Reja: 1 Neft va gazni temir yo’l orqali tashishni tashkil qilish


-§. Neft va gazni suv orqali tashishni tashkil qilish



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana14.03.2023
Hajmi0,5 Mb.
#918836
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
PDF

2-§. Neft va gazni suv orqali tashishni tashkil qilish
Bu transport orqali asosan neft va uning mahsulotlari tashilib, ular 
dengiz va daryo tankerlari, kemalar va barjalarda amalga oshiriladi. 
Suv yo‘llari bo‘lgan mintaqalarda bu transport orqali umumiy 
tashiladigan neft va neft mahsulotlarining 13 %ni tashiladi. Suv 
transporti temiryo‘l transportiga qaraganda ko‘pgina afzalliklarga 
ega. Masalan, tashilayotgan mahsulotning massa birligiga 
sarflanadigan yoqilg‘i miqdorining kamligi, xizmat qiluvchi ishchilar 
sonining ozligi va boshqalar. Mahsulotlarni tashishda daryo va 
dengiz tanker va barjalaridan foydalaniladi. Dengiz tankerlarining 
yuk ko‘taruvchanlik qobiliyati 4 ming tonnadan 50 ming tonnagacha 
bo‘lib, daryo tankerlariniki 500 tonnadan 5 ming tonnagacha bo‘ladi. 
Sudrab harakatga keltiriladigan barjalarning umumiy yuk tashish 
quvvati 1000–12000 tonnagacha bo‘ladi. Tashiladigan mahsulotlar 
miqdorining ortishi tufayli yuk ko‘taruvchanlik qobiliyati yuqori 
bo‘lgan supertankerlar qurila boshlangan. Masalan, 1975- yili yuk 
ko‘taruvchanlik qobiliyati 150 ming tonna bo‘lgan «Qrim» 
supertankeri qurilgan. Uning uzunligi 300 metr, eni 45 metr va suvga 
cho‘kishi 17 metrga teng. Hozirgi kunda yuk ko‘taruvchanlik 
qobiliyati 450 ming tonna va 1 mln tonnagacha bo‘lgan dengiz va 
okean gigant tankerlari mavjud. Yuk ko‘taruvchanlik qobiliyati 450 
ming tonna bo‘lgan gigant tankerning uzunligi 380 metr, eni 62 metr, 
balandligi 36 metrga teng. Tankerlar uzunligi bo‘yicha 3 qismga 
bo‘linadi: bosh, o‘rta va burun bo‘limlari. Neft va neft mahsulotlari 
tankerlarning o‘rta qismida tashiladi. U tankerning bosh va burun 
bo‘limlaridan «kafedrom» yordamida ajratib qo‘yilgan. «Kafedrom» – 
bu ikki qavatli to‘siq bo‘lib, to‘siqlar o‘rtasi suv bilan to‘ldirilgan 
bo‘ladi. Burun qismida asosan quruq yuklar tashiladi. Tankerlardan 
yuklarni tushirish va ularga ortish ishlari maxsus joylar (gavanlar)da 
amalga oshiriladi. Neft mahsulotlarini tushirish va haydash uchun 
tankerlarda ishlab chiqarish qobiliyati soatiga 2000 m
3
mahsulotni 
tushira oladigan nasoslar guruhi o‘rnatilgan bo‘ladi.


 


Suv orqali suyultirilgan gazlarni tashish dengiz va daryo 
transportlarida, ya’ni rezervuarlar bilan jihozlangan tankerlarda 
amalga oshiriladi. Rezervuarlarning turiga ko‘ra tankerlar: bosim 
ostida ishlovchi, rezervuarlar bilan jihozlangan tankerlar (propan 
uchun 1,6 MPa) ga va issiqlik izolatsiyasi bilan o‘ralgan, past bosimli 
rezervuarlar o‘rnatilgan tankerlarga bo‘linadi. Keyingi holatda 
suyultirilgan gaz atmosfera bosimiga yaqin bo‘lgan bosimda lekin 
past haroratda tashiladi. Masalan, propan – 45°C da, etilen – 103°C da, 
suyultirilgan tabiiy gaz
– 162°C da tashiladi. Bosim ostidagi yarim izotermik holatda bo‘lgan 
gazlar hajmi 2000 m
3
gacha bo‘lgan tankerlarda tashiladi. Bu holda 
gazlar tik va yotiq silindrik va sferik ko‘rinishdagi rezervuarlarda 
tashiladi. Tik o‘rnatilgan silindrik ko‘rinishdagi rezervuarlarda 
tashiladigan suyultirilgan gazning bosimi 1,6 MPa gacha bo‘ladi. Yotiq 
va sferik ko‘rinishdagi rezervuarlarda suyultirilgan gazlar yarim 
izotermik sharoitda tashiladi. Bu sharoitda, ya’ni sovitish tizimi 
bo‘lgan sharoitda gazlarni ortish va tushirish uchun ishlatiladigan 
nasoslar sovitish tizimiga ulangan bo‘ladi. Izotermik tankerlarning 
hajmi 10 ming m
3
gacha bo‘ladi. Suyultirilgan gazlar, daryo orqali o‘zi 
yuradigan hamda tortib yuriladigan barjalarda tashiladi. Ularning 
yuk ko‘taruvchanlik qobiliyatlari 60, 100, 200 va 300 tonnagacha 
bo‘ladi.







Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish