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og`ir shikast yetkazganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan.

Ko`rsatilgan jinoyat — huquqiy normalarning tahlili, Jinoyat kodeksida jinoyatchini ushlash choralari chegarasidan chetga chiqish oqibatida uning badaniga og`ir shikast yetkazilishigacha ruxsat beriladi, degan xulosa qilish imkonini beradi. Ushlash choralaridan chetga chiqishda ehtiyotsizlik bilan har qanday darajadagi shikast yetkazish hamda tajovuz qilayotgan shaxsni ehtiyotsizlik orqasida o`ldirilganligi uchun mudofaalanuvchi javobgarlikka tortilmaydi.

Tergov va sud amaliyotida u yoki bu qilmishni zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish deb topishda ularni sodir etilish belgilariga ko`ra farqlash masalasida ma`lum bir qiyinchiliklar mavjud.

Shu bilan birga, qilmishni to`g`ri kvalifikatsiya qila olish - birinchidan, jinoiy javobgarlikka tortiluvchi shaxsning huquqiy maqomini belgilash; ikkinchidan, Jinoyat kodeksi oldida turgan vazifalarning bajarilishini ta`minlash; uchinchidan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning obro`-e`tibori va nufuzini ko`tarish uchun muhimdir.

Shu sababli tergov va sud organlari ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish institutini zaruriy mudofaa va oxirgi zaruratdan farqlashda quyidagilarga e`tibor berishlari lozim:


    1. 1)    ushlashga bo`lgan huquq ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi bilan vujudga kelsa, zaruriy mudofaa mudofaalanuvchi shaxsga qarshi yo`naltirilgan tajovuz sodir etilishi bilan, oxirgi zaruratga bo`lgan huquq esa nafaqat shaxsdan, balki xohlagan manbadan kelib chiquvchi xavfning paydo bo`lishi natijasida yuzaga keladi;

    2. 2)    ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash bo`yicha tashabbus barcha hollarda bunday huquqqa ega bo`lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi, zaruriy mudofaa va oxirgi zaruratda esa shaxs bunday sharoitga kirib qolishi tufayli zarar yetkazishga majbur bo`ladi.

Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash huquqi bunday qilmish sodir etilishi bilan vujudga keladi va amalga oshiriladi, zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat esa tajovuz yoki xavfning amalga oshirilishi fakti bilan shartlangan bo`ladi.

Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashdan asosiy maqsad – bunday shaxsni hokimiyat organlariga topshirish bo`lsa, zaruriy mudofaa va oxirgi zaruratda maqsad – tajovuzchini yengish va xavfni bartaraf etish hisoblanadi.

 


Download 171,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish