Referat mavzu: O’zbekistonning ekologik siyosati Bajardi: Tekshirdi: Reja


O’zbekistonning ekologik siyosati davlat dasturi va uni amalga oshirish bosqichlari



Download 399,18 Kb.
bet4/5
Sana17.07.2022
Hajmi399,18 Kb.
#810705
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Madina Botirovna

O’zbekistonning ekologik siyosati davlat dasturi va uni amalga oshirish bosqichlari
Respublikada ekologik siyosatni hayotga tadbiq etish va vaziyatni sog’lomlashtirish, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, tarkib topgan tabiatni muhofaza qilish muammolarini bosqichma-bosqich echib borish maqsadida davlat dasturlari ishlab chiqilib amalga tadbiq qilinadi. Bu borada respublikada etarli tajriba to’plangan. Davlat dasturlari davlatlararo, davlat, hududiy bo’lishi mumkin (5-chizma).
Davlat ekologik dasturi ilk bor 1986 yilda ”O’zbekistonda atrof muhitni 1986-1990 yillar va 2000 yilga qadar muhofaza qilish majmuali ilmiy-texnik dasturi” ishlab chiqildi. Ushbu dasturda mo’ljallangan tadbirlar to’lig’i bilan amalga oshirilmagan bo’lsada, har holda amaliy ahamiyatga ega bo’ldi. Dasturda belgilangan texnologik va texnik tadbirlarning bir qismining hayotga tadbiq qilinishi, ijobiy natijalar byerdi. 1986-1989 yillarda ifloslangan oqava suvlarni havzalarga tashlash, atmosfera havosiga chiqarilayotgan chiqindilarning miqdor jihatdan kamayishiga yerishildi.
Yuqoridagi dastur tuzish tajribasi 1989 yilda respublikaning 1994-1995 yillar va istiqbolda 2005 yilga qadar tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish Davlat dasturini ishlab chiqishda asqotdi. Mazkur dastur oldindan ancha ekologiyalashgan, chunki, tabiatni muhofaza qilish va muhitni saqlash tadbirlarida tabiiy muhitning aniqlangan sifatiy me’yorlari hisobga olingan edi. Shuningdek, ularning ekologik-iqtisodiy samaradorliklari nazarda tutilgan. Bu dastur doirasida uzoq muddatli strategik vazifalar va ishlarning asosiy hamda bosh ustivor yo’nalishlari, ularning bajarilishi respublika tabiiy muhitining yaxshilanishi uchun zaruriy shart-sharoit hisoblanadi. Ushbu dastur asosida 1991-1994 yillar mobaynida mamlakatda tabiatni muhofaza qilish va atrof-muhitni sog’lomlashtirish faoliyatlari amalga oshirildi. Ammo o’sha vaqtlardagi siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlar mazkur dasturni takomillashtirishni talab etar edi.
1994 yildan boshlab Fan va Texnika Davlat qo’mitasi 15-ilmiy-texnik dasturi ”Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanishning ilmiy asoslangan yondoshuvlari va muammolari echimini ishlab chiqish” doirasida bir necha yirik ilmiy va ilmiy-loyiha tashkilotlarining (Fanlar Akademiyasi institutlari, O’zbekiston gidrometeorologiya instituti, Qishloq xo’jaligi akademiyasi, O’rta Osiyo irrigatsiya instituti va b.) 38 topshiriq va mavzularni bajarishi amalga oshira boshlandi. Bu respublikada to’planib qolgan turli ekologik muammolarni ijobiy hal qilish, turli tabiat muhofazasi tadbirlarini ilmiy asoslash, atrof muhitni sog’lomlashtirish kabi masalalarning joylardagi echimini tezlatishga yordam byerdi.
1997-1999 yillar mobaynida mamlakatning 2000-2005 yillar va uzoq istiqbolda 2010 yillargacha mo’ljallangan yangi ”Atrof muhitni muhofaza qilish bo’yicha milliy harakat rejasi” ishlab chiqildi. Uni tayyorlashda etuk mutaxassislar, ko’zga ko’ringan olimlar va tabiat muhofazasi bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar hamda chet ellik ekspyertlar o’z hissalarini qo’shdilar. Yangi dastur tabiat muhofazasi bo’yicha keng qamrovliligi, dunyo andozalariga javob berishi, aniq ma’lumotlar bilan hozirgi mavjud ekovaziyatni haqqoniy baholagani, ma’lum yillar mobaynida bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan ishlar ko’lami atroflicha asoslab berilgani bilan farqlanadi. Unda asosiy ekologik muammolar, ustivor harakatlar, tabiatni muhofaza qilish sohasida siyosatni ishlab chiqish va institutsional ramkalar, harakat dasturi, ilovalar, qo’shimchalar, chizmalar, jadvallar, sxemalar berilgan. Shubha yo’qki, bu jamlama milliy harakat rejasi- dasturi respublikada tabiatni muhofaza qilish borasida katta ishlarni amalga oshirishda ijobiy rol o’ynaydi.

O’zbekistonda ekologik vaziyatni yaxshilash yo’llari
O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish borasidagi asosiy strategik maqsadlar quyidagilar hisoblanadi:

Aholining sihat-salomatligi uchun qulay sharoit yaratish, beosferaviy muvozanatni saqlash; O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligi va barqarorligini ko`zlagan holda tabiiy resurslardan foydalanish qayta tiklanadigan tabiiy resurslar ishlab chiqarish va iste`mol jarayonlarining muvoznatini saqlash tiklanmaydigan resurslarni ishlab chiqarish, chiqindilardan oqilona foydalanish; regional va lokal darajalarda tabiatni qayta tiklanish hususiyatini tiklash; tabiatning daslabki turlari va ularning genofondini landshaftlarning xilma – xiligini saqlash.


Vujudga kelgan Orol dengizi muammosi bilan bog`liq halokatli ekologik – iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni yaxshilash, Orol dengizini saqlab qolish maqsadida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta`minlash. Orol bo’yi aholisini normal sanitar sharoitlar va ozuqa bilan ta`minlash uchun Markaziy osiyo davlatlari bilan birgalikda qisqa vaqt ichida yagona suv xo`jaligi siyosatini ishlab chiqish hamda har-bir Respublikaning Orol dengiziga quya oladigan suvi, ya`ni Orol bo’yidagi barcha tabiiy ko’llarni saqlab qolish kabi ishlar rejalashtirilgan.
Atmosfera havosini muhofaza qilishning asosiy yo’nalishi shahar va aholi yashaydigan punktlarda atmosfera havosining sifatini yaxshilash, keyinchalik sanitar-gigienik qoidalarga rioya qilish buning uchun Respublikamizning barcha hududlarida chiqindilarni kamaytirish, kam chiqindili texnilogiyalarni yaratish, chang to’plovchi va tozalovchi yangi qurilmalarni yaratish va ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish eskirgan qurilmalarni yaxshilash bilan almashtirish va boshqalar. Orol dengizinimg qurishi iqlim o’zgarishiga ham sababchi bo’ldi. Qurg’oqchilik tufayli iqlimning keskin kontenentalligi ortib ketdi. Dengiz va quruqlik o’rtasidagi haroratning o’zgarishi, shamol tezligining ortishi, suvning to’lqinlanish hodisasini kuchaytirishiga olib keldi.
Sut emizuvchi hayvonlar va qushlar kamayib ketdi. Qurigan maydonlar xavfli kasalliklarni tarqatuvchi kemiruvchi bilan to’lib bormoqda. Orol bo’yining sanitar-epidemiologik ahvoli nihoyatda og’irlashmoqda. Agar zudlik bilan tabiatda vujudga kelayotgan muammolar hal qilinmasa insoniyat va butun mavjudodning hayoti xavf ostida qoladi. Biz tabiatga qarammiz, biz tabiatsiz yashay olmaymiz, shunday ekan biz barchamiz tabiatni asrab avaylashimiz, uning har-bir qarich yerini ko’z qorachig`iday asrashimiz, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishimiz, har-bir tomchi suvni tejab ishlatishimiz, tabiat haqida doimo g’amxo’rlik qilishimiz lozim.

Download 399,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish