Qo‘qon xonligida kitobat va kutubxonachilik tarixi bob. Qo‘qon xonligida ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/28
Sana07.11.2022
Hajmi0,86 Mb.
#861755
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Bog'liq
QO‘QON XONLIGIDA KITOBAT VA KUTUBXONACHILIK TARIXI

Mirzoyi Xo‘qandiy
52
– Mirzo Hayrullo Mirzo Muhammad Nosir o‗g‗li. Qo‗qon 
shahrining san‘atkor xattot va iste‘dodli shoirlaridan bo‗lib, she‘riyatda Asqarali 
CHarxiyning ustozidir. Sarmozor dahasining Sayyid Qo‗shbegi mahallasida mayda 
savdogar Mirzo Muhammad Nosir Mahdum oilasida tavallud topgan. Mahalla 
masjidi qoshidagi ibtidoiy maktabda o‗qiyotgan paytda otasi vafot etib, oilaga 
yordam berish uchun o‗qishni tashlamagan holda do‗zanda ustaga shogird tushib, 
poyabzal tikishni o‗rgandi. SHu kasb bilan maktabni bitirib, to‗liq savodli bo‗lgach, 
Madrasai Buzrukxo‗jada tahsil olib, diniy bilimlar, adabiyot , arab va fors tillari 
hamda husnixat san‘atini o‗rgandi. Husnixatda Rojiy, adabiyot va she‘r ilmida 
Mirmahmud Qoriy unga ustozlik qildilar. Adabiyot va husnixatda Mullo Solihjon 
Mahdum Nairiy, Rojiy, Usmonxo‗ja Eshon Zoriy, YOriy, Asqarali CHarxiylar bilan 
hamkorlik qildi. 1912 yilda mazkur Buzrukxo‗ja madrasasida yangi usul maktab 
ochib,1926 yilgacha muallimlik qildi. Bir muncha vaqt qishloqlardagi yotoq maktab 
(internat)larda ham murabbiy bo‗lib ishladi. 1927 yili Mirzo Hayrullo qo‗qonlik 
xattotlar: Nosirhoji, Abdullajon Nasimiy va boshqa iste‘dodli san‘atkorlarni to‗plab, 
52
Murodov A. O‘rta Osiyo xattotlik san‘ati tarixidan. Toshkent: 1971. 139-b. 


―Quyosh nuri‖ nomli artel tashkil etdi. Bunda turli lavhalar, nomer va e‘lonlar, 
oynaga sir berish, zarhal bilanxatlar yozish,shiorlar yozish, tunukaga gul solish kabi 
san‘at ishlari bilan shug‗ullanuvchi bosh usta bo‗lib ishladi.Bu xaqda Po‗lodjon 
Domullo Qayyumov tazkiralarida shunday yozadilar: ―...Husni xat sohibi bo‗lub, xati 
ta‘liq ila oyinaga zarhal ila turli – turli rangda gullar yasash, ko‗fiy, ruq‘a, ta‘liq 
xatlarda lavhalar yozish; rayxon, xati shajari ila san‘atkorona lavhalar yasashda 
barobarinda kishi yo‗q erdi. Erta bahordagina kimyoviy yo‗l ila turli shaklda va 
bo‗yoqda qog‗ozga tushuriladigan muattar hidli bir naqshni Xo‗qand biluchilardan 
faqat shul Mirzagina qolmish edi. Hozirda abri bahor nomli bu san‘atda yasavchi 
qolmadi. Bir necha asarlari o‗z siyoqida o‗z xarojati ila broshyuralarchiqargandir. 
―Lazzat un niso nomli forsiy asarni o‗zbek tiliga bu kishi tarjima etib chiqarmish edi. 
Litografiyada bosiladurgan jurnallar va kitoblarni bu kishining qalamida yoziladur 
edi. Munavvar ul fikr shoir erdi‖.
Mirzoyi Xo‗qandiy 1910 yillarda ―Devoni Mirzo‖, ―Bayoz majmuai ash‘or‖, 
―Hayot gulshani‖ va ―Gulshani Mirzo‖ asarlarini o‗z qo‗li bilan ko‗chirgan. Hamza 
Hakimzodaning ―Pushti gul‖, ―Sariq gul‖, ―Atir gul‖ va boshqa risolalari inqilobdan 
ilgari Mirzoning go‗zal nasta‘liq xati bilan toshbosmada nashr qilingan. Bu asarlar 
Qo‗qon adabiyot muzeyida saqlanadi. 

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish