Reja: Asab tizimining tuzilishi va fiziologiyasi


Neyron, neyrogliya, nerv tolasi



Download 37,2 Kb.
bet2/13
Sana14.06.2022
Hajmi37,2 Kb.
#668839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
11-ma'ruza

Neyron, neyrogliya, nerv tolasi

Neyron nerv tizimining asosiy faoliy birligidir. Odamning miyasida 25 milliardga yaqin neyronlar mavjud. Periferik nerv tizimiga kiruvchi tugunlarda nerv hujayralar soni 25 million chamasida. Neyronlar bir-biridan o‘z shakli va katta-kichikligi bilan faarq qiladi. Ammo, u qaysi shaklda va kattalikda bo`lmasin, tuzilishi bo‘yicha to‘rt qismga bo`linadi. Neyronlarda tana (soma), dendritlar, akson va aksonning sinapsoldi oxirgi tarmoqlari tafovut qilinadi.
Neyron tanasida yadro, ribosomalar, endoplazmatik retikulum, Golji apparati, mitoxondriyalar joylashgan. Bu organellalar hujayraning hayotiy faoliyatini ta‘minlaydi. Bundan tashqari, neyron tanasida murakkab yuqori molekulyar moddalar sintezlanib, dendritlar va akson bo‘ylab o‘tkaziladi.
Neyron tanasidan odatda bir nechta dandrit va bitta akson boshlanadi. Dendritlar kalta, ammo ko‘p va sershox bo`lganidan, membranasi ancha katta yuzaga ega. Bu membranada juda ko‘p sinapslar joylashgan. Dendritlarning asosiy ishi ta‘sirotlarni qabul qilish va paydo bo`lgan impulslarni somaga o‘tkazishdan iborat. Akson esa nerv impulslarining somadan ishchi a‘zoga yoki boshqa neyronlarga yetkazilishini ta‘minlaydi.
Dendritlar ta‘sirotlani qabul qilishga ixtisoslashgan. Shuning uchun oxirgi tarmoqlari membranasida ma‘lum kimyoviy moddalarga sezgir maxsus oqsil moddalar – retseptorlar ko'p. Tuzilishi ancha murakkab bo`lgan maxsus retseptorlar ham uchraydi.

Aksonlarning oxirgi tarmoqlarida maxsus organellalar – sinaptik pufakchalar mavjud. Pufakchalarda qo‘zg‘alishning o‘tkazilishini ta‘minlovchi moddalar – vositachilar (mediatorlar) bor.


NEYRON TURLARI
Nerv hujayralari 3 ta asosiy turlarga: afferent, oraliq va efferen neyronlarga bo`linadi. Birlamchi afferent neyronlar sezuvchi a‘zolarning retseptorlarida vujudga keladigan signallarni qabul qilib, ularni MNT ga o‘tkazadi. Bu neyronlarning dendritlari sezgir retseptorlar hosil qiladi yoki maxsus murakkab retseptorlar bilan bog‘langan. Afferent neyronlarning aksonlari MNT ga kirib, oraliq, ba‘zan bevosita efferent neyronlar dendritlari va tanasida juda ko‘p sinapslar hosil qiladi. Oraliq neyronlarning soni hammasidan ko‘p. Ularning soma va o‘siqlari MNT fan tashqariga chiqmaydi. Oraliq neyronlar turli xildagi afferent va efferent neyronlarni bog‘lab turadi.
Neyronlar somasi 5-100 mkm, o‘siqlar diametri 1-10 mkm, uzunligi bir necha o‘n mkm dan 1 metrgacha yetadi. Ba‘zi hayvonlarda uchraydigan gigant aksonning diametri 1 mm atrofida bo`lganidan, tajriba o‘tkazish uchun qulay sharoit tug‘diradi.

Download 37,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish