R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/292
Sana21.07.2022
Hajmi8,86 Mb.
#835148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   292
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish. Rustamboyev M, Ahmedov D

Konstitutsiyaning asosiy
mohiyati shundaki, u jamiyat va uning a’zolari oldiga maqsad qo‘yadi. Ana
shu ezgu maqsadga erishishning yo‘llarini o‘zida mujassam etadi. Shu o‘rinda
davlat, oila va jamiyat manfaatlari, soddaroq qilib aytsak, davlat va inson
manfaatlari uyg'unlashib ketmas ekan, rivojlanish sari olg‘a siljish bo'lmaydi1.

K arim ov I.A . Y angicha fikrlash va ishlash davr talabi. — Т.:
« 0 ‘zbekiston», 1997, 258-bet
9


M avzuni mustahkamlash uchun savollar
1. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish kursining 
predmeti nimani o ‘rgatadi?
2. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish kursining 
manbalari haqida nimalarni bilasiz?
3. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish kursining 
uslublarini sanab bering.
4. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish kursining 
vazifasi nimalardan iborat?
II BOB
KONSTITUTSIYA TUSHUNCHASI
VA MOHIYATI
^P§. Konstitutsiya tushunchasi, mohiyati va belgilari
/K o n stitu tsiy a lotincha «constitution» so‘zidan olingan 
boTib, «o'rnataman» degan m a’noni anglatadi. Bu atamaning 
lo tinchadan olinganining sababi qadim gi Rim im periyasi 
davrida davlat boshlig‘i - imperatorlar tomonidan xuddi shu 
nom bilan ataladigan va qonunga teng bo‘lgan normativ hujjat­
lar qabul qilingan. Hozirgi «Konstitutsiya» tushunchasi XVIII 
asr oxirida pay do b o ‘lgan va dunyoda birinchi Konstitutsiya 
sifatida 1787-yilda qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasi bilan 
bog‘liq. Konstitutsiyaga hozirga qadar juda ko‘plab nazariyot- 
chilar tomonidan ta ’rif berilgan.
K o n stitu tsiy a - bu prinsipial aham iyatga ega b o ‘lgan 
h u q u q iy n o rm a la rn i o ‘zida m u jassam etg an va d av lat 
hokimiyatini amalga oshirish me’yorini belgilovchi davlatning 
asosiy qonuni b o iib , unda davlatning qurilishi, huquqiy tizimi 
hamda eng asosiysi, davlat bilan aholi o ‘rtasidagi munosabat­
lar aks etgan yuridik hujjatdirj
Konstitutsiyaga ta ’rif berishda ko‘pchilik konstitutsionalist- 
lar uning mohiyatidan kelib chiqadi. Konstitutsiya mohiyatiga 
turlicha yondashuvlar mavjud.
Birinchidan, K onstitutsiyalar shunday jam iyatda qabul 
qilinadiki, bu jamiyatlar ijtimoiy tuzumida inqilobiy o ‘zgarish-
10


lar ro ‘y berib, davlat hokimiyatiga egalik qiladigan bir ijtimoiy 
guruh vakillari o ‘rnini boshqa ijtimoiy guruh egallab olganda 
K onstitutsiya siyosiy muvozanatni, kuchlar nisbatini saqlab 
turadi (masalan, qirol hokim iyati cheklanib, parlam entning 
mavqei oshganda).
Ikkinchidan, k o 'p in ch a K on stitutsiyalarda, u lar qabul 
qilingan paytdagi davlat hokim iyatiga t a ’siri k atta b o ig a n
siyosiy kuchlarning m anfaatlari k o ‘proq aks etgan b o ia d i 
(masalan, Fransiyaning 1946-yilgi Konstitutsiyasida fashizm 
ustidan qozonilgan g ‘alaba, siyosiy m aydonda millatchilik 
kayfiyatiga qarshi kuchlar, harakatlarning ta ’siri oshgani o ‘z 
ifodasini topgan).
Uchinchidan, Konstitutsiyalar real hayotda davlat hokimi­
yatiga xalq egalik qiladigan jamiyatlardagina qabul qilinadi. 
Bunday jam iyatlar k o ‘pincha dem okratik jam iyat sifatida 
e’tirof etiladi.
To'rtinchidan, Konstitutsiya davlatning o ‘z hokimiyatini 
amalga oshirishda m a’lum bir chegarani belgilaydigan, davlat 
va uning fuqarolari o ‘rtasidagi munosabatdan kelib chiqadigan 
shartlashilgan hujjatdir. Davlat fuqarolarning huquq va erkin­
liklarini amalga oshirishning kafili b o isa, o ‘z navbatida fuqaro­
lar davlat oldidagi burchlarini bajarishlari shart.
^ am o n av iy Konstitutsiyalarning mohiyati umuminsoniy, 
huquqiy qadriyatlarni va umumdemokratik asoslarni mustah- 
kamlashda ifodalanadi. Ular har bir inson teng huquqli fuqaro 
b o iib faoliyat yurita oladigan davlatda yashashini ta rg 'ib
qiiadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki
O'zbekiston Respublikasida amal qilayotgan Konstitutsiya o ‘z 
mohiyatiga ko'ra, demokratik huquqiy davlat qurish Konstitu­
tsiyasi sifatida O'zbekiston xalqi irodasining ifodasidir va bu 
iroda umumdemokratik prinsiplarni o'zida mujassam etuvchi, 
insonni, uning huquq va erkinliklarini oliy qadriyat deb e’tirof 
etuvchi davlat va jamiyat hayoti asoslarini mustahkamlashga 
yo ‘ naltirilgandir^J
Dunyo konstitutsionalizmi o'zining rivojlanishi mobaynida 
tarixdagi ko'plab ijtimoiy-siyosiy voqeliklar ta ’siri ostida b o iib
keldi. Shuning uchun turli davrlarda k o 'p lab m am lakatlar 
tom onidan qabul qilingan K onstitutsiyalar, ularda m ustah­
kamlangan normalar va tartibga solingan ijtimoiy munosabatlar

T ad jix a n o v U ., O d ilq o riy ev H ., S aidov A. O 'z b e k isto n
Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi. — Т.: «Sharq», 2001, IIV 
Akademiyasi, 85-86-betlar
11


ko‘lamiga qarab, shuningdek, Kon- 
stitu tsiy a la r q abu l qilingan davr 
ta la b la rid a n kelib chiqib, u la rn i 
mazmunan har xil rivojlanish bos- 
qichlariga bo‘lish mumkin. Albatta, 
bunda Konstitutsiyalar yillar sayin 
mazmunan boyib, mukammallashib 
borgan. Hozirda aksariyat adabiyot- 
la rd a K o n stitu tsiy alarn in g riv o j­
lanish b o sq ich lari t o ‘rtg a b o ‘lib 
o ‘rganiladi.
Birinchi bosqich XVIII asr oxiridan XX asr boshlarigacha 
davom etib, bu Konstitutsiyalarga AQSH Konstitutsiyasidan 
tashqari, Polsha va Fransiyaning 1791-yilda, Norvegiyaning 
1814-yilda, Belgiyaning 1831-yilda, Lyuksemburgning 1868- 
yilda, Shveysariyaning 1974-yilda qabul qilingan Konstitutsiya- 
lari misol b o ‘ladi. Bu bosqichda..qabul qilingan Konstitutsiya­
lar faqat davlat hokimiyatini amalga oshirish, davlat organlari 
faoliyatini va o ‘zaro m unosabatlarini tartibga solish bilan 
cheklanib qoldi. Fuqarolarning huquq va erkinliklariga kam 
e’tibor berilib, faqat ayrim tabiiy huquqlari e’tirof etildi. Bu, 
albatta, bir tomondan o'sha davr uchun katta yutuq ham edi.
Ikkinchi bosqich Konstitutsiyalariga ikkita jahon urushi 
oralig‘ida qabul qilingan sobiq Ittifoq Konstitutsiyalari, sharq 
mamlakatlaridan Turkiya, Eron, Misr kabi davlatlarda an’anviy 
musulm on huquqiga asoslangan K onstitutsiyalarni kiritish 
mumkin. Bu davrga kelib fuqarolarning sotsial huquq va erkin­
liklari Konstitutsiyaviy darajada mustahkamlandi. Shuningdek, 
K onstitutsiyalarda bu davrga kelib ancha murakkablashgan 
davlat boshqaruvi, ijro hokimiyatining kuchayib ketishi kabi 
unsurlar ham o ‘z aksini topdi.
Uchinchi bosqich ikkinchi jahon urushidan o ‘tgan asrning 
80-yillariga qadar davom etib, bu davr chinakam konstitu- 
tsionalizm davri b o ‘ldi. Chunki aynan shu yillarda dunyo 
xaritasida juda ko'plab davlatlar paydo bo‘lib, bir necha o ‘nlab 
Konstitutsiyalarning qabul qilinishiga olib keldi. Shuningdek, 
jah o n taraqqiyoti yangi bosqichga qadam q o ‘yganligi bois 
ayrim d a v la tla rd a K o n stitu tsiy a la r q a y ta q ab u l qilindi 
(masalan, Germaniya, Yaponiya, Italiya va Fransiyada). Bu 
bosqich Konstitutsiyalarining o ‘ziga xos xususiyatlari: ilk bora 
siyosiy partiyalar faoliyati Konstitutsiyalarda keng qamrovli 
tarzda mustahkamlandi, iqtisodiyotning Konstitutsiyaviy asos-

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish