Qishloq xo’jailigi sohasida investitsiyalar va investitsion faollikni oshirish oshirishning ahamiyati va takomillashtirish yo’llari



Download 46,15 Kb.
bet1/3
Sana30.11.2022
Hajmi46,15 Kb.
#875651
  1   2   3
Bog'liq
2 Qishloq xo’jailigida sohasida investitsiyalar va investitsion


Qishloq xo’jailigi sohasida investitsiyalar va investitsion faollikni oshirish oshirishning ahamiyati va takomillashtirish yo’llari

Ubaydullaev Qayrulla

Iqtisodiyot fanlari doktor, professor.

Sabirbaev Dastan

Qoraqalpoq davlat universiteti doktoranti

Rezyume
Ushbu maqolada investitsiya oqimlarining qishloq xo’jaligi soxasidagi xojaliq yurituvchi subyeklar moliyaviy faoliyatiga tasiri va mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o’sish borasida amalga oshirayotgan iqtisodiy islohatlar tasiri haqida yo’zilgan.
Kalit so’zlar: investitsiya, investitsion faollik, qishloq xo’jaligi, agrosanoat kompleks, sanoat.
Резюме
В данной статье рассматривается влияние инвестиционных потоков на финансовую деятельность сельскохозяйственных субъектов и влияние экономических реформ на обеспечение устойчивого экономического роста в стране.
Ключевые слова: инвестиция, инвестиционная активность, сельское хозяйство, агропромышленный комплекс, промышленность.
Summary
This article discusses the impact of investment flows on the financial activities of agricultural entities and the impact of economic reforms on ensuring sustainable economic growth in the country.
Key words: investment, investment activity, agriculture, agro-industrial complex, industry.
Nazariy jihatdan investitsiya masalasini turli aspektlari П.И.Вахрин, П.Л.Вилснский, А.M.Гатауллин, В.П.Алферьев, В.M.Баутин, А.Н.Борисенко, Н.A.Борхунова, Н.Ф.Зарук, А.П.Зинченко, А.Я.Кибирова, М.A.Коробейникова, А.И.Косяева, В.В.Кузнецова, В.В.Милосердова, А.В.Петрикова kabi chet el olimlarining va S.N.Usmonov, R.X. Xusanov, K.A.Chariev, O’.P.Umurzakov kabi yurtimizning olimlari asarlarida o’z aksini to’pgan. Ularning ilmiy mehnatlarida investitsiyalar va investitsiyaviy faoliyatning nazariy qoidalari va tajriybalari tizimlashtirilgan va umumlashtirilgan. Biroq zamonaviy sharoitda investitsiya jarayonlarini ishlab chiqish, tahlil qilish, asoslash va baholash, investitsiya yo‘nalishlari va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash shakllarini, shuningdek, investitsiyalarning samaradorligini o‘rganish yetarli darajada o‘rganilmagan. Bunnan tashqari, ko'plab xorijiy va mahalliy iqtisodiy fan olimlarining asarlari investitsion faoliyat muammolariga bag'ishlangan bo’lib, ularda asosan takror ishlab chiqarish jarayonida investitsiyalar va kapital jamg'arish o'rtasidagi bog'liqlik muammosiga, investitsiya strategiyasini ishlab chiqishga, investitsiyalarning ayrim turlarining rolini tahlil qilishga va boshqalar masalalarga alohida e'tibor berdilar.
Biz o‘rganayotgan olimlarning tadqiqotlari muhim ilmiy-uslubiy manba hisoblanadi. Mualliflarning fikricha, ushbu tadqiqotlarda investitsiyalarni jalb qilish, ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha nazariy va uslubiy natijalar olingan bo‘lsa-da, hududlar sharoitida investitsiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar, jalb etishni rag‘batlantiruvchi omillar hududlarga investitsiyalar hajmi va ularning motivatsiyasi cheklangan.
Shu bilan birga, ilmiy adabiyotlarda iqtisodiy o‘sishga o‘tish davrida to‘liq resurslar bilan ta’minlash, agrosanoat majmuasini rivojlantirishning innovatsion turi, investitsiya faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmining barcha quyi tizimlarining kompleks o'zaro ta'siri bilan bog’liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha yetarlicha tadqiqotlar mavjud emas.
Global iqtisodiyot iqlim o‘zgarishlari va COVID-19 pandemiyasidan jabr ko‘rayotgan bo’lsa, geosiyosiy o’yinlar, bir-birining iqtisodiyotini to’ltiruvchi davlatlarining oz aro siyosiy qaramshiliqlari va harbiy harakatlar sababli post pandemiya davrida ham global bozor iqtisodiyoti yangi qiyinshiliqlarga dush kelmoqda. Chunonchi, dunyodagi eng muhim qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi davlatlar bo’lgan Rossiya va Ukraina ortasida boshlangan harbiy harakatlar butun dunyo davlatlariga, ayniqsa rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiyoti, qishloq xo’jaligi, va oziq-ovqat sohasidagi vaziyatga jiddiy ta’sir ko’rsatmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (the Food and Agriculture Organization of the United Nations, FAO) ma’lumotlariga ko’ra, “2021 yili Ukraina va Rossiyaning jahon bug’doy bozordagi ulush 30 foizni tashkil qilgan bo’lsa, ikki davlat ortasha hisobda jahon miqyosida 2016-17 va 2020-21 yillar davomida jami arpa yetishtirishning 19 foizi, bug‘doy yetishtirishning 14 foizi, makkajo‘xori yetishtirishning 4 foizi, kungaboqar yog‘i ishlab chiqarishning 50 foizdan oshiqroq qismini tashkil qilaganini ko’rsatgan. Deyarli 50ta davlat, oz bug’doy ehtiyojining kamida 30 foizni mazkur davlatlardan import qiladigan bo’lsa, ulardan 26ta davlatning 50 foizni bug’doyi import esa mazkur davlatlardan keltiriladi.”[1]
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar orqali shuni xulosa qilish mumkinki, Ukraina va Rossiya davlatlarining insonlarning birinchi darajali ehtiyoji, yani iste’mol uchun zarur bo’lgan bug’doy mahsulotining 2021 yili jahon bug’doy bozoriga bug’doyning 1/3 qismini yetkazib berishi, dunyo davlatlari bu davlatlarning qishloq xo’jaligi sohasiga naqadar bog’liq ekanligini ko’rsatmoqda. Post pandemiya davridan keyin, yuz berayotgan geosiyosiy va harbiy harakatlar sababli bug’doyning bu davlatlardan eksport qilish imkoniyatining chegaralanishi shakllangan global iqtisodiy zanjirning buzulishiga va global miqyosida oziq-ovqat bilgan bog’liq salbiy oqibatlarga o’lib kelishi ehtimolligi yuqoriligisha qo’lmoqda.
“FAO”ning 2022-yil mart oyidagi hisobotiga ko’ra, oziq-ovqat narxlari indeksi o‘rtacha 159,3 punktni tashkil qilib bu indeks 1990-yilda yaratilganidan beri eng yuqori darajaga yetgan fevral oyiga nisbatan 12,6 foizga ko‘pdir. Ushbu indeks eng ommabop oziq-ovqat mahsulotlari savatiga jahon narxlarining oylik tebranishlarini kuzatish imkonini beradi. Ushbu darajadagi indeks 2021 yil mart oyiga nisbatan 33,6 foizga yuqori bo'ldi. “FAO” don mahsulotlari narxlari indeksi mart oyida fevral oyiga nisbatan 17,1 foizga yuqori bo‘lib, oy davomida bug'doyning jahon narxlari 19,7 foizga o'sdi, makkajo'xori narxi bir oy ichida 19,1 foizga ko'tarilib, rekord darajaga yetdi, arpa va jo'xori ham ta'sir ko'rsatganligini ma’lum qilmoqda. [2]
Bu esa oz navbatida, jahon maydonida yuz berayotgan keskin iqtisodiy tebranishlar yurtimizda oziq ovqat xavfsizligi, bug’doy va don erkinligi asosini tashkil qiluvchi yurtimizning qishloq xojaligi sohasiga ham yangi chaqiriqlarni yo’llamoqda. Qishloq xo’jailigi sohasiga investitsiyalarni jalb qilish hamda investitsion faollik oshirish davlatning oziq-ovqat xavfsizligini va aholining farovonligi ta’minlash yo’lida naqadar dolzarb ekanligini ko’rsatmoqda.
Mamlakat taraqqiyoti jarayonida investitsiyalar mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va hududlarni faol ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim vositasi sifatida qaralmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlanganidek, “...iqtisodiy o‘sish, birinchi navbatda, raqobatbardosh ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish va ushbu maqsadlar uchun investitsiyalarni ko‘paytirish hisobiga ta’minlanadi. ” [3]
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi va agrosanoat majmuasini samarali rivojlantirish investitsiya faolligini oshirish, qishloq xo‘jaligi sohasiga turli manbalardan investitsiyalarni jalb etish, ulardan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash va oqilona foydalanish kabi bir qator omillar bilan bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 maydagi “G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-262-son qarori bilan fermer xo‘jaliklari va g‘allachilik klasterlarining moddiy manfaatdorligini oshirish, ichki bozorni bug‘doy va un mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, g‘allani davlat ehtiyojlari uchun zarur hajmdan ortiq xarid qilishdan voz kechish orqali sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun qishloq xojaligi sohasida bozor mexanizimini joriy qilishda yangi boshqishlarni boshlab bermoqda. [4]
Qishloq xojaligi sohasida davlatimiz tomonidan olib borilyotgan islohotlar orqali yaratilayotgan bozor mexanizmlariga asoslangan qulay ishbilarmonlik muhiti ushbu sohada xizmat ko’rsatayotgan xojaliklarga investityalarni jalb qilish imkoniyatlarini oshirmoqda va yurtimiz ishki bozorlarida mavjud bo’lgan aholining birinchi darajali oziq-ovqat mahsulolariga bo’lgan ishki talabini qondiribgina qolmastan, xalqaro bozorlarga eksport qilish imkoniyatini oshirmoqda. Bu esa o’z navbatida, bugungi global bozor iqtidiyoti sharoitida xalqaro maydonda yurtimizning oziq-ovqat xavfsiziligin taminlashga asos yaratmoqda deb hisoblaymiz.
Qishloq xojalig’i sohasida bozor tamoyillarga amal qiluvchi tizimni joriy etish orqali, mazkur sohada faoliyat yurituvchi subektlarning moliyaviy barqarorli va investitsiyaviy jozibadorligining oshishiga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va iqtisodiy maqsadlarning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlaydi. Xususan, mamlakatimizda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard dollar, jumladan, 70 milliard dollar xorijiy sarmoyani jalb etish choralarini ko‘rish vazifasi qo‘yildi. Qishloq xoʻjaligi sohasida qishloq xoʻjaligini ilmiy asosda jadal rivojlantirish hisobidan fermerlar daromadini kamida 2 barobar oshirish, har yili kamida 5 foiz oʻsishiga erishish va bunga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal etish nazarda tutilmoqda:
- hududlarning ayrim turdagi mahsulotlarni yetishtirishga ixtisoslashuvi.
- qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish va yangi sug‘urta mexanizmlarini joriy etish.
- 464 ming gektar yangi va foydalanishdan chiqarilgan yerlarni o‘zlashtirish va ularni ochiq tanlov asosida klasterlarga ajratish. 200 ming gektar paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish va ochiq asosda uzoq muddatli ijaraga berish.
- eksportbop mahsulotlar yetishtirish va meva-sabzavotlarni rivojlantirish, intensiv bog‘lar maydonini 3 barobar, issiqxonalar maydonini 2 barobar, eksport salohiyatini yana 1 milliard dollarga oshirish.
- tuproq unumdorligini oshirish va himoya qilish.
- qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish tizimini ilm-fan va innovatsiyalarga asoslangan holda takomillashtirish. Agrosanoat korxonalarini xomashyo bilan ta’minlash va mahsulot ishlab chiqarishni 1,5 barobar oshirish.
- Agrologistika markazlarini rivojlantirish va zamonaviy laboratoriyalar sonini ko‘paytirish. Urug‘lik va ko‘chat yetishtirish milliy dasturini amalga oshirish.
- yetakchi xalqaro ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil etish. Qishloq xo‘jaligida fan va amaliyot integratsiyasini chuqurlashtirish.
- aholining yerdan samarali foydalanishi uchun sharoit yaratish.[5]
Shu jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasi hududida 2022 yilning o’zida bir qator investitsiyaviy loyihalar amalga oshirish belgilangan bo’lib, ular quyidagi jadvalda o’z aksini topgan:



Download 46,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish