sertifikatlashtirilgan mahsulot, jarayon va xizmatlarning tavsiflarini hamda
sertifikatlashtirilgan sifat tizimlarini va ishlab chiqarishning turg‗unligini
nazorat qilish;
sertifikatlashtirish bo‗yicha akkreditlash idoralari, sinov laboratoriyalarini
(markazlarini) va ularning faoliyatini nazorat qilish;
sertifikatlashtirishda tavsiyalar berish.
Ekspert-auditor o‗z faoliyatini sertifikatlashtirish milliy idorasi,
bir turdagi
mahsulotni sertifikatlashtirish idoralari, sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni
sertifikatlashtirish doirasida amalga oshiradi.
Ekspert-auditor muayyan talablarga javob berishi lozim:
to‗liq oliy ma‘lumotli va sertifikatlashtirish sohasida etarli bilimga ega bo‗lib,
faoliyati sertifikatlashtirishning ma‘lum turi bo‗yicha attestatlangan bo‗lishi
kerak;
oliy o‗quv yurtini tamomlagandan so‗ng kamida 5 yillik amaliy stajga ega
bo‗lishi, shundan kamida 3 yili standartlashtirish, metrologiya, sinovlar, sifatni
boshqarish va ta‘minlash sohalarida ishlagan bo‗lishi kerak.
Ekspert-auditor chuqur bilimli, tadbirkor bo‗lmog‗i lozim.
U quyidagi sohalar bo‗yicha bilimlarni mukammal egallagan bo‗lishi shart:
respublika sertifikatlashtirish milliy tizimining qoida
va tartiblar;
sertifikatlashtirish o‗tkazish bo‗yicha bilimlar va me‘yoriy hujjatlarni
tushunish;
sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‗yicha asosiy ishlar mazmuni;
sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‗yicha iqtisodiy va huquqiy asoslari;
mamlakat ichidagi va chet ellardagi sertifikatlashtirish va akkreditlash tajribasi;
standartlashtirish, metrologiya va sifat tizimlarining asoslari;
tekshiruv o‗tkazish va sifatni boshqarishning statistik usullari.
Ekspert-auditor
tahlil qilish, mantiqiy asoslash, o‗zining fikrini qattiq va
asoslangan holda himoya qilishlik; ijodiy qobiliyatga va murakkab vaziyatda
to‗g‗ri qaror qabul qilish xususiyatlariga ega bo‗lishi;
haqqoniy, ma‘suliyatli,
prinsipial ravishda hayrihoh, xushmuomalali, odobli va o‗zini tutabilishlik kabi
shaxsiy sifatlarga ega bo‗lishi kerak. Ekspert-auditor tekshirilayotgan ob‘ektning
xodimlari bilan aloqada bo‗lish va kerakli hujjatlar bilan tanishish; ma‘lumot
uchun har qanday qo‗shimcha ma‘lumotlar talab qilish (sertifikatlashtirish
maqsadlari
uchun);
tizimda
amaldagi
me‘yoriy-uslubiy
hujjat-larni
takomillashtirish bo‗yicha o‗z
taklifini berish; sertifikatlashtiriluvchi mahsulot,
jarayon, xizmatlar, sifat tizimi va ishlab chiqarish bo‗yicha rejalarni tuzatish
yuzasidan o‗z mulohazalarini kiritish huquqiga egadir.
Korxonalarda sertifikatlashtirish sohasidagi ishlarni inobatga olib,
sertifikatlashtirish milliy idorasi ―O‗zstandart‖ tomonidan
ekspert-auditorlar
tayyorlash maxsus kurslari tashkil etilib, bu sohadagi o‗qishning tashkiliy
tomonlari O‗zSMSITI ning asosiy faoliyatlaridan biri deb qaralmoqda. Ekspert-
auditorlarni tayyorlash odatda ikki bosqichda olib boriladi: nazariy bilimlarni olish
va attestatlash natijasida ularga tegishli rasmiy hujjatlar topshirish.
Maxsus kurs tinglovchilarining nazariy bilimlarini ―O‗zstandart‖ agentligi
tomonidan tuzilgan maxsus komissiya baholaydi. Baholanish
natijalari etarli
darajada bo‗lsa, ularga sertifikatlashtirish milliy tizimining ekspert-auditori degan
guvohnomasi beriladi (agar attestatlashdan o‗tmasa rad etiladi).
Ekspert-auditorlar ularga yuklatilgan vazifalari bo‗yicha muayyan burch va
ma‘suliyatlarga egadirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: