Zaruriy mudofaa



Download 53,82 Kb.
bet1/6
Sana09.07.2022
Hajmi53,82 Kb.
#766671
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
jinoyat huquqi kurs ishi

O’zbekiston Respublikasi Oliy vaO’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi


Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy Fanlar Fakulteti Milliy G’oya:Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 3-kurs talabasi Safarov Akromjonning Jinoyat huquqi fanidan “ZARURIY MUDOFAA” mavzusida



Qabul qildi: Fayziyev A
Toshkent-2015

MUNDARIJA


KIRISH
1) Zazuriy mudofaa tushunchasi

  1. Qonunga xilof tajovuz tushunchasi va turlari

  2. Hujumni qaytarish vaqtida zarar yetkazishning maqsadi

  3. Himoyaning zaruriy mudofaa chegarasidan chiqmasligi

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


KIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida «har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega», deb belgilab qo‘yilgan.
Davlat fuqarolarning mazkur huquqlari himoyalanishini kafolatlaydi, bir­oq unga (davlatga) yordam olish uchun murojaat qilish imkoni bo‘lmay qol- gan hollarda u fuqarolarga o‘zini faol mudofaa qilish huquqini beradi. Bu huquq zaruriy mudofaa instituti sifatida mustahkamlab qo‘yilgan.
Zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, ya’ni mudofaalanuvchiboshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish chog‘ida qilingan harakat, agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqma- gan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi (JK 37-m.).
Zaruriy mudofaa - subyektiv huquq bo‘lib, har qanday fuqaro undan foy­dalanishi yoki voz kechishi mumkin. Biroq bu xizmat faoliyati jinoiy element- larga qarshi kurash bilan shug‘ullanuvchi shaxslar uchun ayni vaqtda kasbiy burchdir, shuning uchun ular fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlarini faol himoya qilishdan bo‘yin tovlay olmaydilar, aks holda bu ular uchun jinoiy yo­ki o‘zga javobgarlikni keltirib chiqaradi
1. Zaruriy mudofaa tushunchasi.

Zaruriy mudofaa huquqi fuqarolarga jinoyatchilikka qarshi mustaqil ku- rashish, bunda hatto hujum qilgan shaxsga kuch ishlatishdan ham qaytmaslik uchun keng imkoniyat yaratadi. Qonunning bunday imkoniyat berishi fuqaro- larning jinoyatchilikka qarshi faol kurash olib borishlariga salmoqli hissa qo‘shadi va jinoyatchilikning oldini olish vositalaridan biri hisoblanadi. Fuqaroning hujumdan faol mudofaalanish huquqini bilgan jinoyatchi, asossiz ravishda qaqshatqich zarba olishdan cho‘chib, o‘z jinoiy niyatidan qaytishi mumkin.
Mudofaalanuvchining tajovuzchiga zarar yetkazish yo‘li bilan qilgan harakatining qonuniyligi to‘g‘risida darak beruvchi muhim holat hujum qilu­vchi qilmishining jinoiyligi yoki qonunga xilofligi fakti hisoblanadi.
Jinoyat huquqi fani va sud amaliyoti tajovuz va undan himoyalanishga oid bir qator qoidalarni ishlab chiqqan bo‘lib, qilmishni zaruriy mudofaa deb kvalifikatsiya qilishda unga rioya qilish shart.
Tajovuzga taalluqli bo‘lgan shartlar tajovuzning huquqiy tabiatini, vaqt doirasi va haqiqiyligini tavsiflaydi. Himoyaga taalluqli shartlar uning ijtimoiy maqsadini, yo‘l qo‘yiladigan zararning chegarasi va bunday zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan shaxslar doirasini tavsiflaydi. Faqat yuqorida zikr etilgan ta­jovuz va himoyaga oid sharoitlarning majmuasigina zaruriy mudofaaning huquqiyligini qayd etish uchun asos beradi1.
Shunday qilib, agar tajovuz:
qonunga xilof bo‘lganida (uning yuridik tabiati belgilanadi);
mavjudligida (uning xavfliligi saqlanib turgan vaqt aniqlanadi);
haqiqiyligida (qonun bilan qo‘riqlanadigan obyektga qilingan tajovuz­ning haqiqiyligi aniqlanadi) zaruriy mudofaa qonuniy bo‘ladi.
Shuningdek, himoya zaruriy mudofaaning qonuniyligini asoslaydigan quyidagi shart-sharoitlar bilan tavsiflanishi kerak:
ijtimoiy maqsad - mudofaalanuvchi yoki boshqa shaxs manfaatlari yoxud davlat, jamiyat manfaatlari himoyasi;
faqat tajovuz qilgan shaxsga zarar yetkaziladi, uchinchi shaxsga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
himoya zarurat chegarasidan oshmasligi kerak.


Zaruriy mudofaa - shaxs, davlat yoki jamiyat manfaatlarini himoya qilish vaqtida, agar zarurat doirasidan chetga chiqish bo‘lmasa, tajovuz qiluvchiga qonuniy zarar yetkazish. Zaruriy mudofaa ijtimoiy foydali qilmish singari tavsiflanadigan barcha shartlar bajarilganida, jinoyat va jazoga loyiqlik istisno etilganida qonuniydir. Zaruriy mudofaa har bir kishining subyektiv huquqi hisoblanadi va shuning uchun shaxs mudofaalanishi kerakmi yoki yo‘qmi, de­gan masala yakka tartibda hal etiladi, u sud tomonidan munozaraga sabab bo‘lishi mumkin emas



Download 53,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish