Reduksion sovutish qurilmalar xisoblash usuli texnologik hujjatlarda ko



Download 78,16 Kb.
bet3/10
Sana26.02.2022
Hajmi78,16 Kb.
#472039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sovutish (moylsh) va kesuvchi qismni yoyilishi

2-§. Qiyshiq chiziqli detallar
19. Qiyshiq chiziqli detallarning konstruksiyalari belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelishi zarur.
20. Diametral joylashgan bitta yoki ikkita to‘g‘ri payvand choki bo‘lgan shtamplab payvandlangan otvodlarni, choklarning barcha uzunligini radiografiya yoki UZK orqali tekshirish sharti bilan qo‘llashga ruxsat beriladi.
21. Payvandlangan sektorli otvodlarni III va IV toifali quvurlar uchun qo‘llashga ruxsat beriladi. Bunda sektor burchagi 30° dan oshmasligi zarur. Otvodning ichki qismidagi qo‘shni choklari orasidagi masofa tashqi yuzasining har ikki tomonidan, ushbu choklarni nazorat qilish imkonini berishi zarur. Issiqlik tarmoqlari uchun sektor otvodlarini tayyorlashda spiral chokli quvurlarni qo‘llashga ruxsat berilmaydi.
22. Otvod devorining qalinligi uning barcha uchastkalarida hisob-kitob qilib belgilangan mustahkamlik o‘lchami va tayyorlash bo‘yicha texnik shartlardan kam bo‘lmasligi zarur.
Devor qalinligini o‘lchash me’yoriy hujjatlarida ko‘rsatilgan usulda amalga oshirilishi zarur.
23. Turli qalinlikdagi devor, to‘lqinlilik, gadirliklar, chuqurliklar, pachoqlanish, kesilmalar va defektlarni tozalash ishlari otvodlar o‘lchamlarining ruxsat berilgan me’yorlardan oshmasligi va tashqi ko‘rikdan o‘tkazish va o‘lchash ishlarini olib borish imkonini berishi zarur.
24. Otvod ko‘ndalang kesimining maksimal ovallik darajasi me’yoriy hujjatlarda ko‘zda tutilgan o‘lchamlardan oshmasligi zarur. Ovallik quyidagi formula orqali hisoblab chiqiladi:
(1)
bunda,
a-ovallik;
Da max + Da min — bitta kesimda o‘lchanadigan maksimal va minimal tashqi yoki ichki diametrlar.
3-§. Payvand ulanishlar va ularning joylashishi
25. Quvurlarning barcha payvand ulanishlari (shu jumladan ulangan detallarning choklari) ushbu Qoidalar va me’yoriy hujjatlarda ko‘zda tutilgan usullarda, ularni nazorat qilish imkonini beradigan holda joylashishi zarur.
26. Quvurlar va fason detallarini ulashda to‘liq eritilib ulanadigan payvandlash usulidan qo‘llanishi zarur.
Quvurlarga shtutserlar, quvurlar va yassi flanetslarni payvandlashda burchak payvand ulanish usuli qo‘llaniladi. Burchak payvand ulanish to‘liq eritilgan holda amalga oshirilishi zarur.
Ichki diametri 100 mm va undan kichik quvurlar hamda shartli bosimi 2,5 MRa (25 kgf/cm2) va harorati 350° S dan oshmagan yassi flanetslarni ulashda konstruktiv oraliq (konstruktiv payvandlanmagan bo‘laklar) mavjud bo‘lgan burchak payvand ulanishga ruxsat beriladi. Ushbu ulanishlar sifatini nazorat qilish qonunchilikda tartibda o‘rnatilgan kelishilgan me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilishi zarur.
Ustma-ust ulanish usuli III va IV toifali quvurlardagi teshiklarni mustahkamlaydigan yamoqlarni, tirgaklarni, ustunlarni, osma moslamalarni, izolyatsiyani mustahkamlash detallarini va shu kabilarni payvandlashda qo‘llanishi mumkin.
27. Devorining qalinligi turli bo‘lgan detallarni birlashtiruvchi payvand ulanishlarda tegishli ravishda nisbatan devori qalinroq detal uchini bir tomonlama yoki ikki tomonlama mexanik ishlov berish yo‘li bilan katta o‘lchamlardan kichik o‘lchamlarga bir maromda ulanishi ta’minlanishi zarur. Ulanishda yuza qismining egilish burchagi 15o dan oshmasligi zarur.
Devor qalinligi orasidagi farq yupqa detal devori qalinligining 30%, biroq 5 mm dan oshmagan hollarda chokining yuza qismining egilib joylashishi hisobiga bir maromda ulanish chetlari ochilgan tomondan amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu band talablari quyma, chegalangan (kovka) va shtamplangan detallarni, shuningdek keskin bukilgan otvodlarni payvandlab ulashda qo‘llanilmaydi. Shu kabi detallarning uchidagi ulanishlar, shuningdek yuzasining bukish burchaklari belgilangan standartlar, texnik shartlar va yo‘riqnomalardagi me’yorlardan oshmasligi zarur.
28. To‘g‘ri va spiral chokli quvurlar va boshqa detallarni payvandlashda oxirgilari biri ikkinchisiga nisbatan surilgan bo‘lishi zarur. Bunda surilish miqdori payvandlanayotgan quvurlar (detallar) devorining qalinligidan kamida uch barobar yuqori, biroq tashqi diametri 100 mm dan katta bo‘lgan quvurlarda kamida 100 mm bo‘lishi zarur.
29. Ultratovushli nazorat qilinmaydigan yoki mahalliy termik ishlov berilmaydigan ko‘ndalang biriktiruvchi payvand ulanishlarda quvurlarning to‘g‘ri uchastkalarida qo‘shni payvand choklari o‘qlari orasidagi masofa payvandlanayotgan o‘q devoridan kamida uch barobar, biroq otvod burilishidan kamida 100 mm masofada bo‘lishi zarur.
30. Ultratovushli nazorat qilinadigan ko‘ndalang biriktiruvchi payvand ulanishlar uchun quvur (detal)ning erkin to‘g‘ri uchastkasi uzunligi chok o‘qidan har tomonga (eng yaqin payvandlangan detalgacha, bukilish boshlanishigacha, qo‘shni ko‘ndalang chok o‘qigacha va hokazo) 4-ilovada ko‘rsatilgan o‘lchamlardan kam bo‘lmasligi zarur.
31. Mahalliy termik ishlov beriladigan ko‘ndalang biriktiruvchi payvand ulanishlar uchun quvur (detal)ning erkin to‘g‘ri uchastkasi uzunligi chok o‘qidan har tomonga (eng yaqin payvandlangan detalgacha, bukilish boshlanishigacha, qo‘shni ko‘ndalang chok o‘qigacha va hokazo) 100 mm dan kam bo‘lmasligi zarur va quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

Download 78,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish