Reja: G’yasizlik



Download 102 Kb.
bet2/6
Sana31.12.2021
Hajmi102 Kb.
#241361
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Salbiy oqibat

G‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizlik deganimizda, milliy g‘oya va milliy mafkudaning millatni zaiflashtirishga qaratilgan tashqaridan kirib keluvchi har qanday yovuz g‘oyalar va mafkuralarga nisbatan kuchliligi, milliy ong, dunyoqarashni ular ta’siridan himoya qilishi va milliy manfaatlarni tarannum etishda hamda uning amaliyotda namoyon bo‘lishini ta’minlay bilishdagi katta salohiyati nazarda tutiladi. Bunga erishish ham yuksak darajada rivojlangan ma’naviyatga bog‘liq holda kechadi.

XX asrning oxiri XXI asrning boshlariga kelib jahondagi barcha xalqlarning hayotida katta, ya’ni yirik imperiyalarning parchalanib ketishi, milliy mustaqil davlatlarning tarix sahnasiga kelishi, jamiyatni avtokratik boshqarishdan demokratik boshqaruvga o‘tishi, inson xuquq va manfaatlarini himoya qilishning kuchayishi, odamlar ongida demokratik tafakkurning tez shakllanib borishi, globallashuv jarayonlarining shiddatli kechishi, nanotexnologiyalarning jadal sur’atlar bilan ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilishi, ekologik xavfsizlikni ta’minlashning tobora xalqchil tus olishi kabi misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Jamiyatda sodir bo‘layotgan bunday o‘zgarishlar moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish jarayoni dialektikasini chuqur o‘rganish masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Bu masalaning yechimini topish esajahonda yuz berayotgan g‘oyaviy va mafkuraviy jarayonlarning tarixiy ildizi, falsafiy asoslariga nazar tashlab, ularning asl maqsad-muddaolarini bilib olish, shunga muvofiqtarzda mamlakatimizda g‘oyaviy va mafkuraviy ishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bu esa o‘z navbatida "Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar" fanini nazariy jihatdan boyitish, amaliy jihatdan esa tezkor harakat qilish ishlarini yo‘lga qo‘yishni talab qilmoqda.

G‘oya va mafkuralarga oid hodisalar, jarayonlar xilma-xil va ko‘p qirralidir. Shu sababli, g‘oya va mafkuralar tabiiy, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlarning turli sohalarida o‘rganiladi.

Milliy g‘oya va mafkura fani g‘oya va mafkuralarning nazariy muammolarini o‘rganadi. Shu o‘rinda "nazariya" so‘zining ma’nosi nima, degan tabiiy savol tug‘iladi. Nazariya - jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini mujassamlashtirgan amaliyotning mantiqan ilmiyumumlashtirilishidir,

Nazariya va amaliyot - o‘zaro chambarchas bog‘liq hodisalar. Nazariya bamisoli amaliyotning yulini yoritib turuvchi kuchli mayoq bo‘lib, amaliyot bilan uzviy bog‘langan, amaliyotga xizmat qiladi hamda amaliyotdan kelib chiqadi. Amaliyotsiz nazariya -"cho‘loq", nazariyasiz amaliyot "ko‘r"dir.

Ijtimoiy fanlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan, milliy g‘oya va mafkura fani ham amaliyot bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, g‘oyaviy-mafkuraviy amaliyot taraqqiyotining yo‘nalishlarini belgilab beradi. U g‘oyaviy-mafkuraviy amaliyot xulosalari va tajribalarining mantiqan umumlashmasi, sintezidir. Qaysikim, milliy-ma’naviy xavfsizlik milliy xavfsizlik mexanizmi zanjirdagi xalqalarning harakatga kelishini ta’minlovchi asosiy omillardan biri bo‘lsa, g‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizlik esa ushbu omilni amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Milliy-ma’naviy, g‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash har xil mafkuraviy taxdid, xavf-xatar va tajovuzlarning oldini olish vositasi ekanligi quyidagilar bilan ifodalanadi.

1. Milliy ong, dunyoqarash, ruhiyat va qalbda milliy xavfsizlikni ta’minlash millat vakillarida millatni asrash va rivojlantirishning asosiy sharti ekanligi anglab yetilmas ekan, unga erishib bo‘lmaydi.

2. Milliy-ma’naviy qashshoqlik bo‘lgan jamiyatda siyosiy beqarorlik yuzaga keladi.

3. Ma’naviyati qashshoq millatda o‘z vatanini himoya qilishga kuch-qudrat yetmaydi. Bunday millat vakillari o‘z vataniga xoinlik qilishdan ham qaytmaydi. Unga xdmma joy iatanday ko‘rinaveradi, o‘z manfaatini hamma qadriyatlardan ustun qo‘yib yashaydigan bevatan insonlardir.

4. Vatanni har qanday yovuz kuchlardan himoya qilish, uning chegaralari mustahkam bo‘lishiga o‘z hissasini ko‘shishga intiluvchi insonlarda milliy ma’naviyat kuchli bo‘ladi. O‘z vatanining chegaralari mustaxdamligi, uning xavfsizligi ta’minlaganligini xuddi o‘z oilasining mustaxdamligi va xavfsizligini ta’minlash sifatida qaraydigan insonlarning ma’naviyati yuksak bo‘ladi. Iqtisodiy xavfsizlikda mamlakatning mavjud resurslaridan tejab foydalanish, ularning talon-toroj qilinishiga va chet ellarga olib chiqilishiga yo‘l qo‘ymaslik ham insonlar ma’naviyati bilan bog‘liq. Ma’naviyatli insonlar mamlakat boyligini ko‘z qorachig‘iday asrash, ularni g‘ayriqonuniy yo‘l bilan o‘zlashtirishga harakat qiladigan kimsalarga nisbatan nafrat tuyg‘ularining yuzaga kelishi ham ma’naviyat bilan bog‘liqsir.

5. Jamiyatda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, turli ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi munosabatlardagi do‘stlik, o‘zaro hamkorlik va barqarorlikning amal qilishi ham ma’naviyat bilan bog‘likdir. Agar ma’naviyat taraqqiy qilgan bo‘lsa, ular o‘rtasida o‘zaro munosabatlarda manfaatlar muvozanati amal qiladi va jamiyat barqaror rivojlanib boraveradi.

6. Atrof-muhitni toza, orasta tutish, mamlakat tabiatini, hayvonot dunyosini, o‘rmon va suv zaxiralarini asrash, ob-havoning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik ham ma’naviyat bilan bog‘liqdir. Ma’naviyatli insonlar ana shu boyliklar nafaqat bugun, shu bilan birga istiqbolda o‘z avlodlari uchun ham zarurligini yaxshi biladi va o‘z imkoniyati doirasida ularni asrashga harakat qiladi. Ma’naviy qashshoq insonlar esa bunday tuyg‘ularga ega bo‘la olmaydi.

7. Bugun insonlar va millatlar kuchli axborot bosimi g‘ostida yashamoqda. Taraqqiy qilgan mamlakatlar o‘zlarida mavjud bo‘lgan yuksak darajadagi axborot vositalari orqali dunyoda o‘z xukmronligini o‘tkazish maqsadida turli buzg‘unchi g‘oyalar, axloqiy qashshoqdik va bo‘htonlardan iborat xabarlar, axborotlar va ma’lumotlarni jahon afkor ommasi o‘rtasida targ‘ib qilmoqdalar. Mana shunday sharoitda ularni tanlash, inson va millat manfaatlariga zid bo‘lgan jihatlaridan ogoh bo‘lish ma’naviyat bilan bog‘liqdir. Ma’naviyati yuksak insonlar va millatlargina ogoh bo‘lishga hamda ular ta’siridan o‘zlarini himoya qilishga qodir bo‘ladi.

8. Bugun dunyodagi taraqqiy qilgan mamlakatlarning jahondagi turli mamlakatlardagi yuksak intellektual salohiyatli olimlar va mutaxassislarni "o‘g‘irlash"i an’anaga aylangan. Ular bunday olimlar va mutaxassislarga barcha moddiy imkoniyatlarni vujudga keltirish, texnik va texnologik shart-sharoitlarni yaratishga va’da berib, ularni o‘z mamlakatlariga olib ketishga muvaffaq bo‘lmoqdalar. Ular bu faoliyatlari bilan, bir tomondan, ana shunday kadrlarni tayyorlashga ketadigan mablag‘ va vaqtni tejashga erishib, tayyor olim va mutaxassislarni qo‘lga kiritmoqdalar; ikkinchi tomondan, mamlakatlarni intellektual jihatdan zaiflashtirishga va oxir-oqibatda o‘zlariga qaram qilishga intilmoqdalar. Bunday sharoitda yuksak ma’naviyatga, o‘z millati va Vatanini sevish ruhiyatiga ega bo‘lgan insonlar moddiy boylik evaziga o‘zga mamlakatlarga ketishdan o‘zlarini tiyadilar. Bunga ham yuksak ma’naviyatlilargina amal qilishi mumkin. Ma’naviyati qashshoqlashgan, o‘zga g‘oya va mafkuralarning aldoviga uchgan insonlar esa o‘zgalarning takliflariga moyillik bildiradilar. Shuni ham hisobga olish kerakki, boshqa mamlakatlarga ketib, o‘zi va o‘z mamlakatiga manfaatlar keltiradigan intellektuallari ham borki, bu umummilliy taraqqiyot uchun ahamiyatlidir. Shu ma’noda qanday bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z intellektuallar ma’naviy yuksakligini ta’minlash milliy taraqqiyotning zaruriy sharti bo‘lib qolmoqda1.

Shunday qilib, mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash jamiyat ma’naviy hayotida bo‘shliq paydo bo‘lishining oldini olish, o‘zining pirovard maqsadlariga mos va unga xizmat qiladigan g‘oyalar tizimini shakllantirish, uni muttasil mustahkamlab borish, fuqarolarda mafkuraviy immunitetni oshirish orqali zohir bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasida milliy-ma’naviy, g‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlovchi ichki omil -jamiyatning siyosiy-ijtimoiy, axloqiy va ma’naviy salohiyatidir. Bundan tashqari, mafkuraviy xavfsizlik xalqimizning asriy an’analari, tili, dini, ma’naviyati va milliy rivojlanishiga xizmat qiluvchi umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi. Shuningdek, davlat idoralari, jamoat tashkilotlari va uyushmalari, madaniy-ma’rifiy muassasalar tomonidan amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tizimi mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashning zaruriy shartidir. Mamlakatimiz mafkuraviy xavfsizligi ilmiy asoslangan ijtimoiy siyosatga, huquqiy madaniyatga, jamiyatning ma’naviy yetukligi va demokratiyalashuviga uzviy ravishda amalga oshiriladigan g‘oyaviy tarbiyaga tayanadi. Jamiyat, davlat va shaxs mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash -davlat siyosatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Milliy g‘oya va mafkura fani hayot tarixiy taraqqiyot jarayonida ilgari surgan vazifalar negizida o‘z xulosa va takliflariga aniqliklar kiritadi, ularni boyitpdi va rivojlantiradi. G‘oya va mafkura har bir jamint ijtimoiy taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichidir.

"Har qanday mafkura quyidagi asosiy maqsadlarni ko‘zda tutadi: 1) muayyan g‘oyaga ishontirish; 2) uyushtirish; 3) safarbar etish; 4) ma’naviy-ruhiy rag‘batlantirish; 5) g‘oyaviy tarbiyalash; 6) g‘oyaviy immunitetni shakllantirish; 7) harakat dasturi bo‘lish. Mafkura o‘z oldiga quyilgan shu kabi maqsadlarni bajara olsagina, amaliy samara berishi mumkin. 2Bunda, asosan har bir mafkurani mazmun-mohiyatiga ko‘ra, ezgu niyatlarni o‘zida aks ettiradigan, xalq tomonidan e’tirof etiladigan, qo‘llab-quvvatlanadigan ijobiy va g‘arazli niyatlarni ifodalaydigan salbiy, shakliga ko‘ra ichki hamda tashqi yoki geoiqtisodiy, geosiyosiy, geomafkuraviy maqsadlarni farqlash lozim.

Tashqi yoki geoiqtisodiy, geosiyosiy, geomafkuraviy maqsadlar o‘z mazmun va mohiyatiga ko‘ra, davlatning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, bunday maqsadlar o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan bo‘lsa - ijobiy, boshqa xalqlar va davlatlarga mafkuraviy tazyiqo‘tkazishga qaratilgan bo‘lsa - salbiy xarakter kasb etadi.


Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish