Radio reklama matnlarining lingvo pragmatik aspektda o‘rganilishi Annatatsiya



Download 21,15 Kb.
bet1/2
Sana28.04.2022
Hajmi21,15 Kb.
#589121
TuriСтатья
  1   2
Bog'liq
Murotov Hamro-Radio reklama


Radio reklama matnlarining lingvo pragmatik aspektda o‘rganilishi


Annatatsiya: maqola radio reklama matnlarini lingvo pragmati tadqiq etishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda reklama matnlarini o‘zbek va jahon tilshunosligida o‘rganilganlik darajasi yoritilgan.
Kalit so‘zlar: radio reklama, reklama matnlari, lingvo pragmatik, axborot maydoni, reklama va e’lonlar, reklama bozori.


Лингвопрагматическое исследование текстов радиорекламы


Аннотация: Статья посвящена изучению лингвопрагматики радиорекламных текстов, в которой описывается уровень изучения рекламных текстов в узбекской и мировой лингвистике.
Ключевые слова: радиореклама, рекламные тексты, лингвистическая прагматика, информационное пространство, реклама и объявления, рекламный рынок.


Linguo-pragmatic study of radio advertising texts


Annotation: The article is devoted to the study of lingvo pragmatics of radio advertising texts, which describes the level of study of advertising texts in Uzbek and world linguistics.
Keywords: radio advertising, advertising texts, linguistic pragmatics, information space, advertising and announcements, advertising market.

Zamonaviy axborot maydonida ma’lumotlar ko‘p. Ularning asosini reklamalar tashkil etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning rivojlanishi reklama matnlarini takomillashtirish bo‘yicha yangicha yechimlarni talab qilmoqda. Zero, yangi mahsulot o‘z egasini topishi zarur. Buning uchun reklama va e’lonlarni namoyish etishda radio, televideniya, davriy nashrlar va internet axborot texnologiyalari eng asosiy vositalardan hisoblanadi.


Radio o‘zining qulayligi va ommabopligi bilan reklama va e’lonlarni namoyish etishda muhim vosita hisoblanadi. Radioda axborot boshqa ommaviy axborot vositalari kabi visual idrok etilmaydi. Shu boisdan unda fikrni jamlash osonroq bo‘ladi. Radioning 24 soatlik rejimda ishlashi, reklama bozorida nisbatan arzonligi va samaradorligi bilan boshqa axborot tarqatuvchi vositalardan ajralib turadi.
Radioning afzalligi, shundaki, unda inson ovozining tembri bo'lib, u reklamaga shaxsiy omilni kiritadi, so'zlarga emotsionallik beradi, bosma matnga kirish mumkin bo‘lmaydi.[1]
Ko‘rinib turibdiki, radioda barcha mas’uliyat so‘zga tushadi. Ochiq ensiklopediya – vikipediyada reklamaga shunday ta’rif beriladi:
reklamo — qichqirmoq — tovarlarning sifati, ularni sotib olishdan koʻriladigan naf haqidagi axborot; bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulot toʻgʻrisida tarqatiladigan maxsus axborot. Reklama marketingning tarkibiy qismi hisoblanib, talab va isteʼmolchilar didining shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi. Reklama korxona imijini yaratish (uzoq davrli taʼsir koʻrsatish), joriy sotish hajmini koʻpaytirish (qisqa davrli taʼsir koʻrsatish), haridorlarga nima sotib olishni va uni nima uchun sotib olish zarurligini hal qilishda yordamlashish va boshqa maqsadlarda olib boriladi.[2]
Bugungi kunda reklama kishilarning eng asosiy axborot muhitiga aylanib bormoqda. Biroq o‘zbek tilshunosligida radio reklama matnlarining o‘ziga xosligi o‘rganilmagan. Shu boisdan ayni paytda radio reklama matnlarining tarkibiy qismlarini o‘rganish, maqsadli auditoriyaga nutqiy ta’sir etish funksiyasini tadqiq etish, ayni faoliyatni lingvo pragmatik nuqtai nazardan olib borish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Jahon tilshunosligida reklama matnlari keng o‘rganilgan. Xususan, bu sohada quyidagilarni keltirishimiz mumkin.
Ispan tilidagi reklama matnlarining grammatik va sintaktik jihatlari N.M.Firsova, S.I.Kanonich, T.N.Petrovalar asarlarida yoritilgan. Sotsiologik, pragmatik va semiotik jihatlarda reklama M.Konejero Lopes va E.Rodriges asarlarida ko'rib chiqiladi. Reklama matnlarida ritorik figuralarning roli S.Korral ishida o'rganiladi. Eng muhimlaridan biri meksikalik sotsiolog E.Ferrerning reklama tarixi, uning ijtimoiy, psixologik va falsafiy jihatlariga bag‘ishlangan asaridir. Leksik semantika sohasida: Yu.D.Apresyan, N.D.Arutyunova, L.A.Novikov, I.A.Sternin, S.G.N.F.Mixeeva, A.P.Babushkin, L.V.Minaeva kabi olimlarning ishlarini alohida qayd etish lozim. Til va madaniyatning oʻzaro taʼsiri V.Gumboldt, E.Sapir, Yu.D.Apresyan, E.M.Vereshchagin, V.G.Kostomarov, A.A.Potebnya, va boshqalarning asarlarida koʻrib chiqiladi.
Rus tili materialida reklamaning xususiyatlari V.G.Kostomarov (1974), E.F.Tarasov (1987), T.M.Dridze (1980), D.E.Kokhtev (1981), G.L.Solgannik (1981) kabi tilshunoslarning asarlarida oʻz aksini topgan. ), A.N.Vasilyeva (1982), G.V.Kolshanskiy (1984), S.G.Popov (1986), G.P.Pankratov (1998) va yana bir qator olimlar reklama matnlari ustida tadqiqot ishlari olib borishgan.
Rus tilshunosligida reklama matnlarini lingvistik tadqiqiga bag‘ishlangan ko‘plab tadqiqot ishlarini ta’kidlash mumkin. Xususan, rus tilshunos olimlarining boshqa tillarda reklama matnlarini o‘rganish bo‘yicha olib brogan ilmiy ishlarini ko‘rish mumkin.
Shuningdek, mahalliy tilshunoslikda bir qator tadqiqotlar ba'zi Yevropa tillarida reklama masalalariga bag'ishlangan.
Ingliz tili materiali bo'yicha reklama masalalari N.A.Gurskaya (1975), G.D.Grilixes (1978), G.A.Abramova (1980), G.N.Kuznetsova (1984), L.A.Barkova (1983), G.D.Lochmele (1998), O.A. Knesenzenko (1996) asarlarida ko'rib chiqilgan.) Nemis tilidagi reklamaning xususiyatlarini V.M.Avrasin (1985), T.T.Jelezanova (1982), S.P.Kozlova (1988) va boshqalar o‘rgandilar.
Fransuz tilidagi reklama matnlarining xossalari A.K.Avelychev (1973), N.A.Popova (1977), L.S.Vinarskaya (1995), S.A.1996 larning asarlarida o‘rganilgan.
Ispan tilidagi reklama matnlarining grammatik va sintaktik jihatlari T.N.Petrova (1977), S.I.Kanonich (1979), N.M.Firsova (1981, 1988) asarlarida yoritilgan. [3]
bugungi kungacha, reklama matnlarining lingvistik xususiyati pragmatik aspektda monografik tarzda o‘rganilmagan. Ushbu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlar Abdullayev Begzodbek Xoldaraliyevichning Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “O‘zbek reklama lingvistikasi: nazariya va amaliyot” deb nomlangan dissertatsiyasida yoritilgan.
O‘zbek jurnalistikasi va matbuot tilining bir qismi sifatida reklama matnining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, ma’ruza matnlari, o‘quv qo‘llanmalar va maxsus lug‘at yaratilgani diqqatga sazovordir. Hozirgi kunda o‘zbek tili reklama lingvistikasini o‘rganishga qiziqish tobora kuchayib bormoqda va dolzarb muammolardan biri sifatida qator tadqiqot ishlari olib borilmoqda.[4]
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz mustaqilligi yurtimizni iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratdi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatlarda reklama muhim vazifa bajaradi. Natijada maqsadli auditoriyaga qaratilgan reklama matnlarini lingvistik tadqiq etishga ehtiyoj vujudga keldi. Sababiki, reklamaning samaradorligi uning lingvistik xususiyatiga bog‘liq hisoblanadi. Radio reklama matnlarining aniq va ta’sirchan ifodalanishi bilan bog‘liq omillarni ko‘zda tutish, albatta, kutilgan natijani beradi.


Download 21,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish