Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq



Download 0,65 Mb.
bet7/7
Sana13.07.2022
Hajmi0,65 Mb.
#790033
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
489 14.08.2020

SQQS = Q x Cc%
Bunda:
SQQS — jami amalga oshirilgan aylanmalar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi;
Q — jami realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) qiymati.
Cc — soliq stavkasi.
16. Tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasini amalga oshirgan korxona tomonidan aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilganda tuzatish kiritilgan tegishli o‘zgartirishlar qo‘shilgan qiymat solig‘i hisob-kitobiga 1-ilova “Soliq davridagi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalar” da aks ettiriladi.
17. Tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasini amalga oshirgan korxona tomonidan soliq bazasiga tuzatishlar kiritish amalga oshirilganda xaridor tomonidan ilgari hisobga qabul qilingan soliq summasiga tegishli tartibda tuzatish kiritadi.
18. Tovarlar (xizmatlar)ni xarid qilishda ilgari hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summasi, agar bunday tovarlarga (xizmatlarga) haq to‘lash bo‘yicha majburiyat umid qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hisoblansa, bunday tuzatish amalga oshirilgan soliq davrida hisobdan chiqariladi.
19. Soliq summasiga tuzatish kiritishda agar xaridor tomonidan qabul qilib olingan tuzatish kiritiladigan hisobvaraq-fakturalarda soliq solinadigan va solinmaydigan aylanma mavjud bo‘lsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi mutanosib usulda aniqlanadi.
20. Soliq bazasiga tuzatish kiritishda, bir nechta aylanmalar rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi mazkur nizomning 15-bandida keltirilgan formula orqali amalga oshiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Soliq to‘lovchi soliq va moliyaviy hisobotlarga kiritilgan tuzatishlar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
22. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qaroriga
5-ILOVA
[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq to‘lovchilarning hisobi. Soliq hisoboti]

Chet el yuridik shaxslarida ishtirok etish to‘g‘risidagi xabarnomalarning shakllari, ularni to‘ldirish va taqdim etish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoida
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi soliq rezidentlari bo‘lgan soliq to‘lovchilar tomonidan chet el yuridik shaxslarida ishtirok etish to‘g‘risidagi xabarnomalarning (keyingi o‘rinlarda — xabarnoma) shakllarini ularni to‘ldirish va soliq organlariga taqdim etish tartibini belgilaydi.
2-bob. Xabarnoma shakllari va tarkibi
2. Mazkur Nizomga ilovaga muvofiq Chet el yuridik shaxslarida ishtirok etish haqidagi xabarnoma shakli 6 varaqdan iborat bo‘lib:
1 — varaq (titul varaq);
2 — varaq (jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar);
3 — varaq (chet el yuridik shaxsi to‘g‘risida ma’lumotlar);
4 — varaq (O‘zbekiston Respublikasi korxonasi to‘g‘risida ma’lumotlar);
5 — varaq (yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalari to‘g‘risida ma’lumotlar);
6 — varaq (soliq to‘lovchining chet el yuridik shaxsida bilvosita ishtirok etishi tartibi)ni o‘z ichiga oladi.
3-bob. Xabarnoma shakllarini to‘ldirishning umumiy talablari
3. Xabarnoma varaqlari qora yoki ko‘k siyohda yoxud tegishli dasturiy ta’minot orqali bitta nusxada, to‘ldirish uchun asoslar mavjud bo‘lgan varaqlar to‘ldiriladi.
Xabarnomani to‘ldirishda xatolarni tuzatishga yoki shunga o‘xshash vositalardan foydalangan holda o‘zgartirishga, qog‘oz ko‘rinishida taqdim etilganda ikki tomonlama chop etishga va tikishga yo‘l qo‘yilmaydi.
4. Xabarnoma varaqlari to‘ldiriladigan bo‘limlari mavjudligi yoki yo‘qligi hamda sonidan qat’i nazar raqamlanadi, titul varaq raqamlanmaydi, raqamlash ikkinchi varaqdan “2” raqami bilan boshlanadi va ko‘rsatilgan maydonga qo‘yiladi.
5. Xabarnomada ma’lum bir belgilardan tashkil topgan har bir ko‘rsatkichga bitta maydon to‘g‘ri keladi. Har bir maydonga faqat bitta ko‘rsatkich va har bir katakka bitta belgi to‘ldiriladi.
Istisno tariqasida sana uchun uchta maydon mavjud bo‘lib, kun, oy va yil “.” (nuqta) bilan ajratiladi.
Misol uchun, 15.01.2022.
6. Xabarnoma maydonlarini matn, son va kodli ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirishda chapdan o‘ngga qarab, qo‘lyozma yoki bosma harflardan foydalaniladi.
7. Xabarnomadagi barcha qiymat ko‘rinishidagi ko‘rsatkichlar so‘mda to‘ldiriladi.
8. Xabarnomaning titul varag‘idan tashqari quyi qismidagi “Mazkur sahifada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va to‘liqligini tasdiqlayman” maydoni soliq to‘lovchi yoki vakilining imzosi bilan tasdiqlanadi.
9. Xabarnoma shaklini dasturiy ta’minot orqali printerda chop etishda “Times New Roman” 12 — 14 o‘lchamdagi shriftdan foydalaniladi.
10. Xabarnomaning tegishli maydon ko‘rsatkichi mavjud bo‘lmaganda maydonning butun uzunligi bo‘ylab o‘rtasiga “—” (chiziqcha) belgisi qo‘yiladi.
Agar sonning kasr qismidagi raqamlar butun qismidagi raqamlar sonidan ko‘p bo‘lsa, bo‘sh maydonlar chiziqcha bilan to‘ldiriladi.
Masalan, soliq to‘lovchining chet el yuridik shaxsida yoki nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi “Ishtirok etish ulushi” 53,87423 foizni tashkil etsa, sonning butun qismi 3 xonali, kasr qismi 15 xonali sonlarda, bo‘sh kataklari chiziqcha bilan “53-.87423----------” ko‘rinishda to‘ldiriladi.
11. Dasturiy ta’minot yordamida to‘ldirilgan va printerda chop etilgan xabarnomani yuborishda bo‘sh joylar uchun maydon va chiziqlar bo‘lmasligi mumkin. Maydonlarning joylashuvi va o‘lchamlari o‘zgartirilmasligi kerak.
12. Soliq to‘lovchi tomonidan xabarnomalar soliq bo‘yicha hisobga olingan joydagi soliq organiga qog‘ozda yoki telekommunikatsiya kanallari orqali elektron shaklda yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilishi mumkin.
4-bob. Xabarnomaning titul varag‘ini to‘ldirish tartibi
13. Xabarnoma shakllaridagi “STIR” maydoni har bir varaqning yuqori qismida takrorlanadi va unda xabarnomani taqdim etayotgan soliq to‘lovchining identifikatsion raqami ko‘rsatiladi.
14. “Hujjat turi” maydonida:
“1” raqami tegishli hisobot davri uchun birinchi marta taqdim etilayotganligini;
“2” va undan keyingi raqamlar tegishli hisobot davri uchun aniqlashtirilgan xabarnoma tartib raqamlarini bildiradi.
15. “Hisobot davri” maydonida xabarnoma taqdim etilayotgan oy tartib raqami va “Soliq davri” maydonida kalendar yil ko‘rsatiladi.
16. “Xabarnomani taqdim etishga asoslar” maydonida quyidagilarning mos raqamlaridan biri ko‘rsatiladi:
“1” raqami — ishtirok etish boshlanganda;
“2” raqami — ishtirok etish ulushi o‘zgarganda.
Soliq to‘lovchi tomonidan xabarnoma taqdim etilgandan so‘ng chet el korxonasidagi ishtirok etish ulushi o‘zgargan taqdirda to‘ldiriladi. Shu bilan bir qatorda, chet el korxonasida ishtirok etish ulushidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar xabarnomaning tegishli varaqlarida ko‘rsatiladi.
“3” raqami — ishtirok etish yakunlanganda.
Soliq to‘lovchining chet el yuridik shaxsi faoliyatida (yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasida) ishtirok etish yakunlanganda to‘ldiriladi.
“4” raqami — ishtirok etish asoslari 2022-yil 1-yanvargacha yuzaga kelgan bo‘lsa.
Ishtirok etish asoslari 2022-yil 1-yanvargacha yuzaga kelgan va chet el yuridik shaxsi faoliyatida (yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasida) ishtiroki yakunlanmagan soliq to‘lovchilar tomonidan to‘ldiriladi.
“5” raqami — aniqlashtirilgan xabarnoma taqdim etilganda.
“5” raqami ilgari taqdim etilgan xabarnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmagan yoki mavjud xatoliklar tuzatilgan hollarda soliq to‘lovchi tomonidan qayta taqdim etilganda to‘ldiriladi.
Shu bilan bir qatorda, xabarnomaning 3 yoki 4-varaqlarida ko‘rsatilgan tegishli ma’lumotlar aniqlashtirilgan holda qayta to‘ldirilishi lozim.Shu bilan bir qatorda, xabarnomaning 3 yoki 4-varaqlarida ko‘rsatilgan tegishli ma’lumotlar aniqlashtirilgan holda qayta to‘ldirilishi lozim.
“6” raqami — ishtirok etish tartibi o‘zgarganda (ishtirok etish ulushini o‘zgartirmagan holda).
“6” raqami chet el yuridik shaxsi faoliyatida (yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasida) ishtirok etish tartibi o‘zgargan (ishtirok etish ulushini o‘zgartirmagan) hollarda taqdim etiladi va xabarnomaning ishtirok etish tartibining o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan tegishli varaqlari to‘ldiriladi.
17. “Soliq to‘lovchi to‘g‘risida ma’lumotlar” maydonida soliq to‘lovchi:
yuridik shaxslar bo‘yicha ta’sis hujjatlariga muvofiq yuridik shaxsning to‘liq nomi;
jismoniy shaxslar bo‘yicha shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida jismoniy shaxsning ismi, familiyasi va otasining ismi (mavjud bo‘lsa) to‘liq yoziladi. Bunda jismoniy shaxs bo‘yicha ma’lumotlar 2-varaqda ko‘rsatiladi.
18. “Yuridik shaxsning joylashgan joyi” maydonida yuridik shaxsning joylashgan joyi ko‘rsatiladi.
19. “Pochta manzili” maydonida yuridik shaxsning joylashgan joyi bo‘yicha pochta manzili yoziladi.
20. “Elektron pochta manzili” maydonida yuridik shaxsning Internet tarmog‘ida ro‘yxatga olingan va aktiv holatdagi elektron pochta manzili ko‘rsatiladi.
21. “Telefon” maydonida soliq to‘lovchi yoki uning vakilining aloqa uchun telefon raqamlari operator kodi bilan ko‘rsatiladi.
22. “Xabarnomani taqdim etish muddati (kun/oy/yil)” maydoniga xabarnoma taqdim etilayotgan sana kun, oy, yil shaklida to‘ldiriladi.
23. “_________ga taqdim etiladi” maydoniga xabarnoma taqdim etilayotgan davlat soliq xizmati organining to‘liq nomi yoziladi.
24. “Mazkur xabarnoma _ _ _ hujjatlar nusxalari ilova qilingan holda varaqda tuzildi.” maydonida to‘ldirilgan xabarnoma shakllari, “Ilova _ _ _ varaqda.” maydonida taqdim etilayotgan xabarnomada ilova qilinayotgan va tasdiqlovchi hujjatlar soni ko‘rsatiladi.
25. Titul varaqning “Mazkur xabarnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va to‘liqligini tasdiqlayman:” bo‘limida bo‘sh maydoniga xabarnoma kim tomonidan taqdim etilayotgan bo‘lsa,“1 — jismoniy shaxs”, “2 — jismoniy shaxs vakili”, “3 — korxona rahbari” va “4 — korxona vakili”ning mos raqamlaridan biri ko‘rsatiladi:
a) agar xabarnoma yuridik shaxs tomonidan taqdim etilayotgan bo‘lsa, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida korxona rahbarining yoki vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi to‘liq, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami, operator kodi bilan telefon raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatiladi hamda shaxsiy imzosi va imzolangan sanasi bilan tasdiqlanadi.
b) agar xabarnoma soliq to‘lovchi — jismoniy shaxs, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkor, advokat, notarius va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq xususiy amaliyot bilan shug‘ullanadigan boshqa shaxslar tomonidan taqdim etilganda ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida ismi, otasining ismi to‘liq, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami, operator kodi bilan telefon raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatiladi
va shaxsiy imzosi bilan tasdiqlanib, imzolagan sanasi qo‘yiladi.
Xabarnoma jismoniy shaxs yoki korxona vakili tomonidan taqdim etilganda “Soliq to‘lovchining vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat nomi va rekvizitlari” maydonida vakilligini tasdiqlovchi hujjatlar nomi va uning rekvizitlari to‘liq ko‘rsatilishi va ilova qilinishi lozim.
Xabarnomani taqdim etayotgan korxona rahbarining yoki vakilining yoxud jismoniy shaxs yoki vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi boshqa varaqlarda ham takrorlanadi va ularda mazkur shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatiladi.
26. “Davlat soliq xizmati organi xodimi tomonidan to‘ldiriladi” maydonida xabarnomani taqdim etish usullari, xabarnoma varaqlari, ilova qilinayotgan va tasdiqlovchi hujjatlar soni, topshirilgan sanasi va ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqami xabarnomani qabul qilgan soliq xizmati xodimining ismi, familiyasi va otasining ismi (agar bor bo‘lsa) va imzosi bilan tasdiqlanadi.
5-bob. Xabarnomaning “Jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar” varag‘ini to‘ldirish
27. Xabarnomaning “Jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar” varag‘i yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lmagan jismoniy shaxs tomonidan to‘ldiriladi.
28. Ma’lumotlar jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida:
“Familiyasi”, “Ismi”, “Otasining ismi” maydonlarida xabarnomani taqdim etayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (agar bor bo‘lsa);
“Tug‘ilgan sanasi” maydonida tug‘ilgan sanasi (kun, oy, yil);
“Tug‘ilgan joyi” maydonida jismoniy shaxsning tug‘ilgan joyi;
“Fuqaroligi” maydonida “1 — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi”, “2 — chet el fuqarosi” va “3 — fuqaroligi bo‘lmagan shaxs” jismoniy shaxs fuqaroligiga oid mos raqam;
“Mamlakati kodi” maydoniga jismoniy shaxs fuqaroligi bo‘lgan mamlakatning ISO 3166 “Jahon mamlakatlari klassifikatori” xalqaro standartlariga muvofiq uch raqamli kodi yozib qo‘yiladi.
“Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risida ma’lumotlar” maydonida:
“Hujjat turi” maydonida ko‘rsatilgan hujjat turlarining mos raqami;
“Seriyasi” maydonida hujjat seriyasi;
“Raqami” maydonida hujjat raqami;
“Berilgan vaqti” maydonida hujjatning berilgan vaqti;
“Kim tomonidan berilgan” maydonida shaxsni tasdiqlovchi hujjatni bergan organ nomi ko‘rsatiladi.
29. “Chet el fuqarosining (fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning) doimiy yashaydigan mamlakatdagi yashash manzili” chet el fuqarosining (fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning) doimiy yashaydigan mamlakatdagi yashash manzili, “Mamlakat kodi” maydonida chet el fuqarosining (fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning) fuqaroligi bo‘lgan mamlakatning ISO 3166 “Jahon mamlakatlari klassifikatori” xalqaro standartlariga muvofiq uch raqamli kodi ko‘rsatiladi.
6-bob. Xabarnomaning “Chet el yuridik shaxsi to‘g‘risida ma’lumotlar” varag‘ini to‘ldirish
30. Xabarnomaning “Chet el yuridik shaxsi to‘g‘risida ma’lumotlar” varag‘i soliq to‘lovchi chet el korxonasida to‘g‘ridan to‘g‘ri, bilvosita yoki aralash ishtirok etgan hollarda to‘ldiriladi.
Agar soliq to‘lovchi bir nechta chet el korxonalarida ishtirok etsa, har bir chet el korxonasi bo‘yicha mazkur varaqlar alohida-alohida to‘ldiriladi.
31. Xabarnomalarning “Chet el yuridik shaxsining tartib raqami” maydonida soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda chet el korxonasiga berilgan tartib raqami qo‘yiladi.
Misol uchun, XK — 00001. Bunda “XK” — xorijiy korxona ma’nosini anglatadi.
Agar soliq to‘lovchi bir nechta chet el korxonasi faoliyatida ishtirok etsa, ularning har biriga bitta tartib raqami beriladi. Raqamlash sanoq tartibida izchil ketma-ketlik asosida amalga oshiriladi va ishtirok etish davrida o‘zgartirilmaydi.
Ishtirok etishi yakunlanganda mazkur raqam boshqa korxonaga takroran berilmaydi.
32. Xabarnomaning “To‘liq nomi” maydonida transliteratsiya qoidalariga muvofiq chet el korxonasining to‘liq nomi lotin yozuvida yoziladi.
33. “Ro‘yxatdan o‘tkazilgan (inkorporatsiya qilingan) mamlakat kodi” maydonida ushbu chet el korxonasining ro‘yxatdan o‘tkazgan (inkorporatsiya qilgan) va soliq rezidenti hisoblangan mamlakat (davlat, hudud)ning ISO 3166 “Jahon mamlakatlari klassifikatori” xalqaro standartlariga muvofiq uch raqamli kodi ko‘rsatiladi.
“Soliq rezidenti mamlakatining kodi” maydoni ushbu chet el korxonasining soliq rezidenti hisoblangan mamlakat (davlat, hudud) ISO 3166 “Jahon mamlakatlari klassifikatori” xalqaro standartlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazgan (inkorporatsiya qilgan) mamlakat (davlat, hudud)dan farq qilgan hollarda to‘ldiriladi.
34. “Chet el korxonasi ro‘yxatdan o‘tgan sana” maydonida chet el korxonasining o‘z mamlakatida ro‘yxatdan o‘tgan sanasi yoziladi.
35. “Ro‘yxatdan o‘tkazilgan (inkorporatsiya qilingan) mamlakatdagi ro‘yxat raqami” maydonida ushbu chet el korxonasini ro‘yxatdan o‘tkazgan (inkorporatsiya qilgan) davlat tomonidan berilgan raqam ko‘rsatiladi.
36. “Ro‘yxatdan o‘tkazilgan (inkorporatsiya qilingan) mamlakatdagi soliq to‘lovchining kodi yoki analoglari (agar mavjud bo‘lsa)” maydonida ushbu chet el korxonasining ro‘yxatdan o‘tkazgan (inkorporatsiya qilgan) mamlakatdagi soliq to‘lovchi sifatidagi kodi yoki o‘xshash (agar mavjud bo‘lsa) raqamlari ko‘rsatiladi.
37. “Soliq rezidenti bo‘lgan mamlakatdagi soliq to‘lovchining kodi yoki analoglari (agar mavjud bo‘lsa)” maydoni ushbu chet el korxonasining soliq rezidenti bo‘lgan mamlakati ro‘yxatdan o‘tkazgan (inkorporatsiya qilgan) mamlakatdan farq qilgan hollarda to‘ldiriladi.
38. “Ro‘yxatdan o‘tkazilgan (inkorporatsiya qilingan) mamlakatdagi manzili (agar mavjud bo‘lsa)” maydonida chet el korxonasining ro‘yxatdan o‘tkazgan (inkorporatsiya qilgan) mamlakatdagi manzili (agar mavjud bo‘lsa) lotin yozuvida to‘liq ko‘rsatiladi.
39. “Ishtiroki” maydonining bo‘sh xonasiga soliq to‘lovchining chet el korxonasida ko‘rsatilgan ishtirok etish tartiblariga mos keladigan raqamlardan biri qo‘yiladi:
“1” raqami — to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etganda;
“2” raqami — bilvosita ishtirok etganda;
“3” raqami — aralash (bir vaqtning o‘zida to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita) ishtirok etganda.
40. “Ishtirok etish yuzaga kelgan sana” maydoniga soliq to‘lovchining chet el korxonasi faoliyatida ishtirok etishi boshlangan sana ko‘rsatiladi.
Xabarnomani to‘ldirishda soliq to‘lovchining ishtiroki 2022-yil 1-yanvargacha boshlangan bo‘lsa, 01.01.2022 ko‘rsatiladi.
41. “Ishtirok etish ulushi (tartibi) o‘zgargan sana” maydonida soliq to‘lovchining chet el korxonasi faoliyatida ishtirok etish ulushi yoki tartibi (qatnashish usulini o‘zgartirmasdan) o‘zgargan sana ko‘rsatiladi.
Mazkur maydon xabarnomaning titul varag‘ida ishtirok etish asoslarida “2” va “6” raqamlari ko‘rsatilgan hollarda to‘ldiriladi.
42. “Ishtirok etish ulushi, %” maydonida soliq to‘lovchi chet el korxonasi faoliyatida to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita ishtirok etgan taqdirda, foiz hisobidagi ulushi, aralash ishtirok etgan hollarda aralash (to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita) ishtirok etish ulushining summasi ko‘rsatiladi.
43. “Ishtirok etish yakunlanishi sanasi” maydonida soliq to‘lovchining chet el korxonasi faoliyatida ishtirok etishi tugaydigan sana ko‘rsatiladi. Mazkur maydon xabarnomaning titul varag‘ida ishtirok etish asoslarida “3” ko‘rsatilgan hollarda to‘ldiriladi.
Ishtirok etish boshlanishi yoki ishtirok etish ulushining o‘zgarganligi haqidagi xabarnoma shaklini to‘ldirishda mazkur maydon to‘ldirilmaydi.
7-bob. Xabarnomaning “O‘zbekiston Respublikasi korxonasi to‘g‘risida ma’lumotlar” varag‘ini to‘ldirish
44. Xabarnomaning “O‘zbekiston Respublikasi korxonasi to‘g‘risida ma’lumotlar” varag‘i soliq to‘lovchi chet el korxonasida ishtirokini O‘zbekiston Respublikasi korxonasi orqali amalga oshirgan korxonaga nisbatan to‘ldiriladi.
Agar soliq to‘lovchi chet el korxonasida ishtirokini bir nechta O‘zbekiston Respublikasi korxonalari orqali amalga oshirsa, mazkur varaq har bir korxona uchun alohida-alohida to‘ldiriladi.
45. “O‘zbekiston Respublikasi korxonasining tartib raqami” maydonida soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda berilgan O‘zbekiston korxonasining tartib raqami ko‘rsatiladi.

Misol uchun:

U

Z

B

-

0

0

0

0

1

Agar soliq to‘lovchi chet el korxonasidagi ishtirokini bir nechta O‘zbekiston korxonasi orqali amalga oshirsa, har bir korxonaga alohida tartib raqami beriladi.
Raqamlar sanoq tartibida ketma-ketlik asosida beriladi va ishtirok etish davrida o‘zgartirilmaydi.
Soliq to‘lovchining O‘zbekiston korxonasi orqali ishtirok etishi yakunlangan taqdirda, mazkur raqam boshqa O‘zbekiston korxonasiga takroran berilmaydi.
46. “Korxonaning davlat ro‘yxatidan o‘tgan asosiy raqami” maydonida O‘zbekiston korxonasining davlat ro‘yxatiga olingan raqami ko‘rsatiladi.
47. “STIR” maydonida O‘zbekiston korxonasining ro‘yxatdan o‘tgan davlat soliq xizmati organidagi soliq to‘lovchining identifikatsion raqami qo‘yiladi.
48. “To‘liq nomi” maydonida ta’sis hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston korxonasining to‘liq nomi yoziladi.
8-bob. Xabarnomaning “Yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalari to‘g‘risida ma’lumotlar” varag‘ini to‘ldirish
49. Xabarnomaning “Yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalari to‘g‘risida ma’lumotlar” varag‘i quyidagi hollarda:
a) agar soliq to‘lovchi yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi muassisi bo‘lganda;
b) agar soliq to‘lovchi chet el korxonasida yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi orqali ishtirok etganda to‘ldiriladi.
Agar soliq to‘lovchi chet el korxonasida bir nechta yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalari orqali ishtirok etganda xabarnomalarning mazkur varag‘i har bir chet tuzilmasi bo‘yicha alohida-alohida to‘ldiriladi.
Bir vaqtning o‘zida mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlaridagi asoslar mavjud bo‘lgan hollarda, bunday chet el tuzilmasiga nisbatan bitta to‘ldiriladi.
50. “Chet el tuzilmasining tartib raqami” maydonida soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda berilgan chet el tuzilmasining tartib raqami ko‘rsatiladi.

Misol uchun:

X

T

-

0

0

0

0

1

Bunda “XT” xorijiy tuzilma ma’nosini anglatadi.
Agar soliq to‘lovchi bir nechta yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi muassisi hisoblansa, har bir chet el tuzilmasiga bitta tartib raqami beriladi.
Agar soliq to‘lovchi chet el korxonasida bir nechta yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalari orqali ishtirok etganda, har bir yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi o‘zining tartib raqamiga ega bo‘ladi.
Tartib raqamlari sanoq tartibida izchil ketma-ketlik asosida beriladi va chet el korxonasida ishtirok etish muddati davomida o‘zgartirilmaydi.
Bir vaqtning o‘zida mazkur Nizomning 53-bandi “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan hollarda yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasiga bitta raqam beriladi hamda ishtirok etish yakunlangan taqdirda takroran berilmaydi.
51. “Chet el tuzilmasi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etishga asoslar” bo‘limini to‘ldirishda:
“Muassis” maydoniga:
agar soliq to‘lovchi yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi muassisi bo‘lmagan hollarda “0” raqami;
agar, soliq to‘lovchi yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi muassisi bo‘lgan hollarda “1” raqami qo‘yiladi.
“Nazorat qiluvchi shaxs” maydoniga:
agar soliq to‘lovchi yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi nazorat qiluvchi shaxsi hisoblanmagan hollarda — “0” raqami;
agar soliq to‘lovchi yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi nazorat qiluvchi shaxsi hisoblansa — “1” raqami qo‘yiladi.
52. “Chet el tuzilmasi to‘g‘risida ma’lumotlar” bo‘limida:
“Tashkiliy tuzilmasi shakli (kodi)” maydoniga quyidagi ko‘rsatilganlardan birining mos raqami qo‘yiladi:
“1” — jamg‘arma;
“2” — sheriklik;
“3” — shirkat;
“4” — trast;
“5” — jamoaviy investitsiya va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari.
“Chet el tuzilmasi nomi” maydonida yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi nomi lotin yozuvida ko‘rsatiladi. Nomi mavjud bo‘lmagan hollarda chet el davlatlari qonunchiligi va (yoki) ta’sis hujjatlariga muvofiq yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining tashkiliy shaklini identifikatsiya qilish imkonini beruvchi axborotlar keltiriladi.
“Chet el tuzilmasini tashkil etish to‘g‘risidagi hujjat nomi va rekvizitlari” maydoni chet el tuzilmasini ta’sis etish to‘g‘risidagi hujjatlar nomi va uning rekvizitlari o‘zbek tilida ko‘rsatiladi.
“Chet el tuzilmasining tashkil topgan (ro‘yxatdan o‘tgan) vaqti” maydonida yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining xorijiy davlatda tashkil etilgan (ro‘yxatdan o‘tkazilgan) (agar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa) sanasi ko‘rsatiladi. Xabarnomaning titul varag‘ida “Xabarnomani taqdim etishga asoslar”ida “4” ko‘rsatilgan bo‘lsa, 01.01.2022 qo‘yiladi.
“Chet el tuzilmasi tashkil etilgan mamlakat kodi” maydonida ISO 3166 “Jahon mamlakatlari klassifikatori” xalqaro standartlariga muvofiq chet el tuzilmasi tashkil etilgan mamlakatning uch raqamli kodi ko‘rsatiladi.
“Chet el tuzilmasining tashkil topgan (ro‘yxatdan o‘tgan) mamlakatda ro‘yxatga olingan (yoki identifikatsiya qiluvchi boshqa) raqami” maydonida chet el tuzilmasining tashkil etilgan mamlakatda ro‘yxatga olingan raqami yoki identifikatsiya qiluvchi boshqa raqami mavjud bo‘lsa, o‘sha raqam ko‘rsatiladi.
“Chet el tuzilmasini identifikatsiya qiluvchi boshqa ma’lumotlar” maydoni chet el tuzilmasini identifikatsiya qiluvchi boshqa ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hollarda to‘ldiriladi.
Chet el tuzilmasini identifikatsiya qilishda soliq to‘lovchi tomonidan xabarnomaning ushbu varag‘idagi “Muassis” yoki “Nazorat qiluvchi shaxs” maydonlari to‘ldirishda “1” raqami qo‘yilgan yoxud “Chet el tuzilmasini tashkil etish to‘g‘risidagi hujjat nomi va rekvizitlari” maydonini to‘ldirishga ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan hollarda to‘ldirilishi shart.
53. “Chet el tuzilmasi haqida xabarnomani taqdim etish uchun asoslar yuzaga kelgan sana” maydonida yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi haqidagi xabarnomani taqdim etishga asos yuzaga kelgan sana ko‘rsatiladi. Xabarnomani taqdim etishga bir yoki bir nechta asoslar mavjud bo‘lgan hollarda mazkur varaqda ko‘rsatilgan birinchi sana qo‘yiladi.
54. “Ishtirok etish ulushi, %” maydoni soliq to‘lovchi tomonidan xabarnomaning 3-varag‘ida ko‘rsatilgan chet el korxonasining ustav fondida yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi orqali ishtirok etgan hollarda to‘ldiriladi. Bunda “Ishtirok etish ulushi, %” maydonida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 38-moddasi to‘rtinchi qismida belgilangan tartibda aniqlangan soliq to‘lovchining chet el korxonasi ustav fondida yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi orqali bilvosita ishtirok etishi ulushi ko‘rsatiladi.
55. “Chet el tuzilmasi haqida xabarnomani taqdim etish uchun asoslar tugash sanasi” maydonida “Chet el tuzilmasi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etishga asoslar” maydonida ko‘rsatilgan bo‘lsa, soliq to‘lovchining yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasida muassis yoki nazorat qiluvchi shaxs maqomini yo‘qotgan sana ko‘rsatiladi.
9-bob. Xabarnomaning “Soliq to‘lovchining chet el yuridik shaxsida bilvosita ishtirok etishi tartibi” varag‘ini to‘ldirish
56. Xabarnomaning “Soliq to‘lovchining chet el yuridik shaxsida bilvosita ishtirok etishi tartibi” varag‘i soliq to‘lovchining chet el yuridik shaxsida bilvosita ishtirok etishi tartibini aniqlash maqsadida to‘ldiriladi.
Agar xabarnoma soliq to‘lovchi bilvosita ishtirok etayotgan bir nechta chet el korxonasiga nisbatan taqdim etilayotgan bo‘lsa, har bir chet el korxonasi bo‘yicha mazkur varaqlar alohida-alohida to‘ldiriladi.
57. “Soliq to‘lovchining chet el yuridik shaxsida bilvosita ishtirok etishi to‘g‘risida ma’lumotlar” bo‘limida quyidagilar ko‘rsatiladi:
“Chet el yuridik shaxsining tartib raqami” maydonida xabarnomaning 3-varag‘ida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchi tomonidan chet el yuridik shaxsiga mustaqil holda berilgan tartib raqami;
“To‘liq nomi” maydonida lotin yozuvida chet el korxonasida lotin yozuvidagi to‘liq nomi;
“Bilvosita ishtirok etish ulushi — jami, %” maydonida xabarnomaning “Soliq to‘lovchining chet el yuridik shaxsida bilvosita ishtirok etishi to‘g‘risida ma’lumotlar” bo‘limida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchining barcha ketma-ketlik bo‘yicha mazkur chet el korxonasida ishtirok etishi ulushining foizlarda ifodalangan summasi ko‘rsatiladi.
58. “Bilvosita ishtirok etish tartibi” bo‘limida soliq to‘lovchining chet el (O‘zbekiston) korxonalari va (yoki) yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalari orqali chet el korxonasida ishtirok etishi ketma-ketligi to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
“Ishtirok etish ketma-ketligi tartib raqami” maydonida xabarnomaning “Soliq to‘lovchining chet el korxonasida bilvosita ishtirok etishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limida ko‘rsatilgan chet el korxonasida soliq to‘lovchining chet el (O‘zbekiston) korxonasi va (yoki) yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi orqali ishtirok etishi ketma-ketligi tartib raqami ko‘rsatiladi. Mazkur raqam soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil belgilanadi, agar bilvosita ishtirok etish bir nechta ketma-ketlikda amalga oshirilsa, har bir ketma-ketlikka alohida raqam beriladi.
“Ketma-ketlikda bilvosita ishtirok etish ulushi — jami, %” maydonida “Soliq to‘lovchining chet el korxonasida bilvosita ishtirok etishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limida ko‘rsatilgan chet el korxonasida soliq to‘lovchining ketma-ketlik bo‘yicha bevosita ishtirok etishi ulushining foizi ko‘rsatiladi.
“Ketma-ketlikda ishtirok etuvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar” maydonida “Ishtirok etish ketma-ketligi” maydonida keltirilgan barcha ishtirokchilar ketma-ketligi ko‘rsatiladi.
Birinchi navbatda, soliq to‘lovchi to‘g‘ridan to‘g‘ri ulushga ega bo‘lgan chet el (O‘zbekiston) korxonasi va (yoki) yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi ko‘rsatiladi.
Ketma-ketlik oxirida “Soliq to‘lovchining chet el korxonasida bilvosita ishtirok etishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchi bilvosita ishtirok etadigan chet el korxonasi ko‘rsatiladi.
“Ishtirokchi tartib raqami” maydonida xabarnomaning 3-varag‘ida ko‘rsatilgan chet el korxonasi, 4-varag‘ida ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi korxonasi, 5-varag‘ida ko‘rsatilgan yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasining tartib raqamlari mos holda ko‘rsatiladi.
“To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish ulushi, %” maydonida:
ketma-ketlikning birinchi ishtirokchisiga nisbatan soliq to‘lovchining keyingi chet el (O‘zbekiston) korxonasi va (yoki) yuridik shaxsni tashkil etmagan holda chet el tuzilmasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etishi ulushining foizi ko‘rsatiladi.
Ketma-ketlikning navbatdagi har bir keyingi ishtirokchisiga nisbatan oldingi ishtirokchining keyingi chet el (O‘zbekiston) korxonasi va (yoki) yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etishi ulushining foizi ko‘rsatiladi.
“Bilvosita ishtirok etish ulushi, %” maydonida:
birinchi ishtirokchiga maydon to‘ldirilmaydi;
ketma-ketlikning navbatdagi har bir keyingi ishtirokchisiga nisbatan soliq to‘lovchining keyingi chet el (O‘zbekiston) korxonasi va (yoki) yuridik shaxsni tashkil etmagan holda chet el tuzilmasidagi bilvosita ishtirok etish ulushining foizi ko‘rsatiladi.
59. Agar soliq to‘lovchi “Soliq to‘lovchining chet el korxonasida bilvosita ishtirok etishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limida ko‘rsatilgan ketma-ketlikdan boshqacha ketma-ketlik bo‘yicha qatnashsa, “Bilvosita ishtirok etish tartibi” bo‘limi mazkur Nizomning 61-bandiga asosan har bir ketma-ketlik uchun to‘ldiriladi.
60. Agar soliq to‘lovchi boshqa chet el korxonasida bilvosita ishtirok etsa, mazkur varaq har bir chet el korxonasi bo‘yicha to‘ldiriladi.
61. Chet el korxonasida aralash holda ishtirok etilganda xabarnomaning “Soliq to‘lovchining chet el yuridik shaxsida bilvosita ishtirok etishi tartibi” varag‘ining bittasida to‘g‘ridan to‘g‘ri, boshqasida bilvosita ishtirok etish ulushi ko‘rsatilishi lozim.
“Soliq to‘lovchining chet el yuridik shaxsida bilvosita ishtirok etishi tartibi” varag‘ini to‘ldirishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
“Soliq to‘lovchining chet el yuridik shaxsida bilvosita ishtirok etishi to‘g‘risida ma’lumotlar” bo‘limining “Bilvosita ishtirok etish ulushi — jami, %” maydonida to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita ishtirok etish ulushi ko‘rsatiladi.
“Bilvosita ishtirok etish tartibi” bo‘limida chet el korxonasida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘ldirishda chet el korxonasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etish ulushi ko‘rsatiladi:
“Ishtirok etish ketma-ketligi” maydonida soliq to‘lovchining chet el korxonasida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etishi ketma-ketligi tartib raqami, aralash holda ishtirok etish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi;
“Ketma-ketlikda bilvosita ishtirok etish ulushi — jami, %” maydoni bunday ketma-ketlik bo‘yicha to‘ldirilmaydi;
“Ishtirokchi tartib raqami” maydonida soliq to‘lovchi aralash holda ishtirok etayotgan chet el korxonasi tartib raqami ko‘rsatiladi;
“To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish ulushi, %” maydonida soliq to‘lovchining chet el korxonasida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etishi ulushi, aralash holda ishtirok etish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi;
“Bilvosita ishtirok etish ulushi, %” maydoni bunday ketma-ketlik bo‘yicha to‘ldirilmaydi.
62. Bilvosita ishtirok etish, aralash ishtirok etish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar boshqa ketma-ketlik bo‘yicha ko‘rsatiladi. U holda bunday ketma-ketlik bo‘yicha bilvosita ishtirok etish ketma-ketligi mazkur varaqning “Bilvosita ishtirok etish tartibi” bo‘limi mazkur Nizomning 60-bandida ko‘rsatilgan tartibda to‘ldiriladi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
63. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
64. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Chet el yuridik shaxslarida ishtirok etish to‘g‘risidagi xabarnomalarning shakllari, ularni to‘ldirish va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ilova



Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qaroriga
6-ILOVA
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalarning shakllari, ularni to‘ldirish va taqdim etish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi soliq rezidentlari bo‘lgan soliq to‘lovchilar tomonidan nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalarning (keyingi o‘rinlarda — xabarnoma) shakllari, ularni to‘ldirish va soliq organlariga taqdim etish tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti o‘zi hisobga olingan joydagi soliq organini O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (keyingi o‘rinlarda — Soliq kodeksi) 209-moddasida nazarda tutilgan tartib va muddatlarda:
Soliq kodeksining 40-moddasining birinchi yoki beshinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, chet el kompaniyasining;
Soliq kodeksining 40-moddasining to‘qqizinchi yoki o‘n ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etgan hollarda xabardor qiladi.
2-bob. Xabarnomalar shakllari va tarkibi
3. Ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqida xabarnoma 10 varaqdan iborat bo‘lib:
1 — varaq (titul varaq);
2 — varaq (jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar);
3 — varaq (nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari to‘g‘risida ma’lumotlar);
4 — varaq (soliq to‘lovchini nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etish uchun asoslar);
5 — varaq (yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasi hisoblangan nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari to‘g‘risida ma’lumotlar);
6 — varaq (soliq to‘lovchini yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasi hisoblangan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etish uchun asoslar);
7 — varaq (nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining moliyaviy hisoboti to‘g‘risida ma’lumotlar);
8 — varaq (soliq to‘lovchining nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida bilvosita ishtirok etishi tartibi);
9 — varaq (nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida bilvosita ishtirok etadigan O‘zbekiston korxonasi to‘g‘risida ma’lumotlar);
10 — varaq (nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida soliq to‘lovchi bilvosita ishtirok etadigan chet el korxonasi to‘g‘risida ma’lumotlar)ni o‘z ichiga oladi.
3-bob. Xabarnoma shakllarini to‘ldirishning umumiy talablari
4. Xabarnoma varaqlari qora yoki ko‘k siyohda yoxud tegishli dasturiy ta’minot orqali bitta nusxada to‘ldiriladi.
Faqat to‘ldirish uchun asoslar mavjud bo‘lgan varaqlar to‘ldiriladi.
Xabarnomani to‘ldirishda xatolarni tuzatishga yoki shunga o‘xshash vositalardan foydalangan holda o‘zgartirishga, qog‘oz ko‘rinishida taqdim etilganda ikki tomonlama chop etishga va tikishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xabarnoma varaqlari to‘ldiriladigan bo‘limlari mavjudligi yoki yo‘qligi va sonidan qat’i nazar raqamlanadi, titul varaq raqamlanmaydi, raqamlash ikkinchi varaqdan “2” raqami bilan boshlanadi va ko‘rsatilgan maydonga qo‘yiladi.
5. Xabarnomada ma’lum bir belgilardan tashkil topgan har bir ko‘rsatkichga bitta maydon to‘g‘ri keladi. Har bir maydonga faqat bitta ko‘rsatkich va har bir katakka bitta belgi to‘ldiriladi.
Istisno tariqasida sana uchun uchta maydon mavjud bo‘lib kun, oy va yil “.” (nuqta) bilan ajratiladi.
Misol uchun, 15.01.2023.
6. Xabarnoma maydonlarini matn, son va kodli ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirishda chapdan o‘ngga qarab, qo‘lyozma yoki bosma harflardan foydalaniladi.
7. Xabarnomadagi barcha qiymat ko‘rinishidagi ko‘rsatkichlar so‘mda to‘ldiriladi.
8. Xabarnomaning titul varag‘idan tashqari quyi qismidagi “Mazkur sahifada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va to‘liqligini tasdiqlayman” maydoni soliq to‘lovchi yoki uning vakilining imzosi bilan tasdiqlanadi.
9. Xabarnoma shaklini dasturiy ta’minot orqali printerda chop etishda “Times New Roman” 12 — 14 o‘lchamdagi shriftdan foydalaniladi.
10. Xabarnomaning tegishli maydon ko‘rsatkichi mavjud bo‘lmaganda maydonning butun uzunligi bo‘ylab o‘rtasiga “—” (chiziqcha) belgisi qo‘yiladi.
Agar sonning kasr qismidagi raqamlar butun qismidagi raqamlar sonidan ko‘p bo‘lsa, bo‘sh maydonlar chiziqcha bilan to‘ldiriladi.
Masalan, soliq to‘lovchining chet el yuridik shaxsida yoki nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida “Ishtirok etish ulushi” 53,87423 foizni tashkil etsa, sonning butun qismi 3 xonali, kasr qismi 15 xonali sonlarda, bo‘sh kataklari chiziqcha bilan “53-.87423----------” ko‘rinishda to‘ldiriladi.
11. Dasturiy ta’minot yordamida to‘ldirilgan va printerda chop etilgan xabarnomani yuborishda bo‘sh joylar uchun maydon va chiziqlar bo‘lmasligi mumkin. Maydonlarning joylashuvi va o‘lchamlari o‘zgartirilmasligi kerak.
12. Soliq to‘lovchi tomonidan xabarnomalar soliq bo‘yicha hisobga olingan joydagi soliq organiga qog‘ozda yoki telekommunikatsiya kanallari orqali elektron shaklda yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilishi mumkin.
4-bob. Xabarnomaning titul varaqlarini to‘ldirish
13. Xabarnoma shakllaridagi “STIR” maydoni har bir varaqning yuqori qismida takrorlanadi va unda xabarnomani taqdim etayotgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami ko‘rsatiladi.
14. “Hujjat turi” maydonida:
“1” raqami tegishli hisobot davri uchun birinchi marta taqdim etilayotganligini;
“2” va undan keyingi raqamlar tegishli hisobot davri uchun aniqlashtirilgan xabarnoma tartib raqamlarini bildiradi.
15. “Hisobot davri” maydonida xabarnoma taqdim etilayotgan oy tartib raqami va “Soliq davri” maydonida kalendar yil ko‘rsatiladi.
16. “Soliq to‘lovchi to‘g‘risida ma’lumotlar” maydonida soliq to‘lovchi:
yuridik shaxslar bo‘yicha ta’sis hujjatlariga muvofiq yuridik shaxsning to‘liq nomi;
jismoniy shaxslar bo‘yicha shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida jismoniy shaxsning ismi, familiyasi va otasining ismi (mavjud bo‘lsa) to‘liq yoziladi. Bunda jismoniy shaxs bo‘yicha ma’lumotlar 2-varaqda ko‘rsatiladi.
17. “Yuridik shaxsning joylashgan joyi” maydonida yuridik shaxsning joylashgan joyi ko‘rsatiladi.
18. “Pochta manzili” maydonida yuridik shaxsning joylashgan joyi bo‘yicha pochta manzili yoziladi.
19. “Elektron pochta manzili” maydonida yuridik shaxsning Internet tarmog‘ida ro‘yxatga olingan va aktiv holatdagi elektron pochta manzili ko‘rsatiladi.
20. “Telefon” maydonida soliq to‘lovchi yoki uning vakilining aloqa uchun telefon raqamlari operator kodi bilan ko‘rsatiladi.
21. “Xabarnomani taqdim etish muddati (kun/oy/yil)” maydoniga xabarnoma taqdim etilayotgan sana kun, oy, yil shaklida to‘ldiriladi.
22. “_________ga taqdim etiladi” maydoniga xabarnoma taqdim etilayotgan davlat soliq xizmati organining to‘liq nomi yoziladi.
23. “Mazkur xabarnoma _ _ _ hujjatlar nusxalari ilova qilingan holda varaqda tuzildi.” maydonida to‘ldirilgan xabarnoma shakllari, “Ilova _ _ _ varaqda.” maydonida taqdim etilayotgan xabarnomaga ilova qilinayotgan va tasdiqlovchi hujjatlar soni ko‘rsatiladi.
24. Titul varaqning “Mazkur xabarnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va to‘liqligini tasdiqlayman:” bo‘limida bo‘sh maydoniga xabarnoma kim tomonidan taqdim etilayotgan bo‘lsa, “1 — jismoniy shaxs”, “2 — jismoniy shaxs vakili”, “3 — korxona rahbari” va “ 4 — korxona vakili”ning mos raqamlaridan biri ko‘rsatiladi:
agar xabarnoma yuridik shaxs tomonidan taqdim etilayotgan bo‘lsa, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida korxona rahbarining yoki vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi to‘liq, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, operator kodi bilan telefon raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatiladi hamda shaxsiy imzosi va imzolangan sanasi bilan tasdiqlanadi;
agar xabarnoma soliq to‘lovchi — jismoniy shaxs, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkor, advokat, notarius va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq xususiy amaliyot bilan shug‘ullanadigan boshqa shaxslar tomonidan taqdim etilganda ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida ismi, otasining ismi to‘liq, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami, operator kodi bilan telefon raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatiladi va shaxsiy imzosi bilan tasdiqlanib, imzolagan sanasi qo‘yiladi.
Xabarnoma jismoniy shaxs yoki korxona vakili tomonidan taqdim etilganda “Soliq to‘lovchining vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat nomi va rekvizitlari” maydonida vakilligini tasdiqlovchi hujjatlar nomi va uning rekvizitlari to‘liq ko‘rsatilishi va ilova qilinishi lozim.
Xabarnomani taqdim etayotgan korxona rahbarining yoki vakilining yoxud jismoniy shaxs yoki vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi boshqa varaqlarda ham takrorlanadi va ularda mazkur shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatiladi.
25. “Davlat soliq xizmati organi xodimi tomonidan to‘ldiriladi” maydonida xabarnomani taqdim etish usullari, xabarnoma varaqlari, ilova qilinayotgan va tasdiqlovchi hujjatlar soni, topshirilgan sanasi va ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqami xabarnomani qabul qilgan soliq xizmati xodimining ismi, familiyasi va otasining ismi (agar bor bo‘lsa) va imzosi bilan tasdiqlanadi.
5-bob. Xabarnomalarning “Jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar” varag‘ini to‘ldirish
26. Xabarnomalarning “Jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar” varag‘i yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lmagan jismoniy shaxs tomonidan to‘ldiriladi.
27. Ma’lumotlar jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida:
“Familiyasi”, “Ismi”, “Otasining ismi” maydonlarida xabarnomani taqdim etayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (agar bor bo‘lsa);
“Tug‘ilgan sanasi” maydonida tug‘ilgan sanasi (kun, oy, yil);
“Tug‘ilgan joyi” maydonida jismoniy shaxsning tug‘ilgan joyi;
“Fuqaroligi” maydonida “1 — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi”, “2 — chet el fuqarosi” va “3 — fuqaroligi bo‘lmagan shaxs” jismoniy shaxs fuqaroligiga oid mos raqam;
“Mamlakati” maydoniga jismoniy shaxs fuqaroligi bo‘lgan mamlakat nomi yozib qo‘yiladi;
“Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risida ma’lumotlar” maydonida:
“Hujjat turi” maydonida ko‘rsatilgan hujjat turlarining mos raqami;
“Seriyasi” maydonida hujjat seriyasi;
“Raqami” maydonida hujjat raqami;
“Berilgan vaqti” maydonida hujjatning berilgan vaqti;
“Kim tomonidan berilgan” maydonida shaxsni tasdiqlovchi hujjatni bergan organ nomi ko‘rsatiladi.
28. “Yashash joyi manzili” maydonida doimiy propiska bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi soliq rezidenti sifatida ro‘yxatda turgan joy manzili aniq ko‘rsatilishi lozim.
29. “Telefoni” maydonida aloqa uchun telefon raqamlari operator kodi bilan ko‘rsatiladi.
30. “Mazkur xabarnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va to‘liqligini tasdiqlayman:” bo‘limida jismoniy shaxsning STIR, ismi, familiyasi, otasining ismi (agar bor bo‘lsa) ko‘rsatilib, shaxsiy imzosi bilan tasdiqlanadi va imzolagan sanasi qo‘yiladi.
31. “Davlat soliq xizmati organi xodimi tomonidan to‘ldiriladi” maydonida xabarnomani taqdim etish usullari, xabarnoma varaqlari, ilova qilinayotgan va tasdiqlovchi hujjatlar varaqlari soni, topshirilgan sanasi va ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqami xabarnomani qabul qilgan soliq xizmati xodimining ismi, familiyasi va otasining ismi (agar bor bo‘lsa) va imzosi bilan tasdiqlanadi.
6-bob. Xabarnomaning “Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari to‘g‘risida ma’lumotlar” varag‘ini to‘ldirish
32. Xabarnomaning “Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari to‘g‘risida ma’lumotlar” varag‘i nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi hisoblangan chet el korxonasiga nisbatan soliq to‘lovchi nazorat qiluvchi shaxs deb e’tirof etilgan hollarda to‘ldiriladi.
Agar soliq to‘lovchi bir nechta chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etilgan bo‘lsa, har bir chet el kompaniyasi bo‘yicha alohida-alohida to‘ldiriladi.
33. Xabarnomaning “Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining tartib raqami” maydonida soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda chet el kompaniyasiga berilgan tartib raqami ko‘rsatiladi.

Misol uchun,

X

K

-

0

0

0

0

1

.

Bunda “XK” xorijiy kompaniya ma’nosini anglatadi.
Agar soliq to‘lovchi chet el korxonasining nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida ishtirok etsa va u to‘g‘ridagi ma’lumotlar Soliq kodeksining 209-moddasi birinchi qismi ikkinchi xatboshisiga muvofiq “Chet el yuridik shaxsi faoliyatida ishtirok etish (yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalarini ta’sis etish) to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan bo‘lsa, har bir nazorat qilinadigan chet el kompaniyasiga chet el korxonasiga mos holda tartib raqami beriladi.
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi soliq rezidenti maqomini o‘zgartirganda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining raqami saqlab qolinadi va qayta berilmaydi.
Soliq to‘lovchining nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi maqomi tugatilganda (yakunlanganda) mazkur raqam takroran boshqasiga berilmaydi.
34. Xabarnomaning “Chet el korxonasining nomi” maydonida transliteratsiya qoidalariga muvofiq chet el korxonasining to‘liq nomi lotin yozuvida yoziladi.
35. “Ro‘yxatdan o‘tgan mamlakat (hudud) kodi” maydonida ushbu chet el korxonasini ro‘yxatdan o‘tkazgan mamlakat (hudud)ning ISO 3166 “Jahon mamlakatlari klassifikatori” xalqaro standartlariga muvofiq uch raqamli kodi ko‘rsatiladi.
36. “Chet el korxonasi ro‘yxatdan o‘tgan sana” maydonida chet el korxonasining o‘z mamlakatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanasi yoziladi.
37. “Ro‘yxatdan o‘tgan (inkorporatsiya qilingan) mamlakatdagi ro‘yxat raqam(lar)i (agar mavjud bo‘lsa)” maydonida ushbu chet el korxonasining ro‘yxatdan o‘tkazgan (inkorporatsiya qilingan) mamlakat (hudud)dagi ro‘yxatga olingan (agar olingan bo‘lsa) raqam(lar)i (mavjud bo‘lsa) yoki uning anolog(lar)i ko‘rsatiladi.
38. “Ro‘yxatdan o‘tgan (inkorporatsiya qilingan) mamlakatdagi soliq to‘lovchining kodi yoki analoglari (agar mavjud bo‘lsa)” maydonida ushbu chet el korxonasining ro‘yxatdan o‘tkazgan (inkorporatsiya qilingan) mamlakat (hudud)dagi soliq to‘lovchi sifatidagi kodi yoki uning analogi (agar mavjud bo‘lsa) raqamlari ko‘rsatiladi.
39. “Soliq rezidenti bo‘lgan mamlakat (hudud)dagi soliq to‘lovchining kodi yoki analoglari (agar mavjud bo‘lsa)” maydonida ushbu chet el korxonasining soliq rezidenti bo‘lgan mamlakat (hudud)dagi soliq to‘lovchi sifatidagi kodi yoki uning analogi (agar mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi.
40. “Ro‘yxatdan o‘tgan (inkorporatsiya qilingan) mamlakat (hudud)dagi manzili (agar mavjud bo‘lsa)” maydonida chet el korxonasining ro‘yxatdan o‘tkazgan (inkorporatsiya qilingan) mamlakat (hudud)dagi manzili (agar mavjud bo‘lsa) lotin yozuvida to‘ldiriladi.
7-bob. Xabarnomaning “Soliq to‘lovchini nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etish uchun asoslar” varag‘ini to‘ldirish
41. Mazkur varaq soliq to‘lovchi tomonidan xabarnomaning 3-varag‘ida nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatilgan hollarda to‘ldiriladi.
42. “Umumiy ma’lumotlar” bo‘limida:
1) “Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining tartib raqami” maydonida xabarnomaning 3-varag‘idagi ko‘rsatilgan chet el kompaniyasining tartib raqami;
2) “Soliq to‘lovchini nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etish uchun asoslar” maydonida mazkur nizomga 2-ilovaga muvofiq chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etish uchun asoslarning tegishli kodi ko‘rsatiladi;
Agar soliq to‘lovchi tegishli kod qarshisida “1” raqamini ko‘rsatganda soliq to‘lovchi munosabatlarida bajarilmaydigan va/yoki bajarilganligi holati inobatga olinmagan tegishli asos kodi qarshisida “0” yoki “2” raqamini ko‘rsatish vakolatiga ega.
3) “Mustaqil ravishda chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etish” maydonida mos holda “0” yoki “1” raqami, “1” raqami Soliq kodeksining 40-moddasining birinchi qismi yoki beshinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi soliq rezidenti o‘zini mustaqil holda chet el kompaniyasi nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etgan hollarda ko‘rsatiladi.
Mustaqil ravishda chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etilganda “Soliq to‘lovchini nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etish uchun asoslar” maydoni mazkur bandning “2” kichik bandiga muvofiq to‘ldiriladi.
43. “Chet el korxonasida ishtirok etishi to‘g‘risida ma’lumotlar” bo‘limi chet el korxonasida ishtiroki soliq to‘lovchi chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etilgan hollarda to‘ldiriladi:
1) “Ishtirok etish turi” maydonida mazkur nizomga 3-ilovaga muvofiq chet el korxonasida ishtirok etish turlari kodlariga mos holda “0” yoki “1” raqami, soliq to‘lovchiga nisbatan bir nechta asoslar mos kelgan hollarda tegishli kod qarshisiga “1” raqami qo‘yiladi.
2) “Ishtirok etish turi” maydoni 205-kod “Soliq to‘lovchini nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etish uchun asoslar”da faqat 102-kod ko‘rsatilganda to‘ldiriladi.
3) “To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish ulushi, %” maydonida soliq to‘lovchi chet el korxonasida to‘g‘ridan to‘g‘ri yagona ishtirokchi bo‘lgan hollarda, shu jumladan, yagona ishtiroki aralash (to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita) amalga oshirilgandagi ulushi ko‘rsatiladi. Agar, to‘g‘ridan to‘g‘ri yagona ishtirokchi bo‘lmagan hollarda, “0” qo‘yiladi;
4) “Bilvosita ishtirok etish ulushi, %” maydonida soliq to‘lovchi chet el korxonasida bilvosita yagona ishtirokchi bo‘lgan hollarda, shu jumladan, yagona ishtiroki aralash (to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita) amalga oshirilgandagi ulushi ko‘rsatiladi. Agar, soliq to‘lovchi chet el korxonasida bilvosita yagona ishtirokchi bo‘lmasa, “0” qo‘yiladi;
5) “Aralash ishtirok etish ulushi, %” maydonida soliq to‘lovchining chet el korxonasidagi yagona aralash holda to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita ishtirokining umumiy ulushi miqdori ko‘rsatiladi;
6) “Eri (xotini), ota-onasi (farzandlikka olgan ota-onasi), eri (xotini)ning ota-onasi, farzandlari (farzandlikka olingan farzandlari), to‘liq va to‘liq bo‘lmagan qarindosh aka-ukalari va opa-singillari, shuningdek, vasiy (homiy)si va homiyligidagi shaxs bilan birgalikda ishtirok etish ulushi, %” maydonida soliq to‘lovchi chet el korxonasida eri (xotini), ota-onasi (farzandlikka olgan ota-onasi), eri (xotini)ning ota-onasi, farzandlari (farzandlikka olingan farzandlari), to‘liq va to‘liq bo‘lmagan qarindosh aka-ukalari va opa-singillari, shuningdek, vasiy (homiy)si va homiyligidagi shaxs bilan birgalikda ishtirok etgan hollardagi ulushi ko‘rsatiladi.
Mazkur maydon “Ishtirok etish turi” maydonida 204-kod tanlangan hollarda to‘ldiriladi;
7) “O‘zbekiston Respublikasi soliq rezidenti bilan birgalikda ishtirok etish ulushi, %” maydonida soliq to‘lovchi chet el korxonasidagi ishtiroki eri (xotini)ning, ota-onasi (farzandlikka olgan ota-onasi), eri (xotini)ning ota-onasi, farzandlari (farzandlikka olingan farzandlari), to‘liq va to‘liq bo‘lmagan qarindosh aka-ukalari va opa-singillari, shuningdek, vasiy (homiysi) va homiyligidagi shaxs bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi soliq rezidenti bilan ishtirok etgan hollardagi ulushi ko‘rsatilib, mazkur maydon “Ishtirok etish turi” maydonida 205-kod tanlangan hollarda to‘ldiriladi.
44. “Chet el korxonasi nazorati to‘g‘risida ma’lumotlar” bo‘limi Soliq kodeksi 40-moddasining beshinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra chet el kompaniyasi nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etilgan hollarda to‘ldiriladi.
“Asoslar (hujjatning nomi va rekvizitlari)” maydonida soliq to‘lovchi chet el kompaniyasi nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etilgan hujjat nomi, shuningdek, raqami va sanasi ko‘rsatiladi.
8-bob. Xabarnomaning “Yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasi hisoblangan nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari to‘g‘risida ma’lumotlar” varaqlarini to‘ldirish
45. Xabarnomaning “Yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasi hisoblangan nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari to‘g‘risida ma’lumotlar” varag‘i yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasi hisoblangan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasiga nisbatan to‘ldiriladi.
Agar soliq to‘lovchi yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasi hisoblangan bir nechta nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etilganda har bir chet el tuzilmasi bo‘yicha xabarnomaning mazkur varag‘i alohida-alohida to‘ldiriladi.
46. “Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining tartib raqami” maydonida soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda berilgan chet el tuzilmasining tartib raqami ko‘rsatiladi.

Misol uchun,

X

T

-

0

0

0

0

1

.

Bunda “XT” xorijiy tuzilma ma’nosini anglatadi.
Agar soliq to‘lovchi chet el korxonasining nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida ishtirok etsa va u to‘g‘risidagi ma’lumotlar Soliq kodeksining 209-moddasi birinchi qismi ikkinchi xatboshisiga muvofiq “Chet el yuridik shaxsi faoliyatida ishtirok etish (yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalarini ta’sis etish) to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan bo‘lsa, har bir nazorat qilinadigan chet el kompaniyasiga chet el korxonasiga mos holda tartib raqami beriladi.
Soliq to‘lovchining nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi maqomi tugatilganda (yakunlanganda) mazkur raqam takroran boshqasiga berilmaydi.
47. “Tashkiliy tuzilmasi shakli (kodi)” maydoniga quyidagilarning mos raqamlaridan biri qo‘yiladi:
“1” — jamg‘arma;
“2” — sheriklik;
“3” — shirkat;
“4” — trast;
“5” — jamoaviy investitsiya va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari.
48. “Yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasi nomi” maydonida yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi nomi lotin yozuvida ko‘rsatiladi. Nomi mavjud bo‘lmagan hollarda chet el davlatlari qonunchiligi va (yoki) ta’sis hujjatlariga muvofiq yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining tashkiliy shaklini identifikatsiya qilish imkonini beruvchi axborotlar keltiriladi.
49. “Yuridik shaxsni tashkil etmagan holda chet el tuzilmasini tashkil etish to‘g‘risidagi hujjat nomi va rekvizitlari” maydonida yuridik shaxsni tashkil etmagan holda chet el tuzilmasini ta’sis etish to‘g‘risidagi hujjat nomi va uning rekvizitlari (mavjud bo‘lgan hollarda) o‘zbek tilida lotin yozuvida to‘ldiriladi.
50. “Tashkil topgan (ro‘yxatdan o‘tgan) sanasi” maydonida yuridik shaxsni tashkil etmagan holda chet el tuzilmasining xorijiy davlatda tashkil etilgan (ro‘yxatdan o‘tkazilgan) (agar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa) sanasi ko‘rsatiladi.
51. “Tashkil topgan (ro‘yxatdan o‘tgan) mamlakat kodi” maydonida ISO 3166 “Jahon mamlakatlari klassifikatori” xalqaro standartlariga muvofiq ushbu chet el tuzilmasi mamlakatining uch raqamli kodi ko‘rsatiladi.
53. “Yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasini identifikatsiya qiluvchi boshqa ma’lumotlar” maydoni chet el tuzilmasini identifikatsiya qiluvchi boshqa ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hollarda to‘ldiriladi.
9-bob. Xabarnomaning “Soliq to‘lovchini yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasi hisoblangan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etish uchun asoslar” varag‘ini to‘ldirish
54. Xabarnomaning “Soliq to‘lovchini yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasi hisoblangan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etish uchun asoslar” varag‘i soliq to‘lovchi ushbu xabarnomaning 5-varag‘ida o‘zini yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasi hisoblangan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb ko‘rsatgan bo‘lsa to‘ldiriladi.
55. “Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining tartib raqami” maydonida ushbu xabarnomaning 5-varag‘ida qayd qilingan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining tartib raqami ko‘rsatiladi.
56. “Soliq to‘lovchini nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etish uchun asoslar” maydonida mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxslari deb e’tirof etish uchun asoslarning tegishli kodi ko‘rsatiladi;
Agar soliq to‘lovchi tegishli kod qarshisida “1” raqamini ko‘rsatganda soliq to‘lovchi munosabatlarida bajarilmaydigan va/yoki bajarilganligi holati inobatga olinmagan tegishli asos kodi qarshisida “0” yoki “2” raqamini ko‘rsatish vakolatiga ega.
57. “Mustaqil ravishda yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasi nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etish” maydonida “0” yoki “1” raqami, “1” raqami Soliq kodeksining 40-moddasi o‘n uchinchi qismiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti mustaqil ravishda o‘zini yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etgan hollarda qo‘yiladi.
Soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda chet el korxonasi nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etilganda “Soliq to‘lovchini nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etish uchun asoslar” maydoni mazkur Nizomning 71-bandida ko‘rsatilgan tartibda to‘ldiriladi.
58. “Yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etish to‘g‘risidagi asoslarning bajarilganligini tasdiqlovchi (tasdiqlangan hujjatlar nomi va rekvizitlari” maydonida soliq to‘lovchini yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etish to‘g‘risidagi asoslarning bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat(lar) nomi, shuningdek, u(lar)ning raqami va sanasi ko‘rsatiladi.
10-bob. Xabarnomaning “Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining moliyaviy hisoboti to‘g‘risida ma’lumotlar” varag‘ini to‘ldirish
59. Xabarnomaning “Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining moliyaviy hisoboti to‘g‘risida ma’lumotlar” varag‘i mazkur xabarnomaning 3 va 5-varaqlarida ko‘rsatilgan nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining moliyaviy hisobotlariga nisbatan to‘ldiriladi.
60. “Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining tartib raqami” maydonida mazkur xabarnomaning 3 va 5-varaqlarida ko‘rsatilgan nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining tartib raqamlari ko‘rsatiladi.
61. “Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini aniqlash” maydonida nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi:
Soliq kodeksining 331-moddasi 1-qismi “1” kichik bandi asosida aniqlanganda “1” raqami;
Soliq kodeksining 331-moddasi 1-qismi “2” kichik bandi asosida aniqlanganda “2” raqami ko‘rsatiladi.
62. “Moliyaviy hisobot tuziladigan davrning oxirgi kuni” maydonida nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining moliya yili uchun moliyaviy hisobot tuziladigan davrning tugashi sanasi ko‘rsatiladi.
63. “Moliya yili uchun moliyaviy hisobot tuzilgan sana” maydonida nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi tomonidan moliyaviy hisobot tuzilgan sana ko‘rsatiladi.
64. “Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi aniqlanadigan davrning oxirgi sanasi” maydonida Soliq kodeksining 331-moddasi birinchi qismi “2” kichik bandiga muvofiq nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi aniqlanadigan oxirgi sana ko‘rsatiladi.
65. “Auditorlik xulosasi tuzilgan sana” maydonida nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining shaxsiy qonunida yoki ta’sis (korporativ) hujjatlarida moliya yilida moliyaviy hisobotlar majburiy tartibda audit tekshiruvi o‘tkazilishi belgilangan yoki ixtiyoriy ravishda audit tekshiruvi o‘tkazilgan bo‘lsa, moliyaviy hisobotlar bo‘yicha tuzilgan audit xulosasi sanasi ko‘rsatiladi.
66. “Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini soliq solishdan ozod qilish uchun asoslar” maydonida nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini soliqdan ozod qilish uchun mazkur Nizomga 4-ilovada ko‘rsatilgan asoslarning tegishli kodlariga “0” yoki “1” raqamlari qo‘yiladi.
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini soliqdan ozod qilishga bir nechta asoslar to‘g‘ri kelganda, uning qarshisiga “1” raqami qo‘yiladi.
11-bob. Xabarnomaning “Soliq to‘lovchining nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida bilvosita ishtirok etishi tartibi” varaqlarini to‘ldirish
67. Xabarnomaning “Soliq to‘lovchining nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida bilvosita ishtirok etishi tartibi” varag‘i nazorat qilinadigan chet el korxonasida soliq to‘lovchining bir o‘zi (soliq rezidenti bo‘lgan eri (xotini), ota-onasi (farzandlikka olgan ota-onasi), eri (xotini)ning ota-onasi, farzandlari (farzandlikka olingan farzandlari), to‘liq va to‘liq bo‘lmagan qarindosh aka-ukalari va opa-singillari, shuningdek, vasiy (homiy)si va homiyligidagi shaxslar ishtirokisiz) ishtirok etgan hollarda to‘ldiriladi.
Soliq to‘lovchi bir nechta nazorat qilinadigan kompaniyasida bilvosita ishtirok etgan taqdirda, har bir chet el korxonasi va nazorat qilinadigan kompaniya bo‘yicha mazkur varaqlar alohida-alohida to‘ldiriladi.
68. “Soliq to‘lovchining nazorat qilinadigan chet el kompaniyada bilvosita ishtirok etishi to‘g‘risida ma’lumotlar” bo‘limida quyidagilar ko‘rsatiladi:
“Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining tartib raqami” maydonida soliq to‘lovchi tomonidan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasiga mustaqil holda berilgan tartib raqami;
“Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nomi” maydonida lotin yozuvida nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining o‘zbek tilidagi to‘liq nomi;
“Bilvosita ishtirok etish ulushi — jami, %” maydonida xabarnomaning “Soliq to‘lovchining nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida bilvosita ishtirok etishi to‘g‘risida ma’lumotlar” bo‘limida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchining barcha ketma-ketliklar bo‘yicha mazkur nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida ishtirok etishi ulushining foizlarda aniqlangan summasi ko‘rsatiladi.
69. “Bilvosita ishtirok etish tartibi” bo‘limida soliq to‘lovchining nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida ishtirok etishi ketma-ketligi to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
1) “Ishtirok etish ketma-ketligi” maydonida xabarnomaning “Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida bilvosita ishtirok etish to‘g‘risida ma’lumotlar” bo‘limida ko‘rsatilgan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi va chet el (O‘zbekiston Respublikasi) korxonasida soliq to‘lovchining bilvosita ishtirok etishi ketma-ketligi tartib raqami ko‘rsatiladi. Mazkur raqam soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi;
2) “Ketma-ketlikda bilvosita ishtirok etish ulushi — jami, %” maydonida “Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida bilvosita ishtirok etish to‘g‘risida ma’lumotlar” bo‘limida ko‘rsatilgan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida soliq to‘lovchining mazkur ketma-ketlik bo‘yicha oxirgi ishtirokchiga nisbatan bilvosita ishtirok etish ulushining foizi ko‘rsatiladi.
70. “Ketma-ketlikda ishtirok etuvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar” maydonida “Ishtirok etish ketma-ketligi” maydonida keltirilgan barcha ishtirokchilar ketma-ketligi ko‘rsatiladi.
Birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri ulushga ega bo‘lgan chet el (O‘zbekiston) korxonasi yoki nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi, shu jumladan, soliq to‘lovchi tomonidan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida ishtirok etishda foydalanilgan yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasi ko‘rsatiladi.
Oxirgi bo‘lib “Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida bilvosita ishtirok etish to‘g‘risida ma’lumotlar” bo‘limida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchi bilvosita ishtirok etadigan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi ko‘rsatiladi.
“Ishtirokchining tartib raqami” maydonida mazkur xabarnomaning 3-varag‘iga asosan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining, 5-varag‘iga asosan yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasi hisoblangan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi, 9-varag‘iga asosan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida bilvosita ishtirok etadigan O‘zbekiston korxonasi va 10-varag‘iga asosan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida soliq to‘lovchi bilvosita ishtirok etadigan chet el korxonasining tartib raqamlari ko‘rsatiladi.
“To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish ulushi, %” maydonida:
ketma-ketlikning birinchi ishtirokchisiga nisbatan soliq to‘lovchining keyingi chet el (O‘zbekiston) korxonasi va (yoki) yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi yoki nazorat qilinadigan chet el kompaniyasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etishi ulushi ketma-ketligi ko‘rsatiladi;
ketma-ketlikning har bir keyingi ishtirokchisiga nisbatan chet el (O‘zbekiston) korxonasi va (yoki) yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasidagi yoki nazorat qilinadigan chet el kompaniyasidagi oldingi ishtirokchining to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etishi ulushi foizlarda ko‘rsatiladi.
“Bilvosita ishtirok etish ulushi, %” maydonida:
birinchi ishtirokchiga maydon to‘ldirilmaydi;
ketma-ketlikning har bir keyingi ishtirokchiga nisbatan soliq to‘lovchining har bir chet el (O‘zbekiston) korxonasi va (yoki) yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasidagi yoki nazorat qilinadigan chet el kompaniyasidagi bilvosita ishtirok etishi ulushi foizlarda ko‘rsatiladi.
71. Agar soliq to‘lovchi nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida bir nechta ketma-ketlik bo‘yicha ishtirok etsa, har bir ketma-ketlik uchun mazkur varaq alohida to‘ldiriladi.
12-bob. Xabarnomaning “Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida bilvosita ishtirok etadigan O‘zbekiston korxonalari to‘g‘risida ma’lumotlar” varag‘ini to‘ldirish
72. Xabarnomaning “Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida bilvosita ishtirok etadigan O‘zbekiston korxonasi to‘g‘risida ma’lumotlar” varag‘i soliq to‘lovchi tomonidan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida bilvosita ishtirokini O‘zbekiston Respublikasi korxonalari orqali amalga oshirganda to‘ldiriladi.
Agar soliq to‘lovchi nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida bir nechta O‘zbekiston Respublikasi korxonalari orqali bilvosita ishtirok etsa, har bir O‘zbekiston Respublikasi korxonasi bo‘yicha mazkur varaq alohida-alohida to‘ldiriladi.
73. “O‘zbekiston Respublikasi korxonasining tartib raqami” maydonida soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda berilgan O‘zbekiston korxonasining tartib raqami ko‘rsatiladi.

Misol uchun,

U

Z

B

-

0

0

0

0

1

.

Agar soliq to‘lovchi nazorat qilinadigan kompaniyada Soliq kodeksining 209-moddasi birinchi qismi ikkinchi xatboshisiga asosan taqdim etilgan “Chet el yuridik shaxsi faoliyatida ishtirok etish (yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalarini ta’sis etish) to‘g‘risida”gi xabarnomada ko‘rsatilgan bir nechta O‘zbekiston korxonasi orqali ishtirok etsa, ularning har biriga mos holda alohida tartib raqami beriladi. Berilgan raqam ishtirok etish davrida o‘zgartirilmaydi.
Ishtirok etish yakunlangan taqdirda, mazkur raqam boshqa O‘zbekiston korxonasiga takroran berilmaydi.
74. “Korxonaning davlat ro‘yxatidan o‘tgan asosiy raqami” maydonida O‘zbekiston korxonasining davlat ro‘yxatiga olingan raqami ko‘rsatiladi.
75. “STIR” maydonida mos holda soliq to‘lovchining ro‘yxatdan o‘tgan davlat soliq xizmati organidagi soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami qo‘yiladi.
76. “To‘liq nomi” maydonida ta’sis hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston korxonasining to‘liq nomi yoziladi.
13-bob. Xabarnomaning “Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida soliq to‘lovchi bilvosita ishtirok etadigan chet el korxonasi to‘g‘risida ma’lumotlar” varag‘ini to‘ldirish
77. Xabarnomaning “Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida soliq to‘lovchi bilvosita ishtirok etadigan chet el korxonasi to‘g‘risida ma’lumotlar” varag‘i soliq to‘lovchi nazorat qilinadigan chet el kompaniyasidagi bilvosita ishtirokini chet el korxonasidan foydalangan holda amalga oshirgan chet el korxonasiga nisbatan to‘ldiradi. Bunda soliq to‘lovchi nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida to‘g‘ridan to‘g‘ri nazorat qiluvchi shaxs sifatida qaralmaydi.
Agar soliq to‘lovchi o‘z ishtirokini bir nechta chet el korxonalari orqali amalga oshirsa, har bir chet el korxonasi bo‘yicha mazkur varaq alohida-alohida to‘ldiriladi.
78. “Chet el korxonasining tartib raqami” maydonida chet el korxonasiga soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil holda berilgan tartib raqami ko‘rsatiladi.

Misol uchun,

X

K

-

0

0

0

0

1

.

Bunda “XK” xorijiy korxona ma’nosini anglatadi.
Agar soliq to‘lovchi nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida Soliq kodeksining 209-moddasi birinchi qismi ikkinchi xatboshisiga muvofiq taqdim etilgan “Chet el yuridik shaxsi faoliyatida ishtirok etish (yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalarini ta’sis etish) to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan chet el korxonalari orqali ishtirok etsa, mos holda ularning har biriga alohida tartib raqami beriladi.
Soliq to‘lovchining chet el korxonasida ishtiroki yakunlanganda mazkur raqam takroran boshqasiga berilmaydi.
79. “Chet el korxonasining nomi” maydonida transliteratsiya qoidalariga muvofiq chet el korxonasining to‘liq nomi lotin yozuvida yoziladi.
80. “Ro‘yxatdan o‘tgan (inkorporatsiya qilingan) mamlakat kodi” maydonida chet el korxonasini ro‘yxatdan o‘tkazgan (inkorporatsiya qilgan) mamlakatning ISO 3166 “Jahon mamlakatlari klassifikatori” xalqaro standartlariga muvofiq uch raqamli kodi ko‘rsatiladi.
81. “Ro‘yxatdan o‘tgan (inkorporatsiya qilingan) mamlakatdagi ro‘yxat raqami (agar mavjud bo‘lsa)” maydonida chet el korxonasining ro‘yxatdan o‘tkazgan mamlakat (hudud)da ro‘yxat olingan (inkorporatsiya qilingan) raqami (mavjud bo‘lgan hollarda) ko‘rsatiladi.
82. “Ro‘yxatdan o‘tgan (inkorporatsiya qilingan) mamlakatdagi soliq to‘lovchining kodi (mavjud bo‘lgan taqdirda)” maydonida chet el korxonasining ro‘yxatdan o‘tkazgan (inkorporatsiya qilingan) mamlakat (hudud)dagi soliq to‘lovchi sifatidagi kodi yoki uning analogi (agar mavjud bo‘lsa) raqamlari ko‘rsatiladi.
83. “Ro‘yxatdan o‘tgan (inkorporatsiya qilingan) mamlakatdagi manzili (mavjud bo‘lgan taqdirda)” maydonida chet el korxonasining ro‘yxatdan o‘tkazgan (inkorporatsiya qilingan) mamlakat (hudud)dagi yuridik manzili (agar mavjud bo‘lsa) lotin yozuvida to‘liq ko‘rsatiladi.
14-bob. Yakunlovchi qoidalar
84. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
85. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalarning shakllari, ularni to‘ldirish va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA










Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalarning shakllari, ularni to‘ldirish va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxslari deb e’tirof etish uchun asoslar
KODLARI

101

Chet el kompaniyasida ishtirok etish ulushi 25 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 1-qismi 1-bandi)

102

Chet el kompaniyasida ishtirok etish ulushi 10 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs, agar barcha shaxslarning ishtirok etish ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lsa (Soliq kodeksining 40-moddasi 1-qismi 2-bandi)

103

Soliq kodeksining 40-moddasi birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etmagan, biroq chet el kompaniyasi ustidan nazoratni o‘z shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 5-qismi)

104

Soliq kodeksining 40-moddasi birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etmagan, biroq chet el kompaniyasi ustidan nazoratni eri (xotini) manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 5-qismi)

105

Soliq kodeksining 40-moddasi birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etmagan, biroq chet el kompaniyasi ustidan nazoratni ota-onasi (shu jumladan, farzandlikka olgan ota-onasi) manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 5-qismi)

106

Soliq kodeksining 40-moddasi birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etmagan, biroq chet el kompaniyasi ustidan nazoratni erining (xotinining) ota-onasi manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 5-qismi)

107

Soliq kodeksining 40-moddasi birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etmagan, biroq chet el kompaniyasi ustidan nazoratni farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olgan farzandlar) manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 5-qismi)

108

Soliq kodeksining 40-moddasi birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etmagan, biroq chet el kompaniyasi ustidan nazoratni to‘liq va to‘liq bo‘lmagan qarindosh aka-ukalari va opa-singillari manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 5-qismi)

109

Soliq kodeksining 40-moddasi birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etmagan, biroq chet el kompaniyasi ustidan nazoratni vasiysi (homiysi) manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 5-qismi)

110

Soliq kodeksining 40-moddasi birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etmagan, biroq chet el kompaniyasi ustidan nazoratni homiyligidagi shaxs manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 5-qismi)

111

Yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasining muassisi (asoschisi) bo‘lgan va tuzilmaning foydasini (darom�dini) bevosita yoki bilvosita to‘liq yoki qisman olishga (olishni talab qilishga) haqli bo‘lgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 9-qismi 1-bandi)

112

Yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasining muassisi (asoschisi) bo‘lgan va tuzilmaning foydasini (daromadini) yoki uning bir qismini tasarruf etishga haqli bo‘lgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 9-qismi 2-bandi)

113

Yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasining muassisi (asoschisi) bo‘lgan va tuzilmaga berilgan mol-mulkka bo‘lgan huquqni o‘zida saqlab qolgan (qaytarish asosida berilgan) shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 9-qismi 3-bandi)

114

Yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasining muassisi (asoschisi) va uning aktivlarini boshqarishda, foydasini (daromadini) taqsimlashda qabul qilinadigan qarorga ta’sir ko‘rsatish yoki ta’sir ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lgan, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 7-qismi)

115

Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining ta’sis etuvchisi (asoschisi) hisoblanmaydigan va olingan daromadga (uning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega bo‘lgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 12-qismi 1-bandi)

116

Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining ta’sis etuvchisi (asoschisi) hisoblanmaydigan va mol-mulkini tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 12-qismi 2-bandi)

117

Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining ta’sis etuvchisi (asoschisi) hisoblanmaydigan va tuzilma tugatilgan (shartnoma tugatilgan, bekor qilingan) taqdirda, uning mol-mulkini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 12-qismi 3-bandi)

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalarning shakllari, ularni to‘ldirish va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Soliq to‘lovchining chet el korxonasida ishtirok etishi turlari
KODLARI

201

Soliq to‘lovchi chet el yuridik shaxsida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etishni amalga oshiradi

202

Soliq to‘lovchi chet el yuridik shaxsida bilvosita ishtirok etishni amalga oshiradi

203

Soliq to‘lovchi chet el yuridik shaxsida ham to‘g‘ridan to‘g‘ri, ham bilvosita (aralash) ishtirok etishni amalga oshiradi

204

Soliq to‘lovchi chet el yuridik shaxsida eri (xotini), ota-onasi (farzandlikka olgan ota-onasi), erining (xotinining) ota-onasi, farzandlari (farzandlikka olingan farzandlari), to‘liq va to‘liq bo‘lmagan qarindosh aka-ukalari va opa-singillari, shuningdek, vasiysi (homiysi) va homiyligidagi shaxs bilan birgalikda ishtirok etishni amalga oshiradi

205

Soliq to‘lovchi Soliq kodeksining 40-moddasi birinchi qismi “2”-kichik bandiga asosan chet el yuridik shaxsida O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bilan birgalikda ishtirok etishni amalga oshiradi

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalarning shakllari, ularni to‘ldirish va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solishdan ozod qilish asoslari
KODLARI

1001

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi tashkil qilingan chet davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq notijorat tashkiloti bo‘lib, olingan foydani (daromadni) aksiyadorlar (ishtirokchilar, muassislar) yoki boshqa shaxslar o‘rtasida taqsimlamaydi (Soliq kodeksining 204-moddasi 1-qismi 1-bandi)

1002

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi aktiv chet el kompaniyasi yoki aktiv chet el xolding kompaniyasi (Soliq kodeksining 204-moddasi 1-qismi 2-bandi)

1003

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi chet el kompaniyasi uchun daromadlarni (foydani) bunday kompan�ya doimiy joylashgan davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy yil uchun moliyaviy hisobot tuziladigan davr yakunlari bo‘yicha ushbu Kodeksning 207-moddasiga muvofiq aniqlanadigan soliq solishning samarali stavkasi ushbu Kodeksning 337-moddasi 12-bandida ko‘rsatilgan foydadan olinadigan soliq stavkasi miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil etadi (Soliq kodeksining 204-moddasi 1-qismi 3-bandi)

1004

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi xorijiy davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq bank yoki sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya yoxud boshqa maxsus ruxsatnoma asosida faoliyat yuritadigan bank yoki sug‘urta tashkiloti (Soliq kodeksining 204-moddasi 1-qismi 4-bandi)



(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2020-y., 09/20/489/1184-son, 31.12.2020-y., 09/20/833/1704-son; 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son; 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish