Qoziqli poydеvorlarni hisoblash reja: Umumiy ma‘lumotlar



Download 59,29 Kb.
bet1/3
Sana18.02.2022
Hajmi59,29 Kb.
#454840
  1   2   3
Bog'liq
QOZIQLI POYDЕVORLARNI HISOBLASH


QOZIQLI POYDЕVORLARNI HISOBLASH

Reja:

1. Umumiy ma‘lumotlar

2. Qoziqli poydevorlarni chegaraviy holatlarning birinchi guruhi bo’yicha hisoblash

3. Qoziqli poydevorlarni deformatsiyalar bo’yicha hisoblash

Adabiyotlar:


1. Umumiy ma‘lumotlar

Inshootdan uzatiladigan yuk va tashqi muhitga nisbatan kuchsiz gruntlar sharoitida ko’pincha qoziqli poydevorlardan foydalaniladi. Buning asosiy sababi, birinchidan, qoziqni o’rnatishda uning tevarak atrofi va ostidagi gruntning zichlashuviga erishilsa, ikkinchidan, yuqoridan tushayotgan yuk qoziq orqali gruntning chuqur qatlamlariga uzatiladi.

Qoziqlar alohida (alohida turuvchi poydevorlar tovonida), lentasimon (kengligi uzunligiga nisbatan ancha kam bo’lgan poydevorlarda bir yoki ikki qator bo’lib) va qoziqlar maydoni (yaxlit poydevorlarda) ko’rinishida joylashuvi mumkin.

Qoziqlarni birlashtiruvchi konstruktsiya rostverk, qoziqlar va rostverk birgalikda qoziqli poydevor deyiladi.

Qoziqli poydevorlar past va baland rostverkli bo’lishi mumkin (9.1-rasm). Baland rostverkli qoziqlar amalda ko’prik, daryo va dengiz sohillari inshootlari poydevorlarida qo’llaniladi.

Vertikal tekislik bo’yicha joylashuviga ko’ra qoziqlar tik yoki eshkaksimon bo’lishi mumkin (9.2-rasm). Eshkaksimon qoziqlar gorizontal zo’riqishlar ta‘sirida bo’ladigan tirgak devorlar, gumbazsimon yoki qirg’oqlar ustivorligini ta‘minlovchi inshootlar poydevorlari ostida ko’proq qo’llaniladi.

Yukni zamindagi gruntga uzatish usuli bo’yicha osma va ustun qoziqlar bir-biridan farqlanadi. Osma qoziqlar ba‘zan ishqalanishga ishlovchi qoziqlar deb ham nomlanadi.

Ustun qoziqlar mustahkam, deyarli zichlanmaydigan gruntga tayangan holda joylashadi va bunda yuklar to’laligicha ushbu gruntlarga uzatiladi. Bunday qoziqlar qo’llanilgan inshootlarda cho’kish deyarli yuz bermaydi.

Osma qoziqlarning uchlari mustahkam gruntlargacha yetib bormaydi. Ular mustahkam grunt qatlami anchayin chuqur joylashgan hollarda qo’llaniladi. Bunda qoziqlar orasida joylashgan gruntlar ular bilan birgalikda ishlaydi. Ular tashqi yuklarga, asosan, qoziq sirti va grunt orasida hosil bo’ladigan ishqalanish kuchlari hisobiga qarshilik ko’rsatadi. Gilli gruntlarda shuningdek, bog’lanish kuchlari ham poydevor ustivorligi va mustahkamligiga sezilarli ta‘sir ko’rsatishi mumkin.



9.1 – rasm. Ishlashiga ko’ra qoziqli poydevorlarning turlari: a – osma qoziqli;

b – ustun qoziqli; 1 – devor; 2 – rostverk; 3 – qoziqlar


9.2 – rasm. Past rostverkli(a ) va yuqori rostverkli(b) poydevorlar




9.3 – rasm. Eshkaksimon qoziqli poydevorlar


Qoziqli poydevorlarni barpo etishda yog’och, beton, temirbeton va po’lat mahsulotlaridan foydalanish mumkin. Hozirgi zamon qurilishida temirbeton qoziqlar ko’proq ishlatiladi.

Ko’ndalang kesimi bo’yicha qoziqlar yumaloq, kvadrat, to’g’ri to’rtburchak, ko’pburchak va boshqa shakllarda, bo’ylama kesimi bo’yicha tsilindr, prizma, konussimon va ostki qismi kengaytirilgan ko’rinishlarda tayyorlanadi.

Qoziqlarni o’rnatishda qoqish, suv yordamida titratish, bosim ostida siqish va burab kiritish usullaridan foydalaniladi. Tayyorlanishiga ko’ra, qoziqlar yig’ma (po’lat quvurlar, yig’ma temirbetonli qoziqlar), quyma (asosan beton ishlatiladi) va aralash turlarga bo’linadi.





Download 59,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish