Quyosh energetikasi



Download 0,63 Mb.
bet1/3
Sana13.12.2022
Hajmi0,63 Mb.
#884407
  1   2   3
Bog'liq
1 (1)


1-MA’RUZA.“QUYOSH ENERGETIKASI” FANIGA KIRISH VA ENERGETIKA SOHASIDA TUTGAN O‘RNI.
KIRISh
“Men o‘z pullarimni quyosh energiyasi uchun
investitsiya tarzida kiritgan bo‘lardim. Bu
ulkan energiya manbai. O‘ylaymanki, neft,
gaz, ko‘mir zahiralari tugashini anglab
yetgunga qadar kutib turish shart emas”


Tomas Edisonning Genri Ford bilan
1931 yildagi suhbati vaqtida

Aytish joizki, cho‘g‘lanma lampalarning ixtirochisi, fizik olim Tomas Edison albatta haqdir. Hozirgi vaqtda dunyoda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 75% dan ortig‘i mineral va organik yoqilg‘ilarni yoqish hisobiga amalga oshirilmoqda. Ammo, hozirgi vaqt jahon energetikasi qazib olinadigan energetika resurslarining cheklanganligi sabab a’nanaviy xom-ashyo bazasining tugashi bilan bog‘liq muammolar bilan to‘qnash kelmoqda. Energetika rivojining yuqori templarini faqat a’nanaviy qazib olinadigan manbalar hisobiga qoplash qiyinlashib bormoqda.


Qazib olinadigan energiya manbalarini qayta ishlash, yoqish hisobiga atrof muhitni ifloslash (ya’ni ko‘mir va yadro yoqilg‘isi hisobiga) Yerda ekologik holatni izdan chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Shunga o‘xshash holatlar sabab butun dunyoda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga katta qiziqish uyg‘onmoqda. Shu energiya turlaridan biri, ya’ni sof ekologik tozaligi va qulayligi bilan ma’lum bu quyosh energiyasidir.
Hamma qayta tiklanuvchi energiya turlarining ichida quyosh energiyasidan foydalanish O‘zbekiston mintaqasida juda qulay bo‘lib uning yalpi salohiyati 98,6% ni tashkil etadi. Bu energiyadan unumli foydalanish azaldan ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelib qon-qonimizga singib ketgan, chunki uzoq tumanlarimizda hanuzgacha quyosh energiyasidan meva-sabzavotlarni quritishda, qishga chorva mollari uchun yem-xashaklarni quritishda, suvni oftobda qizitish va boshqa maqsadlarda foydalanib kelinadi.
Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining texnik potensiali 180 million tonna neft ekvivalentini tashkil etib yillik energiya resurslariga bo‘lgan talabdan uch marta ortib ketadi.
Mamlakat iqtisodiyoti sohasida quyosh energiyasidan keng va samarali qulay bo‘lgan foydalanish sohasi bu yarimo‘tkazgichli o‘zgartirgichlar orqali quyosh nurlanishini elektr energiyasiga o‘zgartirish va aholi kommunal-turmush ob’ektlaridagi issiq suv ta’minoti tizimlarida quyosh kollektorlari yordamida past potensialli issiqlikdan suv qizitish maqsadlarida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Ta’kidlab o‘tish kerakki, umumiy aholi yashaydigan uylarga nisbatan ko‘p qavatli bo‘lmagan aholi uylari 76 % ni tashkil etib ularga umumiy tabiiy gaz chiqimi (15100 million m3) dan faqatgina issiq suv ta’minoti uchun 3000 million m3 tabiiy gaz sarf etiladi.
Dunyo tajribasini umumlashtirib, O‘zbekiston mintaqasida qayta tiklanuvchi energiya resurslarini tahlil etib aytish mumkinki, elektr va issiq suv ta’minotida quyosh energiyasidan foydalanish O‘zbekiston sharoitida iqtisodiy jihatdan to‘liq o‘zini oqlaydi.
Yevropa fotoelektrik sanoati assotsiatsiyasi (YeFSA) ma’lumotiga qaraganda, butun dunyoda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish sur’ati muttasil o‘sib bormoqda. Aytaylik, 2012 yilda jahon bo‘yicha umumiy quvvati 100 GWga teng bo‘lgan fotoelektrik panellar o‘rnatilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan o‘n oyi ichida 30 GW li shunday qurilmalardan ham foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Pirovardida birgina Germaniyada fotoelektrik stansiyadan olingan elektr energiyasining narxini 0,07 AQSh dollarigacha kamaytirishga erishildi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada Quyosh elektr stansiyalari va Quyosh energetik qurilmalari rejimlari va quyosh energetikasi kursidagi asosiy tushunchalardan boshlab aniq hisoblar parametrlarigacha bo‘lgan ma’lumotlar, Yerda quyosh nurlanishidan foydalanish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilgan.
Quyosh energetikasi kursi – elektr, issiqlik va energiyaning boshqa turlarini olish uchun kosmosda va Yerda quyosh nurlanishi energiyasini foydalanish texnik vositalarini, metodlarini va ilmiy asoslarini ishlab chiquvchi ilm-fan va texnikaning bir sohasi hisoblanadi va mamlakat iqtisodiyotida quyosh energiyasidan samarali foydalanish mashtablari va sohasini aniqlab beradi.
O‘quv qo‘llanmada taqdim etilgan materiallar ToshDTU ning va turdosh OTM ning 5312400-“Muqobil energiya manbalari” ixtisosliklari bo‘yicha bakalavr ta’lim yo‘nalishi, 5A312401 - “Muqobil energiya manbalari” magistratura mutaxasislari uchun mo‘ljallangan.
Shuningdek ushbu o‘quv qo‘llanmasi Energetika sohasidagi ko‘pgina yo‘nalishlarda tahsil oluvchi talabalar uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish