Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq



Download 0,65 Mb.
bet5/7
Sana13.07.2022
Hajmi0,65 Mb.
#790033
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
489 14.08.2020

(STIR)

(Korxonaning nomi)

(hujjatlarni taqdim etilayotgan davr)



T/R

Chet ellik hamkorning nomi

Shartnoma (kelishuv)

Bojxona yuk deklaratsiyasi raqami va sanasi

Yuklab jo‘natish sanasi

Tovarning chet el valyutasidagi qiymati

Valyuta turi

Yuklab jo‘natish sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan
valyuta kursi


Tovarning milliy valyuta ekvivalentdagi qiymati (ming so‘mda)

Chet el valyutasidagi tushumning tushish sanasi

Chet el valyutasidagi tushum summasi

Yuklab jo‘natish amalga oshirilgan sanadagi kurs bo‘yicha milliy valyutadagi ekvivalenti (ming so‘mda)

Salmog‘i

Raqam

Sana

A

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

1.

2.

3.

Jami




Rahbar

______________

_______________________

(imzo)

(F.I.O.)

Bosh buxgalter

______________

_______________________

(imzo)

(F.I.O.)

Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
8-ILOVA

_____son XULOSA


______________________________________________________________________________ arizasi bo‘yicha
(ariza beruvchining nomi)
____________________ STIR _________________________________________________________________

(nol darajali stavkani qo‘llash yoki hisobga olingan summa hisoblangan summadan ortganligi)

natijasida hosil bo‘lgan, qaytariladigan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasi
______________________________________________________________________________________ uchun

(davr)

taqdim qilingan hujjatlarni tekshirish asosida to‘lovchida 20___ yil ______________ holatiga qaytariladigan QQSning ortiqcha summasi

_____________________________

_______________________________________________

(raqam bilan)

_____________________________
(so‘z bilan)

so‘m hosil bo‘lganligi aniqlandi.

H/r_________________________ , __________________________________, MFO______________________

(xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi)

______________________________________

_____________

______________________

(soliq organining nomi (rahbari yoki rahbar o‘rinbosari))

(imzo)

(F.I.O)

Muhr o‘rni

20___ yil “____” __________________

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qaroriga
2-ILOVA
[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq to‘lovchilarning hisobi. Soliq hisoboti]

Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni to‘ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom hisobvaraq-fakturalarning shakllari va ularni to‘ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Hisobvaraq-faktura — O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq uni taqdim etish majburiyatiga ega bo‘lgan tovarlarni (xizmatlarni) sotuvchi (yetkazib beruvchi) tomonidan rasmiylashtiriladigan qat’iy belgilangan namunadagi (formatdagi), tovarlar haqiqatda jo‘natilganligini yoki xizmatlar ko‘rsatilganligini va ularning qiymatini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Hisobvaraq-faktura sotuvchi (yetkazib beruvchi) tomonidan taqdim etilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini xaridor (buyurtmachi) hisobga olishi uchun asos bo‘ladigan birlamchi hujjat hisoblanadi.
Hisobvaraq-faktura qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq solish aylanmasi va realizatsiyani hisobga olish uchun yuritiladi.
3. Agar ushbu bandning ikkinchi qismida boshqa qoida belgilanmagan bo‘lsa, tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda yuridik shaxslar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy muassasa orqali faoliyat ko‘rsatayotgan norezident yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — yuridik shaxslar) va yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchilarga hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart.
Hisobvaraq-faktura quyidagi hollarda taqdim etilishi shart emas:
sotilgan tovarlar (xizmatlar) uchun to‘lovlar naqd pulda yoki jismoniy shaxslarning plastik kartalari orqali amalga oshirilganda nazorat-kassa texnikasi yoki virtual kassa cheki taqdim etilganda;
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshirishda rasmiylashtiriladigan, qat’iy hisobot beriladigan blankalar hisoblanadigan shakl bo‘yicha kvitansiya taqdim etilganda. Kvitansiyalar soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda faqat nazorat-kassa texnikasi ta’mirlashga topshirilganda yoki savdo shaxobchasida (xizmat ko‘rsatish joyida) elektr energiyasi vaqtincha mavjud bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi;
tovarlar eksporti bo‘yicha bojxona yuk deklaratsiyalari (keyingi o‘rinlarda — BYuD) rasmiylashtirilganda;
bank operatsiyalari mijozning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma hujjat berish bilan rasmiylashtirilganda;
tovarlar tekinga ommaviy tarqatilganda;
har qanday transport vositasi orqali yo‘lovchilarni tashishda yo‘l chiptalari (shu jumladan, elektron) rasmiylashtirilganda;
ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari uchun bank orqali buxgalteriya hisobini yuritishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi birlamchi hujjatlar qo‘llagan holda to‘lovlar amalga oshirilganda.
Ushbu bandning ikkinchi qismi ikkinchi-to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar hisobvaraq-faktura o‘rnini bosadigan hujjatlar hisoblanadi.
4. Hisobvaraq-faktura, agar ushbu Nizomning 5 — 7-bandlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, tovarlar jo‘natilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar ko‘rsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilib taqdim etiladi.
5. Tovarlar (xizmatlar) yuridik shaxslarning milliy valyutadagi korporativ bank kartalari yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarning milliy valyutadagi bank kartalari orqali to‘lovni qabul qilgan holda realizatsiya qilinganda hisobvaraq-faktura sotib oluvchining (xaridorning) talabiga ko‘ra tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilingan kalendar oyning oxirgi sanasiga qadar tovarlar (xizmatlar) amalda realizatsiya qilingan sana bilan rasmiylashtirilishi shart.
6. Elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari, temir yo‘lda tashish, transport-ekspeditorlik xizmati realizatsiya qilinganda, quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar realizatsiya qilinganda, shuningdek, tovarlar (xizmatlar) doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa xollarda tovarlar yetkazib berilganda (xizmatlar ko‘rsatilganda) hisobvaraq-faktura kalendar oyning so‘nggi kunida mazkur oy davomida jami yetkazib berilgan tovarlar (ko‘rsatilgan xizmatlar) hajmi bo‘yicha bir marta taqdim etiladi.
Bunda, hisobvaraq-faktura tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning o‘ninchi kuniga qadar, tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilingan oyning oxirgi kunidagi sana bilan taqdim etiladi.
7. Obyektlar qurilishida, shu jumladan, obyektlarni foydalanish uchun tayyor holda qurishda, shuningdek, uzoq (bir soliq hisoboti davridan ortiq) texnologik davriylikdagi uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha, agar tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar shartlarida xizmatlarni har oyda topshirish nazarda tutilmagan bo‘lsa, hisobvaraq-faktura har bir kalendar oyning oxirgi kuni taqdim etiladi.
Uzoq muddatli shartnomaning kalendar oyning oxirida haqiqatda bajarilganligi hisobot davrida qilingan xarajatlar summasining shartnomani bajarish uchun ketadigan jami xarajatlar umumiy summasidagi solishtirma miqdorini hisob-kitob qilish asosida belgilanadi.
Kalendar oyning oxiridagi daromad shartnoma bo‘yicha qilingan xarajatlarning hisoblangan solishtirma miqdori va jami daromad summasining (shartnoma bahosining) hosilasi sifatida aniqlanadi.
Bunda, hisobvaraq-faktura xizmatlar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning o‘ninchi kuniga qadar, xizmatlar realizatsiya qilingan oyning oxirgi kunidagi sana bilan taqdim etiladi.
8. Hisobvaraq-fakturada tovarlarning (xizmatlarning) qiymati milliy valyutada, so‘mda ko‘rsatiladi. Bunda, summa ko‘rsatilayotganda butun sondan so‘ng yuzdan birgacha yaxlitlanishi lozim bo‘ladi.
9. Qo‘shilgan qiymat solig‘i (keyingi o‘rinlarda-QQS) soliq to‘lovchilari sotib olingan va realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar (hisobvaraq-faktura o‘rnini bosadigan hujjatlar) jurnalini (reyestrlarini) yuritishlari shart.
Hisobvaraq-fakturalar (hisobvaraq-faktura o‘rnini bosadigan hujjatlar) reyestrlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq yuritiladi.
Yuridik shaxslarning milliy valyutadagi korporativ bank kartalari yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarning milliy valyutadagi bank kartalari orqali to‘lovni amalga oshirgan holda tovarlarni (xizmatlarni) sotib olgan QQS soliq to‘lovchilari onlayn nazorat kassa mashinasi va virtual kassa cheklarini soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali qayd etgan holda xaridlarni hisobvaraq-fakturalar reyestriga kiritish hamda QQS summasini hisobga olish huquqiga ega bo‘ladi.
10. Agar ushbu Nizomning 12-bandida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, hisobvaraq-fakturalar elektron shaklda rasmiylashtiriladi va ularning saqlanishi hamda hisobi yuritilishi elektron axborot tizimida amalga oshiriladi.
Tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchi faqat elektron shaklda qabul qilingan hisobvaraq-fakturalarda aks ettirilgan QQS summasini hisobga olishga haqli.
11. Elektron hisobvaraq-fakturalar axborot tizimida texnik nosozliklar yuzaga kelganda hisobvaraq-faktura qog‘oz shaklida rasmiylashtiriladi. Bunda, texnik nosozlik xizmat ko‘rsatuvchi elektron hisobvaraq-faktura aylanish tizimi operatori tomonidan rasman tasdiqlangan bo‘lishi lozim va hisobvaraq-fakturalar keyinchalik elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimidagi nosozliklar bartaraf etilgandan so‘ng besh kun ichida elektron shaklda hisobvaraq-fakturaning qog‘oz shaklida ko‘rsatilgan sana bilan kiritilishi shart.
12. Soliq to‘lovchilar tomonidan davlat siriga taalluqli bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari amalga oshirilganda qog‘oz shaklda hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi.
13. Hisobvaraq-faktura qog‘oz shaklda rasmiylashtirilsa kamida ikki nusxada tuziladi va ulardan biri tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchiga taqdim etiladi.
2-bob. Tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasida hisobvaraq-fakturalarni to‘ldirish tartibi
14. Hisobvaraq-fakturada quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
hisobvaraq-fakturaning tartib raqami;
hisobvaraq-faktura ilova qilinadigan tovar jo‘natish (xizmatlarni ko‘rsatish) hujjatning yoki shartnomaning raqami va sanasi;
tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilingan sana;
yetkazib beruvchining va tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) hamda soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, bank hisobvarag‘i va xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi hamda filliallararo ayriboshlash kodi (MFO);
QQS ro‘yxat raqami (QQS soliq to‘lovchisining shaxsiy ro‘yxat raqami);
Tovarlar (xizmatlar) yetkazib beruvchining (sotib oluvchining) QQS soliq to‘lovchisi bo‘lmagan alohida bo‘linmasi orqali, ya’ni QQS markazlashgan tartibda yuqori turuvchi yuridik shaxs tomonidan to‘lanishi belgilangan holatlarda, yetkazib berilganda (ko‘rsatilganda) yoki sotib olinganda hisobvaraq-fakturada QQS soliq to‘lovchisi bo‘lgan yuqori turuvchi yuridik shaxsning rekvizitlaridan tashqari qo‘shimcha ravishda yetkazib beruvchining (sotib oluvchining) (QQS soliq to‘lovchisi bo‘lmagan alohida bo‘linmaning) nomi hamda soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (mavjud bo‘lsa) ko‘rsatilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Hisobvaraq-faktura ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
1-ustunda — tovarlar (xizmatlar) nomi;
2-ustunda — tovarlarning (xizmatlarning) Yagona elektron milliy katalogi bo‘yicha identifikatsiya kodi;
3-ustunda — tovarlar (xizmatlar) shtrix kodi;
4-ustunda — tovar (xizmat) o‘lchov birliklari. Ko‘rsatkich mavjud bo‘lmaganda ustun to‘ldirilmaydi;
5-ustunda — o‘lchov birligidan kelib chiqib realizatsiya qilingan tovarlar miqdori (ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi). Ko‘rsatkich mavjud bo‘lmaganda ustun to‘ldirilmaydi;
6-ustunda — QQSni hisobga olmagan holda tovar (xizmat) o‘lchov birligiga to‘g‘ri keladigan narx (tarif);
7-ustunda — realizatsiya qilingan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar jami sonining (hajmining) aksiz solig‘ini qo‘shgan holdagi (QQSsiz) qiymati;
8-ustunda — QQS stavkasi;
9-ustunda — tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchiga taqdim etiladigan QQS summasi.
QQS to‘lovchilari hisoblanmagan yoki realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasi QQSdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchilar tomonidan 9-ustunda “Qo‘shilgan qiymat solig‘isiz” yoki “QQSsiz” yozuvi qayd etiladi;
10-ustunda — realizatsiya qilingan tovarlarning (xizmatlarning) QQSni qo‘shgan holdagi jami qiymati.
Yakunlovchi satrda — 7, 9 va 10-ustunlar bo‘yicha summalar jamlanadi.
Markirovkalanadigan tovarlar realizatsiya qilinganda hisobvaraq-fakturada markirovkalash kodi ko‘rsatilishi shart.
Aksiz solig‘i to‘lovchilari hisobvaraq-fakturada aksiz solig‘i stavkasi va aksiz solig‘i summasini ko‘rsatishlari shart.
Tovarlar (xizmatlar) budjet tashkilotlariga yetkazib berilganda hisobvaraq-fakturada birja savdosining lot raqami ko‘rsatilishi shart.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
3-bob. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilishda hisobvaraq-fakturalarni to‘ldirish xususiyatlari
16. Dori vositalari va tibbiy buyumlar realizatsiya qilinganda ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklda hisobvaraq-faktura taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Hisobvaraq-faktura quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
1-ustunda — tovarlar nomi;
2-ustunda — tovarlarning (xizmatlarning) Yagona elektron milliy katalogi bo‘yicha identifikatsiya kodi;
3-ustunda — tovarlar (xizmatlar) shtrix kodi;
4-ustunda — tovarlarning seriyasi;
5-ustunda — tovar o‘lchov birliklari;
6-ustunda — dori vositalarni yoki tibbiy buyumlarni har bir o‘lchov birligiga sotib olish narxi (bazaviy narx) yoki sotishning asosiy bahosi (QQSni hisobga olmagan holda);
7-ustunda — asosiy bahodan o‘sib boruvchi yakun bilan foiz ko‘rinishidagi savdo qo‘shimchasi (ustamasi). Agar bir nechta ulgurji savdo tashkilotlari dori vositalari va tibbiy buyumlarni yetkazib berishda ishtirok etayotgan bo‘lsa, savdo qo‘shimchasi (ustamasi) umumiy holda aniqlanadi;
8-ustunda — o‘lchov birligidan kelib chiqib miqdor (hajm);
9-ustunda — QQSni hisobga olmagan holda savdo qo‘shimchasini (ustamasini) hisobga olgan holda tovarning narxi;
10-ustunda — realizatsiya qilingan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar jami sonining (hajmining) aksiz solig‘ini qo‘shgan holdagi (QQSsiz) qiymati.
11-ustunda — QQS stavkasi;
12-ustunda — tovarlarni sotib oluvchiga taqdim etiladigan QQS summasi;
QQS to‘lovchilari hisoblanmagan yoki realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasi QQSdan ozod etiladigan tovarlarni realizatsiya qiluvchilar tomonidan 12-ustunda “Qo‘shilgan qiymat solig‘isiz” yoki “QQSsiz” yozuvi qayd etiladi;
13-ustunda — realizatsiya qilingan tovarlarning QQSni qo‘shgan holdagi jami qiymati;
yakunlovchi satrda — 10, 12 va 13-ustunlar bo‘yicha summalar jamlanadi.
Markirovkalanadigan tovarlar realizatsiya qilinganda hisobvaraq-fakturada markirovkalash kodi ko‘rsatiladi.
Tovarlar (xizmatlar) budjet tashkilotlariga yetkazib berilganda hisobvaraq-fakturada birja savdosining lot raqami ko‘rsatilishi shart.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
4-bob. Vositachilik, topshiriq va transport ekspeditsiyasi shartnomalari asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda hisobvaraq-fakturalarni to‘ldirishning o‘ziga xos xususiyatlari
18. Vositachi tomonidan komitentning manfaatida vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq shartnoma asosida tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda vositachi (ishonchli vakil) sotib oluvchiga (komitentga) ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalardagi hisobvaraq-faktura shakllarining jadval qismi 1-ustunidan avval 1a-“Komitentning (Etkazib beruvchining) nomi”, 1b-“Komitentning (Etkazib beruvchining) STIRi”, 1v-“QQS raqami” qo‘shimcha ustunlarni kiritgan holda hisobvaraq-faktura taqdim etishi shart. Hisobvaraq-faktura shakli ushbu Nizomning 2 va 3-boblarida belgilangan tartibda to‘ldiriladi.
19. Tovarlar (xizmatlar) komitentning topshirig‘i asosida realizatsiya qilinganda vositachi o‘zining nomidan ikki nusxada hisobvaraq-faktura taqdim etadi. Bunda “Etkazib beruvchi” satrida qo‘shimcha ravishda “Vositachi” so‘zi ko‘rsatiladi. Hisobvaraq-fakturaning 1a, 1b, 1v-ustunlarida mos ravishda komitentning nomi, STIR va QQS raqamini ko‘rsatadi.
20. Tovarlarni (xizmatlarni) topshiriq shartnomasi bo‘yicha realizatsiya qilishda ishonchli vakil sotib oluvchi nomiga topshiriq beruvchi nomidan hisobvaraq-faktura taqdim etadi. Hisobvaraq-fakturada topshiriq beruvchi va sotib oluvchining rekvizitlaridan tashqari ishonchli vakilning rekvizitlari ham ko‘rsatilishi lozim. Hisobvaraq-faktura uch nusxada taqdim etiladi. Birinchi nusxa sotib oluvchiga, ikkinchisi topshiriq beruvchiga yuboriladi, uchinchisi ishonchli vakilda saqlanadi.
21. Komitentga (topshiriq beruvchiga) tegishli tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasini amalga oshiruvchi vositachi (ishonchli vakil), ushbu tovarlar (xizmatlar)ni sotib oluvchiga taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarni taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar hisobi jurnalida saqlaydi. Ko‘rsatib o‘tilgan hisobvaraq-fakturalarga tartib raqamlari vositachi (ishonchli vakil) tomonidan xronologik tartibda beriladi. Bunda mazkur hisobvaraq-fakturalar Sotish reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi va vositachi (ishonchli vakil) tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan QQS summasi hisoblab chiqarilmaydi.
22. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) topshiriq shartnomasi bo‘yicha ishonchli vakil orqali olishda topshiriq beruvchi uchun sotib olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha QQSni hisobga olish uchun asos bo‘lib topshiriq beruvchi nomiga sotuvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-faktura hisoblanadi.
23. Vositachilik shartnomasi bo‘yicha komitent uchun tovarlar (xizmatlar) olinayotganda sotuvchi hisobvaraq-fakturani vositachining nomiga taqdim etadi.
24. Vositachi komitent uchun sotib olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha komitentga sotuvchidan olingan hisobvaraq-fakturadagi ko‘rsatkichlarni aks ettirilgan holda u tomonidan taqdim etiladigan xronologik tartibda raqamlangan hisobvaraq-faktura taqdim etadi (sotuvchidan olingan hisobvaraq-fakturani o‘z nomidan komitent nomiga qayta taqdim etadi). Bunda “Etkazib beruvchi” satrida qo‘shimcha ravishda “Vositachi” nomi ko‘rsatiladi.
Hisobvaraq-fakturaning 1a, 1b, 1v-ustunlarida mos ravishda tovarlarni (xizmatlar)ni yetkazib beruvchining (sotuvchining) nomi, STIR va QQS raqamini ko‘rsatadi.
25. Komitentga taqdim etilgan hisobvaraq-faktura vositachining Taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar hisobi jurnalida saqlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan hisobvaraq-fakturalar vositachi tomonidan xronologik tartibda raqamlanadi. Bunda ushbu hisobvaraq-fakturalar vositachining Sotish reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi va vositachi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan QQS summasi hisoblab chiqarilmaydi.
26. Tovarlar (xizmatlar)ni sotuvchidan olingan komitent uchun mo‘ljallangan hisobvaraq-fakturalar vositachining Olingan hisobvaraq-fakturalar hisobi jurnalida saqlanadi. Bunda ushbu hisobvaraq-fakturalar vositachining Sotib olish reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi va ushbu hisobvaraq-fakturada ajratilgan QQS summasi vositachi tomonidan hisobga olinmaydi.
27. Vositachi (ishonchli vakil) komitentga (topshiriq beruvchiga) vositachilik (topshiriq) shartnomasini bajarish bo‘yicha o‘zining haqi summasiga alohida hisobvaraq-faktura taqdim etadi. Ushbu hisobvaraq-faktura vositachi (ishonchli vakil) tomonidan Sotish reyestrida, komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan esa Sotib olish reyestrida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Vositachi (ishonchli vakil) hisobvaraq-fakturaga qo‘shimcha ravishda komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan imzolangan xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi dalolatnomani rasmiylashtirishi lozim.
28. Vositachi (ishonchli vakil) komitentning (topshiriq beruvchining) manfaatida vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq shartnoma asosida amalga oshiriladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish va (yoki) sotib olish operatsiyalari bo‘yicha unga birlamchi hujjatlar uchun qonun hujjatlari bilan belgilangan vositachi (ishonchli vakil) va komitentning (topshiriq beruvchining) barcha rekvizitlariga ega bo‘lgan hisobotni taqdim etadi. Vositachining (ishonchli vakilning) hisobotiga quyidagi ma’lumotlar kiritilgan bo‘lishi lozim:
tegishli QQS summasi ajratilgan holda vositachi (ishonchli vakil) tomonidan realizatsiya qilingan (sotib olingan) tovarlar (xizmatlar) miqdori va qiymati. Bunda hisobotga vositachi (ishonchli vakil) tomonidan tovarlar (xizmatlar) komitentning (topshiriq beruvchining) manfaatida realizatsiya qilinganligini (sotib olinganligini) tasdiqlovchi shartnomalar, hisobvaraq-fakturalar, dalolatnomalar va boshqa hujjatlarning nusxalari ilova qilingan bo‘lishi lozim;
vositachi (ishonchli vakil) tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan qoplanishi lozim bo‘lgan xarajatlarning qiymati. Komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan qoplanishi lozim bo‘lgan xarajatlarga vositachi (ishonchli vakil) tomonidan amalga oshiriladigan harakatlarni (operatsiyalarni) komitent (topshiriq beruvchi) o‘zi bajargan taqdirda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan, vositachi (ishonchli vakil) tomonidan uchinchi shaxslarga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha topshiriqni bajarish munosabati bilan (tovarlar (xizmatlar) uchun haq to‘lash, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash) to‘langan mablag‘lar taalluqli.
Bunda vositachi (ishonchli vakil) agar qonun hujjatlarida yoki vositachilik (topshiriq) shartnomasida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa komitentning (topshiriq beruvchining) mol-mulkini o‘zida saqlash bo‘yicha xarajatlarni qoplatishga haqli emas.
Hisobotga ushbu xarajatlarning yuzaga kelishi va to‘langanligini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar ilova qilingan bo‘lishi shart. Vositachi (ishonchli vakil) tomonidan komitent (topshiriq beruvchi) uchun amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lsa, komitent (topshiriq beruvchi) ushbu summalarni o‘z xarajatlari tarkibiga kiritishga va QQSni hisoblab chiqarish paytida tegishli QQS summasini hisobga olish huquqiga ega;
shartnoma shartlariga muvofiq vositachining (ishonchli vakilning) (agar vositachi (ishonchli vakil) QQS soliq to‘lovchisi bo‘lsa) QQSni o‘z ichiga oluvchi haqi summasi;
komitentdan (topshiriq beruvchidan) olingan avanslar summasi;
vositachilik (topshiriq) shartnomasini bajarish bilan bog‘liq vositachiga (ishonchli vakilga) to‘lanishi lozim bo‘lgan summa.
Vositachining (ishonchli vakilning) hisobotiga shartnomada nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.
29. Hisobotni taqdim etish muddati vositachi (ishonchli vakil) tomonidan komitentning (topshiriq beruvchining) manfaatida tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilingan (sotib olingan) oy tugaganidan so‘ng besh ish kunidan oshmasligi lozim.
30. Vositachi (ishonchli vakil) komitentga tegishli bo‘lgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishda komitent (topshiriq beruvchi) vositachidan (ishonchli vakildan) olingan hisobot asosida besh ish kuni davomida vositachining (ishonchli vakilning) nomiga sanasi, shuningdek, vositachi (ishonchli vakil) tomonidan sotib oluvchiga taqdim etilgan hisobvaraq-fakturaning ko‘rsatkichlari aks ettirilgan hisobvaraq-faktura taqdim etadi. Bunda “Etkazib beruvchi” satriga qo‘shimcha ravishda “Komitent” (“Topshiriq beruvchi”) nomi ko‘rsatiladi.
31. Komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan vositachiga (ishonchli vakilga) taqdim etilgan hisobvaraq-faktura komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan xronologik tartibda raqamlanadi. Komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan vositachiga (ishonchli vakilga) taqdim etilgan hisobvaraq-faktura komitentning (topshiriq beruvchining) Sotish reyestrida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
32. Agar vositachilik (topshiriq) shartnomasiga asosan komitent (topshiriq beruvchi) vositachi (ishonchli vakil) tomonidan uning topshirig‘ini bajarish bilan bog‘liq xarajat qilingan mablag‘larni qoplashi lozim bo‘lsa, ushbu xarajatlar bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar hisobi ushbu Nizomning 22 — 26-bandlariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
33. Vositachining (ishonchli shaxsning) hisobotiga asosan komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan qoplanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar, vositachi (ishonchli vakil) tomonidan o‘zining haqi summasiga taqdim etiladigan hisobvaraq-fakturaga ilova qilinadigan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi dalolatnomada ko‘rsatiladi. Bunda vositachi (ishonchli vakil) tomonidan o‘zining haqi summasiga taqdim etiladigan hisobvaraq-fakturada komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan qoplanishi lozim bo‘lgan summa ko‘rsatilmaydi.
34. Transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq mijozning ekspeditorlik topshirig‘ini bajarayotgan yuridik shaxs, hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish va hisobini yuritishda, agar mazkur yuridik shaxs mijoz nomidan ish yuritayotgan bo‘lsa, topshiriq shartnomasi bo‘yicha hisobvaraq-faktura hisobini yuritish qoidalarini qo‘llaydi yoki agar o‘z nomidan ish yuritayotgan bo‘lsa, vositachilik shartnomasi bo‘yicha hisobvaraq-faktura hisobini yuritish qoidalarini qo‘llaydi.
35. Mijozning ekspeditorlik topshirig‘ini bajarayotgan ekspeditor transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini bajarish bo‘yicha tashuvchilardan va boshqa kontragentlardan olingan hisobvaraq-fakturalarni mijozga o‘zining nomidan qayta taqdim etadi. Bunda u tashuvchilar va kontragentlarning hisobvaraq-fakturalarida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarni aks ettiradi. Ekspeditor ushbu hisobvaraq-fakturalarni Sotib olish reyestri va Sotish reyestrlarida ro‘yxatdan o‘tkazmaydi.
36. QQS to‘lovchisi bo‘lmagan, biroq QQS to‘lovchisi bo‘lgan komitentning QQS solinadigan tovarlarini (xizmatlarini) realizatsiya qilishda o‘z nomidan hisobvaraq-faktura taqdim etuvchi vositachi, sotib oluvchi nomiga taqdim etilayotgan hisobvaraq-fakturada komitentning tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilish aylanmasidan hisoblab chiqarilgan QQS summasini ajratib ko‘rsatadi.
37. QQS soliq to‘lovchisi bo‘lib QQS soliq to‘lovchisi bo‘lmagan komitentning tovarlarini (xizmatlarini) realizatsiya qilishda o‘z nomidan hisobvaraq-faktura taqdim etuvchi vositachi, sotib oluvchi nomiga taqdim etilayotgan hisobvaraq-fakturada QQS summasini ko‘rsatmaydi va “Qo‘shilgan qiymat solig‘isiz” yoki “QQSsiz” yozuvi qayd etiladi.
38. Komitent (topshiriq beruvchi) uchun realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘lgan norezident tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar olinganda komitentning (topshiriq beruvchining) nomiga hisobvaraq-faktura ushbu Nizomning 22 — 26-bandlarida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtiradi.
39. Norezident (O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirmaydigan chet el yuridik shaxsi) tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lanishi lozim bo‘lgan QQS summasi, budjetga komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan, agar vositachilik (topshiriq) shartnomasida ushbu majburiyat bevosita vositachiga (ishonchli vakilga) yuklatilgan bo‘lsa, u tomonidan to‘lanishi mumkin.
Komitent (topshiriq beruvchi) vositachiga (ishonchli vakilga) taqdim etilgan to‘lov hujjatlari asosida to‘langan QQS summasini qoplab beradi. Norezident tomonidan bajarilgan xizmatlar bo‘yicha to‘langan QQS summasi budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan QQS hisob-kitobida komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan Soliq kodeksining 37-bobida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinadi.
5-bob. Qo‘shimcha va tuzatilgan hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari
40. Tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchi tomonidan quyidagi hollarda realizatsiya qilingan tovarlarning (xizmatlarning) yetkazib berish qiymatiga uni ko‘paytirishga (kamaytirishga) qaratilgan tuzatish kiritilgan taqdirda, ushbu tovarlarni (xizmatlarni) oluvchi tomonidan tasdiqlanadigan qo‘shimcha hisobvaraq-faktura tuziladi:
tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda;
ko‘rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda;
bitim shartlari o‘zgarganda, shu jumladan, jo‘natilgan tovarlarning, ko‘rsatilgan xizmatlarning narxi va (yoki) soni (hajmi) o‘zgarganda;
tovarlarni (xizmatlarni) sotuvchi tomonidan chegirmalar berilganda.
Ushbu bandda nazarda tutilgan tuzatish kiritish, agar siylovlar berish shartlari shartnoma shartlarida yoki soliq to‘lovchining narx (tarif) siyosatida nazarda tutilgan bo‘lsa, ilgari amalga oshirilgan tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berish bo‘yicha soliq bazasini kamaytiradi. Bunday shartlar tovarlar yetkazib berish (xizmatlar ko‘rsatish) shartnomasining muayyan shartlarini xaridor tomonidan bajarishni, shu jumladan, tovarlarning (xizmatlarning) muayyan hajmini olishni va muddatidan oldin haq to‘lashni nazarda tutishi mumkin.
Ushbu bandda ko‘rsatib o‘tilgan holatlarda qo‘shimcha hisobvaraq-faktura mazkur holatlar ro‘y bergan sanada rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.
41. Qo‘shimcha hisobvaraq-faktura tuzatish kiritilayotgan hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha, ular taqdim etilgan sanadan boshlab bir yillik muddat doirasida hamda kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha — kafolat muddati doirasida rasmiylashtirilishi mumkin.
42. Qo‘shimcha hisobvaraq-faktura quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
hisobvaraq-faktura qo‘shimcha ekanligi to‘g‘risida belgi;
qo‘shimcha hisobvaraq-fakturaning tartib raqami va yozib berilgan sanasi;
tuzatish kiritilayotgan hisobvaraq-fakturaning raqami va sanasi;
narxlarga tuzatish kiritish miqdori (ijobiy yoki salbiy), yetkazib berishning QQSni hisobga olmagan holdagi qiymati;
QQS summasiga tuzatish kiritish miqdori (ijobiy yoki salbiy).
43. Tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchi tomonidan qo‘shimcha hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilgan holda soliq bazasiga tuzatishlar kiritish amalga oshirilganda oluvchi yetkazib beruvchi tomonidan rasmiylashtirilgan qo‘shimcha hisobvaraq-faktura asosida u tomonidan ilgari hisobga olish uchun qabul qilingan QQS summasiga tegishli tartibda tuzatish kiritadi.
44. Ushbu Nizomning 40-bandida qayd etilgan holatlardan tashqari quyidagi holatlarda ilgari yozib berilgan hisobvaraq-faktura bekor qilinadi va uning o‘rniga oluvchi tomonidan tasdiqlanadigan tuzatilgan hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi:
xatolarni tuzatish natijasida soliq bazasi o‘zgargan taqdirda;
ilgari yozib berilgan hisobvaraq-fakturaga o‘zgartish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lganda.
45. Tuzatilgan hisobvaraq-faktura O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 88-moddasiga asosan da’vo qilish muddatlari davomida rasmiylashtiriladi.
46. Tuzatilgan hisobvaraq-faktura quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
hisobvaraq-faktura tuzatilgan ekanligi to‘g‘risida belgi;
tuzatilgan hisobvaraq-faktura tartib raqami va sanasi. Bunda tuzatilgan hisobvaraq-fakturaning raqami va sanasi tuzatish kiritilayotgan ilgari rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturaning raqami va sanasi bilan bir xil bo‘ladi.
Tuzatilgan hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilishi natijasida avval taqdim etilgan soliq hisobotlariga o‘zgartirish kiritilishi shart bo‘lgan hollarda, tuzatilgan hisobvaraq-faktura tegishli bo‘lgan soliq davri bo‘yicha, aniqlashtirilgan soliq hisobotlari taqdim etiladi.
47. Ushbu Nizom kuchga kirishidan oldin rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalarga qo‘shimcha yoki tuzatilgan hisobvaraq-faktura mazkur Nizomga asosan taqdim etiladi.
6-bob. Ayrim shartnomalar bo‘yicha tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda hamda chegirmalarni taqdim etishda hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari
48. Ijaraga beruvchi tomonidan yetkazib beruvchilardan olingan elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari ijaraga oluvchilarga beriladi.
49. Agar ijara shartnomasiga muvofiq elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlarining qiymati ijara haqi summasiga kiritilmagan holda ijaraga oluvchi tomonidan iste’mol qilingan xizmatlar miqdorida qoplanishi lozim bo‘lsa, ijaraga beruvchi tomonidan ijaraga oluvchi nomiga taqdim etiladigan hisobvaraq-fakturada alohida qatorlarda quyidagilar aks ettiriladi:
ijara shartnomasiga muvofiq QQS summasi ajratib ko‘rsatilgan holda (agar ijaraga beruvchi QQS to‘lovchisi bo‘lsa) ijara haqi summasi;
ijaraga oluvchi tomonidan iste’mol qilingan kommunal xizmatlar, elektr energiyasi, aloqa xizmatlari uchun ushbu xizmatlar qiymatiga to‘g‘ri keluvchi QQS summasi ajratilgan holda qoplanishi lozim bo‘lgan summa.
50. Ijara shartnomasiga muvofiq qiymati ijaraga oluvchi tomonidan qoplanishi lozim bo‘lgan elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari uchun ijaraga beruvchi tomonidan to‘langan (to‘lanishi lozim bo‘lgan) summalar ijaraga beruvchining xarajatlari hisoblanmaydi va ushbu xizmatlar bo‘yicha QQS summasi ijaraga beruvchi tomonidan hisobga olinmaydi. Ijaraga oluvchidan elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari iste’moli uchun olingan qoplash summasi ijaraga beruvchining daromadi hisoblanmaydi.
51. Elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlarining ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga beruvchiga qoplab beriladigan qiymati ijaraga oluvchining xarajatlari hisoblanadi va ular bo‘yicha QQS summasi ijaraga oluvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 37-bobida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinadi. Ijaraga oluvchiga elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari bo‘yicha QQS summasini hisobga olish uchun ijaraga beruvchidan olingan ijaraga oluvchi tomonidan iste’mol qilingan xizmatlarning QQSni hisobga olgan holda qoplash summasi alohida qatorda ko‘rsatib o‘tilgan hisobvaraq-faktura asos hisoblanadi.
52. Agar tovarlar (xizmatlar) tekinga berilsa (ko‘rsatilsa), yakunlovchi satrda “to‘lovsiz” degan yozuv kiritiladi. Agar tovarlar (xizmatlar) ustav kapitaliga qo‘yilma sifatida berilsa (ko‘rsatilsa), yakuniy satrda “ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘yilma” yozuvi kiritiladi.
53. Tovarlar (xizmatlar) oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaga) ko‘ra qo‘yilma sifatida berilsa (ko‘rsatilsa), yakuniy satrda “oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaga) ko‘ra qo‘yilma” yozuvi kiritiladi.
Oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaga), konsessiya bitimiga yoki mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda shirkatning ishonchli shaxsi, konsessioner yoki ishonchli boshqaruvchi hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda “Etkazib beruvchi” satrida qo‘shimcha ravishda “Ishonchli shaxs”, “Konsessioner” yoki “Ishonchli boshqaruvchi” so‘zlari ko‘rsatadi.
54. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasida tuzilgan shartnomaga asosan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda hisobvaraq-faktura tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish sanasida amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chet el valyutasining so‘mga nisbatan kursi bo‘yicha so‘mda rasmiylashtiriladi va unga chet el valyutasida rasmiylashtirilgan invoys (hisobvaraq-faktura) yoki tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ilova qilinadi.
55. Korxona mulkiy majmua sifatida sotilganda sotuvchi tomonidan korxona sotilgan narxni ko‘rsatgan holda jamlama hisobvaraq-faktura tuziladi.
Jamlama hisobvaraq-fakturada asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan va ishlab chiqarish uchun mo‘ljallanmagan mol-mulkning boshqa turlari, debitorlik qarzining summalari, qimmatli qog‘ozlarning qiymati hamda balans aktivlarining boshqa pozitsiyalari mustaqil pozitsiyalarga ajratiladi. Jamlama hisobvaraq-fakturaga inventarizatsiya dalolatnomasi ilova qilinadi.
Jamlama hisobvaraq-fakturada har bir mol-mulk turining narxi Soliq kodeksining 251-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda balans qiymatining tuzatish koeffitsiyentiga ko‘paytmasiga teng deb qabul qilinadi.
56. Shartnomaga muvofiq xaridorlarga tovarlarni jo‘natish (xizmatlarni ko‘rsatish) sanasida chegirmalar (boshqa tijorat bonuslari) taqdim etilgan taqdirda, narx bunday chegirma chiqarib tashlanganidan keyin jami qiymatni kamaytirish yo‘li bilan aniqlanadi va hisobvaraq-fakturada narx chegirmalar (boshqa tijorat bonuslari) chiqarib tashlangan holda ko‘rsatiladi.
57. Shartnomada soliq to‘lovchining narx (tarif) siyosatiga muvofiq tovarlar jo‘natilganidan keyin siylovlar (chegirmalar) taqdim etish shartlari belgilangan bo‘lsa, ya’ni tovarlar yetkazib berish (xizmatlar ko‘rsatish) shartnomasining muayyan shartlari xaridor tomonidan bajarishni, shu jumladan, tovarlarning (xizmatlarning) muayyan hajmini olishni va muddatidan oldin haq to‘lashni nazarda tutuvchi shartlar belgilangan bo‘lsa, siylovlar (chegirmalar) taqdim etish shartlari bajarilganidan so‘ng qo‘shimcha hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi va siylov (chegirma) miqdorida avval rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturaga tuzatish kiritiladi.
7-bob. Elektron hisobvaraq-fakturalarni qabul qilish va jo‘natishning o‘ziga xos xususiyatlari
58. Elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish ushbu Nizomda belgilangan hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish tartibi asosida amalga oshiriladi.
59. Ushbu Nizomning3-bandiga asosan tovarlar (xizmatlar) hisobvaraq-faktura taqdim etmagan holda realizatsiya qilinganda yetkazib beruvchi har kalendar oy yakuni bilan bir marta umumlashtirilgan holda bir tomonlama elektron hisobvaraq-fakturani shakllantiradi. Tovarlar eksporti bo‘yicha BYuD rasmiylashtirilgan holatlar bundan mustasno.
Sotib oluvchining talabiga asosan taqdim etilgan elektron hisobvaraq-fakturalar qiymati umumlashtirgan holda bir tomonlama shakllantiriladigan elektron hisobvaraq-fakturaning qiymatiga kiritilmaydi.
Umumlashtirilgan holdagi bir tomonlama elektron hisobvaraq-faktura tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilingan kalendar oydan keyingi oyning beshinchi kuniga qadar, tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilingan kalendar oyning oxirgi kunidagi sana bilan shakllantiriladi.
60. Tovarlar (xizmatlar) eksporti (BYuD rasmiylashtirilmaydigan holatlar) bo‘yicha yetkazib beruvchi elektron hisobvaraq-fakturani o‘zi shakllantiradi. Bunda sotib oluvchining faqat nomi qayd etiladi hamda norezident so‘zi qo‘shib yoziladi.
61. Elektron hisobvaraq-fakturani imzolash:
yuridik shaxs nomidan-tashkilot rahbari yoki tashkilot nomidan berilgan ishonchnoma yoki boshqa hujjat bilan vakolat berilgan shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan elektron raqamli imzo orqali;
yakka tartibdagi tadbirkor nomidan-yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanuvchi jismoniy shaxsning elektron raqamli imzosi orqali;
jismoniy shaxs nomidan-jismoniy shaxsning elektron raqamli imzosi orqali amalga oshiriladi. Bunda jismoniy shaxs elektron raqamli imzoga ega bo‘lmasa, unga yuborilgan elektron hisobvaraq-faktura avtomatik tarzda tasdiqlanadi va elektron hisobvaraq-faktura ikki nusxada qog‘oz shaklida chop etiladi hamda bir nusxasi jismoniy shaxsga taqdim etiladi, ikkinchi nusxasi tovarlar (xizmatlar) olinganligi to‘g‘risidagi jismoniy shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan holda soliq to‘lovchida saqlanadi.
62. Elektron hisobvaraq-fakturaga qo‘shimcha hujjatlarni ilova qilish mumkin. Elektron hisobvaraq-fakturaning elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi ilova qilingan hujjatlarning ham elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanganligini ifodalaydi.
63. Etkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan elektron hisobvaraq-faktura o‘n kalendar kun ichida sotib oluvchi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi yoki sababi ko‘rsatilgan holda rad etilishi shart.
Sotib oluvchi tomonidan belgilangan muddatda tasdiqlanmagan yoki rad etilmagan elektron hisobvaraq-faktura tasdiqlangan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda haqiqatda amalga oshirilmagan xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalar tovarlar jo‘natilganligini yoki xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida tan olinmaydi.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son)
64. Elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish va qabul qilish bo‘yicha belgilangan muddatning oxirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni bo‘lmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga to‘g‘ri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni bo‘lmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom bo‘lish kuni deb hisoblanadi.
65. Sotib oluvchi shaxsiy kabinetga tushgan va tasdiqlangan elektron hisobvaraq-fakturalarning QQSni hisoblab chiqarishda hisobga olinishi yoki olinmasligi toifasini belgilaydi.
66. Qo‘shimcha yoki tuzatilgan hisobvaraq-fakturalar ushbu Nizom 5-bobiga muvofiq elektron ko‘rinishda rasmiylashtiriladi.
67. Tovarlar transport vositasida tashilganda elektron shaklda rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura QR kodga ega bo‘lgan elektron tarzda yoki qog‘oz nusxasi chop etilgan holda tashuvchiga taqdim etiladi.
8-bob. Yakunlovchi qoida
68. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni to‘ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

20__ yil “___” ____________ dagi ____-son shartnomaga


20__ yil “___” ____________ dagi ____-son
HISOBVARAQ-FAKTURA

Etkazib beruvchi ______________________
Manzil: _____________________________
Etkazib beruvchining identifikatsiya
raqami (STIR) _______________________
QQS ro‘yxat raqami____________________
Bank hisobvarag‘i _____________________
Bank MFO ___________________________

Sotib oluvchi ______________________
Manzil: ________________________
Sotib oluvchining identifikatsiya
raqami (STIR) ______________
QQS ro‘yxat raqami ____________
Bank hisobvarag‘i______________
Bank MFO _________________________


Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish