Qishloq xo‘jalik qoldiq mahsulotlarini qayta ishlash orqali biogumus tayyorlash



Download 225,71 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi225,71 Kb.
#406670
Bog'liq
машгулот 4


4-amaliy mashg‘ulot: Qishloq xo‘jalik qoldiq mahsulotlarini qayta ishlash orqali biogumus tayyorlash (barg, xazon, shox-shabbalar asosida).

Qishloq xo‘jalik qoldiq mahsulotlarini qayta ishlash orqali biogumus tayyorlash (barg, xazon, shox-shabbalar asosida).

Ammonifikatsiya jarayoni

Asbob va reaktivlar: kolba, penton (eruvchan oksil), tuproq, qizil lakmus qog‘oz, ko‘rg‘oshin atsetat [Рb(СН3СОО)2] tuzi eritmasi va oksalat kislota (Н2С2О4) shimdirilgan qog‘ozlar, tiqin tayyorlash uchun paxta, buyum oynalari, fuksin, mikroskop, bakterial ilmoq, immerspon moy (kedr moyi).
Bu ishni bajarish uchun 200 ml xajmli kolbaning 3/4 qismigacha 3% li pelton eritmasi to‘ldirnlib, unga 0,5 g chamasi tuproq aralashtirnladi. Tuproq tarkibidagi aerob va anaerob bakteriyalar ta’sirida bu aralashmada ammonifikatsiya protsessi boshlanadi.



4-rasm. Ammonifikatsiya protsessini tekshirish uchun o‘tkaziladigan tajriba: a - qizil lakmus qog‘oz; b - oksalat kislota (H2C2O4) va v - qo‘rg‘oshin atsetat [Рb(CH3COO)2] tuzi eritmalarn shimdirilgan lakmus qog‘ozlar.
Kolba og‘ziga qo‘yilgan paxta tiqinning bir joyiga suvda namlangan qizil lakmus qog‘oz, ikkinchi joyiga konsentrlangan oksalat kislota (Н2С2О4) va uchinchi joyiga qo‘rg‘oshin atsetat [Рb(СН3СОО)2] tuzi eritmasi shimdprilgap kog‘oz parchalari osib qo‘yiladi (4-rasm). Bakteriyalarga qulay sharoit yaratish uchun kolba 30°C issiq termostatga qo‘yiladi. Oradan bir necha kun o‘tgach, osib qo‘yilgan qog‘ozlarning rangi o‘zgargan-o‘zgarmaganligi tekshiriladi. Jumladan, qizil lakmus kog‘oz protsess vaqtida ajralib chiqqan ammiak ta’sirida ko‘k rangga kiradi. Qo‘rg‘oshin atsetat tuzining eritmasi shimdirilgan qog‘oz H2S ishtirokida qora rangga, oksalat kislota shimdirilgan qog‘oz indol ta’sirida pushti rangga kiradi.

Bu reaksiyalarning hammasi ammonifikatorlar ta’sirida peptonning parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan mahsulot borligini isbotlaydi.

A. Aerob sharoitda hayot kechirib, oqsil chirishini aktivlashtiruvchi organizmlarni ko‘rish uchun: dastlab toza va quruq buyum oynasining o‘rtasiga bir tomchi suv tomiziladi. So‘ngra sterillab sovitilgan ilmoqda kolba ichidagi tuproq yuzasidan namuna olib, buyum oynasidagi suv tomchisida yaxshilab aralashtiriladi. Bu aralashmadan bir tomchi olib, boshqa buyum oynasida mazok tayyorlagach, ochiq havoda quritiladi. Birinchi buyum oynasida qolgan aralashma ustiga qoplagich oyna yopib, bakteriyalarning harakatlanishi yoki harakatlanmasligi kuzatiladi.

Quritishga qo‘yilgan preparatdagi mazok fiksatsiyalanib, fuksin bilan bo‘yalganidan keyin, mikroskopning 90x li ob’ektivi orqali qaraladi va mavjud organizmlarning shakli, spora hosil qilishi aniqlanadi.







5-rasm. Ammonifikatsiya protsessida nshtirok etadigan mikroorganizmlar:

a - batsillus mikoides; (Bacillus mycoides); chapda - cpora hosil qilish oldidagi vegetativ hujayralari; o‘ngda - koloniyalari; b - batsillus subtilis (Vacillus subtilis); v - batsillus putrifikus (Basillus putrifigus); g - proteus vulgaris (Proteus vulgaris).


Mikroskopda oval shaklli spora hosil kiladigan harakatchan mayda tayoqchalar - batsillus mikoides (Bacillus mycoides) borligi ko‘rinadi. Bu batsilla peritrix tipda joylashgan xivchinli bo‘lib, oqsilni ammiakkacha parchalaydi. Qattiq oziq muhiti yuzasida zamburug‘ mitsellalari (iplari) ga o‘xshash koloniyalar hosil qiladi (5-rasm, a). Oqsilniig chirishida pichan batsillasi (Bacillus subtilis) ham aktiv ishtirok etadi (5-rasm, b).

B. Oqsilning anaerob sharoitda parchalaiishida ishtirok etadigan batsillus putrifikans (Bacillus putrificans) ning bor-yo‘qligini aniqlash uchun kolbadagi muhit o‘rtasidan uning tubigacha chuqur qilinib, ilmoqda tuproq olinadi va buyum oynasiga tomizilgan suvda suyultiriladi. So‘ngra bu suyuqlikdan, yuqorida ko‘rsatilgandek, ezilgan, tomchi va fiksatsiyalangan preparat tayyorlanadi va mpkroskopning kichik hamda katta ob’ektivlari orqali qaraladi. Bunda spora hosil qiluvchi, baraban tayoqchasi shaklidagi batsillalar ko‘rinadi (5-rasm, b).



Proteus vulgaris (Proteus vulgaris) nomli bakteriya esa ingichka tayoqchalar shaklida ko‘rinadi (5-rasm, g). Bu bakteriya spora hosil qilmaydi. Oqsilning parchalanishi natijasida indol va H2S hosil bo‘ladi. Agar muhitga uglevod qo‘shilsa, karbonat angidrid va vodorod gazlari ham ajraladi. Proteus vulgaris fakultativ anaerob bakteriya bo‘lib, aerob va anaerob sharoitda yashaydi. Daftarga mikroskopda kuzatilganlarning rasmini chizib, tegishli ma’lumotlar yozib olinadi.
Download 225,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish