II. Qonun loyihasini tayyorlash
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamenti”.
9-modda. Qonun loyihasini tayyorlash tartibi
Qonun loyihasini tayyorlash:
qonun loyihasini tayyorlash to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqish va uni tayyorlash to‘g‘risida qaror qabul qilishni;
qonun loyihasini tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy va moliyaviy jihatdan ta’minlashni;
zarur materiallar va axborot to‘plashni;
qonun loyihasining konsepsiyasini ishlab chiqishni;
qonun loyihasini tuzishni;
huquqiy va boshqa zarur ekspertiza o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.
10-modda. Qonun loyihasini bir nechta qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari bilan birgalikda tayyorlash
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti qonun loyihasini birgalikda tayyorlash to‘g‘risidagi taklif bilan boshqa qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga murojaat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |