Reja: Axborot xavfsizligi arxitekturasi va strategiyasi


RH 45- 185:2011-Rahbariy hujjat. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining axborot xavfsizligini ta’minlash dasturini ishlab chiqish tartibi



Download 254,67 Kb.
bet10/15
Sana02.02.2023
Hajmi254,67 Kb.
#906774
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Mavzu 3.36

RH 45- 185:2011-Rahbariy hujjat. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining axborot xavfsizligini ta’minlash dasturini ishlab chiqish tartibi. Ushbu hujjat RH 45-185:2006 hujjati o‘rniga amalga kiritilgan bo‘lib, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining axborot xavfsizligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish tartibini belgilaydi.
Hujjat axborot xavfsizligini ta’minlash dasturlari doirasida ishlab chiqiladigan chora-tadbirlarning maqsadlari, vazifalari, tuzilmasi va ro‘yxatiga qo‘yiladigan namunaviy talablarni belgilaydi.
Ushbu hujjat talablari O‘zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga taalluqli va ushbu organlarning axborot xavfsizligini ta’minlash dasturlarini yaratish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu hujjatni ishlab chiqish va joriy etishdan maqsad:
- axborot xavfsizligini tahdidlardan muhofaza qilish bo‘yicha choralarning adekvatligiga erishish;
- davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining ishlaridagi barqarorlik darajasini oshirish;
- xavfsizlik mojarolaridan yuzaga kelgan ziyon darajasini pasaytirish;
- axborot xavfsizligi infratuzilmasini yaratish;
- boshqa tashkilotlarning foydalanish xavfsizligini ta’minlash;
- boshqa tashkilotlarning ulanishi bilan bog‘liq bo‘lgan ehtimoliy xavflarni identifikasiya qilish;
- axborot resurslariga mas’ul shaxslarni belgilash;
- davlat hokimiyati organlari faoliyatida davlat axborot resurslarining ochiqligi va ommabopligini ta’minlash, axborot va kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish asosida davlat hokimiyati organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi samarali o‘zaro hamkorlik uchun, ularning axborot xavfsizligini ta’minlagan holda, sharoitlar yaratish;
- muhofaza qilingan axborot va kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish asosida davlat organlari faoliyatini takomillashtirish;
- davlat organlarida AX bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash tizimini rivojlantirishdir.
Ushbu rahbariy hujjatning asosiy maqsadi - davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini AX tahdidlaridan ularga mumkin bo‘lgan zarar yetkazilishidan muhofaza qilinishini ta’minlashdir.
Rahbariy hujjatning asosiy vazifasi davlat organlarining axborot xavfsizligini ta’minlash dasturini belgilash hisoblanadi.
RH 45-193:2007 - Rahbariy hujjat. Davlat organlari saytlarini joylashtirish uchun provayderlar serverlari va texnik maydonlarning axborot xavfsizligini ta’minlash darajasini aniqlash tartibi. Ushbu hujjat davlat organlari saytlarini joylashtirish uchun provayderlar serverlari va texnik maydonlarning axborot xavfsizligini ta’minlash darajasini aniqlashning namunaviy tartibini belgilaydi.
Ushbu hujjat talablari davlat organlarining saytlari uchun xosting xizmatlarini taqdim etuvchi barcha ho‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan qo‘llanilishi majburiydir.
Hujjatda Davlat organlarining saytlarini joylashtirish uchun provayderlar serverlari va texnik maydonlarning axborot xavfsizligini (AX) ta’minlash darajasini belgilash, axborot resurslarini yaratish va foydalanishning barcha aspektlarini hisobgaolgan holda, ushbu vazifaga kompleks yondoshilishiga asoslanadi. Bu uchun tashkiliy, texnik va dasturiy muhofaza qilish choralarini, xavf-xatarlar va axborotning muhofazalanganlik darajasini baholash va prognoz qilish bo‘yicha tadbirlarni doimo rivojlanib borayotgan yagona tizimga umumlashtirish talab etiladi.
Axborotni muhofaza qilish o‘z ichiga AXni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini oladi: ma’lumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun foydalaniladigan axborot va resurslarning butunligi, ulardan foydalana olishlik va, zarur holda, konfidensialligini qo‘llab-quvvatlash.
Axborotni muhofaza qilish maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
- axborotning chiqib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qolishi, buzilishi,qalbakilashtirilishini oldini olish;
- axborotni yo‘q qilish, modifikasiya qilish, buzish. nusxa ko‘chirish, blokirovka qilish bo‘yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish;
- axborot resurslari va axborot tizimlariga ( AT) noqonuniy aralashishning boshqa shakllarini oldini olish.

Download 254,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish