Qishloq xo’jaligini o’zbekiston iqtisodiyotidagi o’rni



Download 69 Kb.
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi69 Kb.
#232039
  1   2   3   4
Bog'liq
asm mustaqil 2


Qishloq xo’jaligini o’zbekiston iqtisodiyotidagi o’rni

Reja:



  1. Agrosanoat majmuasi haqida tushuncha.

  2. Qishloq xo`jaligining respublika iqtisodiyotida tutgan o`rni.

  3. Mustaqillik yilarida agrar sertordagi islohotlar.


Agrosanoat majmuasi (ASM) - qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va tayyor mahsulotni iste`molchilarga yetkazib berish bilan bog`liq tarmoqlar yig`indisidir. Agrosanoat majmuasining asosiy vazifasi-aholining oziq-ovqat mahsulotlari va xalq iste`moli tovarlariga bo`lgan ehtiyojlarini to`laroq va samaraliroq qondirishdan iborat.

Mamlakatimiz ASM agrosanoat integratsiyasi va kooperatsiyasining mahsuli bo`lib, o`tgan asrning 70-yillaridan boshlab yagona tizim sifatida shakllana boshladi. Bu davrga kelib bir nechta tarmoqlarning yagona majmuaga birlashishi uchun moddiy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar barpo etilgan edi.

ASMning pirovard mahsulotini yaratishda ishlab chiqarish va muomala sohasining turli bosqichlarida bevosita va bilvosita 70 dan ortiq tarmoqlar ishtirok etadi. ASM tarkibiga texnologik va iqtisodiy jihatdan o`zaro bog`liq va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdan oxirgi iste`molchiga yetkazib berishgacha bo`lgan jarayonda bevosita ishtirok etuvchi tarmoqlar kiradi. Ushbu jarayonda ishtirok etayotgan tarmoqlar o`rtasidagi nisbat agrosanoat majmuasining tarmoq tarkibini tashkil etadi.

ASM 3 ta sohani o`z ichiga qamrab oladi. Birinchi soha sanoatning agrosanoat majmuasini ishlab chiqarish vositalari bilan ta`minlovchi, shuningdek, qishloq xo`jaligiga ishlab chiqarish va texnik xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlardan iborat. Bu sohaga ASM uchun mashina, traktor, kombayn, stanoklar, ishchi mashinalar, qishloq xo`jaligi texnikalari uchun ehtiyot qismlar, yoqilg`i-moylash materiallari yetkazib beruvchi, mineral o`g`it va ximikatlar, qishloq xo`jaligi zararkunandalariga qarshi vositalar ishlab chiqaruvchi, chorvachilik uchun omixta yem ishlab chiqaruvchi korxonalar, qishloq xo`jaligi ekinlari va chorva mollari uchun dori-darmon ishlab chiqaruvchi ixtisoslashgan korxonalar va boshqalar kiradi.

ASMning birinchi sohasiga kiruvchi tarmoqlar ishlab chiqarish jarayonini resurslar bilan ta`minlash, qishloq xo`jaligini sanoatlashtirish va qayta ishlash sanoatida texnika taraqqiyoti uchun asos yaratish, majmuaning barcha bo`g`inlarini samarali faoliyat ko`rsatishi uchun shart-sharoit barpo etishga imkon yaratadi. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari va umuman pirovard mahsulot ishlab chiqarishning bir maromda kechishi, uzluksizligi va ommaviyligi ushbu tarmoqlar faoliyatiga bog`liq.

Ikkinchi sohaga bevosita qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi korxonalar, birinchi navbatda, fermer va dehqon xo`jaliklari kiradi. Bundan tashqari ASMning ikkinchi sohasiga-pillachilik, asalarichilik, qisman o`rmonchilik (tabiiy oziq-ovqat va dorivor o`simliklar yetishtirish) hamda baliqchilik kiradi. Bu soha ASMning asosini, yadrosini tashkil etadi. Majmuaning boshqa sohasiga kiruvchi tarmoqlar asosan shu soha mahsulotlari asosida faoliyat yuritadilar yoki ushbu sohaga xizmat ko`rsatadilar.

4-chizma.


ASMning uchinchi sohasi qishloq xo`jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste`molchilarga yetkazib beruvchi tarmoqlar va korxonalarni o`z ichiga qamrab oladi. Paxta, go`sht va sut zavodlari, meva sharbatlari chiqaruvchi zavodlar, yog`-moy kombinatlari, jun, kanop, pillani qayta ishlash korxonalari, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yoki ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni saqlaydigan korxonalar, ularni sotish bilan shug`ullanuvchi korxonalar shu sohaning tarkibiy qismlari hisoblanadi.

ASMning uchinchi sohasi qishloq xo`jaligi xom ashyosini sanoat usulida birlamchi qayta ishlash, uni tayyorlash va saqlash, shuningdek, xom ashyoni ikkilamchi qayta ishlash va aholiga sotish uchun tayyor darajaga yetkazishni ta`minlaydi. Ushbu sohaga kiruvchi tarmoqlar tayyor mahsulotni saqlash va sotish joyiga yetkazib berishni ham amalga oshiradi.

Mamlakat aholisining turmush darajasi ASM, ayniqsa, uning uchinchi sohasi rivojlanishining holati va sur`atlariga bog`liq.


Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish