Referat tayyorladi: qosimov sherzod tekshirdi: Toshkent 2022



Download 95,38 Kb.
bet2/3
Sana08.04.2023
Hajmi95,38 Kb.
#925798
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
BUGALTERIYA MARUZA Qosimov Sherzod BIA-95-2

Shunday qilib, buxgalteriya hisobining predmeti ishlab chiqarish jarayonidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati hamda ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining predmetini o‘rganishda uning tarixiy xarakterini hisobga olish kerak. Chunki buxgalteriya hisobi predmetining mazmuni har xil iqtisodiy tuzumlarda bir xil bo‘lmagan. Ularning o‘zgarishi bir tuzumdan boshqasiga o‘tish paytida mulkchilik shakllarining rivojlanishi bilan belgilanib borilgan.
Boshlang‘ich jamoa tuzumida hisobning predmeti sifatida umumiy mulkchilik tashkil qilgan mablag‘lar va shu mablag‘lardan foydalanishga doir operatsiyalar qaralgan. Ushbu mulkchilik jamiyatida feodallarning ishlab chiqarish vositalariga va qullarga bo‘lgan egaligi hisobning predmeti bo‘lgan.
Ishlab chiqarish vositalari, mehnat buyumlaridan tashqari, bevosita jonli mehnat sohibi va dehqonga ega bo‘lgan feodal o‘z xohishiga ko‘ra ularni xarid qilishi hamda sotishi mumkin edi. Shuning uchun ham bu davrda mehnat kuchlari hisob predmetiga kiritilgan. Turli xil mulkchilik shakllariga asoslangan, rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi jamiyatda individual kapital yoki mulk egasining kapitali buxgalteriya hisobining predmeti hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi bu yerda, birinchi navbatda, mulk egasi yoki mulk egalari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qo‘yilgan resurslarni samarali boshqarish maqsadlari uchun axborotni shakllantiradi. Foydani oshirish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlar nizomida ko‘rsatilgan asosiy va boshqa moliyaviy faoliyat hisobiga boy berilgan imkoniyatlarni izlab topish bilan shug‘ullanadi.
Demak, buxgalteriya hisobi predmetining mazmuni u yoki bu ijtimoiy tuzumga xos bo‘lgan mulkchilik shakli bilan belgilanadi. Ya’ni har bir jamiyatda moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va samarali boshqarish uchun qanday ma’lumotlar talab qilinishiga bog‘liq bo‘ladi. Jamiyat rivojlangan sari hisobning ahamiyati ham uzluksiz o‘sib boradi. Bunda uning qo‘llanish doirasigina emas, balki unda aks ettiriladigan predmeti va bajaradigan funksiyalari ham tobora kengayib boradi.
Buxgalteriya hisobining predmeti bilan bir qatorda uning obyektlarini ham farqlab olish lozim. Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Buxgalteriya hisobi obyektlari sintetik va analitik hisoblarda yuritiladi (O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni, 7-moddasi, 13.04.2016-y). Boshqacha aytganda, muayyan xo‘jalik yurituvchi subyekt ega bo‘lgan moddiy va pul mablag‘lari, uning boshqa tashkilotlar va muassasalar bilan bo‘lgan yuridik munosabatlari, shuningdek, mablag‘lar hamda munosabatlarni o‘zgartiradigan xo‘jalik operatsiyalari tushuniladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moddiy va pul qiymatliklari o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan mablag‘larini ifodalaydi. Xo‘jalik muomalalari esa ishlab chiqarishning mazmunini ifodalovchi jarayonlarni tashkil qiladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho’ba korxonalari, vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya hisobi subyektlaridir. Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, xorijiy davlat yuridik shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob yuritadi hamda hisobot taqdim etadi (O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni, 6-moddasi, 13.04.2016-y).
Ba’zida buxgalteriya hisobining predmeti deb o‘z faoliyatini aks ettiruvchi operatsiyalar tushuniladi. Lekin bunday tushuncha hisob kategoriyalarini ilmiy talqiniga chalkashlik kiritadi. Chunki aks ettiriladigan narsalar buxgalteriya hisobining predmeti bo‘lgani bilan uning qo‘llaniladigan joyiga ham shunday qarashimiz lozimligini bildirmaydi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda quyidagi funksiyalarga alohida e’tibor qaratiladi:
– rejali funksiyasi rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish uchun pul va moddiy vositalar ehtiyojiga asosan hisoblash, taxmin qilinayotgan daromad, mahsulotlar tannarxini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘llarini
– axborot funksiyasi ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxona haqida to‘liq hamda ishonchli axborot bilan ta’minlashdir;
– nazorat funksiyasi ishlab chiqarish jarayoni va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning haqiqatda bajarilishi va biznes-rejada mo‘ljallanganini kuzatish jarayonidir,
– baholash funksiyasi korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash maqsadida qaror qabul qilish uchun ilgari qabul qilingan strategiya va taktikasini baholash hamda tahlil qilishdir;
– hisob funksiyasi korxona xo‘jalik faoliyatining hujjatlari asosidagi yalpi, uzluksiz va o‘zaro bog‘langan ifodasidir.

Amaliyotda buxgalteriya hisobi oldiga an’anaviy ravishda quyidagi talablar qo‘yilgan:


– hisobning sodda va tushunarliligi;
– hisob ko‘rsatkichi bilan reja ko‘rsatkichlari solishtiruvchanligi;
– o‘z vaqtidaligi, aniqligi va obyektivligi;
– tejamliligi va hammabopligi.



Download 95,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish