Raqamli iqtisod



Download 267,21 Kb.
bet2/8
Sana04.02.2022
Hajmi267,21 Kb.
#430778
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
buxgalteriyaaaa

Davr xarajatlari hisobi. Davr xarajatlari tarkibiga korxona ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar kiradi. Bular jumlasiga boshqaruv, tijorat bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek umumxo‘jalik xarajatlari, jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘yicha xarajatlar ham kiradi. Bu xarajatlar korxona asosiy faoliyati va mahsulot sotish bilan bog‘liq bo‘lmaganligi, lekin ma’lum bir jarayonlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ular operatsion xarajatlar, umumiy va ma’muriy xarajatlar deyiladi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga bog‘liq bo‘lmagani, va aksincha, vaqt bilan, xo‘jalik faoliyatining davomiyligi bilan bog‘liq bo‘lgani sababli ular davr xarajatlari deb yuritiladi.
Mahsulot sotish, ma’muriy xarajatlar, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
Hisobvaraqlar rejasiga binoan davr xarajatlari quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi:
9410-«Sotish xarajatlari»
9420-«Ma’muriy xarajatlar»
9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»



23

YAlpi foydani aniqlash tartibi

Korxona faoliyatining moliyaviy natijasini ta’riflovchi sintetik ko‘rsatkich bo‘lib balans (yalpi) foyda va zarari hisoblanadi va Nizomga asosan tartibga solinadi. Sotishdan olingan sof tushum yangi schyotlar rejasi bo‘yicha 9000 «Asosiy (operatsion) faoliyatdan olingan daromadlar» schyotining kreditidan olinadi. Unga tovarlarning qaytarilishi, xaridorlar uchun berilgan chegirmalar va boshqalar kiritilmaydi. Mahsulot, ishlar va xizmatlar sotishdan olingan yalpi foyda va zarar hisobot davri oxirida sotishdan tushgan sof tushum bilan sotilgan mahsulot, ishlar va xizmatlarning haqiqiy tannarxi orasidagi farqi miqdorida aniqlanadi. Tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar, olingan daromadlar, shuningdek sotilgan tovarlarning qaytarilishi, sotish narxlaridan chegirmalar to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi: 9010-«Mahsulot sotishdan olingan daromad», 9020-«Tovarlar sotishdan olingan daromadlar», 9030-«Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar», 9040-«Sotilgan tovarlarni qaytarish» va 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» schyotlarda aks ettiriladi. SHunday qilib, 9910-«YAkuniy moliyaviy natija» schyotining debetida hisobot davrida sotilgan mahsulot, ishlar, xizmatlarning haqiqiy tannarxi, kreditida esa mahsulot, ishlar va xizmatlarni sotishdan tushgan sof tushum aks ettiriladi. Ushbu muomalalar bo‘yicha 9910-«YAkuniy moliyaviy natija» schyotining debet va kredit oborotlarini taqqoslash natijasida hisobot davridagi mahsulot, ishlar va xizmatlar sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) aniqlanadi.



24

Buxgalteriya provodkasi bering :
a) «Kassa chiqim orderi»ga asosan deponentga o’tkazilgan mehnat haqi kassadan berildi – 1240.0 ming so’m
b) Ishchi otlardan olingan 4 bosh qulun kirim qilindi

25

Buxgalteriya provodkasi bering :
a) «Kassa kirim orderi»ga asosan xizmat safari uchun berilgan bo’nak summasining foydalanmay qolgan qismi kassaga topshirildi – 30.0 ming so’m
b) Ta’minot tashkilotidan sotib olingan 6 bosh buzoq kirim qilindi – 2400.0 ming so’m

26

Xo’jalik hisobi turlari (buxgalteriya hisobi)

Buxgalteriya hisobi- ichki boshqarish va tashqi istemolchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat.


Buxgalteriya hisobida ham operativ va statistik hisobdagi kabi barcha o‘lchovlar - natura, mehnat va pul o‘lchovlari qo‘llaniladi. Lekin unda pul o‘lchovga alohida ahamiyat beriladi, chunki u buxgalteriya hisobining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarini olish imkonini beradi. SHuning uchun pul o‘lchovda buxgalteriya hisobining barcha obektlari, garchi ular natura va mehnat o‘lchovlarida aks ettirilgan bo‘lsa ham, albatta, pul o‘lchovida ifodalanadi.

Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unda barcha xo‘jalik operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu narsa barcha xo‘jalik jarayonlarining to‘la tavsifini olish uchun zarurdir.


Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyati, uning hujjatlanishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan xar bir operatsiya dastlab hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona manbai hisoblanadi.



27

Aktiv schetlar tuzilishi va mohiyati.


Aktiv schyotlar (A) - xo‘jalik aktivlarini aks ettiradigan va iqtisodiy resurslarning hisobot davridagi ko‘payishini debet tomonida va shu davrdagi kamayishini kredit tomonida aks ettiradigan schyotlar.

Aktivlar turini yoki ularning manbalarini hisobga olishga qarab, schyotlar aktiv va passivga bo‘linadi.


Aktivlar turlarini hisobga oluvchi schyotlar aktiv, ularning manbalarini aks ettiruvchi schyotlar esa - passiv schyotlar deb ataladi.
Barcha schyotlarda qoldiqlar va operatsiyalar yuqorida keltirilgandek aks ettiriladi. Lekin buxgalteriya hisobida qator murakkab schyotlar borki, ular o‘zlarining tuzilishlariga ko‘ra bunday oddiy tarzdan farq qiladi.
Bundaylarga xo‘jalik jarayonlari, xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari, topshiriqlarning bajarilishi hisobga oladigan schyotlar kiradi. Bu schyotlarda hisobga olinadigan ob’ektlarning xususiyatlari aks ettiriladi. Lekin ular qam aktiv va passiv schyotlarga mansubdir.
Schyotlardan to‘g‘ri foydalanish uchun - u yoki bu schyot yordamida qanday ko‘rsatkichlarni olish mumkinligi va unda qanday ob’ektlar hisobga olinishi zarurligini bilish maqsadida ular tasniflanadi.
Bunday schyotlarni turkumlash ikki belgi asosida tuziladi: qanday maqsadga tayinlanishi va tuzilishi hamda iqtisodiy mazmuniga qarab.
Schyotlarning qanday maqsadlarga tayinlanishi va tuzilishi bo‘yicha turkumlanishi, u yoki bu schyotlar, nima uchun, qanday ko‘rsatkichlarni olish uchun mo‘ljallangan hamda ularning tuzilishi qanday, ya’ni ularning debeti, kreditining mazmuni qanday, ulardagi sal’do qanday xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ular buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan schyotlarning xususiyatlarini o‘rganish uchun xizmat qiladi va ularning ayrim turlari qanday xususiyatlarga ega ekanligini aniqlash imkonini beradi.

Download 267,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish