Reja: Asab tizimining tuzilishi va fiziologiyasi



Download 37,2 Kb.
bet13/13
Sana14.06.2022
Hajmi37,2 Kb.
#668839
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
11-ma'ruza

Okklyuziya. Ba‘zi sharoitlarda efferent neyronlarga ikki (yoki bundan ko‘p) afferent yo`llar orqali bir vaqtning o‘zida kelgan impulslar qo‘shilib, kutilganidan kam samara beradi. 17-rasmning V qismida uchta efferent neyronga ikkita afferent tola yetib kelgan. O‘rtadagi neyron ham birinchi, ham ikkinchi tola bilan bog‘langan. Birinchi tolani rag‘batlantirilsa, ikkita neyron qo‘zg‘aladi va shartli natija 2 ga teng bo`ladi. Ikkala tola alohida-alohida ta‘sirlanganda, olingan natijalar yig‘indisi shartli 4 ga teng. Endi efferenrt tolalarni bir vaqtada ta‘sirlasak, uchta efferent neyron qo‘zg‘aladi va shartli natija 3 ga teng bo`ladi. Bu hodisa okklyuziya yoki tiqilib qolish deyiladi.
NERV MARKAZLARINING XOSSALARI
Nerv markazi muayyan refleksni yuzaga chiqarishga yoki ma‘lum faoliyatni boshqarishga ixtisoslashgan, U markaziy nerv tizimining boshqa qismlari bilan bog‘langan. Shuning uchun nerv markazini miyaning cheklangan qismi, deyish noto‘g‘ri bo`lar edi.
Oddiy neyronlar zanjirida ro‘y beradigan hodisa va jarayonlarni nerv markazida ham kuzatish mumkin. Bularga divergensiya, konvergensiya, summatsiya va boshqalar kiradi. Nerv markazlarining o‘ziga xos xossalari ham bor. Ulardan ba‘zilarini ko‘rib chiqamiz.
QO‘ZG‘ALISHNI BIR TOMONLARNA O‘TKAZISH
Qaysi refleks yoyini olmanng, unda qo‘zg‘alish faqat afferent tola bo‘ylab markazga keladi va efferent tolaga o‘tadi. Efferent neyrondan qo‘zg‘alish hech qachon afferent neyronga o‘tmaydi. Bunga quyidagi tajriba isbot bo`lishi mumkin. Baqa orqa miyasining bir segmentini ajratib olarniz. Bu segment bir juft orqa va bbir juft oldingi ildizlarga ega. Oldingi ildizlar efferent, orqa ildizlar esa afferent tolalardan iborat. Oldingi ildizda qayd qiluvchi elektrodlar o‘rnatib, ossillografga ulanadi. Orqa ildizga esa ta‘sirlovchi elektrod o‘rnatiladi. Orqa ildizga elektr toki bilan ta‘sir qilsak, ossillograf oldingi ildizda impulslar qayd qiladi. Agar elektrodlar o‘rnini almashtirib, tajriba takrorlansa, orqa ildizda impulslar qayd qilinmaydi. Buning sababi shundaki, neyronlarni refleks yoyiga ulab turgan kimyoviy sinapslar qo‘zg‘alishni faqat bir tomonlarna, presinaptik membranadan postsinaptik membranaga o‘tkazadi.
QO‘ZG‘ALISHNI TO‘XTATIB O‘TKAZISH
Nerv markazining bu xossasi ham sinnaps faoliyatiga bog‘liq. Afferent tola bo‘ylab yuqori tezlikda o‘tayotgan impulslar markazga kelib ma‘lum vaqtga to‘xtab qoladi. Chunki markazda qo‘zg‘alish bir yoki bbir nechta sinapsdan o‘tishi kerak. Qo‘zg‘alishning sinapsdan o‘tishi quyidagi uchta asosiy jarayondan iborat. Nerv oxirlariga yetib kelgan impulslar ta‘sirida mediator ajraladi. Mediator sinaps yorig‘idan o‘tib, postsinaptik membranaga ta‘sir qiladi va bu membrananing ion o‘tkazuvchanligini o‘zgartirib, qo‘zg‘atuvchi postsinaptik potensial hosil qiladi. Qo‘zg‘alishning markaz ichida afferent neyrondan efferent neyronga o‘tkaziladigan vaqti refleksning chin yoki markaziy vaqti, deb ataladi. Monosinaptik refleks yoylarida bu vaqt 1,5-2 ms. Polisinaptik reflekslarning markaziy vaqti ikki, uch va bundan ko‘p marta oshadi.
Refleksning markaziy vaqti uning umumiy vaqtini bbir qismini tashkil qiladi. Refleksning umumiy vaqtiga markaziy vaqtdan tashqari, retseptorning qo‘zg‘alishi uchun zarur bo`lgan vaqt, qo‘zg‘alishning afferent va efferent tolalarda o‘tkazilishi uchun ketgan vaqt va ishchi a‘zoning latent davri kiradi. Refleks yoyining tuzilishiga ko‘ra, refleksning umumiy vaqti 4-5 millisekunddan 20 sekundgacha bo`lishi mumkin.
QO‘ZG‘ALISHLAR RITMINI O‘ZGARTIRISH
Tabiiy sharoitda ma‘lum markazga afferent tolalar orqali kelayotgan va undan efferent tolalar bo‘ylab ketayotganni bir vaqtda qayd qilsak, bu impulslarning ko‘rsatkichlarida farq borligini ko‘rish mumkin. Birinchi galda bu impulslar chastotasining teng emasligi bilinadi. Demak, markaz o‘ziga keluvchi impulslar ritmini o‘zgartira oladi. Bu hodisa ritmning tranformatsiyasi deyiladi. Nerv markazlari yakka stimullar bilan ta‘sirlanganda, qo‘zg‘alishlar ritmining transformatsiyasi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Afferent tola orqali berilgan yakka stimulga javoban markaz odatda bir nechta efferent impuls shakllaydi.
NERV MARKAZLARINING CHARCHASHI
Baqa umurtqa pog‘onasining bel qismini ochib, orqa miyaning orqa ildizi ostiga elektrodlar o‘rnatiladi. Elektrodlar orqali berilgan ketma-ket ta‘sirotlar shu segmentning oldingi ildizi nnervlaydigan muskullarni qo‘zg‘atib, qisqartiradi. Ta‘sirlash uzoq vaqt davom ettirilsa, muskullarning qisqarishi tobora sustlashib, oxiri yo‘qoladi. Shu vaqtda muskulga oldingi ildizni ta‘sirlab, impulslar berilsa, muskulning qisqarish qobiliyati saqlanib qolganini ko‘ramiz. Demak, orqa ildizga berilgan ta‘sirot markazdan o‘tay qolgan. Bu tajriba avvalo nerv markazining charchashini isbotlaydi.
Nerv markazlarining charchashi neyronlararo sinapslarda qo‘zg‘alish o‘tishining buzilishi bilan bog‘liq. Bu buzilish nerv oxirlaridagi mediatro keskin kamayib ketishi, postsinaptik membranadagi retseptorlarning mediatorga sezgirligining kamayishi, sinaps faoliyatini energiya bilan ta‘minlovchi moddalarning kamayishi natijasidir.
NERV MARKAZLARINING TONUSI
Nerv markazlari tinch holatda bo`lganda ham ishchi a‘zolarga uzluksiz ravishda siyrak impulslar yuborib turishi aniqlangan. Bu impulslar skelet muskullarining tonusini, kovak a‘zolar va tomirlar devoridagi silliq muskullar tonusini vujudga keltiradi, ba‘zi a‘zolar faoliyatiga manfiy yoki musbat ta‘sir o‘tkazib turadi. Nerv markazlari tonik faolligining kelib chiqishi va doimiy saqlanishi tashqi va ichki retseptorlardan markazga yetib keluvchi afferent impulslarga bog‘liq. Bu Bronjest tajribasida va boshqa tajribalarda isbotlangan. Baqa orqa miyasining bei segmentlaridan chiqqan oldingi ildizlar qirqilsa, hayvonning orqa oyog‘i shol bo`lib qoladi, muskullar tonusi yo‘qoladi. Bu tushunarli, albatta. Chunki oldingi ildizlar harakatlantiruvchi tolalardan iborat. Ammo o‘sha segmentlarga bog‘liq bo`lgan orqa sezuvchi ildizlar qirqilgandan keyin ham muskullar tonusi juda pasayadi. Demak, muskullar tonusi nerv markazlari tonusiga bog‘liq. Nerv markazlarining tonusini esa muskul retseptorlaridan keladigan afferent impulslar saqlab turadi.
NERV MARKAZLARINING KISLOROD YETISHMOVCHILIGIGA SEZGIRLIGI
Bosh miya bir necha lahza qon bilan ta‘minlanmasa, odam hushidan ketadi. Chunki neyronlar kislorod tanqisligigs nihoyatda sezgir bo`ladi. To‘qimaning kislorodga ehtiyoji qanchalik yuqori bo`lsa, uning faoliyati kislorod yetishmovshiligida shunchalik qattiq va tez buziladi. Bosh miyaning massa birligiga nisbatann kislorod sarfi tinch holatdagi muskulnikiga qaraganda 22 hissa, jigarnikiga nisbatan 10 hissa ko‘p. Shuning uchun miyaga qon kelishi qisqa muddat to‘xtab qolgudek bo`lsa, neyronlarda asliga kelmaydigan o‘zgarishlar sodir bo`ladi. MNT ning turli qismlaridagi neyronlarning kislorod tanqisligiga chidashida farq bor: yarim sharlar po‘stlog‘ining neyronlari qon aylanishi 5-6 minutga to‘xtaganda nobud bo`ladi, orqa miya neyronlari esa 20-30 minutdan keyin ham o‘z faolligini tiklashi mumkin.
Tana haroratini sun‘iy yoi bilan pasaytirib (gipotermiya chaqirib), neyronlarning nobud bo'‘maydigan vaqtini ancha uzaytirish mumkin. Harorat past bo'‘ganda almashinuv jarayonlari juda susayadi va kislorodga bo'‘gan ehtiyoj kamayadi.
Yurak faoliyati to‘xtatilishini talab qiladigann yurakdagi va yurik qon tomirlardagi operatsiyalarda sun‘iy gipotermiyadan foydalanadilar.
NERV MARKAZLARINING BA‘ZI ZAHARLARGA VA
DORILARGA SEZGIRLIGI
Ba‘zi o‘simliklarning odam ruhiga, kayfiyatiga ta‘sir qilishi, uyqu keltirishi, og‘riqni qoldirishi qadimdan ma‘lum bo`lgan. MNT ga ta‘sir qiladigan moddalar bir necha guruhga bo`linadi. Bular narkoz uchun qo`llaniladigan moddalar, uxlatadigan, psixotrop moddalar, tutqanoqqa qarshi dorilar, og‘riq qoldiradigan moddalar, qustiruvchi va qusishning oldini oladigan preparatlar. Bu moddalarga alkogol, tamaki nikotini, choydagi kofein va boshqalar kiradi.
Neyrotrop moddalar nerv tizimining ma‘lum tuzilmalariga va markazlariga ta‘sir qilganidan MNT faoliyatini o‘rganishda keng qo`llaniladi.
DOMINANTA
Markaziy nerv tizimini bir-biri bilan morfologik va funksional murakkab bog‘langan nerv markazlari yig‘indisi deyish mumkin. Bu markazlar o‘rtasidagi munosabatlar juda murakkab va o‘zgaruvchan. Bir markaz funksional holatining o‘zgarishi atrofdagi markazlar faoliyatiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Antagonist muskullar markazlarining payvasta tormozlanishi bunga misol bo`la oladi. A.A.Uxtomskiy ifodalab bergan dominanta tamoyili ham markazlararo munosabatlarning katta biologik ahamiyatga ega bo`lgan bir misolidir.
Dominanta so‘zi hukmron, degan ma‘noni bildiradi. A.A.Uxtomskiyning fikricha, ma‘lum sharoitda qaysidir nerv markazida qo‘zg‘alishning hukmron o‘chog‘i paydo bo`ladi. Gumoral yoki reflektor ta‘sirotlar bunday hukmron markazlarning yuzaga chiqishiga sabab bo`ladi. Uni quyidagi xususiyatlar ajratib turadi: o‘ta qo‘zg‘aluvchanlik; davomli iz jarayonlari bilan bog‘liq bo`lgan turg‘unlik (inertlik); qo‘zg‘alishlarnin qo‘shish qobiliyati.
Hayotiy ahamiyatga ega bo`lgan reflekslar, masalan, ovqatlanish, jinsiy reflekslar markazlari dominanta holatiga o‘tadi. Bu holat ma‘lum intilishlarni paydo qiladi, xatti-harakatlarni shakllantiradi.


Hozir ma‘lum bo`lishicha, miyaning ba‘zi sohalarida (gipotalamusning lateral va oldingi qismlarida, preoptik sohada) qonda oziq moddalarning, jinsiy gormonlarning va boshqa omillar miqdorining o‘zgarishini sezuvchi retseptorlar bor. Bu retseptorlarning qo‘zg‘alishi tegishli reflekslar markazida dominanta holatini paydo qiladi va ovqatlanish yoki jinsiy intilishning kelib chiqishiga sabab bo`ladi.
Download 37,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish