Dielektirk namligi.
Dielektrikning solishtirma hajmiy o’tkazuvchanligi uning solishtirma hajmiy qarshiligiga teskari proporsionaldir. Elektr o’tkazuvchanlik jismning holati (gaz, suyuq, qattiq) ga, unga ta’sir etuvchi kuchlanish turi va miqdoriga, muhit harorati, namligi va boshqa ta’sirlarga bog’liq bo’ladi. O’zgaruvchan elektr maydoni ta’siridagi dielektrikdan o’tuvchi tok oqimi ichki va absorbsiya toklari yig’indisidan tashkil topadi. O’zgarmas kuchlanish ta’sirida bo’lgan dielektrikdan faqat ichki tok o’tib, absorbsiya toki faqat kuchlanishni ulash yoki uzish paytida kuzatiladi. Past sifatli suyuq va qattiq izolyatsiya materiallarida 106-108 m∙m bo’lib, yuqori (oily) sifatlilarida esa, bu qiymat 1014-1018 Omm ga teng bo’ladi. Yaxshi sifatli dielektrik va elektr o’tkazgich materiali orasidagi solishtirma hajmiy qarshiliklar farqi 1022-1025 Omm ga yetib boradi.
Dielektrikning fizik xossalari
Dielektrikning zichligi ni bilish mahsulot tayyorlashda materialga bo‘lgan ehtiyojni, uning hajmi yoki massasini aniqlash uchun zarurdir. Zichlik jism massasi m ning, uning hajmi V ga nisbati orqali aniqlanadi:
kg/m3 (4.1)
Organik materiallarda = (0,5-1,5) 103kg/m3, anorganik materiallarda esa =(2,5-1,5)103kg/m3. Materialning gigroskopikligi jismni ma’lum vaqt suvda ushlab turish orqali aniqlanadi:
(4.2)
bunda m1-quruq namunaning massasi, m2- namunaning suvda ma’lum vaqt ushlagandan keyingi massasi (gr). Bu kattalik dielektrikning namga chidamliligini baholashda yordam beradi.
Izolyasiyani namlikdan himoya qilish.
Shimdirish usulida izolyasiya bo‘shliqlari gigroskopik bo‘lmagan yoki kam gigroskopik qattiq yoki suyuq dieliktrik bilan to‘latiladi. Shimdirilgan materiallarga avvaliga nam singmay, ma’lum vaqt o‘tgandan keyin bu xossa yomonlasha boradi. Ba’zi shimdirilgan materiallar o‘ziga nam olmaydi. Havo bo‘shliqlari bo‘lgan va shimdirilgan matolar qisqa muddatli namlikka bardoshli bo‘lib, ularda YeT qiymati quruq shimdirilgan metallarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Izolyasiya tavsifini o‘zgartirmasdan saqlash va namlik ta’sirini kamaytirish maqsadida shimdirish usulidan tashqari, laklash usulidan ham foydalaniladi. Bunda shimdirilgan jism qalinligi 0,1-0,2 mm li lak qatlami bilan qoplanadi, lekin bu usul namlik 80 % dan oshganda o‘zini oqlamaydi.
Bundan tashqari, siqish usuli yordamida mahsulot yuzasi qalinligi 1-2mm bo‘lgan plasmassa qoplamasi bilan qoplanadi. Bu usul havo namligi 90% gacha bo‘lgan hollarda ishonchli himoya qiladi.
Mahculot yuzasini qoplash usullaridan biri, ishlov beradigan yuzaga tayyorlangan kompaund quyish usulidir. Bunda detalning tashqi qismiga mos qilib maxsus qolip yasaladi va unga suyuq holdagi plasmassa to‘ldiriladi.
Barcha hollarda jismni namlikdan himoya qilishda organik materiallar qo‘llaniladi. Bu materiallar gigroskopik hususiyatiga ega bo‘lgani uchun o‘zidan namlikni o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |