«Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish» kafedrasi



Download 0,75 Mb.
bet9/22
Sana14.10.2022
Hajmi0,75 Mb.
#853118
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
«Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab c

8-LABORATORIYA ISHI.


G’ishtning sifatini tekshirish

G‘ishtning standart talabiga muvofiqligini bilish uchun bu g‘isht o‘lchamlari va boshqa belgilari, normal pishgan g‘isht etaloniga solishtirib ko‘riladi. Buning uchun pishgan g‘isht partiyasining har joy-har joyidan 5 dona namuna olinadi va ular raqamlab qo‘yiladi. Standartga muvofiq, normal pishgan g‘ishtning uzunligi 250 mm, eni 120 mm va qalinligi 65 mm, ya’ni g‘isht o‘lchamlari 250x120x65 mm bo‘lishi kerak. Namunalarning uzunligi, eni va qalinligi metall chizg‘ich bilan o‘lchanadi Modulp g‘ishtlarda texnologik bo‘shliqlar bo‘lishi va massasi 4kg dan oshmasligi kerak. Amalda aniq o‘lchamli g‘isht olish mumkin emas. SHu sababli davlat standartlariga g‘ishtning uzunligi bo‘yicha ± 5 mm, eni bo‘yicha ±4 mm, qalinligi bo‘yicha ±3 mm chetga chiqishlariga ruhsat etadi. G‘isht yuzalari va kovurg‘alarining qing‘ir – qiyshiqligi uchun ham ruxsat etilgan chetga chiqishlar belgilangan: yon yuziga eng ko‘pi 4 mm va sirtiga eng ko‘pi 5 mm, necha joyidan va qanday darajada darz ketganligi; chala pishirilganligi, % hisobida; oxak zarralarining aralashgan-aralashmaganligi.


G‘ishtning normal pishirilganligini bolg‘acha bilan urib bilish mumkin. Bolg‘acha urilganda jaranglagan ovoz chiqsa, g‘isht yaxshi pishgan, po‘killagan ovoz chiqsa, chala pishgan bo‘ladi.
G‘isht yuzalarining o‘ydim-chuqurligi va qirralarining qing‘ir-qiyshiqligi metall go‘niya bilan tekshiriladi.
9 – LABORATORIYA ISHI


Gips xamirining normal quyuqligini aniqlash.

Ishlatiladigan asbob-uskunalar: sekundomer, tarozi, 250 sm3 li menzurka, chinni kosa, qoshiq, Suttard viskozimetri.






6-rasm. Suttard
viskozimetri:

Suttard viskozimetri mis yoki jezdan yasalgan silindr va har qaysi qirrasi 20 sm dan qilib ishlagan kvadrat shaklidagi shisha plastinkadan iborat. Silindrning diametri 5 sm va balandligi 10 sm bo‘ladi.


Silindr tagiga qo‘yiladigan shisha plastinkaga bir necha konsentrik aylanalar chizilgan. Bu aylanalarning diametri 6 sm dan 20 sm gacha bo‘ladi. Diametri 14 sm gacha bo‘lgan aylanalarning oralig‘i 1 sm, 14 sm dan 20 sm gacha bo‘lganlariniki esa 2 sm dan qilinadi.


SHunday aylanalar chizilgan qog‘ozni kvadrat shaklidagi ikkita shisha plastinka orasiga qo‘yish ham mumkin.
Sinash tajribasini boshlashdan oldin, silindr va shisha plastinkalar yumshoq toza nam latta bilan artib olinadi.
Ish tartibi. SHisha plastinka gorizontal xolatda o‘rnatiladi va silindr asosi markazi konsentrik aylanalar markaziga qo‘yiladi. SHundan keyin gipsdan 300 g xamir tayyorlanadi va uning normal quyuqligi aniqlashga kirishiladi. Buning uchun kosaga 200 sm3 chamasi suv solinib, bu suvga 300 g gips asta-sekin sepiladi-da, so‘ngra qorishtiriladi. Gips sepish va qorishtirish muddati 30 sekundan oshmasligi shart. Xamirning quyuqligi bir xil bo‘lgach silindrga quyiladi. Silindrning ustida qolgan ortiqcha xamir xo‘llangan pichoq bilan sidirib olinadi. Gips xamirini silindrga quyish va uning ustini tekislash ishi 15 sek ichida bajarilishi kerak. SHundan keyin silindr tik vaziyatda tez ko‘tarib olinadi. Natijada gips xamiri konus shaklidan kulcha shakliga o‘tib, yoyila boshlaydi. Xamirning oz yoki ko‘pyoyilishi uning konsistensiyasini (quyuqlik darajasini) ko‘rsatadi. YOyilgan xamirning diametri 18 sm gacha bo‘lsa, quyuqlik normal deb hisoblanadi. Xamir yoyilganda diametrining 18 sm dan oshib ketishi gipsga suv ko‘p qo‘shilganligini, 18 sm ga etmasligi esa gips ga suv oz qo‘shilganligini ko‘rsatadi.
Gips xamirning normal quyuqligi 100 g gipsga quyiladigan suvning xajmi bilan (sm3 hisobida) ifodalanadi. Gips xamirning yoyilgandagi diametri 18 sm ga teng bo‘lsa, xamirning quyuqligi normal deb hisoblanadi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish