Reja: G’yasizlik


Uchinchidan, milliy madaniyatimizga bo‘layotgan xurujlar



Download 102 Kb.
bet6/6
Sana31.12.2021
Hajmi102 Kb.
#241361
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Salbiy oqibat

Uchinchidan, milliy madaniyatimizga bo‘layotgan xurujlar. Sir emaski, xalqimizning milliy madaniyati u:shning qadimiyligi, boyligi bilan alohida ajralib turadi. Markaziy Osiyo tarixida aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o‘zida mujassam etgan allomalar ko‘p bo‘lgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Mavzuur va boshqa ko‘plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo‘lib qoldilar. Ularning nomi, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissasi hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum.

Ma’naviy xuruj uyushtirayotgan kuchlar jamiyatimiz a’zolarini milliy madaniy boyliklar va imkoniyatlardan begonalashtirishga harakat qilmoqda. Shu maqsadda ular Internet tarmog‘idan, kinofilmlar va san’at turlaridan foydalangan holda nihoyatda ohanrabo, lekin yengil-yelpi, inson tafakkurini rivojlantirishga emas, aksincha uning sayozlashuviga xizmat qiluvchi namunalarni jamiyatimizga olib kirishga, intilmoqda. Bunday san’at va madaniyat namunalarida behayolik, mantiqsizlik g‘oyalarining targ‘iboti yetakchilik qilmoqda. Vaholanki, bu mamlakatlarning o‘zlari millatlarni parokandalikka olib boradigan, insoniyat uchun sharmandali vaziyatlarni demokratiya, inson xuquqlari kabi oliy qadriyatlar shiori ostida targ‘ib qilmoqda.

Mana shunday holatlardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda mamlakatimizning har bir fuqarosida samarali va mustahkam ma’naviy immunitetni shakllantirish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifaga aylandi. Ma’lumki, Prezidentimiz IAKarimovning 2000 yilda "Fidokor" gazetasi muxbiriga bergan intervyusida mafkuraviy immunitetning mohiyati va zarurligi asoslab berilgan edi. IAKarimov ta’kidlaganidek: "Bir xalqni o‘ziga tobe qilishni istagan kuchlar, avvalo, uni o‘zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo qilishga intiladi. ...Shunga o‘xshash zararli ta’sirlar davom etaversa, millat o‘zligini yo‘qotishi, ming yillik an’analarini boy berib, olomonga aylanib qolishi xdm hech gap emas. Tabiiy savol tug‘iladi: bunday mafkuraviy ta’sirlar salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun nima qilish kerak? Buning yo‘li odamlarimiz, avvalambor, yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash. Ularning tafakkurida o‘zligini unutmaslik, ota-Mavzuolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va xurmat qilish fazilatini qaror toptirish. Ularning, men o‘zbek farzandiman deb, g‘urur va iftixor bilan yashashiga erishishdir"4. Bugun kuchli davlatlarning targ‘ibot va tashviqotlari natijasida uchinchi dunyo mamlakatlari o‘zlarining yuqori malakali mutaxassislaridan ajralmoqdalar. Oddiygina raqamlarga murojaat qilganimizda buning tasdig‘ini ko‘ramiz. G‘arb ommaviy axborot vositalarining doimiy tarzda olib boradigan targ‘ibot va tashviqotlari natijasida kambag‘al Lfrika mamlakatlari uchun yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘lib turgan bir paytda, oliy va yuqori malakali xodimlarning har uchtasidan bittasi rivojlangan davlatlarga ketib qolmoqda. Har yili Afrikadan o‘rtacha 23 000 ilmiy xodim va o‘qituvchi chiqib ketmoqda. Keyingi besh yil mobaynida qit’a davlatlari 60 mingdan ortiq o‘rta va yuqori bo‘g‘indagi boshqaruv xodimlaridan mahrum bo‘ldi. Ma’lumki, qar qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmidaunga qarshi immunitet hosil qilinadi.

Xavfsizlik muammosi mustaqil davlatchilikning shakllanishi va jamiyatda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy manfaatlarning qaror topishi bilan bir vaqtda vujudga keladi. Chunki shu vaqtdan boshlab, barqarorlik, rivojlanish bilan bir qatorda xavf-xatar, turli-tuman taxdidlar ham iaydo bo‘lib, ularni hisobga olish, ularga asoslanib, davlat strategiyasi va siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirish mamlakat xavfsizligini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi.

Xo‘sh, xavfsizlik nima? Xavfsizlik arabcha "xavf-xatar" so‘zidan olingan bo‘lib, "ko‘rqinch" "vahima", "xadiksirash", "xavotirlanish"larning yo‘qligi, ularning oldini olish degan ma’nolarni anglatadi5. Bu tushuncha Rober ma’lumotnomasiga ko‘ra 1190 yilda paydo bo‘lgan va u, dastlab, o‘zini xar qanday xavf-xatardan himoyalangan deb xisoblovchi inson ruxdning xotirjam holatini ifodalagan2. Ushbu ma’noda mazkur termin Garbiy Yevropa xalqlari leksikonida XVII asrgacha ko‘llanilgan. Tarixning keyingi davrlarida davlat tuzilmalarining shakllanishi bilan bog‘liq ravishda xavfsizlik tushunchasi moddiy, siyosiy va iqtisodiy sohalarda davlat kurilishi, Gyushqarish organlari tendensiyalariga mos keladigan real xavf-xatar (jismoniy va ma’naviy)ning yo‘qligi natijasida vujud-ga keladigan tinchlik holati sharoiti ma’nosini anglatgan.

XX asrning oxirlariga kelib, "xavfsizlik" va "milliy xavfsizlik" tushunchalari bizning leksikonimizda tez-tez qo‘llanila boshlandi. Bu insoniyat rivojlanishining murakkablashuvi, yadro, atom va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarining keng tarqalishi, ekologik vaziyatning ogirlashganligi, yangi xavfli kasalliklarning vujudga kelishi, terrorizm xavfining kuchayishi, totalitar tuzum yemirilganidan keyin dunyoning qarama-qarshi kutblarga bo‘linishi barham topgandan keyingi davlatlar o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi, yangi mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishi, ularda bozor islohotlarining amalga oshirilishi bilan izohlanadi. Dunyodagi bunday o‘zgarishlar xavfsizlik, umumiy va milliy xavfsizlik muammolariga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi.




1

2


3


4

5


Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish