Raqamli iqtisod



Download 267,21 Kb.
bet1/8
Sana04.02.2022
Hajmi267,21 Kb.
#430778
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
buxgalteriyaaaa


Raqamli iqtisod” fakulteti II-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Buxgalteriya hisobi» fanidan yakuniy nazorat s


Savol

Savol matni

1

1. Xo’jalik hisobi mohiyati va uning ahamiyati.

Xo‘jalik hisobi deb xo‘jalik faoliyatining rivojlanish istiqbollarini aniqlash, uni boshqarish va nazorat qilish maqsadida shu jarayonni miqdoriy (qiymat, mehnat) aks ettirish va sifat jihatidan tavsiflashga aytiladi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish vositalarining katta qismiga ega bo‘lgan tadbirkorlarning manfaatiga rioya qilinadi. Xo‘jalik hisobidan ham xuddi shu yo‘nalishda foydalaniladi. Uning yordamida tadbirkorlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning yangidan - yangi vositalarini topib, amalga oshirilayotgan faoliyatdan eng yuqori yutuqlarga ega bo‘ladilar va ularni olish yo‘llarini aniqlaydilar.

2

2. Schetlarda operatsiyalarni ikki yoqlama yozish va uning ahamiyati.


Xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlamali yozuv tizimini tarixda birinchi kashf etgan olim italiyalik matematik Luka Pacholi 1494 yili «Schyotlar va yozuvlar to‘g‘risida traktat (ilmiy asar)» chop etib ikkiyoqlama yozuv tizimiga asos soldi.
Ikki yoqlama yozuv xar bir xo‘jalik operatsiyasining o‘zaro bog‘liq bo‘lgan schyotlarda qayd etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu bilan operatsiyalar ta’sir etadigan hisob ob’ektlari o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatiladi va bu o‘z navbatida, korxonalar xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat qilish va sodir bo‘layotgan jarayonlarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi
Ikki yoqlama yozuv doiraviy aylanish jarayonida faqat qiymat shaklining o‘zgarishigina aks ettirish uchun ko‘llanmay (balans o‘zgarishlarining I tipi), balki barcha xo‘jalik operatsiyalarini ham aks ettiradi. Xuddi shu usul bilan mablag‘larning qanday maqsadlarga tayinlanganligi (mablag‘lar manbalari, II tip), hamda korxonalarning xo‘jalik aloqalari (III va IV tiplar) ham hisobga olinadi.
operatsiyaning schyotlarda yozilishi quyidagicha bo‘ladi:
D-t «Kassa» schyoti - 150 000 so‘m
K-t «Hisob-kitob schyoti» - 150 000 so‘m
Xo‘jalik operatsiyasi va uning summasini aks ettiradigan debetlanuvchi va kreditlanuvchi schyotlarni belgilash (ko‘rsatish) buxgalteriya yozuvi yoki o‘tkazma (provodka)si deb ataladi.

3

3. Hujjatlashtirish usuli mohiyati.

Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining obektlari ustidan yoppasiga va uzluksiz kuzatishni amalga oshirish imkonini beradigan dastlabki aks ettirish usulidir. Buning uchun har bir alohida operatsiya uchun yoki ularning bir turdagi guruhi uchun dastlabki hisob axborotini muayyan moddiy tashuvchisi tuziladi. Unda amalga oshirilgan operatsiyaning mazmuni qayd etiladi.


Lekin xo‘jalik jarayonida bo‘lib o‘tayotgan barcha hodisalarni ham hujjatlashtirish yordamida qayd qilib bo‘lavermaydi. Jumladan, tabiiy yo‘qolish, mablag‘larni qabul qilish va topshirish paytidagi noaniqliklar, hisobdagi xatolar va qolaversa, o‘g‘irliklar tegishli qiymatliklarning haqiqiy miqdorini dastlabki axborotni tashuvchilar hamda hisobda aks ettirilganlaridan chetga og‘ishishiga olib keladi. Bunday hodisalarni rasmiylashtirish, ular sodir bo‘layottanda emas, balki ma’lum bo‘lgandagina mumkin bo‘ladi. Dastlabki axborot tashuvchilar tomonidan qayd qilinmay qolgan hodisalar, hujjatlashtirishga zaruriy qo‘shimchalar, ya’ni qayta ro‘yxatga olish yordamida aniqlanadi. Uning ma’lumotlari yuqorida keltirilgan u yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida hisobga olinmay qolgan hisob ko‘rsatkichlarini haqiqatdagiga muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi.

4

Buxgalteriya provodkasi bering.
a) «Chek» ga asosan xo’jalik hisob-kitob schyotidan kassaga pul olib kelindi – 9500.0 ming so’m
b) Bug’doy ekishga yoqilg’i sarflandi 3600.0 ming so’m

5

Buxgalteriya provodkasi bering:
a) Asosiy ishlab chiqarishga 1250,0 ming so’mlik xom ashyo va materiallar sarflangan.
b) Qurib bitkazilgan idora binosi foydalanishga topshirildi. -12840,0 ming so’m
v) Asosiy ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot omborga qabul qilindi – 12500.0 ming so’m

6

6. Xo’jalik hisobi turlari va ularning mohiyati.
Xo‘jalik hisobining har bir turi - operativ, statistik va buxgalteriya hisobi korxonalarni, hududlar va Respublika boshqaruv jarayonida ma’lum rol o‘ynaydi.
Hisobning o‘zaro chambarchas bog‘langan uchta turi xo‘jalik hisobining yagona tizimini tashkil qiladi. Bu tizimning to‘g‘ri tuzilishi va doimiy rivojlantirilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi.
Xo‘jalik hisobi uch turining o‘zaro bog‘liqligi yagona dastlabki hujjatlashtirishdan foydalanish bilan ta’minlanadi. YAgona dastlabki hujjatlashtirish deganda hisobning barcha turlaridagi operatsiyalarni aks ettirish uchun bir turdagi ma’lumotlardan va bir turdagi hujjatlardan foydalanish tushuniladi. Bunday amal hisob ko‘rsatkichlaridagi qarama-qarshiliklarni bartaraf qiladi va hisobdagi parallellik bilan ishlashni yuzaga keltiradi.
Xo‘jalik hisobining uch turi mavjud: operativ, statistik va buxgalteriya hisobi.
Operativ hisob- ayrim xo‘jalik operatsiyalari va jarayonlarini bevosita ular sodir bo‘layotgan vaqtida boshqarish maqsadida joriy kuzatish va nazorat qilish tizimi bo‘lib hisoblanadi. Bu hisobning korxona va uning tarkibiy bo‘linmalariga joriy rahbarlik qilish maqsadida ma’lumotlarni operativ ravishda olish va ulardan foydalanish uning farq qiladigan belgisi hisoblanadi.
Statistik hisob- ommaviy xo‘jalik hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va ishlash tizimidan iborat. Xo‘jalik hisobining bu turi butun xo‘jalik va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Undan korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo‘layotgan turli-tuman ommaviy hodisalarni kuzatish uchun foydalaniladi. Uning yordamida xo‘jalik faoliyatining turli-tuman miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari hisoblab chiqiladi. Sanoatda bundaylarga, masalan, ishlab chiqarish hajmi, o‘rtacha ish haqi, ish vaqtidan foydalanish, mehnat unumdorligi darajasi o‘sishi va hokazo ko‘rsatkichlar kiradi. Dastlabki statistik kuzatuvlarning ma’lumotlari tumanlar, viloyatlar va umuman Respublika xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlari bo‘yicha umumlashtiriladi.
Buxgalteriya hisobi- ichki boshqarish va tashqi istemolchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat.

7

Schetlar korrespondensiyasi va buxgalteriya provodkasi.


Xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlamali yozish schyotlarning o‘zaro bog‘lanishiga olib keladi. Bunday bog‘lanish schyotlar korrespondensiyasi deb ataladi.
Schyotlar korrespondensiyasi - xo‘jalik operatsiyalarini schyotlarda aks ettirish paytida paydo bo‘ladi va u schyotlarning o‘zaro aloqasini namoyon bo‘lishlik shaklidir.
Ikki schyotga ta’sir etadigan schyotlar korrespondensiyasi oddiy, uch va undan ko‘proq schyotlarga ta’sir etadiganlari esa murakkab schyotlar korrespondensiyasi deb nomlanadi.
SHuni ham nazarda tutish kerakki, xar qanday buxgalteriya yozuvi bir nechta oddiy yozuvlardan iborat bo‘ladi. Masalan mol etkazib beruvchilardan olingan 1 200 000 so‘mlik materiallarni ikki oddiy o‘tkazmaga ajratish mumkin:
D-t - «Xom ashyo va materiallar» schyoti
K-t- «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti - 700 000 so‘m
D-t - «YOqilg‘i» schyoti
K-t- «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti- 500 000 so‘m
xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozuv usuli bilan aks ettirish, albatta, ikki schyotga ta’sir etadi. Bunda bir schyot debetlanadi, ikkinchisi esa kreditlanadi. O‘zaro korrespondensiyalanuvchi schyotlarning debeti va kreditiga har bir operatsiya bo‘yicha bir xildagi summalar yoziladi. Murakkab yozuv qilinayotganda, bir schyot bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta schyotlar bo‘yicha ko‘rsatilgan summalarning jami shu schyotda hisobga olingan umumiy summaga teng bo‘lishi kerak.

Buxgalteriya provodkasi – amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobi bo‘yicha rasmiylashtirish usuli. Buxgalteriya balansi – korxonaning aniq sana bo‘yicha moliyaviy ahvolini, mablag‘lar paydo bo‘lishi va ularning joylashtirish omillarini tasniflovchi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri. Offsetting (moddalarning o‘zaro sinovi) (1-sonli BHMS) –boshqa BHMS larda ko‘zda tutilgan istisno qilgan holda aktiv va passivlar o‘rtasida o‘zaro sinovning bo‘lmasligi





8

Bankdagi hisob-kitob scheti operatsiyalari hisobi.

YUridik shaxs sifati faoliyat ko‘rsatayotgan va mustaqil balansiga ega bo‘lgan korxonalar tijorat banklaridan birida o‘zlarining hisob–kitob schyotini ochadilar. Markaziy Bank yo‘riqnomasiga binoan korxona o‘zi tanlagan bankda pul mablag‘larini saqlash, barcha turdagi hisob-kitoblarni, kredit va kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun so‘mda va talab qilib olgungacha valyuta depozit schyotini ochishlari mumkin


Hisob–kitob schyotining ko‘chirmasida mablag‘larning qoldig‘i va hisob–kitob schyotiga kirim kreditiga yoziladi, chunki bank korxonaning pulini saqlab o‘zini korxonadan qarzdor deb biladi, o‘zining qarzini kamayishi esa – Debetiga yoziladi. Buxgalter ko‘chirmani ishlab chiqishda bu xususiyatni esda tutib qoldiq va tushum hisob–kitob schyotining debetiga, chiqimi esa – kreditiga yoziladi.
5110- «Hisob-kitob schyoti» bo‘yicha operatsiyalar tekshirilgan bank ko‘chirmasi va unga ilova qilingan pul hujjatlariga asosan aks ettiriladi. 5110-schyotning saldosi hisob-kitob schyotidan berilgan ko‘chirmada ko‘rsatilgan qoldiqqa teng kelishi shart
Buxgalteriya hisobi jurnal-orderlarda yuritilsa, 5110 - schyotning kredit oborotlari 2 - jurnal-orderida aks ettiriladi.

9

Buxgalteriya provodkasi bering.
a) « Kassa kirim orderi»ga asosan xo’jalik omborida sotilgan kartoshka puli kassaga topshirildi – 12300.0 ming so’m
b) Hisobot davrida tug’ilgan 15 bosh buzoq kirim qilindi

10

Buxgalteriya provodkasi bering:
a) Texnikalar ta’miri uchun yoqilg’i moylash materiallari sarflandi. - 895,0 ming so’m
b) Ishchilarga hisoblangan ish haqidan 280,0 ming so’m daromad solig’i ushlandi
v) Asosiy faoliyatning daromadlari yakuniy moliyaviy natijaga o’tkazildi -12840,0 ming so’m

11

Xo’jalik hisobi turlari (operativ hisob)

Operativ hisob- ayrim xo‘jalik operatsiyalari va jarayonlarini bevosita ular sodir bo‘layotgan vaqtida boshqarish maqsadida joriy kuzatish va nazorat qilish tizimi bo‘lib hisoblanadi. Bu hisobning korxona va uning tarkibiy bo‘linmalariga joriy rahbarlik qilish maqsadida ma’lumotlarni operativ ravishda olish va ulardan foydalanish uning farq qiladigan belgisi hisoblanadi.


Operativ hisob turli-tuman xo‘jalik xodisalarni o‘z ichiga olib, u joriy rahbarlik qilish uchun boshqaruv aparatini asosan ishlab chiqarish - texnika xususiyatidagi ko‘rsatkichlar bilan ta’minlaydi. U mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriqlarning bajarilayotganligi, xarajatlar normativlaridan kundalik chetga chiqishlar, ish kuchidan foydalanish va asbob-uskunalarning yuklanganlik darajasi, shartnomalarga rioya qilinishi - mol etkazib beruvchilar va xaridorlar bilan tuzilgan kontraktlarning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Operativ hisobda o‘lchovlarning hamma turlari - moddiy, mehnat va qiymat o‘lchovlaridan foydalaniladi. Lekin hisobning bu turi asosan bir turdagi operatsiyalarni aks ettirganligi va undan umumlashtirilgan ko‘rsatklchlar talab qilinmaganligi sababli, unda asosan moddiy va mehnat o‘lchovlaridan foydalaniladi.



12

Sintetik va analitik hisob, ular o’rtasidagi bog’liqlik.
Sintetik buxgalteriya hisobi pul ko'rinishida umumlashtirilgan ko'rsatkichlarni beradi. Bunday ko'rsatkichlar sintetik buxgalteriya hisobida mavjud bo'lib, mablag'lar mavjudligi va ularning harakati to'g'risida umumiy ma'lumot olish uchun zarurdir.

* Sintetik (birlashtiruvchi) hisoblar bu mablag'lar va mablag'lar aylanishi bosqichlari bo'yicha ma'lumotlarni tasniflash va tizimlashtirish usulidir. Ular xarajatlarning umumlashtirilgan ko'rsatkichlarida (gorizontal bog'lanishlar) barcha buxgalteriya ob'ektlari harakatining dinamikasini aks ettiruvchi ikki tomonlama yozuv bilan bog'langan axborot tizimini shakllantiradi.


Sintetik schyotlar - bu 1-tartibli schyotlar. Ular sodda (buxgalteriya ob'ekti batafsil ma'lumot berilmasa) va murakkab bo'lishi mumkin (bu sintetik schyotda aks ettirilgan buxgalteriya ob'ekti alohida schyotlarda batafsil tahlil qilinishi kerak bo'lsa, analitik schyotlar deb ataladi). Murakkab schyotlarning ko'rsatkichlari, kerak bo'lganda, analitik buxgalteriyada ularning tafsilotlarini topadi. Sintetik schyotlar ro'yxati schyotlar rejasida mavjud. Har bir sintetik hisob o'z raqamiga ega.


Ba'zi bir murakkab schyotlar bo'yicha buxgalteriya hisobi schyotlari rejasida sub-schyotlar berilgan. Subaccount - analitik hisob ma'lumotlarini guruhlash usuli. Sub-schyotlar 2-tartibli schyotlar deyiladi. Ular sintetik hisob ma'lumotlariga qo'shimcha ravishda yig'ilgan raqamlarni yaratish uchun ishlatiladi. Hamma sintetik schyotlarda sub-schyotlar mavjud emas, faqat ko'rsatkichlari mos ravishda guruhlanishi kerak bo'lgan schyotlar mavjud. Hisob-kitoblar rejasida sub-schyotlar ro'yxati ko'rsatilgan, ammo korxonalar va tashkilotlar mustaqil ravishda alohida sub-schyotlarni ajratishlari mumkin.


Sub-schyotlar analitik schyotlarni qanday ketma-ketlikda (guruhlashda) ochish kerakligini ko'rsatib beradi va sintetik schyot bilan unga ochilgan analitik schyotlar o'rtasidagi oraliq bo'g'in hisoblanadi. Bunda buxgalteriya indikatorlarining zarur detallanishiga qarab bitta sub-schyot uchun bir yoki bir nechta analitik schyotlar ochilishi mumkin.


Analitik buxgalteriya hisobi iqtisodiy faoliyatni nazorat qilish va tahlil qilish uchun qo'shimcha ma'lumot olish uchun pul shaklida va kerak bo'lganda natura shaklida batafsil ko'rsatkichlarni taqdim etadi. Analitik buxgalteriya hisobi uchun analitik schyotlar qo'llaniladi.


* Analitik (batafsil) hisoblar sintetik hisoblash (vertikal bog'lanishlar) bilan birlashtirilgan ma'lumotlarni umumlashtirish va guruhlash usuli. Analitik schyotlar faqat murakkab sintetik buxgalteriya hisoblari uchun ochiladi. Analitik schyotlar tizimi xujjatlarni mazmuni bo'yicha, shuningdek tabiiy yoki mehnat o'lchovlari bo'yicha umumlashtiradi va shu bilan birga batafsil bayon qiladi, sintetik schyotda esa bu operatsiyalar bir pul o'lchovida birlashtiriladi va umumlashtiriladi. Shu bilan birga, barcha analitik schyotlar bo'yicha oborotlar va qoldiqlar (pul bilan ifodalangan) natijalari analitik schyotlar ochiladigan sintetik schyotning aylanmalari va qoldiqlariga mos kelishi kerak.


Sintetik va analitik hisoblar o'rtasida mavjud o'zaro bog'liqlik, hisob yozuvlari parallelligiga asoslangan. Ushbu munosabatlar quyidagicha ifodalanadi:


* sintetik schyotlarni batafsil bayon qilish uchun analitik schyotlar yuritiladi;


* sintetik schyotda qayd etilgan operatsiya ushbu sintetik schyotga ochilgan tegishli analitik schyotlarda aks ettirilishi kerak;


* sintetik hisobvaraqda operatsiya umumiy summada, uning analitik hisobvarag'ida esa shaxsiy summada qayd etiladi, natijada bir xil miqdorda olinadi;


* analitik schyotga yozuv sintetik schyot bilan bir tomonda bo'lishi shart, ya'ni ularning tuzilishi bir xil.


Shuning uchun dastlabki va yakuniy qoldiqlar, shuningdek sintetik schyotning debeti va krediti bo'yicha oborotlar uning rivojlanish jarayonida ochilgan analitik schyotlarning tegishli qoldiqlari va aylanmalarining umumiy summasiga teng bo'lishi kerak. Hisobot davri uchun jami summani yig'ishda sintetik va analitik schyotlar ma'lumotlari tekshirilishi va mos kelishi kerak, bu esa buxgalteriya hisobining to'g'riligini ko'rsatadi.


Shuni ta'kidlash kerakki, sintetik buxgalteriya hisoblarining bir qismi qo'shimcha tafsilotlarni talab qilmaydigan mablag'larni yoki mablag'larning manbalarini aks ettiradi. Bunday sintetik hisoblar deyiladi oddiy. Ularda analitik hisoblar mavjud emas. Bularga "Kassir", "Joriy hisob", "Ustav kapitali" schyotlari kiradi.


Analitik hisoblar- bu sintetik schyotlarda aks ettirilgan mablag'larning mavjudligi, holati va harakati to'g'risida ma'lumotni batafsil va konkretlashtirishga mo'ljallangan buxgalteriya hisoblari.


Analitik hisoblar, shuningdek, tashkilotning iqtisodiy va iqtisodiy faoliyatini tahliliy baholash uchun mo'ljallangan.
Va analitik hisoblarni hisobga olish analitik buxgalteriya deb ataladi.

E'tibor bering, analitik schyotlar bu buxgalteriya hisobining tannarxi, miqdoriy ko'rsatkichlarini batafsil tavsiflovchi uchinchi, to'rtinchi ... tartibdagi schyotlardir.


Ya'ni, analitik buxgalteriya hisobidagi operatsiyalar pul va miqdor jihatidan amalga oshiriladi.


Sintetik va analitik buxgalteriya ta'rifiga asoslanib, analitik buxgalteriya sintetik buxgalteriya tafsilotlari haqida bahslashish mumkin.


Analitik hisob uchun faqat ikki modda bo‘yicha ma’lumotlardan foydalanamiz.

13

Asosiy vositalarning sintetik va analitik hisobi.

14

Buxgalteriya provodkasi bering:
a) «To’lov qaydnoma»ga asosan xo’jalik xodimlariga kassadan mehnat haqi berildi – 11400.0 ming so’m
b) Hisobot davrida tug’ilgan 400 bosh qo’zi kirim qilindi

15

Buxgalteriya provodkasi bering:
a) Asosiy ishlab chiqarishga kam baholi va tez to’zuvchii buyumlar ishlatildi – 2380,0 ming so’m
b) Ishchilarning ish haqidan 550,0 ming so’m 12 foizlik daromad solg’i ushlab qolindi
v) Sotilgan tayyor mahsulotning tannarxi hisobdan chiqarildi - 10200,0 ming so’m

16

Xo’jalik hisobi turlari (statistik hisob)
Statistik hisob- ommaviy xo‘jalik hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va ishlash tizimidan iborat. Xo‘jalik hisobining bu turi butun xo‘jalik va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Undan korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo‘layotgan turli-tuman ommaviy hodisalarni kuzatish uchun foydalaniladi. Uning yordamida xo‘jalik faoliyatining turli-tuman miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari hisoblab chiqiladi. Sanoatda bundaylarga, masalan, ishlab chiqarish hajmi, o‘rtacha ish haqi, ish vaqtidan foydalanish, mehnat unumdorligi darajasi o‘sishi va hokazo ko‘rsatkichlar kiradi. Dastlabki statistik kuzatuvlarning ma’lumotlari tumanlar, viloyatlar va umuman Respublika xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlari bo‘yicha umumlashtiriladi.
Xo‘jalik xodisalari haqidagi ma’lumotlar statistik hisob tomonidan operativ va buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda mustaqil ravishda tashkil qilinadigan dastlabki hisobdan olinadi. Ba’zi ma’lumotlar statistik kuzatuvning alohida shakllari - qayta ro‘yxatga olish va tekshirishlar yordamida olinadi. Uzluksiz kuzatib bo‘lmaydigan ommaviy hodisalarni tavsiflash uchun dastlab kuzatish usulidan keng foydalaniladi.

Statistik hisobning ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun ham barcha mavjud o‘lchovlar - natura, mehnat va pul o‘lchovlaridan, o‘rganilayotgan hodisaning mazmuni va qo‘yilgan vazifalariga qarab foydalaniladi.



17

Buxgalteriya schetlari mazmuni va tuzilishi.

Buxgalteriya hisobi schyotlari - bu xo‘jalik mablag‘lari, operatsiyalarini joriy aks ettirish, iqtisodiy guruhlash va tezkor nazorat qilish usuli deb ta’riflasak bo‘ladi.


Schyotlardagi yozuvlar, hisobga olinayotgan ob’ektlarning xususiyatiga qarab har xil - natura, mehnat va pul o‘lchov birliklarida olib boriladi. Lekin ma’lumotlarni natura va mehnat o‘lchov birliklarida ifodalash bilan birga schyotlardagi barcha ma’lumotlar, albatta, pul o‘lchov birligida ham ko‘rsatiladi. Bu umumlashtirilgan, yakuniy ko‘rsatkichlarni olish uchun zarurdir.
Xo‘jalik mablag‘larining harakati tegishli balans moddalarining ko‘payishi yoki kamayishiga olib keladi. Masalan, kassadagi naqd pullarning harakati ularning g‘aznaga kelib tushishi («Kassa» moddasining ko‘payishi) yoki undan berilishi («Kassa» moddasining kamayishi) bilan tavsiflanadi; mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarning harakati - bu korxonalarining mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarzning ko‘payishi («Mol etkazib beruvchilar» moddasining o‘sishi) yoki uning uzilishi «Mol etkazib beruvchilar» moddasining kamayishiga olib keladi. Schyotdagi umumiy summani hisoblab chiqishni osonlashtirish uchun mablag‘larning ko‘payishini ularning kamayishidan alohida ajratib ko‘rsatish qulayroq, shuning uchun schyot ikki qismga bo‘linadi: chap va o‘ng tomonga. Uning biri (chap tomoni) dsbet, boshqasi (o‘ng tomoni) kredit deb nomlanadi.
Hisobning har bir ob’ekti hamda mablag‘lar va manbalarning har bir turi uchun alohida schyotlar ochiladi. Debet va kredit bo‘yicha yozilgan operatsiyalar summalarining jami oborot (oborot) deb nomlanadi. Schyotning bir tomonida qayd etilgan summalar bilan uning boshqa tomonida ko‘rsatilgan summalar o‘rtasidagi farq qoldiq yoki saldo deb nomlanadi. Qoldiqlar debeti kreditidan ortiqmi yoki aksinchami ekanligiga qarab, debetli yoki kreditli bo‘lishi mumkin. YAngi qoldiqni aniqlash uchun avval mablag‘larni ko‘payganligini ko‘rsatuvchi oborot summani boshlang‘ich qoldiqqa qo‘shiladi, so‘ngra uning kamayishini aks ettiruvchi oborot summasi ayirib tashlanadi. Agar qoldiq bo‘lmasa, schyot yopilgan hisoblanadi

18

Tovar moddiy boyliklarning sintetik va analitik hisobi.

19

Buxgalteriya provodkasi bering:
a) «Kassa chiqim order» ga asosan xo’jalik agronomiga xizmat safari uchun bo’nak summasi berildi – 120.0 ming so’m
b) Hisobot davrida 30 bosh yosh mollar boquvga qo’yildi

20

Buxgalteriya provodkasi bering.
a) Korxona ishchi-xodimlariga 2750600 so’m mehnat haqi hisoblandi
b) Mol etkazib beruvchilardan 4540,0 ming so’mlik xom ashyo va materiallar olib kelindi.
v) Xaridorlarga chiqarilgan tayyor mahsulotlar sotish narxida hisobga olindi – 2380,0 ming so’m

21

Buxgalteriya hisobining predmeti va usullari.
Respublikamiz mustahillik yillarida buxgalteriya hisobini isloh qilishda jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish asosida mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirildi. SHu yillar mobaynida bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining nazariy asoslari mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda har tomonlama rivojlantirildi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyatini kuzatish, boshqarish va nazorat qilish maqsadida yuritiladi. Buning mazmunida ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish yotadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish o‘z navbatida ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga bo‘linadi
buxgalteriya hisobining predmeti - ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati hamda ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi.
TurliHar xil mulkchilik shakllariga asoslangan, rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi jamiyatda individual kapital yoki mulk egasining kapitali buxgalteriya hisobining predmeti hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi bu erda birinchi navbatda, mulk egasi yoki mulk egalari tomonidan korxonalarga qo‘yilgan resurslarni samarali boshqarish maqsadlari uchun axborotni shakllantiradi. Foydani oshirish maqsadida, xo‘jalik yuritish subektlari Nizomida ko‘rsatilgan asosiy va boshqa moliyaviy faoliyat hisobiga boy berilgan imkoniyatlarni qidirib topish bilan shug‘ullanadi.

22

Sotish bilan bog’lik xarajatlar hisobi.



Download 267,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish