Reja: Ishlab chiqarish turlari



Download 242,83 Kb.
bet1/4
Sana25.06.2022
Hajmi242,83 Kb.
#703350
  1   2   3   4
Bog'liq
MTA 1-MI


Mavzu: Ishlab chiqarish jarayoni.
Reja:

  1. Ishlab chiqarish turlari

  2. Ishlab chiqarish va texnalogik jarayonlar

  3. Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlarining turlari

Berilgan ishlab chiqarish sharoitida texnologik jarayonni (TJ) ni loyihalashning asosiy tamoyillaridan biri texnikaviy, iqtisodiy va tashkiliy masalalarini birgalikda yechishdir. Loyihalanayotgan TJ mahsulotning aniqligini va sifatiga qo‘yilgan barcha talablarni eng kam mehnat sarf qilingan holda minimal tannarxda hamda ishlab chiqarish dasturida belgilangan hajmda va muddatda ta’minlashi kerak.
Zamonaviy ishlab chiqarish yakka tartibli, seriyali va ommaviy ishlab chiqarish turlariga bo'linadi.
Yakka tartibli ishlab chiqarishda tayyorlanayotgan mahsulotning keng nomenklaturada, kam hajmda (hajm deganda, korxonaning rejalangan vaqt intervali ichida maium bir miqdordagi, nomdagi, o'lchamdagi, o’lchamlar toifasi bo'yicha mahsulotni ishlab chiqarishi tushuniladi). Mahsulotning hajmi oz bo'lib, texnologik operatsiyani bajarish joyiga sanoqli (birlar va o'nlar bilan hisoblanadi) zagotovka keladi, Ish joyida tez-tez takrorlanib turadigan yoki umuman takrorlanmaydigan turli xildagi texnologik operatsiyalar bajariladi. Bunda yuqori aniqlikka ega bo'lgan jihozlar ishlatiladi va ular texnologik guruhlar, ya’ni to- karlik, frezerlik, parmalash, tish kesish va boshqa uchastkalar asosida sexda joylanadi.
Yakka tartibli ishlab chiqarishda talab qilingan aniqlik sinov yurish va o’lchash usuli bilan aniqlanadi; detal va uzellarning o'zaro almashinuvchanligi aksariyat holda amalga oshmaydi, shuning uchun o'ichamlarni joyida keltirish keng qo'llaniladi; ishchilar yuqori malakali bo'lish shart, chunki mahsulotning sifati ularning malakasiga bog‘liq; texnologik hujjatlar qisqartirilgan va soddalashtirilgan bo‘ladi; texnik me’yorlar qoilanilmaydi; mehnatni tajribaviy-statistik usulda me’yorlash qo'llaniladi.
Ommaviy ishlab chiqarish deb mahsulotni tor nomenklatura va katta hajmda uzoq muddat ichida uzluksiz tayyorlashga aytiladi.
Ommaviy ishlab chiqarishda operatsiyalarning birikish koeffitsiyenti Ko.b. birga teng, ya’ni har bir ish joyiga bittadan texnologik operatsiya doimiy ravishda biriktirilgan bo’lib, unumdorligi yuqori bo'lgan maxsus jihozlardan foydalaniladi va ushbu jihozlar oqim bo'yicha (ya’ni, texnologik jarayonning ketma- ketligi bo'yicha) joylashgan bo’ladi. Zagotovkalarga yuqori unumdorlik ko‘p shpindelli avtomatlar va yarim avtomatlar, sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar va markazlarda ishlov beruvchi murakkab dastgohlarda ishlov beriladi. Zagotovkalarga mexanik ishlov berish uchun qo’yim kam qoldiriladi va zagotovkaning o'lchami detal o‘lchamiga yaqin bo’ladi.
Talab etilgan o'lcham aniqligi avtomatik ravishda sozlangan dastgohlarda olinadi. Ommaviy ishlab chiqarishda ishchining o’rtacha malakasi yakka tartibli ishlab chiqarishdagi ishchining o‘rtacha malakasidan past; sozlangan dastgoh va avtomatlarda nisbatan quyi malakali ishchi operatorlar ishlaydi. Shu bilan bir qatorda sexlarda malakali sozlovchi ishchilar, elektronli texnika va pnevmogidroavtomatika bo'yicha mutaxassislar ham ishlaydi. Ommaviy ishlab chiqarishda texnologik hujjatlar har tomonlama chuqur ishlab chiqiladi va texnik me’yorlar esa har tomonlama hisoblanib alohida sinab ko‘riladi.

Download 242,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish