Reja: Estetik tarbiyaning maqsadi va mazmuni



Download 20,74 Kb.
bet1/3
Sana01.01.2022
Hajmi20,74 Kb.
#284816
  1   2   3
Bog'liq
Estetik tarbiya






Estetik tarbiya

Reja:

1. Estetik tarbiyaning maqsadi va mazmuni.

2. Voqelikka estetik munosabatda bo`lishning mohiyati mazmuni va asosiy yo`nalishlari.

3. Estetik tarbiya omillari va vositalari.

Estetik tarbiyaning maqsadi va mazmuni

Ta’lim-tarbiyaning boshqa shakllari kabi estetik tarbiya ham o`z diqqat-e’tiborini yakka odamga va ijtimoiy guruhga qaratadi. Estetik tarbiya ham umuminsoniy va milliy qadriyatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, his-tuyg’ulariga, tasavvuriga, e’tiqodiga, dunyoqarashiga, xatti-harakatlariga, xulq-atvoriga ta’sir o`tkazishni o`z oldiga maqsad va vazifa qilib qo`yadi. Estetik tarbiya ham ana shu umumiy maqsad va vazifaning tarkibiy qismi sifatida amal kilib, tarixiy-ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik hodisani anglatadi. Shuni ta’kidlash joizki, qadimgi dunyoda umuman tarbiya maqsadi estetik asosda namoyon bo`lgan. Masalan, kadimgi yunonlarda estetik tarbiya maqsadi fuqarolarning har tomonlama rivojlanishiga, «ruh va badan» hamohangligini qaror toptirishiga yo`naltirgan edi. Aflotun va Arastu kabi zabardast mutafakkirlar ta’limotlarida estetik tarbiya tizimining bir-biridan farqli tomonlari bo`lgani holda umumiylik ham mavjud bo`lib, u yagona estetik orzuni qaror topgirishga, yagona axloqiy xulk-atvor va fukarolik xislat-fazilatlarini shakllantirishga xizmat qilgan edi. O`rta asrlar Sharqi va Yevropada estetik tarbiya ilohiy kuch-qudrat manbai bo`lgan Allohga e’tiqod qilish va «bu dunyo» ning o`tkinchii arzimas ekanligini inson shaxsiga singdirishini o`z oldiga maqsad qilib ko`ygan edi. Estetik tarbiya g’oyalarining ilohiy va dunyoviy mohiyatini kuchaytirishga intilish hozir ham o`z ahamiyatini yo`qotgan emas, zero estetik tarbiyada ilohiylik odamlar mehnati va maishiy hayoti bilan chambarchas bog’lanib, ya’ni dunyoviylik bilan qo`shilib ketgan edi. Muayyan jamiyatda ijtimoiy qarama-qarshiliklar zaiflashib, ijtimoiy tenglik va ijtimoiy adolat qaror topib borgani sari odamlarning estetik tarbiya olishlari uchun zarur bo`lgan muayyan ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy axloqiy shart-sharoitlar vujudga keladi, Moddiy-iqtisodiy va umumma’naviy imkoniyatlar kengayib, qashshoqlik va savodsizlik batamom tugatilsagina, jamiyat hayotida estetik tarbiya muhim omil bo`lib xizmat qiladi. O`zbekiston mustaqil davlat sifatida qaror topayotgan hozirgi paytda estetik tarbiyaning ahamiyati yanada ortib bormoqda.

Birinchidan, mustaqillik sharoitida inson omilining ortib borishi uchun shart-sharoitlar vujudga kelayapti hayotning barcha jabhalarida faoliyat ko`rsatayotgan odamlarning ezgu xislat-fazilatlari, ongliligi, faolligi ijodiy yaratuvchi qobiliyatlari sezilib turibdi.

Ikkinchidan, O`zbekiston aholisining aksariyat ko`pchiligining umumiy madaniyati yuksalib borishi jarayonida yangi texnika va texnologiyalar, ishlab chikarishni tashkil qilish ishi tobora takomillashib borayapti.

Uchinchidan, yangi ishlab chiqarish munosabatlarining, bozor iqtisodiyotining keng o`rin egallab borayotganliga qonunchilikning keng tarzda rivojlashb, amal qilayotganligi fuqarolarning umumiy madaniyati, ayniqsa, estetik madaniyati darajasining ham yuksalib borishini taqozo etadi.

To`rtinchidan, hozirgi davr ilmiy-texnik inqilobi sharoitida elektronika, avtomatika, kibernetika, informatika kabi fanlar ishlab chiqarish sohasini tubdan qayta qurishga imkoniyatlar yaratib berayapgi, Bu hol ishlab chiqarishda band bo`lgan odamlarning ruhiy holatini ham tubdan o`zgartirishni, kasb-korlik, ijtimoiy-ruhiy, axloqiy-estetik holatning vujudga kelishini taqozo etadi.

Beshinchidan, radio, kino, ayniqsa «oynai jahon» kabi ommaviy axborot vositalarining turmushdan keng o`rin olishi natijasida badiiy axborot hajmining ham keskin ortib borishi estetik tarbiya ahamiyatining tez sur’atlarda o`sishini ta’minlaydi.

Avvallari estetik tarbiya o`ta tor va bir, tomonlama talqin kilinar, ya’ni uni san’at asarlarini to`g’ri idrok etish, bu bilan alohida lazzatlanish yoki biror sanat turini bilib olib, muayyan badiiy ko`nikmalarga ega bo`lish doirasida in’ikos etilar edi. Ba’zan estetik tarbiyaga odamlarda yuksak zstetik did-farosatni shakllantirish sifatida qaralar edi. Bularning barchasi badiiy-estetik tarbiyaning vazifa va maqsadlari doirasiga kiradi. Badiiy tarbiya estetik tarbiyaning tarkibiy qismi bo`lib, u estetik tarbiyaning asosiy mazmunini va maqsad yo`nalishlarini to`la ifodalamaydi. Badiiy tarbiyaning asosiy maqsadi — munosabatlarni sanat vositalari yordamida shakllantirishdir. Estetik tarbiya bilan badiiy tarbiyani bir-biriga tenglashtirishni ham, qorishtirish ham, qarama-qarshi qo`yish ham xato bo`lardi. Shuni nazarda tutish lozimki estetik tarbiya san’at bilan chegaralanib qolmayiq balki uning asosiy mazmuni insonning voqelikka estetik munosabatini faollashtirish va rivojlantirishdan iboratdir.




Download 20,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish