Reja: Adabiy janrlar xaqida ma'lumot



Download 151,5 Kb.
bet7/11
Sana09.06.2022
Hajmi151,5 Kb.
#646506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Muztazod janrining o\'ziga xos xususiyatlarini o\'rganish

Doston o'qish metodikasi. O'zbek xalqi og'zaki ijodi juda uzoq tarixga ega. Og'zaki ijodning qadimdan shakllangan janri dostondir. U eng murakkab, yirik va keng tarqalgan shakllardan hisoblanadi. ,,Doston" so'zi ,,qissa", ,,hikoya", ,,ta'rif", ,,maqtov", ,,shon-shuhrat", ,,sarguzasht" ma'nolarida ishlati-ladi. U adabiy atama sifatida yirik hajmli, liro-epik asarlarni anglatadi. Dastlab xalq og'zaki ijodida shakllangan bu janr keyinchalik yozma adabiyotda ham salmoqli o'rin tutgan.
Xalq dostonlari maxsus ijrochilar tomonidan kuylangan. Ular hozir ham baxshi, oqin, shoir nomlari bilan ataladi. Xalq dostonlarining matni nazmiy va nasriy parchalardan iborat bo'lib, mavzusiga ko'ra xilma-xildir. Boshlang'ich sinflarda asosan:

  1. Qahramonlik dostonlari;

  2. Jangnoma dostonlar o'rganiladi.

Xalqning qahramonona kurashlari qahramonlik dostonlarining paydo bo'lishiga sabab bo'lgan. ,,Alpomish", ,,Yodgor" kabi xalq qah­ramonlik dostonlarida fantaziya va romantik tasvirning kuchli bo'lishiga qaramay, ularning asosini xalq hayoti va kurashi, lining orzu-armonlari tashkil etadi. Xalqqa xos insonparvarlik, vatanparvarlik, qahramonlik, mardlik, mehnatsevarlik, do'stlik va sadoqat kabi olijanob fazilatlari xalq dostonlaridagi qahramonlar obrazida mujassamlashgan.
Boshlang'ich sinf o'qish darsliklarida doston janriga kam o'rin berilgan. 3-sinf ,,0'qish kitobi" da ,,Alpomish", ,,Rustamxon" dostonlaridan parchalar berilgan bo'lsa, 4-sinfda M. Shayxzodaning ,,Toshkentnoma" dostoni keltirilgan.
3-sinfda o'quvchilarga doston haqida beriladigan ma'lumot ,,Rustamxon" dostoniga bogliq holda bayon etiladi. Darsda o'qituvchi doston haqida quyidagi ma'lumotlarni beradi:
,,Doston ham xalq og'zaki ijodining bir turidir. Dostonda xalq hayoti, kurashi va orzu-umidlari aks etadi".
Boshlang'ich sinflarda dostonlardan berilgan parchalarda, asosan, qahramonlarning bolalik davri aks etgan epizodlar keltiriladi. Bunda bolalarni qahramonlikka, Vatanga sadoqatli boiishga chorlovchi voqealar tasvirlanadi. 3-sinf darsligidan o'rin olgan ,,Rustamxon", ,,Alpomish" dostonlari xalq og'zaki ijodi mahsuli bo'lganligi uchun muallif haqida ma'lumot berilmaydi. Faqat bu dostonlar o'rganiladigan darslarda dostonni qo'shiq qilib aytadigan baxshilar haqida ma'lumot berish mumkin.
Qahramonlik dostonlari tahlilida voqealar rivojiga, qahramonlar hnyotiga alohida e'tibor qaratiladi. Dostondagi mubolag'a, favqulodda yuz beradigan vaziyatlar aniqlanadi, doston qahramonlariga tavsif berish va tarbiyaviy xulosa chiqarishda o'quvchilarning mustaqil mulohaza yuritishlari uchun sharoit yaratiladi.
4-sinfda Maqsud Shayxzoda tomonidan yaratilgan ,,Toshkentnoma" nomli doston o'rganiladi. Bu dostonni quyidagi tartibda o'rganish mumkin:
1. 3-sinfda doston haqida olingan bilimlar esga olinadi va
to'ldiriladi.

  1. Dostonni o'qishdan oldin uning muallifi - Maqsud Shayxzoda
    haqida ma'lumot beriladi.

  1. O'qituvchi dostonni ifodali o'qib beradi.

4. Doston yuzasidan dastlabki suhbat o'tkaziladi. Suhbatda
o'quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi: ,,Doston
qaysi shahar haqida ekan?", ,,Dostonni o'qish orqali Toshkent shahri
haqida yana nimalarni bilib oldingiz?" va hokazo.

  1. Doston qismlarga bo'linib, o'quvchilarga o'qitiladi.

  2. Doston mazmuni to'liq qayta hikoya qildiriladi. Bunda bir
    o'quvchi mazmunni gapirib berishi yoki bir necha o'quvchi ketma-ket
    davom ettirishi mumkin.

  3. Doston matni ustida ishlashda dostondagi badiiy vositalarga
    e'tibor qaratiladi, asar mazmuni yuzasidan savol-topshiriqlar tuzish,
    dostonning ba'zi epizodlariga rasmlar chizdirish, dostonga reja tuzish
    kabi ish turlaridan foydalaniladi.

8. Umumlashtiruvchi suhbat o'tkaziladi. Bunda
Toshkentda uch fasl yoz", ,,Osiyoning qo'ynida yashil shahar bor" kabi gaplarni
o'quvchilar qanday tushunganliklari so'raladi.
Yuqoridagilarni hisobga olib, dostonni o'rganish darsining qurilishi quyidagicha bo'lishi mumkin:

  1. Tayyorgarlik ishlari (bunda doston xususiyatlari va qaysi sinfda
    o'qitilishiga mos ravishda ish turlari tanlanadi).

  2. Dostonni o'qituvchining ifodali o'qishi yoki baxshi aytganini
    eshittirish.

  3. Dostonni qismlarga bo'lib o'qish.

  4. Doston mazmunini tahlil qilish.

  1. Dostonda o'quvchilar tushunishi qiyin bo'lgan so'z va so'z
    birikmalarining ma'nosi ustida ishlash.

  2. Dostondagi badiiy san'atlar ustida ishlash.

  1. Dostonni qismlarga bo'lish va reja tuzish.

  2. Dostonni to'liq qayta hikoyalash.

  3. Umumlashtiruvchi suhbat.

Ilmiy-ommabop asarlarni o'qish metodikasi. Boshlang'ich sinflarda ilmiy-ommabop asarlarni o'qitishdan asosiy maqsad bolalarga tabiat, kishilar mehnati va ijtimoiy hayot haqida muayyan bilim berish, bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim olishga o'rgatishdan iborat.
Tabiatshunoslikka oid va tarixiy mavzudagi ilmiy-ommabop asarlarni o'qib o'rganishda tabiat hodisalarini kuzatish (masalan, daraxt kurtaklarining bo'rtishi), o'quvchilarni dehqonlar mehnati bilan tanishtirish, mamlakatimizda yuz bergan o'zgarishlarning guvohi va ishtirokchilari bo'lgan insonlar bilan uchrashuvlar uyushtirish maqsadga muvofiq.
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi asarlar Vatanimiz o'tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug' siymolar amalga oshirgan ishlar, tarixiy sanalar to'g'risida bilim beradi. O'qish darsliklaridan o'rin olgan Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi matnlar o'quvchilarni nafaqat o'tmishimiz bilan tanishtiradi, balki ularning Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas'uliyatini teran anglashga ham yordam beradi. O'quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg'usi shu tariqa shakllanadi.
Vatanimiz o'tmishi haqida hikoya qilingan ilmiy-ommabop asarlar bilan tanishtirish va ularni tahlil qilish jarayonida o'quvchilar o'tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo'ladilar. Jamiyat taraqqiyoti haqida qisqacha bo'lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada, ayniqsa, milliy istiqlol bilan bog'liq mavzudagi asarlar tahliliga alohida e'tibor berish zarur.
1-sinf dasturida o'qish bilan bog'liq holda kuzatish, sayohat darslari mo'ljallanadi. Masalan, yil fasllarida mavsumiy tabiat hodisalari (ob-havoning o'zgarishi, o'simlik va hayvonlarning hayoti)ni, shuningdek, dala mehnatini kuzatish uchun tabiatga (dala, bog', xiyobonlarga) sayohat uyiishtirish ko'zda tutiladi. Sayohatda tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlar va kishilarning mehnati yuzasidan bolalarning nisbatan uzoq kuzatishlari uyushtiriladi.
Bunday darslarda ko'rgazma sifatida o'quv kinofilmlaridan ham loydalanish mumkin.
Tarixiy mavzudagi ilmiy-ommabop asarlarni unga mos rasmlar bilan bog'lab o'qitish kishilarning baxtli hayot uchun intilishlari, ota-bobolarimizning dushmanlardan Vatanni saqlash uchun qanday kurashganliklarini tushunib yetishga yordam beradi; o'quvchilar mehnat hayotning asosi ekanligini, insonlar turmushi mehnat tufayli rivojlanib, farovonlashib borishini bilib oladilar.
Dasturga ko'ra 2-sinf o'quvchilari ,,Toshkent", ,,Toshkent metrosi" mavzusidagi ilmiy-ommabop asarlarni, 4-sinfda esa ,,Mangulikka tatigulik kun" (Safar Barnoyev) asarini o'qish orqali o'tmish ajdodlarimiz, ularning xizmati, vatanimizning hozirgi taraqqiyoti haqida bilib oladilar. Bu maqolalar xalqimizning hayoti, mehnati va kurashi haqida yangi bilim berish bilan birga, bolalarni Vatanga, xalqqa, ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalaydi.
Ilmiy-ommabop maqolalarni izohli o'qish darsini uyushtirishda quyidagicha reja asos qilib olinishi mumkin:

  1. O'qiladigan matn yuzasidan bolaiar tajribasi va bilimini aniqlash,
    ularni matn mazmunini tushunishga tayyorlash maqsadida taxminiy
    suhbat o'tkazish.

  2. Asarni yoki uning ma'lum bir qismini o'qish, o'quvchiga nota-
    nish bo'lgan so'zlar ma'nosi ustida ishlash.

  3. Asar rejasini tuzish.

  4. O'qilgan maqola yuzasidan suhbat uyushtirish.

  5. Matnning asosiy mazmunini aniqlash va reja qismlarini yoritish.

  6. Reja asosida maqolani qayta o'qish.

  7. Maqolani yaxlit o'qish. Bunda bolalarni qayta hikoyalashga tay-
    yorlash va maqola mazmunini yaxshi o'zlashtirishlariga erishish maqsadi
    ko'zda tutiladi.

  8. Reja asosida qayta hikoyalash.

  9. Xulosalash va umumlashtirish.

Ilmiy-ommabop asarlarni uzviy birlikda o'rganish o'quvchilarning har bir mavzuda bayon etilgan tarixiy-adabiy hodisalarni, ular o'rtasidagi umumiylikni, har bir davrga ega xususiyatlarni anglab olishlarini ta'minlaydi. Ular bolalarni kelgusida gazeta va jurnallarni o'qishga tayyorlaydi, ijtimoiy-siyosiy, tabiatshunoslik atamalarini o'zlashtirishga yordam beradi, ularning mantiqiy tafakkurini va nutqini o'stiradi.

Download 151,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish