Qo’qon Universtiteti “Menejment” yo’nalishi To’xliyev Abdumannong


"Nestle" kompaniyasining shakllanish tarixi



Download 306,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana30.12.2021
Hajmi306,27 Kb.
#94098
1   2   3
Bog'liq
2 5319010885186882038

"Nestle" kompaniyasining shakllanish tarixi “Nestle” kompaniyasining tarixi 

1866-yildan boshlanadi, o’shanda birinchi marotaba Genri Nestle bolalar uchun sutli 

qorishma “FarineLactee”ni yaratdi va uni ishlab chiqarishni boshlaydi. 1886-yilda esa, 

asoschilari ikki amerikalik – Charlz va Jorj Peyjami bo’lgan “Quyiltirilgan sut ishlab 

chiqarish va sotish bilan shug’ullanuvchi Anglo-Shvetsariya kompaniyasi” o’z 

assortimentini sezilarli darajada oshiradi va XIX asrning 70-yillaridayoq ona sutini o’rnini 

bosuvchi sut ishlab chiqaradi. Nestle bundan xabar topgandan so’ng bunga javoban qadam 

tashlaydi, ya’ni o’zining quyiltirilgan sut markasini ishlab, bozorga chiqaradi. 1905-yilda 

qo’shilgunga qadar bu ikki firma bozorda sut mahsulotlari bo’yicha asosiy raqobatchilar 

edi. 


Kompaniyalar birlashib yagona “Nestle & Anglo-Swiss Milk Company” 

kompaniyasiga asos solindi. XX asr boshlarida uning boshqaruvida Ispaniya, AQSh, 

Germaniya va Buyuk Britaniyada bir necha fabrikalar faoliyat ko’rsatar edi. 1907-yilga 

kelib kompaniyalar qadam-baqadam butun Avstraliya bozorini egashlashni boshladi, 

hamda bu korxonaning ishlab chiqarish hajmini ikki barobar oshirish imkonini berdi. 

O’shandan beri ishlab chiqarish kengayib bordi va bugungi kunga kelib Nestle dunyoning 

eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Bu kompaniyaning muvaqqiyati shundaki, u 

doimo rivojlanishda bo’lgan va to’xtab qolmagan. Nestle tarixining muhim qismlariga 

nazar solsak: Shvetsariyaning shokolad ishlab chiqaruvchi kompaniyasining qo’shib 

olinishi; Ikkinchi Jahon urushi davrida juda mashhur bo’lgan Nescafe eruvchi kukunlarini 

yaratilishi; Maggi sho’rva va ziravorlarinini ishlab chiqaruvchi Alimentana S.A. 

kompaniyasi bilan birlashuv; Crosse&Blackwell (Buyuk Britaniyaning konserva 

mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi), Firdus (muzlatilgan mahsulotlar), Libby (mevali 

soklar)ga egalik qilishi va boshqalar. 

Nestle kun sayin ko’p mahsulot turlarini yaratib, bozorni o’zining yangi 

mahsulotlari bilan to’ldirib kelmoqda. Ko’p kompaniyalar uchun asosiy raqobatchi 

bo’lgan talab o’sishi kuzatiladi. “Nestle” kofe, konditer mahsulotlari, kulinariya, 

muzqaymoq, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari va uy hayvonlari uchun ozuqalar bozorida 

yetakchi o’rinni egallaydi. Mahsulotning sifati va xavfsizligiga katta ahamiyat beriladi. 

2005-yil oxirida kompaniya o’zining barcha fabrikalarini ISO 9001:2000 standarti talabiga 

javob beruvchi sertifikatlash jarayonini boshladi. Bu bilan ishlab chiqarilayotgan 

mahsulotlarning sifatini boshqaruv tizimi tashkil qilinishi maqsad qilingan edi. 

Bundan tashqari “Nestle” har doim yangi bozorlarni zabt etishni va turli 

davlatlarning xususiyatlariga muvaqqiyatli ravishda moslashishni maqsad qilib kelgan. 

Xalqaro kompaniya mahalliy hukumatga qarshi bormaydi, bozorlarga moslashayotganda 

mamlakatning madaniyati va urf-odatlarin hisobga oladi, bular ham uning boshqa 

kompaniyalardan ustunlik tomoni hisoblanadi. 

1974-yilga kelib “Nestle” kompaniyasining barcha mahsulotlari hajmi to’rt 

barobarga oshdi. Xuddi shu yilda barcha ishlab chiqarish o’rinlari bir nechta 

o’zgarishlarga uchradi. 1920-yilning boshidan beri sanoati rivojlanayotgan mamlakatlar 

iqtisodi o’sishining sekin sur’ati va “qora oltin” narxining oshib ketishi, Shvetsariya 

frankiga nisbatan valyuta kurslarining tushishi sababli korporatsiyaning iqtisodiy ahvoli 

yomonlashishni boshladi. Kompaniyaning ilmiy faoliyatining muvaqqiyatli natijalari oziq-

ovqat sanoatida o’z o’rnini yo’qotib qo’ymaslik dasturining yechimi bo’ldi, hamda 1974-

yilda Nestle kosmetika ishlab chiqaruvchi dunyo liderlaridan biri bo’lgan L’Oreal 



firmasining yirik aksiyadoriga aylandi. Keyinchalik esa kompaniya AlconLaboratories 

(farmasevtika va oftalmologiya tovarlari ishlab chiqaruvchi amerika firmasi)ni sotib oldi. 

O’sha davrda holatiga nazar tashlasak, raqobat oshib borayotgan va foyda ulushi kamayib 

ketayotgan bir paytda hamma kompaniya ham bunday riskli qaror qabul qila olmas edi. 

80-yillarga kelib “Nestle” yanada samaraliroq rivojlanish maqsadida o’z oldiga ikkita 

asosiy strategic vazifani qo’yadi: qayta tashkil etish yo’li bilan moliyaviy holatni 

yaxshilash va ahamiyatli foyda keltiradigan korxonalarni o’zlashtirsh siyosatini davom 

ettirish. Markaziy va Sharqiy Yevropada, keyinchalik esa Xitoyda yangi bozorlarning 

ochilishi, shuningdek to’g’ridan-to’g’ri investitlarning liberallashuviga bo’lgan umumiy 

tendensiya Nestle kabi keng faoliyat spektriga ega kompaniya uchun yaxshi alomat edi. 

1995-yilda “Nestle” Samaradagi shokolad va boshqa qandolat mahsulotlarini ishlab 

chiqaruvchi “Россия” firmasi aksiyalarining nazorat paketin qo’lga kiritdi. O’shandan beri 

kompaniya ishlab chiqarishga juda katta mablag’ sarf qildi, ko’proq yangi uskunalar sotib 

oldi, texnik asboblarni yaxshiladi. Kompaniya investitsiyalari “Nuts” batonlari va oldin 

Rossiyada import qilingan “Nestle Classic” shokoladlari, keyinchalik esa butun dunyoga 

mashhur “Nesquik” shokoladli sharbatlari ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi. Yana bir 

muhim kapital qo’yilmalaridan biri 1996-yilda “Нестле-Жуковский” OOO aksiyalarining 

nazorat paketini qo’lga kiritish bo’ldi. Bu esa keyinchalik dunyoga mashhur brendga 

aylangan “48 копеек”, “Kimo” va “MEGA” kabi yangi savdo markalari ostida milliy 

rossiya muzqaymoqlarini ishlab chiqarishga zamin yaratdi. “Nestle” eng kam ishlab 

chiqarish xarajatlari bilan yuqori sifatli va arzon mahsulot ishlab chiqarishga harakat 

qilgan, shu sababli kompaniya o’z ishchilarining bilim olishiga urg’u bergan, ularni jahon 

tajribasi va ilmiy-texnikaviy bilimlar bilan ta’minlagan. “Nestle” fabrikalari qishloq 

hududlarida rivojlanishni yaxshi yo’lga qo’ya olga va atrofdagi, ayniqsa rivojlanayotgan 

davlatlarda o’z mahsuloti sifatini saqlab tura oladiga mukammal tizim yaratgan. Nestle 

jamiyatdagi salbiy ta’sirni kamaytirishda, xarjatlarni kamaytiruvchi va foydani oshiruvchi 

hamda uzoq muddatli davrda ekologik barqarorlikni ta’minlovchi sezilarli qadamlar 

qo’ydi. Nestle - Rossiya ijtimoiy hayotining faol ishtirokchisi. Ko’p uzoq muddatli 

loyihalarning homiysi bo’lishi bilan birga, kompaniya xayriya faoliyati bilan ham 

shug’ullanadi, shuningdek u muhim tarixiy arxitektura va san’at yodgorliklarini qayta 

tiklash uchun ham yordam beradi. Kompaniya jamiyatda sog’lom ovqatlanishni targ’ib 

qiladi, bu borada u maktab o’quvchilari uchun “To’g’ri ovqatlanish haqida bahs” deb 

nomlangan o’z dasturini ham ishlab chiqqan. “Nestle” kompaniyasi madaniyat sohasiga 

ham o’z hissasini qo’shgan: ko’p yillar davomida kompaniya Moskva Simfoniya 

orkestriga, “Oltin niqob” festivali va boshqalarga homiylik qilib keladi. Xulosa qilib 

aytganda, “Nestle” XXI asrning eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Bugungi 

kunga kelib u dunyoning juda ko’p fabrika va sanoat korxonalariga egalik qiladi. 

Korparatsiyaning faoliyati asosan ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqarishga asoslanga, 

lekin shuningdek u farmasevtika va parfumeriya-kosmetika sanoati bo’yicha yirik 

korxonalarining aksiyadori hisoblanadi. Uning ish olib xususiyatlariga quyidagilarni 

kiritish mumkin: butun dunyo bo’ylab ko’pchilik bozorlar, ishlab chiqarishda yetakchi 

o’rin, kompaniya rivojlanishi va ilmiy-texnikaviy izlanishlar olib borish uchun katta 

miqdorda investitsiyalar, turli mamlakatlarning davlat siyosatini hisobga olgan holda 

tarmoqli kompaniyalar va filiallarda ish olib borish, kerak tomonga o’zgara oladigan 

tashkiliy-boshqaruv strukturasi, tavakkalchilikni kamaytirish maqsadida turli operatsiyalar 

olib borish. Ish yuritish aniq nazorat ostida olib boriladi, kompaniya siyosati ishki va 

tashqi o’zgarishlar ta’siriga javob qaytara oladi, buning natijasida korparatsiyaning 



samarali faoliyatiga samarali faoliyatiga zamin yaratadi. “Nestle” kompaniyasi 

O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ham o’z o’rnini topib bormoqda. 2014-yil fevral 

oyida Nestle Uzbekistan qo‘shma korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi 

vazirligi yordamida boshlang‘ich maktab o‘quvchilari uchun “Sog‘lom bolalar” (Healthy 

Kids) ma’rifiy dasturini yo‘lga qo‘ydi. “Sog‘lom bolalar” dasturining asosiy maqsadi 

bolalarda sog‘lom turmush tarzini tashkil etuvchi ovqatlanish madaniyatini 

shakllantirishdan iborat. Nestle Uzbekistan bosh direktori Filipp Gorbunovning 

ta’kidlashicha, ushbu dastur Nestle kompaniyasining Healthy Kids global dasturi bir qismi 

hisoblanib, hozirda 71 mamlakatda amalga oshirilmoqda. Nestle Uzbekistan 

ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya hozirda dunyo bo‘yicha 250 dan ortiq hamkorlar bilan 

ish olib boradi. Ularga davlat organlari, Nodavlat notijorat tashkilotlar, oziq-ovqat va 

salomatlik institutlari, shuningdek, sport federatsiyalari kiradi. Dasturga 5 milliondan 

ziyod bola jalb qilingan. 2015-yilgacha kompaniya dastur ko‘lamini 80 ta mamlakatgacha 

kengaytirishni rejalashtirmoqda. “To‘g‘ri ovqatlanish darslari”ning asosiy vazifalari 

bolalarda salomatlikni qadrlash to‘g‘risidagi tushunchani shakllantirish, uni 

mustahkamlash uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rish, ularni to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom 

turmush tarzi bilan tanishtirish, axloq-odob qoidalarini, o‘zlarining sog‘lig‘i haqida 

qayg‘urishni o‘rgatish, milliy an’analar bilan tanishtirishdan iborat. Dastur umumta’lim 

maktablarining 1- va 2-sinf o‘quvchilari, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va 

maktabgacha ta’lim muassasalarining tayyorlov guruhlari uchun mo‘ljallangan. Birinchi 

bosqichda Toshkent va Namangan maktablarining 6 mingdan ziyod o‘quvchilarini qamrab 

olish rejalashtirilgan. Kelajakda dastur butun O‘zbekiston bo‘ylab amalga oshirilishi 

mumkin. 

"N." Oʻzbekistonda 1996 yildan faoliyat koʻrsatadi. Toshkentda oʻz vakolatxonasini 

ochgan. 1998 yil Namangan "Nafosat" aksiyadorlik jamiyati (so-biq Namangan sut 

zavodi)ning 34,9% aksiyasini 287 ming AQSH dollariga sotib oldi. 1999 yilda esa ushbu 

korxona negizida "Oʻzbekiston-Nestle" korxonasi tuzildi. Kompaniya 2002 yil fevralda 

qiymati 30 mln. AQSH dollari boʻlgan Namangan bolalar oziq-ovqati zavodini ishga 

tushirdi. 3-d uzoq saqlanadigan sut va yogurt, turli xildagi sut qorishmalari ishlab 

chiqaradi. 2002 yilda yiliga 22 mln.litr maʼdanli ichimlik suvini ishlab chiqarish yoʻlga 

qoʻyildi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Download 306,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish