Qoraqalpog`iston assrning 1946-1990 yillarda ijtimoiy-siyosiy hayoti



Download 32,42 Kb.
bet1/3
Sana09.03.2023
Hajmi32,42 Kb.
#917369
  1   2   3
Bog'liq
Qoraqalpog`iston assrning 1946-1990 yillarda ijtimoiy-siyosiy ha


Qoraqalpog`iston assrning 1946-1990 yillarda ijtimoiy-siyosiy hayoti.
1.Urushdan keyingi yillarda Qoraqalpog`iston xalq xo`jaligining ahvoli.
2. Qoraqalpog`istonning qishloq xo`jaligi.
3. 1960-1985 yillarda Qoraqalpog`iston sanoatining bir tamonlama rivojlanishi.
4. Qoraqalpog`istonda ilm-fan, madaniyat va s a`nat.

Urushdan keyingi tiklanish davrida Qoraqalpog’istondagi


muammolarni hal qilishda qarovsiz qolgan, tashlandiq va foydalanmay kelingan sug'oriladigan yerlarni irrigatsiya va melioratsiya holati-ni yaxshilash muhim ahamiyatga ega bo'ldi. 1947-yilning bahorida Tuyamo'yin kanalining birinchi navbati (uzunligi–11,5 km) ishga tushirildi. Oradan ko'p o'tmay Shumanay kanali qurildi. 1950-yildan e'tiboran ilk marta qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash, irrigatsiya tar-mog'ini tozalash ishlari boshlandi.
Yangi kanallarning qazilishi paxta ekiladigan may-donlarning kengayishiga olib keldi. 1946–1950-yillarda 42000 ga yangi yer o'zlashtirildi. 1960-yilga kelganda chigit ekiladigan maydon 131500 ga ni tashkil qildi.
1949-yilda sug'orish tizimlarining quyidagi 4 ta boshqarmasi tuzildi: Paxta-arna (To'rtko'l va Beruniy tumanlari uchun), Lenin nomli kanal (Xo'jayli va Qo'ng'irot tumanlari uchun), Kegayli (Chimboy va Kegayli tumanlari uchun), Quvonish-jarma (Taxtako'pir va Qorao'zak tumanlari uchun) boshqarmalari. Sug'orish tarmoqlarini tozalash maqsadida birinchi marta mashina-traktor stansiyasi (MTS) tashkil qilindi. 1950-yili jamoa xo'jaliklarini yiriklashtirish kompaniyasi bosh-lanib, mavjud 410 jamoa xo'jaligi asosida 200 kolxoz tashkil qilindi.
Qoraqalpog'istonda xalq xo'jaligini rivojlantirish uchun Chorjo'y shahridan Xorazm va Qoraqalpog'iston orqali Qozog'istonga temir yo'l qurish zarur edi. O'zbe-kiston Kompartiyasi MKning birinchi kotibi Usmon Yusupov temir yo'lning juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib, Moskva bilan kelishib o'tir-masdan va uning rozihgisiz Chorjo'y-Qo'ng'irot temir yo'li liniyasini qurish to'g'risida farmoyish berdi. Qurilish 1947-yilda boshlandi va qisqa muddat ichida tugallandi. Qurilishda Xorazm, Shimoliy Turkmaniston va Qoraqalpog'istondan 100000 kishi mehnat qildi. Biroq O'zbekiston rahbariyatining bu tashabbusi Markaz tomonidan qattiq qoralandi. 1947-yilning oxirida VKP(b) MK Siyosiy byurosi majlisida U.Yusupovga O'zbekiston paxta tayyorlash rejasini bajarmadi, degan bahona bilan hayfsan berildi.
Urushdan keyingi xalq xo'jaligini tiklash yillarida mahsuldor chorvachilikni rivojlantirishda muayyan nati-jalarga erishildi. Chimboy tumanida Butunittifoq chor-vachilik ilmiy-tadqiqot institutining tayanch punkti tashkil qilindi. Rossiyadan 104 bosh nasldor qizil-cho'l zotli buzoqlar keltirildi. Qoraqalpog'istonda 219 ta yilqichilik va 48 ta tuyachilik fermalari tashkil etildi.
Afsuski, 50-yillarning o'rtalariga kelib, Qoraqalpo­g'iston chorvachiligidagi mutanosiblik buzildi. Paxta yakka hokimligi kuchayishi bilan chorvachilik siqib chiqarila boshlandi. Shu davrdan boshlab xo'jaliklarda chorva mollari soni muttasil kamayib bordi. Chor-vachilikdagi bu holat 60–80-yillarda ham davom etdi. Hatto shaxsiy xo'jaliklarda ham chorva mollari qisqarib borganligi kuzatiladi. Bu holat dehqonlar va chorvador-larning moddiy ahvohga, ularning turmush darajasiga salbiy ta'sir qilmay qo'ymas edi.
50-yillarning oxiri – 60-yillarning boshlarida Qora­qalpog'iston qishloq xo'jaligi yana turli tajriba (3KcnepHM6HT)lar girdobiga tortildi. Bu gal A.Xrushchevning talabiga ko'ra makkajo'xori yetishtirishga, hatto avtonom respublikaning shimoliy tumanlarida uni o'stirishga katta e'tibor berildi. Makkajo'xori ekilgan maydon 1957-yil 2067 ga bo'lgan bo'lsa, 1958-yilda 5772 ga ni tashkil etdi. Lekin «makkajo'xori eksperimenti» kutilgan natijani bermadi.

60-yillarning o'rtalarida Qoraqalpog'istonda qishloq xo'jaligining muhim tarmog'i bo'lgan sholikorukning rivojlanishiga e'tibor kuchaydi. Maxsus sholikoruk xo'jaliklari tashkil qilindi. Natijada 1965-yilda 25700 t sholi yetishtirilgan bo'lsa, 1983-yilda bu ko'rsatkich 332300 tonnani tashkil qildi. Avtonom respublikada pil-lachilik sohasida ham sezilaru yutuqlar qo'lga kiritildi.


Qoraqalpog'istonda paxta yetishtirish muttasil oshirib borildi. 1964–1984-yillar mobaynida avtonom respub­likada 7.144.000 tonna paxta yetishtirilib, Rossiyaning to'qimachilik fabrikalariga 2.219.000 t paxta tolasi jo'natildi. Bu paytda Qoraqalpog'iston avtonom respublikasi rahbari – Qallibek Kamolov edi.

Download 32,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish