Radiochastotali identifikatsiyalash texnologiyasi



Download 196 Kb.
Sana17.09.2021
Hajmi196 Kb.
#176850
Bog'liq
Арипова У Х , Хазратов Ш Л RFID технология


RADIOCHASTOTALI IDENTIFIKATSIYALASH TEXNOLOGIYASI

Aripova U.X. (TATU, dotsent)

Xazratov Sh.L. (TATU, magistrant)

Zamonaviy simsiz telekommunikatsiya tarmoqlari va kompyuter texnologiyalari soat sayin rivojlanayotgan dunyo taraqqiyotning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Bugungi kunga kelib axborot resurslari ham ishlab chiqarish va inson resurslari kabi jamiyatning asosiy boyliklaridan biri sifatida etirof etilmoqda. Shu sababli, asrimiz insonlari boshqa davrlardan farqli ravishda o’z hayotlarini mobil terminallar, turli shaklldagi bank va xizmat ko’rsatish kartalari, navigatorlar kabi “aqlli” yordamchilarsiz tasavvur etishlari juda qiyin. Mana shu qurilmalarni yuragini tashkil etuvchi mikrochiplar kontaktsiz tarzda ularni kun davomida tezkor hisobni taminlaydilar, tovarlarning harakatini nazorat qiladilar, xizmatlar uchun to’lovlar, malumotlarni kiritish kabi muhim vazifalarni amalga oshiradilar. Bu radio chastotalarni avtomatik ravishda aniqlash imkoniyatini beruvchi texnologiya bo’lib, RFID (radio frequency identification) nomi bilan yuritiladi.

Radiochastota yordamida identifikaseiya qilish bizga kuzatish obektini umumiy massadan ajratib olish hamda real vaqt bo’yicha uning harakatini kuzatib borish imkonini beradi. Insonlarning faoliyat yuritish sohalarining kengayishi bilan identifikasiyalash muammosi ham tobora dolzarb bo’lib bormoqda.

RFID tizimlari asosan uchta komponentdan: taminot manbai, axborotni o’quvchi qurilma va yorliqdan tashkil topadi.

Yorliq o’lchamlari 3 mm dan 20 sm gacha bo’lgan qurilma bo’lib, axborotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi mikrosxema (chip) hamda radiosignallarni uzatish va qabul qilish uchun mo’ljallangan antennadan iborat (1-rasm).

1 - rasm. RFID yorlig’i

O’z navbatida yorliqlar ham aktiv, yarim passiv va passiv turlarga bo’linadi.

Aktiv yorliqlar - o’zining shaxsiy manbasidan quvvatlanadi va juda uzoq masofalarga uzatish uchun mo’ljallangan qo’shimcha funkseiyalariga ham ega.

Yarim passiv yorliqlar - o’z quvvat batareyalariga ega, shuningdek, RFID tizimini o’qish uchun mo’ljallangan tashqi qurilma hosil qilgan elektromagnit maydondan ham quvvatlana oladilar.

Passiv yorliqlar - o’z quvvat manbaiga ega emas. Ular o’quvchi qurilmadan bor-yo’g’i 8 metr masofagacha uzoqlikdagina ishlashi mumkin. Lekin, tan narxi yuqoridagi yorliqlarga nisbatan ancha arzon va birmuncha ixcham [1].

O‘quvchi qurilmaning asosiy vazifasi o‘zining antennasi yordamida yorliqlarni faollashtirish va undan uzatilgan  axborotni qabul qilish iborat. Yaʼni, o‘quvchi qurilmaning  antennalari nurlatgan elektromagnit to‘lqinlar yorliq antennasi energiya bilan taʼminlaydi  hamda uning akkumulyatorini zaryadlaydi. Shundan so‘ng zaryadlangan akkumulyatordan foydalanib, ichki mikrosxema yoqiladi hamda o‘zida saqlangan maʼlumotlarni jo‘natishni boshlaydi. Uzatilgan signallar o‘quvchi qurilma tomonidan qabul qilinadi, demodulyatsiya qilinadi, shifrlanadi va foydalanuvchiga o‘z uchun qulay shaklda taqdim etiladi (2 - rasm).

Antenna RFID tizimi qabul qilgichining ajralmas qismidir. Uning chastotasi har doim yorliq chastotasiga moslashgan bo’lishi shart. Nazoratchi - bu tizimni boshqarishni ta’minlaydigan RFID qabul qilgichi o’quvchi qurilmasidan malumot olgandan so’ng zarur choralar ko’rilishini ta’minlashi kerak. Buning uchun RFID qabul qilgichi odatda markaziy tekshirgich bilan aloqa o’rnatishi kerak [2].

2 - rasm. RFID tizimining tarkibiy sxemasi

RFID tizimi antennalari funksional imkoniyatlarga, dasturga va asosiy ishchi chastotasiga qarab sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Har qanday antennalarda bo’lgani kabi, RFID antennalari ham asosiy qoidalariga va talablarga bo’ysunadi .

Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi, yangi materiallar va matematik algoritmlarning paydo bo’lishi RFID identifikaseiyalash tizimining asosi bo’lgan ixtisoslashtirilgan identifikasiyalash moslamalari - radiochastota qabul qilgichlarini yaratish imkonini berdi. RFID identifikasiyalash boshqa texnologiyalarga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. Radiochastotani identifikasiyalashning eng katta afzalligi, identifikasiya malumotlarini qabul qilish va qayd etish masofasi bir necha o’n metrgacha o’zgarib turadi. RFID - belgilarni qalbakilashtirish deyarli mumkin emas.

RFID - tizimlar turli obektlarni operativ va aniq nazorat qilish, ularning harakatlanishini kuzatish va hisobga olish talab qilinadigan turli xil hollarda ham qo’llaniladi.

RFID texnologiyasi borasida olib borilayotgan tadqiqotlarga asoslangan jahon tajribasi taqdim etayotgan malumotlarga ko’ra RFID bozori so’ngi yillardagi o’sish surati 50 foizdan yuqori. Ayniqsa, Xitoy, Yaponiya, AQSH, Rossiya kabi davlatlar bu texnologiyadan hukumat maqsadlarida maksimal darajada foydalanish uchun juda katta sarmoyalar kiritmoqdalar.

Shu o‘rinda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ham RFID texnologiyasini joriy etish aynan maqsadga muvofiq loyiha bo‘lishi mumkinligini taklif sifatida keltirib o‘tish joiz. Xususan, xodimlar va talabalar haqidagi maʼlumotlarni jamlagan kontaktsiz ID kartalarni joriy etish, universitet laboratoriya va bo‘limlarida laboratoriya qurilmalari va uskunalarini, multimedia qurilmalarini, kutubxonalardagi mavjud  adabiyotlarni  RFID yorliqlari bilan jihozlash ularni xavfsizligini taʼminlash va doimiy nazoratda ushlab turishda yuqori samaradorlikni taʼminlaydi.



O‘zbekistonning  2030  yilgacha ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasida ham RFID texnologiyasini pasportlar va haydovchilik guvohnomalari,  ijtimoiy va migratsiya kartalari, qimmatli qog‘ozlar,  bank,  turli xildagi davlat xizmatlari ko‘rsatish, bojxona  va boshqa yo‘nalishlarda keng miqyosda tatbiq etish bo‘yicha davlat tashabbuslari kutilmoqda. Bundan tashqari, ushbu texnologiyalar kelgusida sanoat, fan, savdo, tibbiyot, sport kabi boshqa sohalarda ham o‘zining maqsadli  va muvaffaqiyatlili  taraqqiyotiga ega bo‘ladi.

Адабиётлар

  1. Верзун Н. А., Колбанев М. О., Омельян А. В. Введение в инфокоммуникационные технологии и сети Future Networks. СПб.: СПбГЭУ. 2016. 51 c.

  2. Григорьев П.В. Особенности технологии RFID и ее применение // Молодой ученый. – 2016. – №11. – С. 317-322.

Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish