Qonuni aholi bandligi to‘G‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalarning amal qilish muddati



Download 128,53 Kb.
bet71/74
Sana25.02.2022
Hajmi128,53 Kb.
#464581
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Bog'liq
642-qonun(1)

113-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalarning amal qilish muddati
O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalar yuqori malakali va malakali mutaxassislar uchun mehnat shartnomalarining amal qilish muddatiga, biroq ko‘pi bilan uch yilga, cheksiz miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan, ammo har bir holatda ko‘pi bilan uch yilga beriladi. Bunda yuqori malakali va malakali mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘rindoshlik asosida ishlash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma olmagan holda o‘rindoshlik asosida ishlash huquqiga ega.
Boshqa chet ellik fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalar mehnat shartnomasining amal qilish muddatiga, biroq ko‘pi bilan bir yilga, cheksiz miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan, ammo har bir holatda ko‘pi bilan bir yilga beriladi.
18-bob. Mehnat bozori va aholi bandligi infratuzilmasini rivojlantirishga doir axborot texnologiyalari
114-modda. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini yuritish
Mehnat bozori va aholi bandligi infratuzilmasini rivojlantirishga doir axborot texnologiyalari bandlikni tartibga solish sohasida vaqt, mehnat, quvvat hamda moddiy resurslar sarflanishini kamaytirish uchun axborot jarayonini samarali tashkil etishga doir ma’lumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish va ularni uzatish vositalari hamda uslublarining majmuidir.
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi quyidagilarni ta’minlaydi:
ish beruvchilar va xodimlar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini, shu jumladan mehnat shartnomalarini tuzish, mehnat shartnomalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni bekor qilish tartib-taomillarini elektron ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirishni;
ish beruvchilarning tuzilmasi (shtat jadvali), shu jumladan mavjud va tashkil etiladigan ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari, mehnatga haq to‘lash shartlariga doir axborot to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirishni;
fuqarolarning elektron mehnat daftarchasida xodimlarning mehnat stajini hisobga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlarga, hisoblangan ish haqi va jismoniy shaxslarning mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlaridan to‘langan soliqlar, fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasi hisobvaraqlariga to‘lovlar haqidagi axborotga asoslangan mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish va yuritishni;
aholi bandligi sohasida davlat siyosati olib borilishini muvofiqlashtirishni va uning samaradorligini oshirish uchun mehnat bozori ko‘rsatkichlarining holati va sur’atlari to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni idoralararo tizimlashtirilgan tarzda va muntazam ravishda elektron almashishni joriy etishni;
xodimlar hamda ishchilarning son va sifat jihatidan tarkibi, bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari haqida avtomatik rejimda tuzilgan, shuningdek ish beruvchilarning ishga joylashish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan malakaviy va boshqa talablari to‘g‘risidagi xolis, shaffof hamda dolzarb axborotni shakllantirishni;
mehnat resurslarining, shu bilan birga mehnat resurslarining toifalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning vaqti-vaqti bilan yangilanib turiladigan balansini shakllantirishni;
mehnat munosabatlari va mehnat muhofazasining, ishga joylashtirish dasturlari amalga oshirilishining o‘tkaziladigan tekshiruvlari, ish o‘rinlari attestatsiyasi, shuningdek Mehnat muhofazasi sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining yagona reyestriga tegishli ma’lumotlar (axborot) to‘liq joylashtirilishini ekspertizadan o‘tkazish natijalari monitoringini yuritishni;
vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati, uyushgan mehnat migratsiyasi to‘g‘risidagi kelishuvga asosan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirilgan fuqarolar haqida ma’lumotlar bazasini yaratishni;
mehnat bozorining, ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifning rivojlanish prognozlarini shakllantirishni;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining amalga oshirilgan va amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan axborot resurslarini uyg‘unlashtirishni.
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Download 128,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish