Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi


Umumiy noma’lumlar soni n ramaning kinematik noaniqlik darajasi sonini ifodalaydi



Download 0,56 Mb.
bet2/3
Sana23.07.2022
Hajmi0,56 Mb.
#845831
1   2   3
Bog'liq
Samadov

Umumiy noma’lumlar soni n ramaning kinematik noaniqlik darajasi sonini ifodalaydi.
Burchakli ko‘chishlar soni nb – ramaning bikr tugunlarining soniga teng bo‘ladi. CHiziqli ko‘chishlar sonini aniqlash uchun ramaning har bir bikr tuguniga va bikr tayanchiga sharnir kiritish yo‘li bilan yangi geometrik o‘zgaruvchan sharnirli sxema hosil qilinadi. Bu sharnirli mexanizmning erkinlik darajasi ramaning chiziqli ko‘chishlari soniga teng bo‘ladi.
nch = W = 3D - 2SH – ST (32.2)
Misol. 32.2-rasm, a da berilgan ramaning kinematik noaniqlik darajasi aniqlansin.
Yechish: Ramaning kinematik noaniqlik darajasi (14.1) formulaga asosan aniqlanadi.
n= nb + nch
Ramaning bikr tugunlari soni 6 ga tengligidan, burchakli ko‘chishlar soni nb = 6 bo‘ladi.
Ramaning chiziqli ko‘chishlari sonini aniqlash uchun, uning bikr tugunlari va tayanchlariga sharnir kiritib, geometrik o‘zgaruvchan sharnirli sxema bilan almashtiramiz (32.2-rasm, b) va bu sharnirli sxemaning erkinlik darajasini (32.2) formula yordamida hisoblaymiz.
nch = 3*9 – 2*10 - 4 = 27 - 24 = 3
Demak, rama tugunlarining chiziqli siljishlari soni nch= 3 ga teng bo‘lar ekan.
Shunday qilib, ramadagi noma’lumlar soni
n = 6 + 3 = 9 bo‘ladi.

Ko‘chishlar usulining asosiy sistemasi.


Kuchlar usulida asosiy sistema statik noaniq ramani ortiqcha bog‘lovchilardan ozod qilish yo‘li bilan tanlangan edi. Bu holda asosiy sistema statik aniq va geometrik o‘zgarmas bo‘lishi shart edi.
Ko‘chishlar usulida esa asosiy sistema – berilgan ramaga, tugunlarining burchakli va chiziqli ko‘chishlariga qarshilik ko‘rsatuvchi 2 xil bog‘lovchilar kiritish yo‘li bilan hosil qilinadi. Birinchi xil bog‘lovchilar – bikr bog‘lanishlar bo‘lib, faqat tugunlarning burchakli ko‘chishlariga qarshilik ko‘rsatadi. Ikkinchi xil bog‘lovchilar – sterjenlar bo‘lib, tugunlarning chiziqli ko‘chishlariga imkon bermaydi. Demak, ko‘chishlar usulining asosiy sistemasini berilgan rama tugunlarini burchakli va chiziqli ko‘chishlarini cheklash orqali tanlanadi. Bunday asosiy sistema yagona bo‘ladi. Ma’lumki, kuchlar usulining asosiy sistemasi cheksiz ko‘p bo‘lar edi.
Misol. 32.2-rasm, a da keltirilgan rama uchun asosiy sistema tanlang.
Yechish. YUqoridagi misoldan ma’lumki, rama 6 ta burchakli va 3 ta chiziqli ko‘chishga ega. 6 ta burchakli ko‘chishni cheklash uchun bikr tugunlarni bikr bog‘lanishlar bilan, 3 ta chiziqli ko‘chishlarni cheklash uchun shu ko‘chishlar yo‘nalishi bo‘yicha sterjenlar bilan mahkamlaymiz (32.3-rasm). Hosil bo‘lgan sistema ko‘chishlar usulining asosiy sistemasi deyiladi.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish