Referat tayyorladi: qosimov sherzod tekshirdi: Toshkent 2022



Download 95,38 Kb.
bet1/3
Sana08.04.2023
Hajmi95,38 Kb.
#925798
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
BUGALTERIYA MARUZA Qosimov Sherzod BIA-95-2


Toshkent Moliya Instituti


Mavzu: Buxgalteriya hisobining maqsadi va uning asoslari

REFERAT




Tayyorladi:. QOSIMOV SHERZOD


Tekshirdi:________________


Toshkent – 2022
Mavzu: Buxgalteriya hisobining maqsadi va uning asoslari

KIRISH
Mamlakatni modernizatsiyalash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida turli mulkchilikka asoslangan tashkiliy-iqtisodiy jihatdan bir-biridan farq qiluvchi ko‘plab xo‘jalik yurituvchi subyektlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratildi. Shu munosabat bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining to‘g‘ri yuritilishi va uning ustidan nazoratning samarali mexanizmini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xususan, buxgalteriya hisobining ahamiyati sifatida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda hisob tizimining naqadar to‘g‘ri yuritilishi, xo‘jalikning iqtisodiy-moliyaviy faoliyatini o‘rganish va uning holatiga xolisona baho berish, shuningdek, iqtisodiy ko‘rsatkichlarning samaradorligini aniqlash hamda nazoratini o‘rganish bugungi kunda muhim dastur hisoblanadi.
Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, O‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi, o‘z navbatida, mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirib, uni xalqaro me’yorlar va standartlarga moslashtirib borishni taqozo etadi.

Asosiy qism
Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi to‘liq va ishonarli axborotlarni shakllantirish, ichki va tashqi foydalanuvchilarni u bilan ta’minlash, shuningdek, boshqaruv va moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun axborotlardan samarali foydalanishdir. Demak, buxgalteriya hisobi:
– subyektning iqtisodiyoti to‘g‘risida miqdoriy (moliyaviy) axborot beruvchi axborot tizimidir;
– iqtisodiy axborotni aniqlash, nazorat qilish, o‘lchash va uzatish jarayonidir;
– cheklangan resurslardan foydalanish usulini tanlab olishda zarurdir.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari deb quyidagilarni belgilash mumkin:


– xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzatib borish;
– kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni miqdor ko‘rsatkichlarda ifodalash;
– xo‘jalik yurituvchi subyektlar xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan jarayonlarni hujjatlarda aks ettirish;
– xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan uzluksiz nazorat olib borish va unga ta’sir etish;
– buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar hamda majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq
ma’lumotlarni shakllantirish;
– samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar amaldagi qonuniy hamda me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya hisobi subyektining rahbari amalga oshiradi. Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari quyidagi huquqlarga ega:
– buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish;
– buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklash;
– buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.

Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari:


– hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini;
– ichki nazorat tartibini;
– buxgalteriya hisobi to‘liq va ishonchli yuritilishini;
– hisob hujjatlarining but saqlanishini;
– moliyaviy hisobotning tayyorlanishini;
– soliq hisobotining va boshqa moliyaviy hujjatlarning tayyorlanishini;
– hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini;
– buxgalteriya hisobini yuqoridagi maqsadlar asosida tashkil etish uning xalqaro me’yorlar talablarini hisobga olgan holda yuritilishini ta’minlaydi (O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni, 11-moddasi, 13.04.2016-y).

Xalqaro qoidalarga muvofiq, mamlakatimizda buxgalteriya hisobining xalqaro standartlaridan kelib chiqqan holda, qabul qilingan qonuniy va me’yoriy hujjatlarda belgilangan qoidalarga mos holda yuritilishi nazorat qilinadi. Xalqaro qoidalarga ko‘ra, quyidagi faoliyatlar nazorat qilinadi:


– buxgalteriya hisobi holati va talabga javob berishi;
– moliya-xo‘jalik masalalarida amaldagi qonunchilikka rioya qilinishi va ta’sis etuvchi hujjat qoidalariga amal qilinishi;
– buxgalteriya hisobining haqiqiy holatiga mos kelishi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, buxgalteriya hisobi oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarni bajarishda fanning predmetini o‘rganishni aniqlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyatini kuzatish, boshqarish va nazorat qilish maqsadida yuritiladi. Buning mazmunida ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish yotadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish, o‘z navbatida, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga bo‘linadi.


Ishlab chiqarish sohasiga moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchi hamda moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga yetkazib berish bilan band bo‘lgan tarmoqlar kiradi.
Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish xo‘jalik yurituvchi subyektlarning jamg‘armalaridan, ya’ni ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo‘lgan moddiy va pul mablag‘laridan foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mulkchilikning har xil shakllaridagi korxonalarga zarur bo‘lgan mablag‘lar ma’lum manbalar hisobidan shakllanadi.
Ishlab chiqarish taqsimot, aylanish va iste’mol jarayonlariga xizmat qila turib, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mablag‘lari uzluksiz doirada aylanishni amalga oshiradi. Shuning uchun buxgalteriya hisobi bu yerda moddiy boyliklarni yaratishga yo‘naltirilgan doiraviy aylanish jarayonidagi mablag‘larning holatlari va ulardan foydalanishni samarali boshqarish uchun zarur bo‘lgan axborotni shakllantiradi.
Noishlab chiqarish sohasini aholiga xizmatlar ko‘rsatuvchi tarmoqlar tashkil qiladi. Bularga sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, san’at hamda davlat boshqarmalari va mudofaa muassasalari kiradi. Noishlab chiqarish sohasida garchi mahsulot ishlab chiqarilmasa ham, u ishlab chiqarish sohasiga o‘zining natijalari orqali ijobiy ta’sir qiladi.
Noishlab chiqarish sohasi tashkilotlari va muassasalarining xo‘jalik faoliyatlari, ularga davlat budjetidan qisman ajratilgan hamda o‘zi ishlab topgan mablag‘lardan qay darajada samarali foydalanilayotganini boshqarishdan iborat.
Shunday qilib, noishlab chiqarish sohasida ishlab chiqarish tarmog‘ida yaratilgan ijtimoiy mahsulotning taqsimoti va iste’moli sodir bo‘ladi. Demak, buxgalteriya hisobi noishlab chiqarish sohasiga ajratilgan mablag‘larning holati, sarflanishi haqida axborotlarni shakllantiradi.
Moddiy boyliklarning noishlab chiqarish sohasida iste’mol qilinishi, noishlab chiqarishning bir qismidir. Undan tashqari noishlab chiqarishning iste’moliga shaxsiy iste’mol va jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini qondirish ham kiradi. Shaxsiy iste’molni buxgalteriya hisobi bevosita o‘z ichiga olmaydi. Lekin shaxsiy iste’mol buxgalteriya hisobida mutlaqo aks ettirilmaydi, deb o‘ylash xatodir. Haqiqatda buxgalteriya hisobi uni aks ettiradi, lekin uni tavsiflash uchun zarur bo‘lgan barcha ko‘rsatkichlarga ega emas. Shaxsiy iste’mol to‘g‘risidagi ma’lumotlarni savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash muassasalari va boshqa tashkilotlarning hisobotlaridan olish mumkin. Bu ma’lumotlar bo‘yicha statistika bo‘limlari shaxsiy iste’molni tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni aniqlaydi.
Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarishdan tashqari buxgalteriya hisobida mehnat kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish ham aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida ishchi kuchini takror ishlab chiqarish, mehnat kuchini tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan har xil xarajatlar hamda ish haqi va ularning turli xildagi daromadlari harakati hisoblab topish yo‘li bilan aniqlanadi. Ishchi kuchini tayyorlash xarajatlari, ish haqini to‘lash va xo‘jaliklarning daromadlarini taqsimlash moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larini sarflashni anglatadi.
Ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish buxgalteriya hisobida mulkchilikning har xil shakllaridagi korxona jamg‘armalarining mavjudligi va harakatini aks ettirgan holda qayd qilinadi. Takror ishlab chiqarish jarayonida ularning o‘zgarishini ko‘rsatib, buxgalteriya hisobi mulkning rivojlanishini tavsiflaydi va shu bilan ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish haqidagi zarur ko‘rsatkichlarni beradi.
Yuqorida aytilganlardan shuni xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobi predmetining asosiy mazmuni xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda foydalanadigan resurslarni samarali boshqarish uchun zarur bo‘lgan axborotni shakllantirishdan iborat. Shu mablag‘larning sarflanishi, ishlab chiqarish hajmi va faoliyat natijalarini ratsional hamda to‘g‘ri boshqarish hozirgi vaqtda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 95,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish