Ravshan rajabov jahon tarixi



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/181
Sana19.12.2022
Hajmi1,76 Mb.
#891070
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   181
Bog'liq
R Rajabov Jahon tarixi new 2018

Mustaqil ish mavzulari:
1. Yangi podsholik davrida Misr davlati boshqaruvi.
2. Yangi podsholik davrida Misr va Old Osiyo. 
3. Ramzeslar davrida ichki va tashqi siyosat. 
4. Yangi podsholik davrida ijtimoiy qatlamlar.


74
MISR CHET ELLIKLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA. 
SO‘NGGI POD SHOLIK DAVRIDA
MISR
(MIL. AVV. XI ASRDAN – MIL. AVV. VI ASR GACHA) 
1. Misrda liviyaliklar hukmronligi. 
2. Misrliklar Efiopiya hukmronligi davrida 
(mil. avv. 715 – 664-yillar). 
3. Misrda Ossuriya hukmronligi. 
4. Sais sulolasi. Misr davlatining so‘nggi yuksalishi. 
5. Sais davri madaniyati. 
6. Iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar.
1. Misrda liviyaliklar hukmronligi (mil. avv. 950 – 
730-yillar). 
Yangi podsho lik davrining nihoyasida yagona dav-
latning yemirilishi bilan Misr 3-o‘tish davri (mil. avv. 1075 – 
656-yillar)ga kiradi. Bu davrda Misrda rasman yagona podsho 
hokimiyati bo‘lsa-da, siyosiy tarqoqlik o‘zining yuqori cho‘qqi-
siga chiqqan edi. Nomlar o‘rtasida kuchli ziddiyatlar bo‘lib, 
bu markaziy hokimiyatni zaiflashtirgan. Natijada nomlarning 
o‘zaro nizolari chet elliklarning hukmronligiga olib kelgan. Bu 
davrda Misrda chet ellik: Liviya, Efiopiya va Ossur sulolalari 
hukmronlik qilgan.
Davrning boshlarida Quyi va O‘rta Misrda XXI sulola (mil. 
avv. 1075 – 945-yillar) Tanis shahrini markaz qilib hukmron-
lik qiladi. Janubiy Misr Xerixorning vorislari Amon-Ra ibo-
datxonasining oliy kohinlari boshqaruvi ostida bo‘lgan. Bu 
vaqtda alohida nomlar kuchayib ketgan. XXI sulola va Amon-
Ra ibodatxonasi oliy kohinlari nomlarning merosiy nomarxlari 
separatizmiga qarshi tura olmaganlar. Ichki kurashlar sababli 
parokandalikka yuz tutgan mamlakat tez orada chet elliklar-
ga qaram bo‘la boshlagan. Misrda bu davrda liviyaliklarning 
ta’siri kuchayib ketadi.
Liviyaliklar deltaning g‘arbida va Nil daryosining shimoli-
ga tutashgan joylarda hamda g‘arbiy vohalarda qadimdan ya-
shab kelganlar. Ular «mashasha» yoki «ma» deb atalganlar. Bu 
qabilalar mustaqil hayot kechirganlar, lekin madaniy jihatdan 
Misrga qaraganda ancha orqada bo‘lganlar. Yangi podsholik 
fir’avnlari davrida Misr gullab-yashnaydi va misrliklarning 


75
liviyaliklar bilan aloqalari yanada kuchayadi. Shu davrdan 
boshlab liviyaliklar Misr madaniyati bilan tanishib, Misrga 
ko‘plab kelib o‘rnasha boshlaganlar.
Yangi podsholik fir’avnlari liviyaliklarni yollanma askar si
-
fatida xizmatga qabul qilib, ularga asosan deltadan chek yer-
larni ajratib berganlar. XX-XXI sulola vakillari davrida liviya-
liklarning ko‘chib kelishi yanada jadallashgan. Liviya zoda-
gonlaridan ba’zi birlari asta-sekinlik bilan oliy kohinlik lavo-
zimlarini egallaydilar. Liviyalik yollanma askarlar boshliqlari 
kuchayib ketib, ayrim hududlarni bosib olganlar.
Misrda liviyaliklar dunyoviy va diniy oliy lavozimlarni egal-
lab, mahalliy zodagon va kohinlar bilan til topishganlar va 
fir’avn taxtiga intilganlar. Harbiy qo‘mondon va Gerakleopol
-
dagi Xerilfe xudosining ibodatxonasi bosh kohini bo‘lgan bir 
liviyalik odam o‘zining yozma ma’lumotida ta’kidlashicha, bu 
odamning o‘zidan avval o‘tgan ota-bobolaridan 15 tasi shu 
yerda umr kechirib o‘tganligi aytiladi. Bu yozuvga qaragan-
da, uning ajdodi liviyalik Byuvava XXI sulola davrida Gerakle-
opolga ko‘chib kelgan. Byuvavaning avlod-ajdodlari liviyalik 
yollanma harbiy qismlarning «ulug‘ boshliqlari» va Gerakllio-
pol ibodatxonasining kohinlari lavozimini egallaganlar. Bu li-
viyalik aslzodalar urug‘idan biri podsho oilasi bilan qarindosh 
ham bo‘lib olgan.
Ana shu liviyalikning avlodi bo‘lgan Bubastis nomining no-
marxi Sheshonk podsholik taxtini egallab, XXII sulolaga asos 
solgan. Ko‘rinishidan u Fiva kohinlari bilan til topishgan va 
ularni qo‘llab-quvvatlashiga tayangan. Kelib chiqishi liviya lik 
bo‘lgan yangi hukmdorlar davlat boshqaruvida Fiva kohin lari 
bilan maslahatlashib ish ko‘rganlar. Yangi sulola podsholari 
eski podsho xonadoni bilan qarindosh bo‘lib, o‘z bolalarini Fi-
vadagi ibodatxonaga bosh kohin qilib tayinladilar.
Liviya sulolasiga asos solgan Sheshonk I (mil. avv. 945 – 
924-yillar) serg‘ayrat hukmdor bo‘lgan. Liviyaliklarning harbiy 
kuchlariga va Fiva kohinlariga tayanib turib, Sheshonk I o‘zi-
ni XVIII-XIX sulola zamonidagi buyuk istilochi, fir’avn larning 
ishini davom ettiruvchi sifatida ko‘rsatadi. U Karnakdagi ibo-
datxona yonida «Bubastislar hovlisi» (saroyi)ni bunyod qilib, 


76
katta minora ham quradi. Sheshonk I nomarxlar separatizmi-
ni bir qadar to‘xtatishga erishib, mamlakatda vaziyatni biroz 
barqaror qilgan. U mil. avv. 930-yili Falastin ustiga yurish qilib, 
katta o‘ljalar bilan Misrga qaytgan. Misrning bu hududdagi av-
valgi mavqeyi vaqtincha bo‘lsa-da qayta tiklangan. «Bubastislar 
hovlisi»dagi o‘ymakor tasvirlarda va zafarnomalarda Falastinda 
erishilgan g‘alaba tasvirlangan. Bu yerdagi osiyolik asirlardan 
156 tasini arqonga bog‘lab borayotgan xudo Amonning katta-
kon tasviri, ayniqsa, diqqatga sazovordir.
1938 – 1939-yillarda Tanisda o‘tkazilgan qazish vaqtida 
Sheshonkning hali qo‘l tekkizilmagan maqbarasi topilgan. Bu 
maqbaradan fir’avnning oltin, kumushdan qo‘shib ishlangan 
sarkofagi (tobuti) va unda mo‘miyolangan fir’avnning yaxshi 
saqlangan jasadi topilgan.
Sheshonk I dan keyingi hukmdorlar uning davlat ishlari-
ni munosib tarzda davom ettira olmaganlar va bunga qulay 
imkoniyat ham bo‘lmagan. Buning sababi, bu davrda xalqaro 
vaziyat o‘zgarib, Old Osiyoda Ossuriya davlati so‘nggi bor ku-
chayib ketadi. Misr Old Osiyodagi barcha mulklarini yo‘qotadi. 
XXII sulola fir’avnlari Nil va delta vodiysidan chetga chiqmay, 
shu yerning o‘zi bilan cheklanishga majbur bo‘lganlar.
Sharqda kuchayib ketgan Ossuriya Misr ta’siri ostida bo‘l-
gan hududlarni istilo qila boshlagan. Falastin, Finikiya va 
Suriyaning ossuriyaliklar ta’siri ostiga tushib qolishi yaqqol 
ko‘rinadi. Suriya, Fini kiya va Falastin shahar-davlatlari pod-
sholari birlashib, Ossuriya podshosi Salamansarga qarshi 
bosh ko‘tardilar. Qarqara yonida (Suriyadagi Oront daryosi 
bo‘yida) mil. avv. 853-yilda birlashgan ittifoqchilar va Ossu-
riya qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tgan. Fir’avn Osorkon II 
ittifoqchilarga yordamga ozgina qo‘shin yuboradi xolos. Afsus-
ki, jangda ittifoqchilar yengiladi. Bu urushdan keyin tabiiyki 
Old Osiyoda Misrning obro‘si tushib ketadi. Mamlakatda ichki 
kelishmovchiliklarning keskinlashuvi mamlakatni bir necha 
kichik davlatlarga ajralib ketishiga olib kelgan. Deltada livi-
yaliklarga bo‘ysunmagan nomlarning birining hokimi bo‘lgan 
Petubastis o‘zini butun Misr fir’avni deb e’lon qiladi va yan
-
gi XXIII sulolaga (mil. avv. 817 – 730-yillar) asos soladi. XXII 


77
sulola vakillari va Petubastis davrida ham Misr o‘z qaddini 
rostlay olmagan. Misrning ichki tushkunliklar tufayli xo‘jalik 
hayoti izdan chiqib, savdo, iqtisodiy va siyosiy vaziyat yomon-
lashadi. Mil. avv. IX asr oxiri – VIII asr boshlarida XXII va XXIII 
sulolalarining hokimiyati Misrda amalda deyarli yo‘q bo‘lgan. 
Misr bir-biriga dushman bo‘lgan, lekin kuchsiz nomlarga bo‘li-
nib ketadi.
Misrning bunday zaif holga tushishi va mayda nomlarga 
bo‘linib ketishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘sha zamondagi esdalik 
– «Podsho Petubastis siklidagi qissalar» yozma manbasida saq-
lanib qolgan. Yunon yozuvchilari bu davrni «Dodekarxiya», ya’ni 
12 podsholik hukm surgan davr deb ataganlar. Liviya sulolasi 
podsholari o‘zlariga butun mamlakat hududi bo‘ysunmaganligi-
ni o‘z rasmiy yozuvlarida yozib o‘tishga majbur bo‘lganlar. Ular 
Yuqori va Quyi Misrdagi liviyalik boshliqlar va oliy kohinlarni 
birlashtirishni o‘zlarining doimiy siyosiy vazifalari deb bilganlar. 
Biroq ular bu muddaolariga to‘liq erisha olmaganlar. Bir vaqt-
ning o‘zida ikki sulola vakillari mamlakatni boshqargan. 
Mil. avv. VIII asrda Delta viloyati va Yuqori Misrni birlashti-
rib hukmronlik qilgan XXIV sulola (mil. avv. 721 – 715-yillar) 
vakillari, xususan, Bokxoris davrida (mil. avv. 721 – 715-yillar) 
davlatni inqirozdan qutqarish uchun ayrim ijtimoiy islohotlar 
amalga oshirilgan. Bokxoris qarzdorlarni qulga aylantirish-
ga qarshi farmon chiqargan. Lekin bu islohotlar mamlakatni 
inqirozdan chiqara olmagan. Misrning zaiflashuvi efiopiyalik
-
larning hujumini yanada tezlashtirgan.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish