Reja: I. Fuqarolar muhofazasining asosiy vazifalari



Download 262 Kb.
bet1/21
Sana01.06.2022
Hajmi262 Kb.
#625646
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Fuqarolar muhofazasi


Fuqarolar muhofazasi
Reja:
I. Fuqarolar muhofazasining asosiy vazifalari
2. Bo'lishi mumkin bo'lgan tabiiy ofatlarning qisqacha tavsifi
3. Zilzilalar, vulqonlar otilishi va yerga meteoritlarning tushishi
4. Momaqaldiroq, chaqmoq, do'l, qurg'oqchilik va boshqa tabiat hodisalari
5. Tabiiy ofatlardan muhofazalanish yo'llari
6. Aholini va aholi yashash hududlarini tinchlik sharoitida favqulodda hodisalar vaqtida xavfsizligini ta'minlash

7. Kimyoviy xavf manbalari

8. Radiatsiyaga xavfli obyektlar



I. Fuqarolar muhofazasining asosiy vazifalari
Insoniyat tarixida deyarli hamma davrlarda inson uchun eng dahshatli va nihoyatda ko'ngilsiz voqea urush va bar xil qirg'inlar bo'lib kelgan. Bu urushlarning hammasi o'zgalarning yeriga zo'ravonlik asosida bosib olish bo'lgan. Jamiyat taraqqiyotining boshlang'ich davrlari hisoblangan quldorlik jamiyatida ko'proq yerga va bu yerdagilarni qullarga aylantirish yo'li bilan tekin ishchi kuchiga ega bo'lish va buning asosida insoniyatning eng qadimdan ta'qib qilib kelayotgan eng yomon xususiyati ko'proq boylik orttirishga bo'lgan xirs hisoblanadi. Ammo buning natijasida ko'plab gullagan o'lkalarning xarobazorlarga aylanishi va minglab begunoh odamlarning hayotda bemavrid ketishiga sababchi bo'lish kechirib bo'lmaydigan voqealar sirasiga kiradi.
Feodal tuzim vujudga kelishi bilan bunday urushlarning salmog'i yana ortabordi, bu davr qirg'inliklari haqidagi bir necha minglab tarixiy shaharlar yo'q bo'lib ketgani ma'lum. Hozirgi zamon olimlarining taxminiy hisob-kitoblariga ko'ra tarixiy hujjatlari ma'lum bo'lgan oxirgi 5500-yil davomida urishda o'lganlar soni 4 mlrd. atrofida deb hisoblanadi.
Kapitalizmning paydo bo'lishi esa bu qirg'inbarot urushlarning yanada avj olishiga olib keldi, chunki kapitalizmning rivojlanishi uchun xomashyo bazalari zarur edi va xomashyo bazalari bo'lgan davlatlar sanoati rivojlangan davlatlar uchun osongina g'alaba qozonish imkoniyatini berardi. Buning asosiy sababi: industrial rivojlangan davlatning birinchi vazifasi—qirg'in qurollarini ishlab chiqarish bo'ladi va bu qirg'in qurollari ishlatilmasa, keyingi rivojlanish bo'lmaydi, ya'ni zavod hamda fabrikalar to'xtab qoladi va bu ishchilar g'alayoniga sababchi bo'ladi. Qirg'in qurollari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodlarning tinchlik mahsulotlarini ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashtirish birinchidan, katta qo'shimcha mablag' talab qiladi va ikkinchidan, tinchlik maqsadida ishlab chiqariladigan mahsulotdan keladigan foyda qirg'in qurollaridan keladigan foydaga nisbatan bir necha marta oz.
Shuning uchun ham kapitalizm rivojlana borishi bilan qirg'in qurollari hajmi ham orta bordi va bu qurollar mukammal qirg'in qurollariga aylandi. Ko'rinib turibdiki, qurol- yarog'larningl mukamallashib borishi urushlar jarayonida qurbon bo'layotganlar sonini keskin ortib ketishiga olib keldi.
Dunyoda shu sohada tadqiqot olib borayotganlarning ma'lumot berishlaricha 17-asrda qurbon bo'lganlar soni 3 mln kishini tashkil qilgan bo'lsa, 18-asrda 5, 5 mln kishini, 19-asrda 16 mln ni va 20-asrda esa bu raqam 70 mln dan oshib ketdi.
Qurbonlarning ko'payishi faqatgina harbiylar orasida bo'lib qolmasdan, balki tinch fuqarolar o'rtasida qurbon bo'layotganlar soni ham keskin oshib ketdi. Tadqiqotchilarning aniqlashiga ko'ra birinchi jahon urushida 20 ta harbiyga bitta tinch aholi qurbon bo'lgan bo'lsa, ikkinchi jahon urishida bu raqamlar tenglashdi, ya'ni bitta harbiyga bitta fuqaro to'g'ri keldi.
Agar keyingi urushlarni olib ko'rsak, masalan, 1949-52-yillardagi Koreya urishida bu raqam tinch aholi hisobiga besh hissa oshdi, Vetnam urushida esa bir harbiyga 10 fuqaro halok bo'lganligi ma'lum.
Yana shuni ham ta'kidlash joizki, 20-asrning birinchi yarmida urushlar uchun sarflangan mablag' 4 trillion dollami tashkil qilgan va bu mablag' hisobiga yer yuzi aholisining uchdan ikki qismini talab darajasidagi uy-joy bilan ta'minlashga yetar edi.
Yuqorida keltirib o'tilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, urushlar natijasida urushga hech qanday daxli bo'lmagan tinch aholining qirilib ketishi yo'l qo'yib bo'lmaydigan hodisa hisoblanadi va shuning uchun urush xavfi mavjud bo'lgan davlatlarning tashkiliy tizimlarida fuqaro muhofazasi tizimi vujudga keldi.
Hozirgi zamonda deyarli hamma davlatlar va ayniqsa, katta kuch va qudratga ega bo'lgan davlatlarning rahbarlari tinchliksevarlik shiorlari bilan chiqayotgan va bu haqda har xil jahon hamjamiyatlarida tinchliksevarlik haqida ma'ruzalar, o'qilayotganligidan qat'i nazar, oxirgi o'n yillik davr mobaynida bir qancha qirg'in barotliklar ro'y berganidan xabarimiz bor. Bunga misol tariqasida O'rta Osiyo mintaqasida hammani nihoyatda tashvishlantirayotgan, Afg'onistonda bo'layotgan voqealar, Pokiston va Hindiston davlatlari o'rtasidagi Kashmir viloyatini egaligi haqidagi mojarolar, shuningdek, NATO davlatlarining Yugoslaviyaga qilgan hujumlari va Chechenistondagi bo'layotgan voqealar keltirilishi mumkin.
Keltirilgan dalillardan ko'rinib turibdiki, fuqarolar muhofazasi zarurat sifatida vujudga kelgan fan hisoblanadi. Fuqarolarni mudofaa qilish awal mudofaa vazirligining bir bo'linmasi sifatida vujudga keldi. Uning tarkibiy qismlari belgilangandan keyin uning joylardagi bo'limlari tashkil qilindi. Bu bo'linmalar asosan fuqarolar yashash va ishlash joylarida tashkil qilinganligi sababli deyarli noharbiy kishilardan tashkil topdi. Shuning uchun ularni o'qitish, urush va tinchlik sharoitlrida faoliyat ko'rsatish me'yorlari belgilandi.
Sobiq Ittifoq davrida fuqaro muhofazasi masalalariga juda katta e'tibor berilgan. Bunday e'tibor 30-yillardan boshlangan. Shu davrdan boshlab Ittifoqning Yevropa hududlarida joylashgan shaharlarida fuqaro muhofazasiga oid ishlar hamma fuqarolarning ham yashash joylarida, ham ish joylarida olib borildi. Shuningdek, yangi qurilayotgan binolarning deyarli hammasi bombapanalar bilan jihozlandi va eski binolarning yerto'lalari va boshqa yer osti inshootlari bombapana sifatida qaytadan tuzib chiqildi.
Bu qilingan sa'y-harakatlar ikkinchi jahon urushi boshlangandan keyin bekorga emasligi, qilingan mehnat zoe ketmaganligi sezildi. Besh yillik urush davomida bir necha minglab kishilar bombardimon vaqtida bu bombapanalarda jon saqlaganligi ma'lum. Shuni ham aytish kerakki, bu mudofaa masalalari urush tugagandan keyin ham to'xtatilmay davom ettirilganligini ta'kidlash zarur. Urushdan keyingi yillarda atom quroli ishlab chiqarilgani va bu qirg'inbarot qurol ishlatilganda fuqarolar uchun hech ko'rilmagan miqdorda ofatlar yog'ilishi mumkinligi va shuningdek, bu qurollarni yer sharining istagan nuqtasiga yetkazish imkoniyatini beradigan raketalar kashf qilinishi tufayli endi urush yetib borishi qiyin bo'lgan regionlar deyarli yo'q bo'lib qoldi va yerning istalgan nuqtasida yadro quroli xavfi paydo bo'ldi.
Shundan keyingi davrdan boshlab fuqaro muhofazasining shakli va strukturasi o'zgartirildi. Qurilgan bombapanalar yadro qurolining kuchi va qudratiga bardosh beradigan tartibda qayta jihozlandi. Endigi harakat faqatgina bomba parchalari va bosim kuchidangina emas, bomba portlagandan keyin hosil bo'ladigan nurlanishlardan ham muhofazalanish ehtiyojini vujudga keltirdi. Fuqarolar ish joylari va yashash joylarida yadro qurolining dahshatli fojialar keltirishi mumkinligi tushintirildi. Shuni ham ta'kidlash joizki, yadro urushi xavfi dunyo miqyosida bir necha marta kelib chiqishi mumkin bo'lgan holatlar mavjud bo'lgan bo'lsa ham, harqalay boshlanib ketmadi va shuning uchun bu tayyorgarliklar talab darajasida bo'lganmi-yo'qmi bu haqda bir narsa deyish qiyin.
Fuqaro muhofazasi faqatgina urush sharoitida fuqarolarni muhofazasini ta'minlab qolmasdan, odamzod hayotida urushdan kam bo'lmagan talofatlarga olib keluvchi tabiiy ofatlardan saqlanish choratadbirlari bilan ham shug'ullangan. Bu ikkinchi masala hozirgi zamon sharoitida muhim ahamiyat kashf etmoqda.
Dunyo hamjamiyatida vujudga kelgan sharoit davlatlar o'rtasidagi qarama-qarshiliklarning birmuncha yumshashiga sabab bo'ldi. Ittifoqning tarqab ketishi va buning natijasi o'laroq boshqa hamdo'stlik davlatlari bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasining o'z mustaqilligini ta'minlagani NATO davlatlariga bo'lgan awalgi qarama-qarshilikni yo'qotdi va shuning bilan birga O'zbekiston delegatsiyasi NATO sammitlarida qatnashishi ijobiy samaralarga olib kelishi tabiiy. Shuning uchun ham O'zbekistonda fuqaro muhofazasi xizmati favqulodda vaziyatlar vazirligiga aylantirildi.
Hozirgi tinchlik zamonida, ayniqsa, mustaqil O'zbekiston o'z yuksalish yo'lidan borayotgan holatida hech qanday tinchsizlikning bo'lishi mumkin emas. O'zbekiston tinchliksevar o'lka va u hech kimning tinchligini buzmoqchi emas. Ammo tabiat ato etgan bu o'lka birmuncha favqulodda hodisalar o'chog'i bo'lib kelgan. Ayniqsa, u o'rnashgan hudud zilzila xavfi mavjud bo'lgan hudud hisoblanadi. Shuning uchun uning har bir fuqarosini bu o'lkada bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday favqulodda hodisalardan ogoh qilish va favqulodda hodisa ro'y bergan taqdirda undan muhofazalanish chora-tadbirlarini belgilash va bunday holatlarda aholini iloji boricha bu hodisalardan kam talofat bilan qutilib ketish choratadbirlariga o'rgatish «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining eng muhim bo'lagi hisoblanadi.

Download 262 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish