Rahim Vohidov, Husniddin Eshooqutov


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 3,81 Mb.
bet9/188
Sana23.05.2022
Hajmi3,81 Mb.
#607255
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   188
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
LBadiiy adabiyotning o’ziga xos xususiyatlari haqida gapirib bering. 2. o’zbek mumtoz adabiyoti tarixining tarkibiy qismlari deganda nimalar nazarda tutUadi?
3. o’zbek mumtoz adabiyoti qaysi fanlar bilan bevosita hamkorlikda ish ko’radi?
4. o’zbek mumtoz adabiyotining san'atning boshqa turlari va fanlar bilan uyg’un hamda tafovutli jihatlari haqida so’zlang.
5. o’zbek adabiyoti tarixining. taraqqiyot yo’li va davrlashtirish tamoyillari haqida nimalarni bilasiz?
Mavzuga oid tayanch tusbunchalar
Badiiy adabiyot. o’zbek adabiyoti. o’zbek mumtoz adabiyoti. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti. Yangi o’zbek adabiyoti. Nazm va epos. Xalq og’zaki ijodi. Memuar va tarixiy asarlar. Tarixnavislik va badiiy adabiyot. Tarjima adabiyoti. Erkin taijima. Obrazlilik. o’zbek mumtoz adabiyoti va til tarixi. Mumtoz adabiyot va elshunoslik. Fan yutuqlaridan ijodiy foydalanish yo’llari. Adabiyot tarixini davriashtirish. Tarixiylik tamoyili. Adabiyot taraqqiyotining o’ziga xos qonuniyatlari.
Adabiyotlar
1. Karimov I.A. Istiqlol va ma'naviyat. Toshkent: «O'zbekiston», 1994.
2. Karimov I.A. o’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent; «0'zbekiston», 1997.
3. Valixo’jayev B, o’zbek adabiyotshunosligi tarixi. X-XIX asrlar. Toshkent: «O'zbekiston»-1993, 191 bet.
4. Mallayev N.M. o’zbek adabiyoti tarixi. Birinchi kitob. Toshkenf «O'qituvchi», 1976, 5-9-betlar.
5. o’zbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik, I tom. Toshkent: «Fan» 1977, 7-18-betlar.
6. Mirzayev T. Ma'naviy-madaniy merosni o’rganishning ilmiy-metodologik masalalari. «O'zbek tili va adabiyoti», 1997, 4-soii, 3-6-betiar.
7. Haqqul I. Mafkura-tafakkur va taraqqiyot tamali. «O'zbek tili va adabiyoti». 1998, 3-son, 3-6-betlar.
II-BOB ENG QADIMGI ADABIY YODGORLIKLAR
2.1. Qadimgi madaniyat. Turon - qadimiy adabiy-madaniy , markazlardan biri
Turon insoniyat madaniyati tarixining qadimiy go’shalaridan biridir. Arxeologik kuzatishlar bu zaminda uzoq o’tmishda ham kishilar yashashi uchun tabiiy sharoit mavjudligini tasdiqlaydi. Boysun tog’larining Teshiktosh darasida 8-9 yoshli bolaning bosh suyaklari topilishi fikrimizning yorqin dalilidir. Insoniyat tarixining ilk davrlari haqida ma'lumot beruvchi ushbu ashyoviy dalil neondertal odam zoti avlodidan bo’lib, yowoyilik davrihing quyi pog’onasida yashab o’tganligi aniqlandi (o’zbek adabiyoti tarixi. 1-tom, Toshkent - 1977 , 19-bet). Umuman, Markaziy Osiyo hududida eramizdan ko’p ming yillar ilgari odamlar yashagan degan fikrlar mavjud. Kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o’lkamizda ilm-fan, madaniyat va san'at rivojlanib bordi. Xalqimiz madaniyati tarixi haqida yunon, xitoy, hind va arman tarixchilari kitoblarida, "Avesto", Bexustun, Bundaxishn, o’rxun-Enasoy yodgorliklari kabi bir qancha manbalar va Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Naishaxiy singari ulug’ olimlarimizning asarlarida qimmatli ma'lumotlar keltirilgan.
Qadimgi Turon hududi eramizdan oldingi birinchi ming yillik o’rtalarida Baqtriya, Marg’iyona, So’g’diyona, Xorazm, Parfiya, Amudaryoning quyi oqimi, Zarafshon vohalari, Parkana (Farg’ona) va boshqa joylardan tarkib topgan edi. Bu yeriarda til va turmush taizi jihatidan bir-biridan uncha farqlanmagan massagetlar, xorazmiylar, so’g’dlar, parfiyanlar kabi qabila va elatlar istiqomat qilishib, ba'zan ko’chmanchilik, ba'zan esa o’troq holda kun kechirishgan. Bular ibtidoiy jamoa tuzumi davrida ovchilik va baliqchilik, keyinchalik esa chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullanishgan. Dehqonchilik asosan toshqin suvlardan foydalanish asosida tog’ yon bag’irlarida va soylik joylarda rivojlangan. Jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy, siyosiy-tarixiy, axloqiy-madaniy taraqqiyoti natijasida dehqonchilikda sun'iy sug’orishdan keng foydalanila boshlangan. Bunday jarayonning tadrijiy takomili ishchi kuchiga bo’Igan ehtiyojni kuchaytiradi. Natijada katta qabilalar ittifoqi, quldorlik davlatiga asos solinadi. Kishilarning bu shakldagi uyushmalari ulaming ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy hayotiga o’zining sezilarli fa'sirini ko’rsatdi.

Kanal qazish, to’g’onlar qurish, sug’orish shahobchalarini tozalash, mudofaa inshootlarini qurish kabi ishlar amalga oshirilgan.


Qadim Turonda quldorlik davrida Maroqand (Samarqand), Kiropol (hozirgi Tojikiston davlatiga qarashli o’ratepa shahri) singari shaharlar barpo etiladi, konchilik va hunarmandchilik taraqqiy qiladi. Arxeologik kuzatishlar va ba'zi manbalarning ma'Iumot berishicha, o’lka aholisi konlarda mehnat qilishgan, mis va temir eritish asosida turli harbiy va mehnat qurollari yasash, kemasozlik, to’quvchilik, binokorlik, zaigarlik kabi hunarlar rivoj topib, bu odamlarning savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullanishlari va hatto neftdan foydalanishlari uchun imkon hozirlab beradi. Feodalizmning ilk davrlaridan boshlab sug’orishga asoslangan dehqonchilik, shaharlar hayoti ham zaiflashgan. Yirik quldorlik shaharlari o’rnini kichik feodal shaharlari egallagan. Kishilar ko’proq hunarmandchilik, savdo-sotiq va boshqa ishlar bilan mashg’ul bo’lgan. Ajdodlarimizning tabiat mo’jizalari oldidagi ojizligi olamda ezgulik va yovuzlik kuchlarining muntazam to’qnashuvi mavjudligi to’g’risidagi tushunchalarini shakUantiradi. Bular orasida kosmogonik tushunchalar alohida ahamiyat kasb etadi. Qadimgi kishilikning Quyosh kulti (Mitra)ga sig’inishi tabiatda ulug’ va foydali kuchlar - quyosh va suv (Anaxita suv ma'budasi) abadiy bo’lgan o’lka hamda ofat keltiruvchi kuchlar - zulmat va kulfat abadiy mavjud bo’lgan o’lkaning borligiga ishonish bilan bog’liq holat - hodisalar shakllangan. Bu singari ajdodlarimiz topingan kultlar eramizdan awalgi birinchi ming yillikda vujudga kelgan zardushtiylik diniga qo’shilib ketadi Qadimgi Turonda kishilar budda dini (buddizm), moniy dini (maneizm), nasora (nestarian) xristianligi, yahudiy dini, Ellin xudolari (Zevs, Afina, Poseydon, Appolon va boshqalar)ga ham e'liqod qilganliklari ma'lum. Ammo arab xalifaligi istilochilik harakatlaridan so’ng juda katta hududlardagi aholi uchun islom dini asosiy e'tiqod bo’lib qoladi (Mallayev N. o’zbek adabiyoti tarixi, Toshkent, 1976, 30-bet).
Markaziy Osiyo xalqlarining katta qismi eramizdan awaJgi birinchi ming yillikda eron tillari gumhiga mansub lahja va shevalarda so’zlashishgan, Bunday ahvol tilning Grek-Baqtriya davlati hukmronligi yillarida va Markaziy Osiyo ahmoniylar tomonidan istilo qilingan davrda ham rivojlanib boigaiiligidan dalolat beradi, Ammo Baqtriya shohlari saroyida grek tilining nufuzi sezilarli darajada baland bo’lgan. Turon hududida turkiy tilning shakllanish va rivojlanish jarayoni xunnlarning bu yerga ko’chib kelishi hamda o’troqlashishi bilan bog’liq. Olimlarning fikricha,
14
uiaming aksariyati Oltoy tili shajarasining turkiy guruhiga mansub tillarda gaplashishgan. Xunnlarning dastlab eramizdan awalgi II asrda Turon zaminida paydo bo’la boshlagani ko’pchilik qadimshunos va elshunos olimlar tarafidan e'tirof qilinadi. Ularning Yettisuv va Sirdaiyo bo’yidagi cho’llarga ko’chib kelib mahalliy xalq - skif-massagetlar bilan chatishib ketishi eramizdan awalgi II - I asrlarga to’g’ri keladi. Bu jarayonning davom etishi o’lkamizda turkiy tillar guruhining keng tarqalishiga imkon yaratadi. Shunday qilib, asosan, turk xoqonligi davlati davrida Shimoliy Enasoydan Mo’g’ulistongacha bo’lgan hududda turkiy til keng iste'molda bo’lgan. Markaziy Osiyodagi Eron tillari guruhiga mansub lahja va shevalarda so’zlashuvchi yerli xaiq sekin-asta turkiy tiilarda so’zIashuvchi aholi bilan chatishib ketib, turkiy tillarda so’zlay boshlaydi.
Markaziy Osiyo xalqlari juda qadim zamonlardan yozuvdan ham foydalanib kelishgan. Turon, Eron va ularga tutash o’ikalarda dastlab oromiy yozuvi qo’llanllganligi juda ko'p manbalarda qayd etiladi. Greklar tomonidan Markaziy Osiyoning zabt etilishi bilan grek yozuvi ham e'tibor paydo qila boshlaydi, Olimlaming fikricha, oromiy, grek, forsiy mixxat yozuvlari ma'lum davrlar mobaynida ma'muriy huljatlarda qo’llangan. "Avesto", Xorazm, so'g'd, kushon, run (o’rxun-Enasoy), uyg’ur yozuvi va boshqa shunga o’xshash yozuvlar esa eramizdan awalgi birinchi ming yillik o’rtalarida asta-sekin oromiy yozuvi negizida paydo bo’lgan mahaliiy yozuvlardir.
"Avesto", Xorazm, so’g’d yozuviarining eng qadimgi xat turlaridan ekanligini arxeologik kuzatishlar asosida bizgacha yetib kelgan yodgorlik va ayrim manbalar tasdiqiaydi. Fanda "o’rxun-Enasoy" yoki "turkiy run yozuvi" deb nomlangan yozuv I asrda vujudga kelgan bo’lib, Shimoliy Enasoydan Mo’g’ulistonga qadar cho’zilgan hududda istiqomat qiluvchi xalqlar va qabilalar tomonidan keng qo’Hanilgan. o’rxun va Enasoy daryolari bo’ylaridan topilgan V-VII asiga mansub yodgorliklarda ham mazkur yozuvdan foydalanilganligi malum bo’ldi.
So’g’d xali negizida o’rxun-Enasoy yozuvi bilan oldinma-keyin vujudga kelgan xat uyg’ur yozuvi nomi bilan shuhrat topdi . Sharqiy Turkiston, Movarounnahr va Xurosonda uyg’ur yozuvi juda uzoq yillar tatbiq etildi. Arablar istilosidan so’ng yurtimizda arab yozuvi joriy etilgan bo’lsa-da, temuriylar davriga qadar uyg’ur yozuvidan foydalanildi. Yusuf Xos Hojib "Qutadg’u bilig" dostonining Venadagi kutubxonasida saqlanayotgan qo’lyozma nusxasi, Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq" asari,

Xorazmiyning "Muhabbatnoma"si, Mavlono Lutfiy va boshqa shoirlarning ayrim she'rlari uyg’uryozuvda ko’chirilgan. Ilm-fan, madaniyatimiz tarixida aiab yozuvi muhim ahamiyat kasb etadi. VIII asrdan keng tarqala boshlagan arab yozuvidan o’zbek xalqi taxminan 1200 yil davomida istifoda etdi. Yusuf Xos Hojib "Qutadg’u bilig" dostonining Namangan va Qohira shaharlarida saqlangan nusxalari arab yozuvida bitiJgan eng qadimiy turkiy yodgorlik sanaladi. Ko’rinadiki, Markaziy Osiyo xalqlari yozuvdan juda qadim zarnonlardan, eramizdan awalgi birinchi ming yillik o’rtalaridanoq foydalana boshlashgan va u madaniyat, ilm-fan, jumladan, adabiyotning rivojiga sezilarli ijobiy ta'sir ko’rsatgan.


Qadimgi Turonda ilm-fan taraqqiyoti jarayoni va darajasi haqida ma*lumot beruvchi yodgorliklar bugunga qadar juda kam miqdorda yetib kelgan. Bizgacha saqlanib kelgan so’g’d taqvimi, Beruniy asarlari va boshqa yozma manbalardagi ma'lumotlar Turon zaminning donishmand farzandlari fanning astronomiya, geometriya, geodeziya, fizika,,kimyo va boshqa tarmoqlari bilan shug’ullanganliklari hamda ayni sohalarda sezilarli ijobiy muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritganliklaridan darak beradi. Ayniqsa, falakiyot ilmining ikki - jabhasi ilmi hay'at (astronomiya) va ilmi nujum (astrologiya) shu sarzaminda o’zining ma'Ium taraqqiyot bosqichlarini o’tagan. Jumladan, otashparastlik dini vakillariga o’n sakkizta sayyora ma'Ium bo’lgan. Bulardan ettitasi Quyosh (sayyora sifatida tushunilgan), Oy, Utorid, Zuhra, Mirrix, Mushtariy va Zuhal bo’Iib, yetti sonining ilohiylashuviga sabab hisoblanadi. So’g’d, Xorazm va boshqa yerlardagi olimlar asosiy sayyoralar, yulduzlarni o’rganib, ulami nomlaganlar hamda Burj (Zodiak) sistemasini aniqlab olganlar. Shohlar saroyida rmmajjimlar faoliyat ko’rsatishgan. Ular goroskoplar tuzib, yulduzlar olamini kuzatishgan. Ayni choqda munajjimlar matematika, fizika, falsafa, tibbiyot kabi fan tarmoqlari bilan shug’ullanishgan. Mahmud Qoshg’ariyning "Devonu lug’otit turk" asaridan keltiriladigan quyidagi to’rtlik turkiy xalqtar fanning bu sohasi bilan qadimdan mashg’ul bo’lganliklarini tasdiqlaydi:

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish