Rasm. Vtulka qo`ndirish sxemasi



Download 72,5 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi72,5 Kb.
#80601
Bog'liq
2 5438374352829548720


slayd

2.4.1. Detallarni qayta tiklash (ta`mirlash)

Ishlash paytida yeyilish natijasida o`lchami o`zgargan detallarni ko`p hollarda qayta tiklash mumkin. Detallarni qayta tiklash usullarining asosiylari quyidagilar:

Qo`shimcha detallar bilan ta`mirlash. Detalning yeyilgan yuzasiga tokarlik stanogida mexanik ishlov beriladi va bu yuzaga maxsus tayyorlangan qo`shimcha detal yelim bilan, payvadlash yo`li bilan qo`ndiril yoki press yordamida tarang qo’ndirish (посадка с натягом) yo’li bilan kiydiriladi (2.4.1-rasm). Qo`shimcha detal tariqasida vtulka, tishli chambara va boshqalar ishlatiladi. Po`lat vtulkalar qalinligi val detali diametri Ø 20 - 30 mm bo`lganda 2 - 2,5 mm ni, diametr Ø 120 mm gacha bo`lganda - vtulka qalinligi 3 - 3,5 mm ni tashkil qiladi. Cho`yan vtulkalar devori qalinligi ikki barobar katta bo`ladi. Bu usul juda oddiy va kam xarajatli bo’lib, asosan uncha mas’uliyatli bo’lmagan detallarni ta’mirlashda

qo’llaniladi.

11.1- rasm. Vtulka qo`ndirish sxemasi

a - val bo`yinchasiga; b - podshipnik xalqasiga

1- val; 2 - vtulka; 3- podshipnik xalqasi.

Elektr-yoy va gazli payvandlash. Singan, yorilgan detallar (asosan stanina va rama detallari) payvandlash bilan tuzatiladi. Payvandlash ishlari turli sharoitlarda tez bajarish va unumdorligi katta bo`lganligi uchun ta`mirlashda keng qo`llaniladi. Shu bilan birga payvandlashning o`ziga yarasha kamchiliklari bor: issiqlik ta`sir qilish zonasida hududiy kuchlanish paydo bo`lib, metall strukturasi buziladi.

Bunda elektr-yoy payvandlash (Э42, Э42A, Э46 elektrodlar, TС- 300, TС-500 transformatorlar) va atsitelen-kislorodli gaz payvandlash (gorelka ГС- 2, "Маква") ishlatiladi.

Detalning darz ketgan yoki yeyilgan yuzasiga elektr payvandlash bilan metall quyilib, keyin tokarlik stanogida qoralama va oqlama mexanik ishlov beriladi. Bu usul metall quyish yo`li bilan qayta tiklash deyiladi. Bu usul bilan o`qlar, val-vtulka birikmasi, podshipniklar o`rnashadigan joylar qayta tiklanadi. Metall quyishda detallarning yeyilishga turg`unligini oshiradigan OЗН-250, OЗН-300 elektrodlar ishlatiladi.

Metallizatsiyalash yo`li bilan ta`mirlash. Eritilgan metallni changsimon holatda detalning yeyilgan yuzasiga qisilgan havo yordamida qo`ndirish jarayoni metallizatsiyalash deyiladi. Boshqa usullarga nisbatan bu usul qator afzalliklarga ega: qatlam quyilish unumdorligi katta (45 kg/soat gacha); 0,1 mm dan bir necha mm gacha yeyilishga turg`un qatlam hosil qilishi; jarayon nisbatan past haroratda 100-1200С olib boriladi (bu issiqlikdan deformatsiyalash oldini oladi); metallizatsiyalashtirilgan yuzalar ancha vaqtgacha yog`lovchi materialsiz ishlashi mumkin. Masalan, qalinligi 0,5 mm qatlami bo`lgan val bo`yinchasi yog`lash materiali berilishi to`xtatilgandan keyin metallizitsiya qilinmagan toblangan po`lat bo`yinchaga nisbatan yeyilishgacha 14 marta ko`proq vaqt ishlaydi; metallizatsiyalangan val bo`yinchasi toblangan po`latdan tayyorlangan bo`yinchasining yeyilishga olib keladigan yuklanishdan 3-4 marta ko`proq yuklanishda ishlay oladi. Buni shunday izohlash mumkin: metallizatsiyalangan qatlamning bikrlik moduli (модуль упругости) kichik - 7·104 MPa, yaxlit po`latniki bo`lsa - 20·104 MPa.

Elektr-yoy metallizatsiyalash usulini silindrik va yassi, cho`yandan, uglerodli va legirlangan po`latdan, rangli metalldan tayyorlangan detallar uchun qo’llash mumkin. Sirpanish ishqalanishida ishlaydigan va qo`zg`almas posadkali detallarni qayta tiklashda, darz hamda boshqa nuqsonlarni yo`qotishda qo`llaniladi.

Metallizatsiyalashdan oldin detal yuzasi tozalanadi va yuzasida metall zarachalari yaxshi qo`nishi uchun kichik g`adir-budurlik paydo qilinadi.

Diametri Ø 1-3 mm bo`lgan metall sim metallizatsiya apparatiga beriladi (2.4.2-rasm) va elektrometallizator (ЭM-12 va ЭM-15- statsionar, ЭM-14 - dastagi) elektr yoyi bilan eritiladi. Metallning 15-20 mkm o`lchamli zarrachalari qisilgan havo ta`sirida 140-300 m/s tezlik bilan metallizatordan chiqib, detall yuzasiga sochiladi, detal yuzasi bilan hamda o`zaro mustahkam birikib, tutash qatlam hosil qiladi.

Metallizatsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda birlamchi qatlam yotqiziladi, undan keyin esa – asosiy qatlam yotqiziladi. Birlamchi qatlam uchun molibden, volfram, nikel, xrom va ularning qorishmalaridan (masalan, X20Н80) tayyorlangan simlar, ba`zan uglerodli po`lat yoki rux simlar ishlatiladi). Asosiy qatlam uchun ishlatiladigan simlar materiali detal ishlash sharoitiga qarab tanlanadi va u 2.4.1-jadvalda keltirilgan. Qo`zg`almas birikmada turadigan po`lat detallarni metallizatsiyalashda Ст 8, Ст 10, Ст 20 po`lat simlarni, qo`zg`aluvchan birikmalarda ishlaydigan po`lat detallar uchun yuqori uglerodli У7, У7A, У8, У8A po`lat simlar ishlatish mumkin.

2.4.2- rasm. Elektr-yoy metallizatsiya qurilmasi va jarayoni sxemasi

1- elektrod simi; 2- haydovchi qisilgan havo; 3- qisuvchi plastina;

4- elektr toki olib keladigan poshna; 5- qalpoq; 6-diffuzor;

7- yorug`likdan himoyalovchi ekran; 8- changsimon metall zarrachalari

oqimi; 9- zarrachalar qo`nadigan sirt; 10- detal.

2.4.1- jadval. Detallni qayta tiklashda ishlatiladigan po`lat markalari

Gaz-alangali metall quyish. Bu usulda yeyilgan yuzalarni qayta tiklab, ularga kerakli fizik-mexanik xossalarni berish uchun metall kukunlarni gaz-termik yo`l bilan eritib quyiladi.

Kukunli materiallarni "sovuq" usulda (detal kukunini eritib quyish jarayonida temperatura 2000С dan oshmaydi) va "issiq" usulda (ya`ni, kukunni eritib quyish jarayonida detal va kukunning o`zi 900-11000С gacha isib ketadi) bajarish mumkin.

Bu usulni bajarish uchun maxsus uskunalar ishlatiladi. Shulardan biri – gaz-alangali metal quyish uskunasi 021-4 "Ремдеталь'" hisoblanadi. Bu uskuna Г-3 rusumli gaz gorelkasiga biriktirilgan bo`lib, metall kukuni alanga zonasiga tashqaridan beriladi (2.4.3-rasm).

Gorelka asosiga ko`p soploli munshtuk 1 ulangan va shu asosga zajim orqali kukun solinadigan bunkerchani ushlab turadigan kronshteyn 2 mahkamlangan. Alanga zonasiga kukun berishni to`xtatish uchun kukun tushadigan uskunada zaslonka 3 o`rnatilgan. Kukunning alanga zonasining markaziga tushishini bunkerli kronshteynni asos o`qi bo`ylab harakatlantirish bilan to`g`rilash mumkin. Gazning alanga zonasiga berilishini ikkita ventil 4 bilan rostlanadi.

2.4.3- rasm. 021-4 “Ремдеталь” tipidagi gaz-alangali metal quyish uskunasi

1- ko`p soploli mundshtuk; 2- metall kukun bunkerchali kronshteyn; 3- yopqich (zaslonka); 4- ventillar.

Bu uskuna valga o`xshash, yassi va shaklli detallarni qayta tiklash hamda mustahkamlash uchun qo`llaniladi. Uning texnik xarakteristikasi quyidagicha:

- qo`llaniladigan gaz ……………………. atsitelen, kislorod;

- bosim, MPa

atsitelenniki……………………….0,01 gacha

kislorodniki……………………….0,5 gacha

- Gaz sarfi, m3/soat

atsitelenniki ………………………0,6-1,7

kislorodniki ………………………0,8-1,9

- kukun eritib quyish bo`yicha

unumdorligi, kg/soat …………………….1,6-2,6;

- Kukun solinadigan bunker sig`imi, sm3 …280

- Massasi (kukunsiz), kg …………………3

Metall quyish uchun tayyorlanayotgan detallar yog` moddalaridan, smoladan va boshqalardan tozalanadi. Metall zarrachalari yuzaga yaxshi yopishishi uchun bu yuzada korund bilan ozgina g`adir-budurlik paydo qilinadi.

Metall quyib paydo bo`lgan qatlamlar qattiqligi 50 НRС gacha bo`lsa, metall yonish bilan ishlov beriladi, 50 НRС dan katta bo`lsa – metallni silliqlash (shlifovkalash) bilan ishlov beriladi. Bu usul bilan ham kichik, ham katta gabaritli detallar ta’mirlanadi.

Chilangarlik (slesarlik) ishlov berish yo`li bilan ta`mirlashga quyidagi operatsiyalar kiradi: metallni kesish va yorish, parmalash, rezba ochish, egovlash, silliqlash (shlifovka qilish), shtiftovka qilish, yamoq quyish. Bu hamma operatsiyalar sex chilangarlari tomonidan oddiy asboblarni ishlatgan holda (egov, zubilo, metchik, plashka, parma va boshqalar) korpus detallarini, kichik deformatsiyalanib oval bo`lib qolgan, rezbasi yoki teshigi yeyilgan vallarni va boshqalarni ta`mirlashda qo`llaniladi.

Jihoz staninasi yoki korpusiga yamoq qo`yish uchun parchinlash ishlari bajariladi. Parchinli birikmalar turi 2.4.4- rasmda ko`rsatilgan.

2.4.4- rasm. Parchin mixli birikmalar.

a- bir qatorli ustma-ust, b-bitta ustquymali bir qatorli uchma-uch, с- ikkita ustquymali bir qatorli uchma-uch, d- bitta ustquymali ikki qatorli uchma-uch.

Plastik deformatsiyalash yo`li bilan ta`mirlash. Nuqsonga uchragan detallarni birlamchi o`lchamiga qaytarish uchun plastik deformatsiyalash ( sovuq va issiq holda) qo`llanishi mumkin. Bu usul metallning yuklama ostida o`z shakl va o`lchamlarini sinmasdan, qoldiq deformatsiya natijasida o`zgartirishiga asoslangan. Plastik deformatsiyaga metall temperaturasi katta ta`sir ko`rsatadi: sovuq detallar issiq detallarga qaraganda ko`proq kuch talab qiladi. Harakat kuchi P va deformatsiya δ yo`nalishiga qarab plastik deformatsiyalash quyidagi turlarga ajratiladi (2.4.5 -rasm):

Egilgan detalni rostlash usuli bilan vallar, tyagalar, richaglar uglerodi 3 % gacha bo’lgan po’latdan va rangli metalldan yasalgan bo’lsa isitmasdan rostlanadi, boshqalari dastlab 100-5000С gacha qizdirilib keyin rostlanadi.

Bosish usuli yeliyish natijasida detalning 1 % birlamchi o’lchami o’zgargan bo’lsa presslarda amalgam oshiriladi. Bunda detalning birlamchi balandligining 8-12 % gacha bosish mumkin.

Tarqatish detal tashqi diametri yeyilganda ichkisini oirish hisobiga amalga oshiriladi.

2.4.5- rasm. Plastik deformatsiyalash yo`li bilan ta`mirlash sxemalari.

a) egilgan detalni rostlash; b) burama deformatsiyaga uchragan detalni rostlash; c) bosish (осадка); d) tarqatish (раздача); e) siqish (обжатие); j) tortish (вытяжка).

Kavsharlash bilan ta`mirlash. Bu ta`mirlash usuli bilan tunukadan yasalgan detallarni birlashtirish, devori yupqa bo`lgan sig`imlarning darzini yopish, metall kesuvchi kesgich (резец)larga qattiq qorishmali plastinalarini yopishtirish va h.k.lar bajariladi.

Kavsharlanayotgan birikmalarda mustahkamlik talab qilinmasdan faqat germetiklik talab qilinsa ПОС-4 dan ПОС-90 gacha markali yengil pripoylar ishlatiladi (ПОС- припой олово-свинцовый). Ular tez eriydigan metallar (ruх, qo`rg`oshin) va surma, vismut va mishyak qorishmasidan tarkib topgan. Qattiq pripoylar kavsharlanayotgan joylar katta yuklama ostida ishlayotganda ishlatiladi. Ularga mis-ruхli ПМЦ-36, ПМЦ-18 va kumushli ПСр70, ПСр72 pripoylar kiradi. Asosiy metallning pripoy bilan birikishini yaxshilash va zanglashdan himoya qilish maqsadida kavsharlash ishlarida har xil flyuslar (xlorli, ruxli, ftorli, natriyli) ishlatiladi. Issiqlik man`bai sifatida har xil kavsharlash lampalari qo`llaniladi.

Mexanik ishlov berish yo`li bilan ta`mirlash. Bu usul alohida (yangi ta`mir o`lchamigacha ta`mirlash) yoki boshqa ta`mir usullariga (metall quyish, metallizatsiya, qo`shimcha detallar bilan ta`mirlash va h.k.) qo`shimcha usul sifatida qo`llaniladi.

Yangi ta`mir o`lchovigacha ta`mirlashda yeyilgan detal sirti metall kesish stanoklarida qorama va oqlama yonib ishlov berilib, detal yuzi tekislanadi. Lekin uning o`lchami hali ruxsat etilgan o`lcham chegarasida bo`ladi. Detalni mexanik ishlov berish T5K10 (qoralama ishlov uchun) va T15K6 (oqlama ishlov uchun) markali qattiq plastina o`rnatilgan kesgich (резец)lar yordamida tokarlik stanogida bajariladi.

Bundan tashqari metall kesish stanogida frezerlash, parmalash, rezba kesish ham shu usulga kiradi.

Jihoz detallarini qayta tiklashda ta`mirlash turini tanlash uchun uning texnik-iqtisodiy ko`rsatgichlari inobatga olinadi. Detalning foydalanish-texnik xarakteristikasini butunlay qayta tiklagan holda shu qayta tiklash narxi va uning o`tkazish muddati yangi detalni tayyorlash narxi va muddatidan kichik bo`lsa, unda detal qayta tiklanadi.

2.4.2. Detallarni mustahkamlash va korroziyaga chidamli qilish

Detallarni mustahkamlash.

Qishloq xo’jalik va melioratsiya mashinalarini ta’mirlashda yeyilgan detallarni qayta tiklash va yeyilishga chidamliligini oshirish jarayoni ham amalga oshiriladi. Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun payvandlab qoplash kabi turli usul va texnologiyalar ishlab chiqilgan bo’lib, ular bir-biridan fizik-mexanik va texnologik xususiyatlari bilan farq qiladi. SHuning uchun yeyilgan detallarni tiklashning eng maqbul usulini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Payvandlashning barcha mavjud usullarini ikki asosiy guruxga bo’lish qabul qilingan – suyultirib payvandlash usullari va bosim ostida payvandlash usullari. Ta’mirlashda suyultirib payvandlash usuli katta ahamiyatga ega, shuning uchun ham u chuqur va keng o’rganilgan.

Bosim ostida payvandlash usullari mashinalarni ta’mirlash jarayonida juda kam qo’llaniladi. SHunga qaramasdan bosim ostida payvandlashning istiqbollari to’g’risida akademik B.E.Paton «Bosim ostida payvandlash kelajakda suyultirib payvandlashni siqib chiqaradi» va «payvandlash o’rnini kundan-kunga kukun metallurgiyasi usullari egallab boradi» deb bashorat qilgan.

Bayon qilinayotgan qayta tiklash usullariga (detallar yuzalarini qatlam bilan qoplashning mavjud barcha usullari) nisbatan qo’yiladigan talablarning tahlili, usullarning rivojlanish yo’nalishlari va konstruktsion materiallar qatoriga kompozitsion materiallarning kirib kelishi detallarni qayta tiklash va yeyilishga chidamliligini oshirishning istiqbolli yo’nalishlarini belgilab olish imkonini berdi.

Qishloq xo’jalik mashinalarini ta’mirlashning iqtisodiy samaradorligini oshirishda detallarning qoldiq ish muddatidan foydalanish katta ahamiyatga ega. Bu haqida akademik SH.U.Yo’ldoshev avtotraktor va qishloq xo’jalik mashinalarining hamda ulardagi agregatlarning asosiy ta’mirgacha xizmat muddatini o’tagan detallarining 60…65 foizi qoldiq ish muddatiga ega bo’lib, ta’mirlanmasdan yoki oz miqdorda ta’mirlash ishlarini bajargandan keyin yana ishlatishga yaroqli bo’lishini ko’rsatib o’tgan.

Traktorlar va qishloq xo’jalik mashinalarining barcha detallarini ish muddatlariga qarab uch guruxga bo’lish mumkin. Birinchi guruxga o’z ish muddatini to’liq o’tagan va ta’mirlash paytida yangisi bilan almashtirilishi lozim bo’lgan detallar (mashinalarning 25…30 foiz detallari) kiradi. Ikkinchi gurux detallarni (30…35 foiz) ta’mirlamasdan yana ishlatish mumkin. Bu gurux detallarning ishchi yuzasi chegaraviy o’lchamgacha yeyilmagan bo’lib, ularni yana ma’lum muddatgacha ishlatish mumkin bo’ladi. Uchinchi guruxga detallarning asosiy (40…45 foiz) qismi kiradi. Ulardan ta’mirlangandan keyingina qayta foydalanish mumkin. Bu guruxga ancha qimmat va murakkab shaklli detallar kiradi. Bu detallarni tiklash narxi ularni tayyorlash narxinig 30…50 foizidan oshmaydi.

Detallarni qayta tiklash xalq xo’jaligida katta ahamiyatga ega. SHu bilan birga detallarni qayta tiklash samaradorligi va sifati tanlangan usulga bog’liq.

Detallarni tiklashda qo’llaniladigan usullar klassifikatsiyasi

-Suyultirib payvandlash (suyultirib metall qoplash)-Elektr yoy bilan payvandlash, elektr shlakli payvandlash, flyus qatlami ostida, himoya gazlari muhitida, suv bug’lari muhitida payvandlash, tebranma yoyli, argln yoyli, gaz bilan, plazmali,elektron nurli, lazer nurli payvandlash

-Bosim bilan payvandlash-​Elektr kontakt, ishqalash, portlatish, gornda, taxtakach ostida, diffuzion, ultratovushli, sovuqlayin, induktsion payvandlash

-Metall purkab (to’zitib) qoplash-​Plazmali, gaz-plazmali usul bilan purkab qoplash

-Metallash-​Gaz, elektr, yuqori chastotali tok bilan, plazmali metallash

-Kavsharlash-​Yumshoq, qattiq va alyuminiy kavsharlar bilan kavsharlash

-Elektrolitik qoplash-​Xromlash, temirlash, nikellash

-Sintetik ashyolardan foydalanish-​Soxta suyuq qatlamda, gaz-plazma usulida, bosim ostidaquyish usulida, taxtakachlab qoplash

-Bosim bilan ishlov berish-​Kengaytirish, cho’ktirish, aylanasiga dumalatib puxtalash, cho’zish, qisman cho’ktirish, elektr-mexanik ishlov berish

-CHilangarlik-mexanik ishlov berish-​Aralash, shaberlash, ishqalash, frezerlash, silliqlash, kengaytirish, shtift o’rnatish, rezbani tozalash, tortib turuvchi va boshqa elementlarni o’rnatish

-Elektr bilan ishlov berish-​Anod-mexanik, elektr-kimyoviy, elektr-kontakt, elektr-impulsli

-Puxtalaydigan ishlov berish-​Termik, termik-mexanik, kimyo-termik, sirtqi plastik deformatsiyalash, olmosli asbob bilan ishlov berish

Detallarni qayta tiklash usullari

-Chilangarlik-mexanik ishlov berish usullari-​Detallarni remont o’lchamiga moslab qayta tiklash, detallarni ularga qo’shimcha element qo’yib qayta tiklash, yeyilish izlari yo’qolguncha kesib ishlash va uni to’g’ri geometrik shaklga keltirish, qayta komplektlash.

-Plastik deformatsiyalash usullari​-Cho’zish, to’g’rilash, mexanik, gidrotermik yoki elektrogidravlik kengaytirish, sirtga sharik yoki roliklar bilan ishlov berish, mexanik yoki termoplastik siqish, cho’ktirish, botirish, elektromexanik ishlov berish

-Polimer materiali bilan qoplash -​Changlatib qoplash, presslab qoplash, bosim ostida quyib qoplash, mexanik surkab qoplash

-Dastaki payvandlab qoplash usullari-​Gaz alangasida, elektr yoyida, argon gazi muhitida elektr yoyida, gornda qizdirib, plazmali, termitli, elektr kontakt

-Yoy yordamida payvandlash va qoplashning mexanizatsiya-lashgan usullari-​Flyus ostida avtomatlashtirilgan, himoya gazlari muhitida: argon, is gazi, suv bug’i va boshqalar, aralash himoya gazlari muhitida, gaz alangasida himoyalangan elektr yoyli, tebranma yoyli, kukunsimon sim yoki lenta bilan, keng qatlamli, yotqizilgan elektrod bilan, plazmali, ko’p elektrodli, bir vaqtning o’zida deformatsiyalash, bir vaqtning o’zida mexanik ishlov berish

-Yoysiz payvandlab qoplashning mexanizatsiyalashgan usullari-​Induktsion (yuqori chastotali), elektr shpakli, kontakt payvandlash va qoplash, ishqalash, gaz alangasida, elektron nurli, ultratovushli, diffuzion, lazerli, termitli, portlatish bilan, magnit impulsli, gornda qizdirib qoplash

-Gaz alangasida qoplash (metallash)​-Elektr yoyli, gaz alangasida, plazmali, detonatsion, yuqori chastotali tok bilan, elektr impulsli, ion plazmali.

-Galvanik va kimyoviy qoplash-​O’zgarmas tokda temirlash, o’zgaruvchi tokda temirlash, elektrolit oqimida temirlash, vannasiz temirlash, xromlash, elektrolit oqimida xromlash, mislash, ruxlash, qotishmalarni qoplash, kompozitsion qatlam bilan qoplash, elektr kontakt qoplash (elektrik ishqalab), galvanik-mexanik usulda, kimyoviy nikellash

-Termik va kimyoviy-termik ishlov berish -​Toblash, bo’shatish, diffuzion borlash, diffuzion ruxlash, diffuzion titanlash, diffuzion xromlash, diffuzion xromtitanlash, diffuzion xromazotlash, sovutib ishlov berish

-Boshqa usullar-​Suyuq metall quyish, muzlatish, qizdirib yopishtirish, kavsharlash, kavshar payvandlash, elektr uchqunli o’stirish va legirlash

Mexanik ishlov berish usuli yeyilgan sirtlarni qoplashga tayyorlash yoki tugallash ishlarida, shuningdek detallarni remont o’lchamiga moslab qayta tiklashda yoki qo’shimcha elementlar o’rnatib qayta tiklashda qo’llaniladi. Detallarni remont o’lchamiga moslab ishlov berganda ular ishchi yuzalarining geometrik shakli tiklanadi, qo’shimcha elementlar o’rnatib qayta tiklashda uning o’lchami yangi detal o’lchamiga muvofiqlantiriladi.

Galvanik qoplash usuli elektr toki ta’sirida metall tuzlarining eritmasidan metallarning ajralib chiqishi xossasiga asoslangan. Galvanik qoplamalar detalning yeyilgan yuzasini qoplash uchun olinadi.

Galvanik usullar yordamida kam yeyilgan detallarni qayta tiklash imkoniyati mavjud. Bu usullarning afzalligi shuki, elektroliz jarayoni rejimlarini o’zgartirish yo’li bilan tanlangan metallning mexanik xossalarini o’zgartirish mumkin.

Jarayon yordamida olingan qatlamning ishqalanishga chidamliligi past va qattiqligi yuqori chastotali tok bilan toblangan po’lat 45 qattiqligining 75 foizini tashkil etishi, charchash mustahkamligining 25...30 % kamligi, tayyorgarlik operatsiyalarining murakkabligi va katta mehnat talab qilishi, katta hajmdagi ishlab chiqarish maydonining kerakligi, xizmat qiluvchilar salomatligiga zararliligi kabi kamchiliklari mavjud.

Payvandlashning qoplash usullari. Payvandlash va qoplash usullari mashina detallarini ta’mirlashning eng asosiy usullari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ta’mirlash korxonalarida payvandlash va payvandlab qoplash usullari bilan 70% dan ortiq detallar qayta tiklanmoqda. Shundan 80% i elektr energiyasi yordamida, 20% i esa gaz alangasi yordamida amalga oshiriladi.

Payvandlashdan detallarning mexanik nuqsonlarini bartaraf etishda, suyuqlantirib qoplashdan esa yeyilgan ishchi yuzalarini metall qatlami bilan qoplab qayta tiklashda qo’llaniladi. Ta’mirlash korxonalarida dastaki va mexnizatsiyalashtirilgan payvandlash va suyuqlantirib qoplash usullari qo’llaniladi. Mexanizatsiyalashtirilgan usullarning flyus qatlami ostida va himoya gazlari muhitida avtomatik va yarim avtomatik, tebranma yoy bilan lazerli va plazmali kabi qator payvandlash usullari qo’llaniladi.

Ta’mirlashda shu usullarning keng qo’llanishi quyidagi omillar bilan ifodalanadi: ularning unumliligi va jarayonning nisbatan oddiyligi, qoplangan qatlamning asosiy metall bilan mustahkam birikishi, sifatli payvand qatlam olish imkoniyati (yuqori qattiqligi, yeyilishga chidamliligi, oshirilgan qayishqoqligi va xakazo).

Ushbu usullarning umumiy kamchiligi issiqlik ta’sirida metall strukturasining o’zgarishi va buning oqibatida mexanik xossalarining pasayishi, hamda qatlam qalinligining ancha kattaligi va juda notekisligidan iborat.

Kontakt payvandlab qoplash usuli bosim ostida payvandlash usullariga kirib, uning po’lat lenta, sim va metall kukunlarini suyuqlantirmasdan va suyuqlantirib qoplash turlari mavjud.

Ushbu usul faqat metallarni payvandlashda qo’llaniladi va unda asosiy energiya manbai bo’lib birikuvchi detallarning kontakt yuzasidan elektr toki o’tishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik xizmat qiladi.

Kontakt payvandlashda bosim kuchi turg’un elektr kontaktini shakllantirish va payvand chok strukturasini yaxshilash, hamda deformatsiya va ichki kuchlanishni kamaytirish maqsadida beriladi.

Kontakt payvandlashda jarayon ikki xil variantda olib borilishi mumkin: 1) metallni suyultirmasdan yuqori plastik holatgacha qizdirib; 2) payvand nuqtada metallni suyuqlanguncha qizdirib, quyma strukturasini hosil qilib.

Ikkala jarayon ham ishlab chiqarishda qo’llanilib keladi. Ammo suyuqlantirib payvandlash energetik va texnologik nuqtai nazardan samaraliroq hisoblanadi. CHunki unda elektr energiya sarfi kam, payvand chok esa mustahkam bo’ladi.

Ushbu usul bilan po’lat, cho’yan va rangli metallardan iborat valsimon detallarning yeyilgan yuzalarini va podshipnik o’rnatiladigan korpus detallarini qayta tiklash mumkin. Usulning jihozini murakkabligi bilan birga olinadigan payvand qatlam qalinligini cheklanganligi kabi kamchiliklari mavjud.

Gaz alangasida suyultirib qoplash usuli yonuvchi gazlarni texnik sof kislorodda yondirish natijasida ajralib chiqadigan issiqlik energiyasi yordamida amalga oshiriladi. Gaz alangasida suyultirib qoplashda payvandlash materiali sifatida metall sim yoki metall kukunidan foydalaniladi.

Gaz alangasida payvandlashning afzalliklari nisbatan jihozlarning oddiyligi va arzonligi, payvadlashda quvvatni, alanga tarkibi va yo’nalishini keng boshqarish mumkinligidadir.

Usulning kamchiliklariga payvadlanayotgan metallni qizish va suyuqlanish tezligining kichikligi, issiqlik ta’sir zonasining kattaligi, ish unumining pastligi kabilarni keltirish mumkin.

Eyilgan detallarni metall purkab qayta tiklash usulining mohiyati shundaki, qoplash materiali detalning oldindan tayyorlangan sirtiga qizdirilgan, hamda siqilgan gaz oqimi bilan purkaladi. Purkalgan metall detalning sirtiga urilganda deformatsiyalanadi, sirtdagi g’ovak va notekisliklarni to’ldirib qoplama hosil qiladi. Metall zarralari detal sirtiga va o’zaro asosan mexanik birikadi. Faqat ayrim nuqtalarda ular payvandlanadi.

Metall purkab qayta tiklashning gaz-alangali, elektryoyli, yuqori chastotali, detonatsion va plazmali purkash usullari mavjud.

Detallarni metall purkab qayta tiklash jarayonining yuqori unumliligi, detalning biroz (120…180​0​S) qizishi, qoplangan qatlamning yeyilishga yaxshi chidamliligi, texnologik jarayonning va qo’llaniladigan uskunalarning oddiyligi, har qanday metall va qotishmalardan 0,1…10 mm gacha qalinlikdagi qatlam olish mumkinligi usulning afzalligidir. Qoplangan qatlamning unchalik mustahkam bo’lmasligi va uni detalning sirtiga sust ilashishi bu jarayonning kamchiligidir.

Eyilgan detallarni metallash yordamida qayta tiklash usulining mohiyati metall simni yoki kukunni qizdirish, suyuqlantirish va mayda zarrachalarga parchalab, uni siqilgan havo yoki inert gaz oqimida detalning qayta tiklanadigan yuzasiga yotqizishdan iborat. Metallni suyuqlantirish usuliga qarab elektr-yoyli, gaz-alangali, yuqori chastotali va plazmali metallash usullariga ajratiladi.

Metallash usulida olingan qatlam qattiqligi yuqori va mexanik mustahkamligi past bo’lgan g’ovak va mo’rt metall qatlamidan iborat bo’ladi. Qatlam moylash materialini yaxshi singdiradi va solishtirma yuklanish kam sharoitlarda yeyilishga chidamli bo’ladi. Biroq siljish va siqishga solishtirma yuklanish katta bo’lganda metallangan qoplama tez ko’chib ketadi.

Metallash usuli har xil qalinlikda qatlam olish (20 mkm dan 8 mm gacha) imkoniyati borligi bilan boshqa usullardan ajralib turadi. Muhim kamchiliklar tufayli bu usul ta’mirlashda o’z o’rnini topmadi: qoplanadigan metall zarrachalari o’z-o’zi bilan va asosiy metall bilan bog’lanishni yo’qligi, tayyorgarlik operatsiyalari tufayli (qum purkab ishlov berish kabi) detalning charchashga mustahkamligini keskin kamayishi, metallning ko’p miqdorda yo’qolishi (60...70 % gacha), po’lat qoplamaning past fizik-mexanik xossalari va g’ovakliligi, ish unumining pastligi, ish sharoitining og’irligi.

Elektromexanik ishlov berishda detalga tok uzatuvchi asbob suqilishi tufayli sirtdagi metallning qayta taksimlanishi sodir bo’ladi. Spiralsimon chiziklar tekislangandan keyin val diametrining kengayishi 0,4 mm dan oshmaydi. Termik ta’sir bo’lgani uchun val bo’yinlari toblanib qoladi.

Detalning charchashga mustahkamligi 10...12 % gacha ortadi. Xosil bo’lgan ariqchalarni har xil materiallar bilan to’ldirish, masalan sim payvandlash, tavsiya etiladi.

Sim payvandlash tok uzatuvchi rolik yordamida amalga oshiriladi. Metallografik tadqiqotlar payvandlangan sim o’yilgan ariqchalarni yaxshi to’ldirishini tasdiqlagan. Sim metalining asosiy metallga birikish mustahkamligi 100...200 MPa ga yetadi. Sim metalining tarkibiga mos ravishda qarab olingan qatlamning yeyilishga chidamliligi ortadi.

Yana bir elektr uchquni yordamida ishlov berish usuli o’tgan asrning 40-yillarida ishlab chiqilgan bo’lib, jarayon elektrod bilan detal orasidagi gaz muhitidan o’tuvchi impulsli elektr uchqunining ta’siridan foydalanishga asoslangan. Usulning mohiyati shundan iboratki, gaz muhitida sodir bo’lgan elektr uchqunining ta’sirida elektrod-anod ishchi yuzasining materiali qizib suyuqlanishi natijasida mayda tomchilarga parchalanadi va ular detal-katodning qayta tiklanayotgan yuzasiga uchib o’tadi.

Detallarning ishchi yuzasiga elektr uchquni yordamida ishlov berish turlari shartli ravishda uchga bo’linadi: qoplash, legirlash va puxtalikni oshirish. Ishlab chiqarishda qo’yilgan vazifaga qarab qoplash, legirlash va puxtalikni oshirish yakka tarzda yoki birgalikdagi texnologik jarayon sifatida qo’llaniladi. Bunda detal yuzasida shunday talab etilgan qatlam hosil etiladiki, uning yuqori mikroqattiqligi, issiqbardoshligi, zangbardoshligi, yeyilishga chidamliligi va boshqa xossalari jihozning uchqun hosil qilish rejimlariga, elektrod va detal yuzasining materialiga, gaz muhiti tarkibiga, elektrod tebratgich rejimlariga bog’liq bo’ladi. Ushbu usulni qo’lda dastaki va mexanizatsiyalashgan holda amalga oshirish mumkin.



Ushbu usulni yeyilgan detallarni qayta tiklash tarmog’ida qo’llash uchun Rossiyada yangi «Elitron-52B» va «Elitron-52BM» qurilmalari ishlab chiqarilgan bo’lib, ular bugungi kunda keng laboratoriya tadqiqotlaridan o’tmoqda. Masalan: Rossiyaning Mordoviya Universiteti bilan Moskvadagi GOSNITI hamkorlikda usulni ishlab chiqarishga joriy qilish bo’yicha amaliy ishlarni bajarmoqdalar.

Yuqorida keltirilgan qayta tiklash usullarining taxlili ko’rsatdiki, qishloq xo’jalik va melioratsiya mashinalarini ta’mirlashda yeyilgan detallarni qayta tiklash uchun qator usul va texnologiyalar yaratilgan bo’lib, ular ayniqsa, tez yeyiluvchi detallarning resursini yangi detalning resursidan kam bo’lmagan darajada orttira olmagani uchun ham ishlab chiqarishga keng qo’llanilmay kelayotgani aniqlandi.
Download 72,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish