Qonuni aholi bandligi to‘G‘risida


-modda. Xususiy bandlik agentliklarining aholi bandligiga ko‘maklashishda ishtirok etishi



Download 128,53 Kb.
bet10/74
Sana25.02.2022
Hajmi128,53 Kb.
#464581
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74
Bog'liq
642-qonun(1)

14-modda. Xususiy bandlik agentliklarining aholi bandligiga ko‘maklashishda ishtirok etishi
Xususiy bandlik agentliklari ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga ish tanlash hamda ishga joylashtirish, ish beruvchilarga kadrlarni tanlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlarini taqdim etadi.
Xususiy bandlik agentliklari quyidagi xizmat turlarini ko‘rsatadi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaxslar va ishsiz shaxslar uchun ish tanlash;
ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni ishga joylashtirish;
ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari.
Xususiy bandlik agentliklarining faoliyati “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
15-modda. Ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar
Ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar aholining ishga joylashishiga ko‘maklashishga doir ishlarni mahalliy mehnat organlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda bajaruvchi jismoniy shaxslardir.
Ishga joylashtirish bo‘yicha agentlarga aholini ishga joylashtirishga ko‘maklashganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda hamda miqdorlarda rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega to‘lovlar amalga oshiriladi.
16-modda. Autstaffing xizmatlari
Autstaffing ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlarini ularning roziligi bilan boshqa yuridik shaxslarga ushbu xodimlar tomonidan ish beruvchi va uning xodimi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalarida, shuningdek jamoa kelishuvlarida belgilangan mehnat vazifalarini bajarish uchun vaqtinchalik yuborish yo‘li bilan ko‘rsatiladigan xizmatlar turidir.
Autstaffing xizmatlari ish beruvchi va boshqa yuridik shaxs o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida ko‘rsatiladi.
Xodimlar autstaffing xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq mehnat vazifalarini ular ish beruvchi tomonidan qaysi yuridik shaxsga yuborilgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxsning manfaatlarini ko‘zlab, uning boshqaruvi va nazorati ostida amalga oshiradi. Xodimlar mehnatiga haq to‘lash ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar autstaffing xizmatlari ko‘rsatish huquqiga ega. Ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlarini ular mehnat vazifalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bajarish uchun yuborish bilan bog‘liq autstaffing xizmatlari ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Autstaffing xizmatlari ko‘rsatish tartibi va autstaffing xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar bo‘yicha bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan ishlar turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Download 128,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish