Qo'qon universiteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 1-19 guruh talabasi Mirzayeva Mohiraning Ijtimoiy pedogogika fanidan yozgan Mustaqil ishi Mavzu: Ijtimoiy pedogogika predmeti


Sotsium-bola sotsializatsiyasi uchun muxim ahamiyatga ega



Download 410,73 Kb.
bet3/3
Sana30.06.2022
Hajmi410,73 Kb.
#719307
1   2   3
Bog'liq
IJ2Uom9oXSOu34 DGsVNXbxNTVLmZBET

Sotsium-bola sotsializatsiyasi uchun muxim ahamiyatga ega.
Bola rivojlanishida muhitning ta’siri:Ijtimoiy pedagogikada sotsium yaqin ijtimoiy muhit orqali bolaning umuman jamiyatga kirib borishi jarayoni nuqtai nazardan ko'rib chiqiladi.Sotsiumda inson munosabatlari va hayoti ijtimoiy shart-sharoitlari o’zaro ta’sir xususiyatiga ega.
Muhit-bu nafaqat ko’cha balki o’ziga xos qoida va munosabatlar tizimiga ega bo’lgan insonlar birligi.
Shaxs sotsalizatsiyasiga makro,mikro va mezo omillar ta’sir ko’rsatadi.
Mikroomillar-inson yashdigan mamlakat,jamiyat,davlat hamda dunyoviy planetalar jarayonlar-ekologik demografik,iqtisodiy ijtimoiy-siyosiy omil kabilar kiradi
Mezoomillar-etnik ko’rsatmalarni shakllantirish, shaxsning milliy hayot va etnik munosabatlarning u yoki bu hollarni qabul qilshi,insonlarning o’z tarixi va hozirgi hayoti haqida qarashlari va fikrlari va ommaviy komunikatsiya vositalari kiradi.
Mikroomillar-yaqinginamakonioila,ta’limmuassasalari,tengdoshlaguruhi kiradi.
Fan bilimlar tizimi, uning tushunchalari va mezonlarida aks etadi. Tushunchalar-mavjud dunyoni idrok etish jarayonidagi aks etilishi shakllaridan biri. Har qanday fan rivojlanish jarayonida tushunchalar fan mezoniga birlashadi, kengayadi va qayta xosil qilinadi. Mezonlar yanada umumiy, fundamntal «asliy» deb atalmish tushunchalarni birlashtiradi. Bu tushunchalardan mazkur fanda ishlatiladigan tushunchalar hosil bo‘ladi. Oxirgi yillarda pedagogikada farqlanish jarayoni kuchaydi. Ko‘pgina yangi ilmiy sohalar yuzaga keldi, bular soniga ijtimoiy pedagogika ham kirdi. Pedagogikaning har bir yangi ilmiy sohasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar uning mezon va tushunchalari tizimida o‘z aksini topali. Ijtimoiy pedagogika mezonlarini ko‘rib chiqishda avvallambor biz pedagogika mezonlarini ajiratamiz. U (pedagogika) boshqa fanlardan nimani o‘zlashtirganini, kaysi mezonlar asil o‘ziniki ekanligini ko‘rib chiqamiz. Sung u boshqa fanlardan nimani o‘zlashtirganini va k.aysi tushunchalar o‘ziniqiligini bilish uchun pedagogika mezonlarini ijtimoiy pedagogikaga loyhalashtiramiz. Ma’lumki, pedagogika boshqa fanlar tushunchalarini o‘zlashtiradi va ulardan keng foydalaniladi, masalan «shaxs», «rivojlanish», «faoliyat», «sotsializatsiya» (ijtimoiylashuv), «jamiyat». Uning asil mezonlari «ta’lim», «tarbiya» va «o‘qitish» hisoblanadi. Hozirgi kunda shuningdek umum qabul qilingan «pedagogik faoliyat» mezoni ham kiradi. Ijtimoiy pedagogika asl mezonlariga «ijtimoiy pedagogik faoliyat», «ijtimoiy ta’lim» va «ijtimoiy tarbiya» kiradi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat va ijtimoiy ta’lim. Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom, ijtimoiy xulq-atvorning me’yor va qoidalari haqidagi turli bilimlarni, jamiyatga Ko'nikishiga yordam beruvchi turli ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtiradi. Bu jarayon, ayniqsa, bolalikda juda jadal sur’atlar bilan amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida o’z aksini topuvchi nihoyatda ko‘p bilimlarni oladi. Bola ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati, uning jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish me’yorlariga baho berishi va nazorat qilishining qiyinligidadir. U bularni faqat o‘zlashtirib boradi, shuning uchun ham bola shaxsining ijtimoiylashuv jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxassislarning (psixolog, shifokor, pedagog va shu kabilar) ta’siri katta bo’lib, bolalarni hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshiroq, o‘zlashtirishlari, ularni hayotda qullashga intilishlari aynan ularga bog‘liqdir. Buning ijtimoiy pedagogika bilan bog‘liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish jarayonida bola, avvalo, akademik bilimlarni o‘zlashtiradi. Biroq shu bilan bir vaqtda unda muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanadi. Bu bilim, ko‘nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida - bolaga maxsus yordam kerak bo‘lganda juda zarur bo’ladi. Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni unga etqazish, ijtimoiy ko’nikma va malakalarni shakllanganligi deyiladi. Tarbiya pedagogikaning asosiy olimlarni diqqat markazida bo’lib kelgan. Shu bilan birga, “tarbiya” tushunchasining mazmuni amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni belgilaydi. Boshqa tomondan, tarbiya ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi uning lug’aviy ma’nosidan ancha kengdir. Shuni hisobga olib, ijtimoiy tarbiyani insonning qobiliyati, bilimi, qadriyatlar, u yashayotgan jamiyatga munosabatidan iborat imkoniyatlarini ob’ekti rivojlanish tarixi rivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus tarbiya tashkilotlarida amalga oshiriladigan jarayon sifatida ko‘rib chiqish lozim. Boshqa so’zlar bilan ifodalaydigan bo‘lsak, ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga yo‘naltirishdir. Bu sharoitlar individual va guruhiy sub’ektlarning uchta o‘zaro bog‘liq va shu paytning o‘zida mazmuni, shakli va usuli jihatidan nisbatan mustaqil bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi: bolalar, o‘smirlar, o‘spirinlar ijtimoiy tajribasini tashkil qilish, ularning ta’lim olishlarini ta’minlash hamda ularga individual yordam ko‘rsatish. Ijtimoiy tajribani tashkil qilish guruh(jamoa)larning maishiy va hayotiy faoliyatini tashkil qilish, o‘z-o‘zini boshqarish faoliyatini rag‘batlantirish va norasmiy mikrog’ururlarga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko‘nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurish-turish me’yori va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, moslashish tajribasi, shuningdek, o‘z-o‘zini anglash, o‘ziga ishonch, o‘z ijtimoiy xayot yulini belgilash va shu yo‘ldan borish tushuniladi. Ta’lim o‘z ichiga quyidagilarni oladi: uzluksiz tizimli ta’lim (rasmiy ta’lim), madaniyatni targ‘ib qilish va tarqatish, o‘z-o‘zini shakllantirishga va mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirish. Individual yordam insonga muammolarni hal qilishda, o‘z-o‘zini rivojlantirishda, jamiyatdagi mavqyeini, o‘rnini yuksaltirishda namoyon bo‘ladi. Individual yordam boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo‘lgan bilim, malakalarni o‘zlashtirishda insonga ongli yordam berish, uning o‘z qadrini bilishi, o‘z-o‘zini anglashi hamda unda oila, guruh va jamiyatga mansublik hissini rivojlantirishdir. Tabiiyki, ijtimoiy tajriba ta’lim va individual yordamning usul, shakl, mazmun, tavsifi va jadalligi bevosita tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va ularning qaysi ijtimoiy madaniy sohdga mansubligiga bog‘liq. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari va tashkilotlarida farqlanib, bu farq tashkilot turiga, unda faoliyat yuritadigan pedagoglarning amalga oshirayotgan ishlariga bog‘liq.
Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabat shu jarayonning sub’ektlari orasidagi axborot, faoliyat usullari va qadriyatlar almashinuvidir. Bunday munosabat ijtimoiy jiqatdan tabaqalashgan, alohida ko‘rinishga ega. Chunki o‘zaro munosabatning aniq ishtirokchilari muayyan etnik, ijtimoiy va ijtimoiy psixologik gurular vakili bo‘la turib, o‘z munosabatlarida u yoki bu darajada ular mansub guruxdarga tegishli ijtimoiy xulqni amalga oshirishadi. Umuman olganda, o‘zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati, bu faoliyatning mazmuni, xarakteri, tarbiyaviy samaradorligi, faoliyat ishtirokchilari va ular o‘zlarini qay darajada shaxs deb qisoblashlariga bog‘liq. O‘zaro munosabat jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy tarbiya insonning ijobiy ijtimoiy, ma’naviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda qulay sharoitlar yaratadi.
Avloniy ma’rifiy g‘oyalarini nafaqat o‘z ijodida ilgari surgan. U tomonidan 1908 yilda kambag‘allar uchun maktab ochilgan va u erda ona tilini o‘qitishning yangi usullari qo‘llanilgan. Pedagogik faoliyat bilan sermaqsul shug‘ullanishni kanda qilmay, u darslik va qo‘llanmalar yoza boshlagan. Amaliy bilimlarni eng kerakli va foydali deb hisoblaganligi uchun Avloniy ta’lim-tarbiya tizimini kundalik hayotga yaqinlashtirishga harakat qilgan bo‘lib, bu olimning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq” darsliklarida uz aksini topgan. Avloniydan so‘ng ma’rifat va dunyoviy bilimlarning faol targ‘ibotchisi Miskin edi. Miskinning ta’limiy va ma’rifiy qarashlari ijtimoiy-siyosiy mohiyatga ega bo‘lib, u o‘zbek ilg‘or pedagogik g‘oyalarining rivojiga katta hissa qo‘shgan. Miskin ta’lim jarayonini yosh avlodni xalqqa xizmat qilish uchun tarbiyalash kerak, deb tushungan va o‘z qarashlarini rivojlantirgan. Miskin va boshqa o‘zbek ma’rifat- parvarlarining intilishlari tarbiyaning ijtimoiy jihatini oshirishga, ijtimoiy tarbiyani kengaytirishga, insonning turli ijtimoiy munosabatlarga kirishi, boshqa davlatlar va xalqlar hayotini o‘rganishga qaratilgan edi.

Download 410,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish