Qo’shiqlar orqali tinglab tushunishni shakllantirish


Tingalab tushunish qiyinchiliklari



Download 33,9 Kb.
bet2/11
Sana03.07.2022
Hajmi33,9 Kb.
#738395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5429489207955429615

Tingalab tushunish qiyinchiliklari:

  1. til shakliga oid (omofon, majhul fe’l);

  2. mazmunga oid (fakt va ularning og’liqligi);

  3. idrok shart-sharoitlari (nutq tezligi, ohang…);

  4. nutq shakli bo’yicha ( monolog, diolog);

  5. til materialida (leksika, grammatika, talaffuz);

  6. audiotekst tuzilishida (jumla, abzast, kontekst...);

  7. va boshqalar( bir marta, tinglash, jonli va yozuvdagi nutq);

Nutq faoliyatining asosiy turlaridan sanalmish tinglab tushunish ham bilishga intilishdir. Har qanday bilish jarayoning esa hissiy va mantiqiy tomonlari mavjud. Tiglab tushunishning mexanizmlari majmui fanda yetarlicha o’rganilgan.
Birinchi mexanizmni ruhshunoslar nutqni idrok etish deb nomlagan. Muayyan sezgilar qo’zg’alishi nazarda tutiladi. Begona tilini bilmagan kishi uni tushunmaydi ham, balki bu tildagi nutqni eshitish qobiliyatidan mahrumdir.
Ushbu mexanizm eshitish xotirasi mexanizmi bilan chambarchas bog’liq. Idrok qilish chog’ida nutqiy parchani yodda saqlash audiotekstni tushuna olish imkonini yaratadi.
Ichda gapirish mexanizmi faoliyatiga ko’ra audiotekstni idrok etish paytida nutq harakat analizatori ishlaydi ( prof. Nikolay Ivanovich Jinkin o’zining til o’rgatish ruhshunosligiga bag’ishlangan yetuk ilmiy ishlarda ushbu fikrni isbotlab bergan). Tushunish darajasi tinglanayotgan nutqni ichki nutqda takrorlashga bevosita bog’liq. Odam eshitayotganini ichida taqlid yo’li bilan qaytarib turadi. Audiotekstning yoki qiyinroq joylarini ichida aytib turiladi, til materiali puxta o’zlashtirilgan bo’lsa ichida takrorlash hajmi kamroq bo’ladi. Binobarin, gapirish va tinglab tushunishni birga qo’shib o‘rganish tavsiya etiladi.
Eshitish sezgisiga kelayotgan signallarni xotirada qoliblangan andozaga solishtirish mexanizmi. Solishtirish shaxsning avvalgi tajribasiga, uning sezgi va hissiyotiga qarab to’g’ri-noto’g’ri bo’lishi mumkin. Tinglovchi tajribasi deganda eshitish va nutq harakati sezgilari miyada hosil qilgan iz tushuniladi. Solishtirish oqibatida tanib olishga muvaffaq bo’linadi. Eshituvdan qolgan iz mustahkam bo’lsa, tanib olish mexanizmi faolroq amal qiladi. Eshitilayotgan hodisaning to’liq aksi miyada saqlanmaydi yoki tiklanmaydi, uning izi tushadi xolos.
Navbatdagi mexanizmning nomi antisipatsiya deb ataladi. Soddaroq qilib oldindan fahmlash deyish maqul. Bu mexanizim ishga tushganda
audiotekstning tuzilishini yoki uning mazmunini oldindan bilish imkoniyati yaratiladi.
Yana bir mexanizmni audiotekstni mantiqan tushinish deyiladi. Miya faoliyatining analitik – sentetik amali asosida va boshqa imkoniyatlar doirasida anglash, ya’ni mantiqan tushunish ro’y beradi.
Mazkur mexanizmlarni shakl toptirish oqibatida o’quvchilarning tingalab tushunish malakasi hosil qilinadi. Tinglab tushinish malakasi chet tilida zaruriy mashqlarni bajarish tufayligina shakllanadi va rivojla nadi. Nutqni tinglab tushinishni o’rgatishda nimalarga ahamiyat beramiz. Birichidan nimani o’rgatish, ikkinchidan qanday qilib o’rgatish va nihoyat tushunganlikni qaysi yo’l bilan aniqlashni bilish talab qilinadi. Bu uchala masala alohida –alohida ko’rib chiqiladi.
Tinglab tushunishni o’rgatish bo’yicha turli yo’nalishlar amaliyotda
qo’llanilib keladi. Ulardan biri avvalo til materialini, keyin nutq faoliyatini o’rganishdir. Bu metodik g’oyaga binoan so’z, so’z birikmasi gaplarni bilib olishni mashq qilib, so’ngra o’quvchilar diqqati o’rganilgan materialning mazmun tomoniga tortiladi. Ushbu yo’l bilan tinglab tushunishni o’rgatish samarasi past bo’ladi, unda ortiqcha vaqt sarflanadi, binobarin uni eng maqbul metodik usul deb topilmaydi.
O’qituvchilar qo’llaydigan ikkinchi yo’nalishga ko’ra, tinglab tushunish nutq malakalarini shakllantirish bilan bevosita bog’liq holda olib boriladi. Gapirish, o’qish va yozuvni o’rgatish jarayonida o’quvchilar tinglab tushunish bilan shug’ullanishadi.
Tinglab tushunishga mo’ljallangan (auditiv) mashqlar sistemaci maksadiga ko’ra ikki turga bo’linadi: maxsus va maxsus bo’lmagan mashqlar.
Maxsus bo’lmagan mashqlarda tinglab tushunish yo’l-yo’lakay o’rgatiladi. Masalan, dars boshlanishidagi nutqiy mashg’ulot, so’z ma’nosini ochish chog’ida muallim hikoyasini eshitish; grammatikaning taqdimotidagi muallim gaplarini tinglash, o’zga shaxs nutqini magnit tasmasiga yozish kabilar maxsus bo’lmagan mashqlar jumlasiga kiradi. Chet tilda dars olib borish ham tinglab tushunishni o’rgatishda ajoyib ish uslubidir. O’quvchilar dars davomida ishlatiladigan jumlalarni tushunishlari uchun muallim juda ko’p marta takrorlamasligi, o’ta sekin, kam aytmasligi, har doim ona tiliga tarjima qilavermasligi talab etiladi.
Maxsus mashqlar o’z navbatida tinglab tushunishga tayyorlov va sof nutqiy mashqlarga bo’linadi. (Birinchisini ayrim mualliflar til (materiali) ga oid mashqlar deyishsa, boshqalari shartli-nutqiy mashqlar nomi bilan ham yuritishadi.)
Tayyorlov mashqlarining obyeki akustik signal (ya’ni quloqqa yetkaziladigan so’z, jumla, gaplar majmui) bo’lib, nutqiy mashqlarda esa o’quvchi mazmunni egallash bilan band bo’ladi. Nutq mashqlarining uch bosqichli ekanligi fanda aniqlangan: axborotni eshitishga tayyorgarlik,uni eshitish va eshitganini tahlil qilishni o’z ichiga oladi.
Tinglab tushunish mashqlarini amalda bajarish bo’yicha ayrim tavsiyalar keltirish joizdir.
Tayyorlov mashqlari sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: ustundagi so’zlarni eshiting va takrorlang (muallim qiyin materialni tanlab mashq tuzadi); so’zlarni eshiting (misol keltiradi) va quyidagi so’zlar orasidan toping; qofiyadosh so’zlarni aniqlab, ularni raqam bilan belgilang; gaplarni tinglab, o’xshash va farq qiladiganlarini + (plyus) yoki — (minus) belgisi bilan aniqlang; buyruqlarni tez-tez bajaring; quyidagi sifat (fe’l)larni tinglang va ular bilan ko’p qo’llanadigan otlarni ayting; tanish o’zaklardan yasalgan yangi so’zlarni tinglang va tarjima qiling; tayyor jumlalarni tinglang va qanday nutq vaziyatida qo’llanishini aytib bering; mexanik yozuvdagi matnni tinglang, so’ngra yozma, variantdagi bo’sh qoldirilgan joylarni to’ldiring, audiotekst mazmunida noto’gri deb topgan fikringizni isbotlang; kim haqida gap borayotganini fahmlab oling; tasvirlangan va tinglangan axborot farqini aniqlang; tushib qolgan jumlani topib o’rniga qo’yib ayting; audioaxborotni ona tilida yozib bering; alohida berilgan so’zlar ro’yxatini tinglang, ularni yodda saqlang va muayyan mavzuga oidlarni ayting; ikki-uchta qisqa jumlalarni tinglang va ulardan gap tuzib ayting; jumlani eshiting, unga mazmunan mos yana bir gap qo’shib ayting.
Tinglab tushunish ham nutq faoliyatining turidir. U retseptiv nutq faoliyatiga kiradi. Tinglab tushunish so’zlovchining nutqini radiodan, magnitafondan, plastinkadan va muloqot paytida tinglab tushunib, ma’lumot olishdir. Uni ba’zi adabiyotlarda audirovaniye deb ham yurtiladi. U murakkab nutq faoliyatidir, chunki tinglovchi tezda shaklni qabul qila olishi, tezda mazmunni tushuna olishi, xotirada saqlab qolishi zarur, aks holda uni qaytadan ko’rib, o’qib, tushuna olishi uchun manba, sharoit, vosita yo’q.

Download 33,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish