Qo‘qon xonligida kitobat va kutubxonachilik tarixi bob. Qo‘qon xonligida ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar


XIX ASRDA QO‘QONDA YOZILGAN QO‘LYOZMA



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/28
Sana07.11.2022
Hajmi0,86 Mb.
#861755
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
QO‘QON XONLIGIDA KITOBAT VA KUTUBXONACHILIK TARIXI

3.2. XIX ASRDA QO‘QONDA YOZILGAN QO‘LYOZMA 
ASARLARNING TAHLILI 
Qo‘qon xonligida Norbo‘tabiy davrida boshlangan iqtisodiy yuksalish va 
Umarxon davridagi madaniy taraqqiyot natijasida ko‘plab odamlarning poytaxtga 
ko‘chib kelishlari ortib borgan. Umarxon davrida ilm ahliga bo‘lgan homiylikning 
ortishi Qo‘qonda ko‘plab ijodkorlarning jam bo‘lishiga imkoniyat yaratgan. Bu 
jarayonlar o‘z navbatida ijod namunalarining ko‘plab yaratilishiga olib keldi. 
Shoirlar, tarixchilar, xattotlar, musavvirlar albatta o‘z ijod namunalarini qog‘ozga 
bitgan holda, kitob shakliga keltirib, kitobxonlarga taqdim etar edi. Bu jarayonlar 
natijasida Qo‘qon xonligida bir qator ilmiy maktablar yaratildi. Xususan Qo‘qon 
tarixnavislik maktabi alohida ahamiyatga molikdir. Qo‘qonlik tarixchilar tomonidan 
bitilgan asarlar xonlik kitobat san‘atining yuksak namunalari edi. 
Husnixat ustasi - kotib kitobning eng asosiy ijrochisi va yaratuvchisidir. 
Buyurtma qilinayotgan kitob haqida barcha muzokara kotib bilan olib borilgan. U 
kitobning bor matnini ko'chiribgina qolmay, uning tuzilishi bilan bogMiq barcha 
unsurlarni rejalashtirgan. Bezak va miniatyuralar uchun ochiq joylar va sahifalar 
ajratgan. Umuman, musavvir va lavvohning kitobni tayyorlashdagi ishlarini oldindan 
belgilab bergan. Kotib kitobning mazmuni va maqsadiga muvofiq u yoki bu xat 
xilini tanlagan. Sahifalar bo'ylab ustunlar va qatorlar sonini belgilagan. She'riyat 
matniarini kitob betlarida badiiy did bilan joylashtirish kabi vazifalarni bajargan. 
Masalan. yirik hajmli she'riy doston sahifada g‗azal, mustazod. musaddas va boshqa 
kichik janrlardan farqli joylashtirilgan. Ruboiy, tuyuq, chiston, fard kabilar ham har 
birasarni ajratibko'rsatishga mo'ljallab bezaklar vositasida joylashtirilgan. Masnaviy. 
qasida. soqiynoma kabi poetik asarlar ham o'ziga xos kompozitsiya talablariga 
muvofiq o‗rin topgan. 
Yana xattotlar Turonzaminda keng tarqalgan nasx, nasta'liq va suls xat turlarini 
mukammal bilmog'i sharl hisoblangan. Nasx xatida odatda Qur'on oyatlari, hadislar, 
hadislardan parchalar yozilgan. Nasta'liq xati bilan ko‘proq badiiy adabiyot va tarixiy 
asarlar ko"chinlgan. Suls xatidan esa ilmiy asarlarni ko'chirishda. badiiy asarlar 


namunalarinmg sarlavhalarini. bo'lim nomlarini, bob va ruknlarini ajratishda 
foydalanilgan. Bulardan tashqari Turon xattotlari tomonidan nasriy qissalar. yilnoma 
kabi asarlarni ko'chirish uchun rayhoni xatiga murojaat etilgan. Ba‘zan badiiy-adabiy 
asarlar uchun shikasta, Qur‘on parchalari va diniy-ahloqiy mazmunli asarlar uchun 
muhaqqaq. qonunchilik hujjatlari, farmon va buyruqlar uchun tavqi. kundalik ish 
yuritish yozishmalari va maktub-munshaot uchun riq‘o kabi xat turlaridan 
foydalanilgan. 
Sharq, shu jumladan, Turonzamin kitobat ishi negizida badiiy-tasviriy 
vaemotsional-obrazli 
o'ziga 
xoslikvao'qishgaqulayliktalablarmi 
hamda 
kitob 
boyligini ko'paytirish va bilim tarqatishga xizmat qiluvchi insonnina litimoiv-amaliv 
faoliyati sohasini o'zida mujassamlashtirgan kitobat san'atining mustaqil tarmog‘iga 
aylangan xattotlik san'ati ma'naviy madaniyatning muhim tarkibiy qismi hisoblanar 
edi. Miniatyura san'ati. qo'lyozmalarni bezash san'ati, sahhoflik va lavvohlik san‘ati 
singari xattotlik san'ati va mehnati ham eng nufuzli sarTatlar va kasblar qatoriga 
kirardi. Kitob ustalari san‘atining ildizlari xalq amaliy ijodiga borib taqaladi. 
Umuman olganda, bu san'atni kitobat ishining qadimgi tarixiy an'analari davomi deb 
atash mumkin. 
Xattotdan keyin qo'lyozma tayyorlash jarayonining navbatdagi ishiga musavvir. 
naqqosh kasbidagi san'atkor kirishgan. Ijodiy faoliyati asosan serbezak asarlarda aks 
etsa ham, naqqoshu musavvirlar kitobat ishida alohida o'rin tutganlar. Mo"jaz surat 
(miniatyura) dastlab ingichka, nozik ochilgan qalam uchidaqora bo'yoq bilan boiajak 
rasmchizgilarini, uning ishtirokchilari qiyofasini. kiyim. imorat, manzara, ko'plab 
turmush, hayot lavhalarini xomaki chizib olishdan boshlanadi. 
XVIII asrda yuz bergan iqtisodiy va madaniy tanazzul qishloq va 
shaharlar hayotida chuqur tushkunlik paydo qildi. Bu hoi miniatyura 
rassomchiligiga ham ta‘sir etdi. Go'zal san'at o'z ixlosmanlarini yo'qotib 
qo'ydi. Faqatgina XIX asrga kelib shahar madaniy hayotining jonlanishi 
munosabati bilan kitobat va kitob mo‖jaz suratchiligi (miniatyurachilik) yana 
qayta uyg'onib. jonlana boshladi. Ijro uslubi va tamoyillariga ko‗ra qo'qonlik 
rassom Mirzo Kosoniy Munshiyning Alisher Navoiy «Xamsa»siga chizgan 


miniatyuralari alohida ajralib turadi. Bu kitob 1824 yilda Qo'qonda 
ko'chirilgan va hozir O'zbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi 
Sharqshunoslik institutida asralmoqda. 
Kotib ko'chirgan kitob rassom miniatyuralarining varaqalari bilan birga 
lavvoh qo'liga tekkan. Lavvoh kitob tuzuvchi san'atkor bo'lib varaqlarni 
birlashtirish, daftarlash, tikib yig'ish bilan kitob jildiga tayyorlagan. 
Lavvohning san'ati yaxlit holda kitob bilan bog'liq bo'lgan. Bu kasb ustasi 
ijodining mahsuli barcha sahifalar yuzasi, hoshiyalar. sahifa matni orasida 
maxsus qoldirilgan bo'shliqlar. ba'zan kotib zarvaraq uchun qoldirgan juft 
varaqlar. unvon. sarlavha. oraliq lavhalar. lugallanmalar uchun qoldirilgan 
joylarda to'la-to'kis yuzaga chiqqan.
Lavvoh odatda birinchi galda qo'lyozma sahifalarini, ba'zan matn 
ustunlarini rangli chiziqlarda ishlanadigan jadval ichiga olgan. Hoshiyalar 
rangli bo'lishi lozim bo'lgan hollarda lavvoh avval oq qog'oz sahifasidagi 
matnni jadvalga olgan. so'ngra kerakli rangli hoshiyani tanlab ohista 
yopishtirib chiqqan. Hoshiya bilan matn jadvali orasida hosil bo‘lgan chok 
ustidan chiroyli qo‗sh chiziqli chilvir tasvir chizilgan va yagona rang - 
barangto'g'ri to'rtburchak matn maydoni va sahifa bo'lib shakllangan.
Qo‘lyozma kitobni yaratish va badiiy bezash jarayonini muqovasoz-
sahhof yakunlagan. Bu kasb egasi kitob varaqlarini yig'ib sahifalagan. 
birlashtirib tikkan va muqovaga olgan. Muqovaning bi r necha unsurlari, 
qismlari boigan: ustki va ostki qopqog'i. qobirg'asi bo'lgan. Qobirg‗a qismi 
kitob to'plamini birlashtirib qopqoqlari orasiga siqib turgan. Muqovaning asl 
maqsadi undagi matnni, qolaversa, kitob materiali - charm. qog‗oz va 
bosliqalarni namdan va turli buzilishlardan asrashga qaratilgan. Muqova 
qopqogMari yog‗och taxtachadan, pape- mashedan yasalib, ustidan charm yoki 
mato qoplangan. 
Yuqoridagi keltirib o‘tilgan kitob tayyorlash texnikasi Qo‘qon xonligida 
ham shu shaklda amalga oshirilgan bo‘lib, qo‘qonlik mohir kitobat san‘ati 


vakillarining say-harakatlari natijasida yuksak taraqqiy etib brogan. Quyida 
anashunday san‘at asarlarining bir qismini tahlil etib ko‘rsak.
Qo‗qon xonligida yozilgan eng birinchi tarixiy asar SHermuhammad Akmal 
Xo‗qandiyning «

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish