Suv toshqinlari. O'zbekiston Respublikasi hududida suv toshqinlari Respublikamiz hududida tashkil qilingan suv omborlaridan biror bir ko'ngilsiz voqea sababi bilan damba va boshqa suv to'siqlarining buzilib ketishi natijasida bu suv omboridan pastroq hududlarning hammasida suv toshqini xavfi paydo bo'ladi. Bunday suv omborlari sug'oriladigan hududlarning hammasida tashkil qilinganligi sababli bu xavf hamma viloyatlar hududlarida ham mavjud. Yana shuni ham ta'kidlash kerakki, Respublikamiz hududining ko'pgina qismini tog'li rayonlar tashkil qiladi. Bunga misol tariqasida Toshkent viloyati, Farg'ona vodiysi viloyatlarining bir qancha tumanlari, Surxondaryo va Qashqadaryo tumanlarini ko'rsatish mumkin. Bu hududlarda bahor faslida bo'ladigan yog'ingarchilik vaqtida do'l va sellar bo'lib turadi. Tog'li rayonlarda bo'ladigan bunday sellar tog'larda yig'ilgan suvlar vodiylarga yo'nalganligi sababli katta sel bo'lgan taqdirda suv o'z yo'lidagi toshlarni ham oqizib vodiylarga toshib ketishi va buning natijasida katta vayronagarchilikka sabab bo'lishi mumkin.
Bu viloyatlarning deyarli hammasida vodiy tomonga oqadigan daryo va soylarning hammasi muhofaza vositalari bilan ta'minlangan. Shunday bo'lishiga qaramay ba'zi bir tumanlarda hisobga olinmagan hodisalar bo'lib turadi. Tog'li sel kelish ehtimoli bo'lgan joylardan odamlar xavfsiz joylarga ko'chirilgan bo'lsa ham u yerga o'rgangan ba'zi dehqonlar vaqtincha joy qilib, u yerdagi serhosil yerlardan foydalanishga harakat qilgan hollarda, sel kelishi ular uchun xavfli vaziyat paydo qilishi mumkin.
Ma'lumki, agar suv omborlaridagi dambalar va to'g'oniar
shikastlanishi natijasida suv toshqini bo'lishi xavfi sezilsa, unda suvning aholi yashash joylarigacha yetib kelish vaqti 3—4 soatni tashkil qiladi. Shu davr mobaynida aholini va chorva mollarini hamda eng kerakli asbobanjomlarni suv bosishi mumkin bo'lgafi joydan xavfsiz joyga ko'chirish chora-tadbirlari ko'riladi.
Avvalo suv toshqinlari bo'lishi ehtimoli bo'lgan joylarga xo'jalik binolari va bar xil sanoat inshootlari, odamlar yig'ilishi kerak bo'lgan binolar qurilmaydi. Ba'zi bir majburan qurilgan binolar ham xavfni qaytarish imkoniyatini beradigan yoki xavfning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ko'rilgandan keyin qurilishi mumkin.
Suv toshqinlari vaqtida qutqaruvchiJarning asosiy vazifasi suv toshqini vaqtida u yerdan chiqib ketishga ulgurmagan odamlarni qutqarib moddiy boyliklarning iloji boricha kam zararlanishini ta'minlash, agar vaqtincha dambalar qurish yo'li bilan ba'zi bir xalq xo'jaligi obyektlarini va moddiy boyliklarni saqlab qolish imkoniyati bo'lsa, unda bu ishni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishga solishdir. Undan keyingi ishlar bizdagi suv omborlarida saqlanayotgan suv cheksiz bo'lmaganligi sababli u tez orada kamaya boshlaydi. Bunda zararlangan binolarni butunlay buzilib vayron bo'lib ketmasligini ta'minlashga qaratilgan injener-texnik ishlarni amalga oshirishga to'gkri keladi. Bu ishlar qatoriga buzilmagan binoJarning turg'unligini ta'minlashga qaratilgan ishlar, podval va pastki qavatlarda yig'ilib qolgan suvlarni nasoslar va boshqa yordamchi vositalar yordamida chiqarib yuborish va shu joylarda bo'lgan ba'zi bir moddiy boyliklarni xavfsiz joylarga ko'chirish va ko'chirilgan aholini vaqtincha yashash joylari bilan ta'minlash kiradi. Toshqin bo'lgan hudud kommunikatsiyalarini tiklash ishlarini bajarish ham favqulodda hodisalar qutqaruvchilari zimmasiga tushadi.
Dunyoning boshqa hududlarida, masalan, Rossiyada suv toshqinlari deyarli har yili bahorda bo'ladigan odatiy hoi hisoblanadi. Sibir daryolarining deyarli hammasi Shimoliy muz okeaniga quyiladi. Bu daryolarning boshlanish joylari asosan janubiy tog'li rayonlarga to'g'ri keladi. Bu hududlarda yog'ingarchilik ko'p bo'ladi, erigan qorlar awal janubdan boshlanib, undan keyin shimolga yo'naladi va bu vaqtda daryo o'zanlari boshdan oxirigacha muzlaganligi sababli bu suvlar muz ustidan harakatlana boshlaydi va shimoliy rayonlar hali isib ulgurmaganligi sababli bu suvlar muzlaydi va daiyo o'zanini yanada yuzalanishiga sabab bo'ladi. Ma'lum darajada yig'ilgan suvlar yana o'zan bo'ylab yo'naladi va muzlaydi. Shunday qilib, daryo o'zani to'liq muz bilan qoplanadi. Agar havoning isishi bir maromda borganda edi, unda ma'lum suv bosishi kerak bo'lgan tekisliklarni suv bosib keyin asta-sekin yo'nalish bo'ylab ketgan bo'lar edi. Bu davrda daryoning boshlanish qismida havo isib ketsa, u yerdagi muzlar juda tez eriy boshlaydi va bu katta miqdordagi suvni muzlab yotgan daryo o'zanidan o'tkazish imkoniyatiga ega bo'lmay qoladi. Natijada suv butun hududni bosib ketishi mumkin va bunda hali toshdek qotib yotgan muzlarni sun'iy ravishda eritish chora-tadbirlari yoki ularni kuchli portlashlar uyushtirish yo'li bilan qo'porib suv yo'lini ochishga to'g'ri keladi.
Bunga 2001-yilgi voqealarni misol tariqasida keltirish mumkinj Rossiya televideniyasining axborotiga qaraganda bu yilgi toshqinlarj Irkutsk oblastiga 9 mid rubl miqdorda zarar keltirgan, Yoqutistongaj yetkazilgan zarar bundan bir necha marta katta ekanligi; ta'kidlanmoqda. Yoqutistondagi ba'zi qishloqlar butunlay vayron! bo'lganligi sababli ularni boshqa joyga ko'chirish ishlari olib; borilmoqda.