Reabilitatsiya markaziga EGA bo‘lgan davlat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zbekiston respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish


-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari



Download 61,87 Kb.
bet9/13
Sana08.06.2022
Hajmi61,87 Kb.
#644345
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
510 qaror

7-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari
40. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari quyidagilardan iborat:
tarbiyalanuvchilar;
pedagog xodimlari;
tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar;
bolaning qonuniy vakillari.
41. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot tarbiyalanuvchilari quyidagi huquqlarga ega:
bepul maktabgacha ta’lim olish;
reabilitatsiya va tibbiy xizmatlardan foydalanish;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan dori-darmonlar ro‘yxatiga asosan dori vositalari bilan bepul ta’minlanish;
O‘zbekiston Respublikasida tasdiqlangan sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq ovqatlanish.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot tarbiyalanuvchilarining boshqa huquq va majburiyatlari qonun hujjatlari va Ixtisoslashtirilgan tashkilot ustaviga muvofiq belgilanadi.
42. Tegishli ixtisoslashtirilgan ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka, yuksak axloqiy xislatlarga ega shaxslar Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda pedagogika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
43. Bolaning qonuniy vakillari ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning ta’lim-tarbiya faoliyati, o‘z farzandiga berilayotgan ta’lim va ko‘rsatilayotgan reabilitatsiya yordami bilan ushbu tashkilotning ishiga aralashmay tanishish huquqiga ega.
8-bob. Reabilitatsiya markazi va reabilitatsiya jarayonini tashkil etish
44. Reabilitatsiya tadbirlari Ixtisoslashtirilgan tashkilotning tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan reabilitatsiya markazida shtatdagi tibbiyot va pedagog xodimlari, shuningdek Ixtisoslashtirilgan tashkilotga hududiy biriktirilgan sog‘liqni saqlash organlari muassasalarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
45. Reabilitatsiya markazining tibbiyot va pedagog xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlagan davolash standartlariga muvofiq bolalarning rivojlanishidagi nuqsonlarini korreksiya qilish, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni tibbiy reabilitatsiya, abilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashuvga qaratilgan reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazadi.
46. Belgilangan davolash kursi doirasida reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazish ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning har bir tarbiyalanuvchisi uchun yakka tartibda mashg‘ulotlar jadvalini hisobga olgan holda rejalashtiriladi.
47. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning tarbiyalanuvchilaridan tashqari reabilitatsiya markazi Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan yuborilgan nogironligi bo‘lgan bolalarni va rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ham ambulator sharoitida qabul qiladi va reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazadi.
Bolalarni ambulator sharoitida qabul qilishda ularga ko‘rsatiladigan reabilitatsiya muolajalarni davriyligi yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturida belgilanadi, unda bir oy davomida reabilitatsiya muolajalari kursini olish, bolaning sog‘lig‘i holatiga qarab va Ixtisoslashtirilgan tashkilotni Tibbiy-psixologik-pedagogik kengashining tavsiyalari bo‘yicha 3 yoki undan ko‘proq oydan so‘ng muolajalarni takroran o‘tkazish nazarda tutiladi.
48. Reabilitatsiya markazida ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotining har bir tarbiyalanuvchisiga hamda ambulator sharoitida davolanish kursidan o‘tgan bola uchun belgilangan namunadagi tibbiy kartasi ochiladi. Tarbiyalanuvchining ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda bo‘lish muddati tugagandan keyin yoki ambulator sharoitida davolanish kursi tugaganidan so‘ng bolaning qonuniy vakillari yashash joyi bo‘yicha tibbiyot muassasasi uchun tibbiy kartasidan ko‘chirma beriladi.
49. Reabilitatsiya markazida besh kunlik ish haftasi belgilanadi. Qabul qilish jadval bo‘yicha belgilangan vaqtda — har kuni 7,2 soatdan amalga oshiriladi.
50. Reabilitatsiya markazi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bola yashash joyi bo‘yicha tuman (shahar) markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikaning yo‘llanmasi asosida, yuqumli kasalliklar bilan aloqa bo‘lmaganligi haqidagi ma’lumotnomani albatta talab qilgan holda, qo‘shimcha pulli ambulator xizmatlarini tashkil etishga haqli.
51. Tibbiy jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlar tibbiy jismoniy tarbiya instruktori yoki tegishli tayyorgarlikka ega o‘qituvchi tomonidan o‘tkaziladi.
52. Reabilitatsiya markazida barcha sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya tadbirlari to‘g‘ri tashkil etilishi hamda o‘tkazilishi ustidan nazorat sog‘liqni saqlash hududiy boshqarish organlari tomonidan olib boriladi.
Sog‘liqni saqlash hududiy boshqarish organlari reabilitatsiya markazini tibbiyot kadrlari bilan to‘ldirish, ularning malakasini oshirish, shuningdek davolash va sog‘lomlashtirishning zamonaviy texnologiyalari hamda usullarini keng jalb qilish, maslahatlari bilan yordam ko‘rsatishi uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun mas’uldir.
53. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning shtatdagi xodimlari sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tadi.
54. Tibbiyot va pedagog xodimlar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq reabilitatsiya jarayonini tashkil etish uchun javob beradi. Reabilitatsiya markazi faoliyatiga va reabilitatsiya jarayonini tashkil etishga umumiy rahbarlik Ixtisoslashtirilgan tashkilotning davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan amalga oshiradi.

Download 61,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish