Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism. O’simliklarga ta’sir qiluvchi ekologik omillar. O’simliklar resurslaridan oqilona foydalanish va ularning ekologik muhofazasi. O’zbekiston xududida tarqalgan noyob o’simliklarni muhofaza qilish



Download 317,75 Kb.
bet2/3
Sana13.01.2020
Hajmi317,75 Kb.
#33809
1   2   3
Bog'liq
O'simlik muhofazasi


Qurg’oqchilik bu - uzoq muddat yog’ingarchilikni ro’y bermay atmosfera havosining haroratini ortishi, tuproq namligining kamayishi, o’simlik uchun suvga bo’lgan talabini amalga oshmasligi bo’lib hisoblanadi.

Qurg’oqchilik atmosfera havosini o’ta darajada qizib ketishi unda namlikning kamayib ketishi bilan boshlanadi. Atmosferada uzoq muddat yog’irgarchilikni bo’lmasligi tuproqda namlikni yo’qolib tuproq qurg’oqchiligiga sabab bo’ladi. Bu davrda o’simlik suvsizlikdan chanqaydi.

Qurg’oqchilikka chidamlik-bu o’simlikni uzoq muddat davomida namlik yetishmasligiga chidashi, to’qima, hujayra, barg, ildiz, novdalarni suvsizlanishi. Bunday davrda o’simlikdan olinadigan hosil qurg’oqchilikni qancha muddat davom etishiga bog’liq.

Tuproqda sodir bo’ladigan qurg’oqchilik uzoq muddat davomida yog’irgarchilik bo’lmasdan havo haroratining hamda quyosh yoritilishining kuchli bo’lishi bilan, shamol ta’sirida tuproq yuzasidan suv bug’lanishining ko’payishi bilan ro’y beradi. Bu holatlarning hammasi o’simlik ildizi atrofidagi tuproqni qurishiga, namlik zahirasining kamayishiga sabab bo’ladi.

Atmosfera havosidagi qurg’oqchilik tuproqdan suvni bug’lanib chiqib ketishiga, yer osti suvini yuqoriga ko’tarilish rejimini buzilishiga sabab bo’lib, o’simlik so’liydi. Agarda o’simlikda ildizlari yaxshi taraqqiy etgan bo’lsa, atmosferadagi qurg’oqchilik mobodo o’simlikbardosh bera oladigan darajadan oshib ketmasa katta zarar yetkazmaydi. Atmosfera havosidagi qurg’oqchilik ko’p muddit davom etsa, yog’irgarchilik bo’lmasa tuproqda qurg’oqchilik sodir bo’lishiga sabab bo’ladi, bu o’simlik uchun halokatli ta’sir qiladi.

Ko’p hollarda atomsferadagi va tuproqdagi qurg’oqchilik orqama-orqa ro’y beradi. Atmosfera qurg’oqchiligi yakka holda ko’pincha bahorda sodir bo’ladi. Tuproqdagi qurg’oqchilik yozni boshlanishi, o’rtasida tuproqdagi namlik zahirasi tugagan davrda bo’ladi. Tuproqdagi qurg’oqchilik ta’sirida doimo hosil kamayadi, xatto butunlay yo’qoladi.

O’simlikka nam yetishmasligi va yuqori haroratning birgalikda ta’siri ro’y beradi.

Qurg’oqchilik eng avvalo o’simlikda suv almashinuvini undan keyin ko’plab fiziologik jarayonlarini buzadi.

Atmosfera havosidagi qurg’oqchilik yuqori harorat quyosh nurining kuchliligi bilan avvalo o’simlikda, poya va barglarning o’sishini to’xtatadi. Hosilni kamaytirib qisqa muddatda ―issiq urishidan‖ o’simlik qurib ham qoladi. Garmselni eslatadigan havoning qurg’oqchiligi o’t o’simliklarda barglarini ko’p qismini qurib qolishiga sabab bo’ladi. Buta va mevali daraxtlarda novdani uchi quriydi. Gulni shakllanayotgan urug’ va mevalarni zararlaydi. Bu holat o’simlikni shu yilgi hosilini keskin kamayishiga olib keladi.

Qurg’oqchilik, o’simlik tanasida suvni yetishmasligi uning gormonlar tuzilmasi yordamida o’sish, integratsiya jarayonlarida ham moslashuv o’zgarishlari

hosil bo’lishiga olib keladi. O’simlikning o’sishini tezlatadigan fenol tarkibli o’stiruvchi gormonlar kamayadi. Abstsiz kislotasi va etilen ortadi. Bularning hammasi o’sish jarayonlarini to’xtatadi, qurg’oqchilikning og’ir sharoitida yashash uchun kurash ortadi. Qurg’oqchilikni boshlanishidayoq barglardan suv bug’lanishini kamaytirish maqsadida ustitsalar bekiladi. Qurg’oqchilik kuchayishi bilan hujayrada prolin aminokislotasining miqdori ortib suvni g’amlanishi ko’payadi. Oqsil va RNK hosil bo’lishi kamayadi, ular ildizda to’planib tsitokinin sintezini pastlatadi, natijada hujayradagi moddalarning almashinuvi tinim holatga o’tishga yo’naladi. Suvning yetishmovchiligi tufayli ko’plab o’simliklarda o’sishni to’xtatadigan moddalarning miqdori ortadi [Gelston A., 1983].

O’simliklarning sho’rga chidamligini o’rganish amaliy jihatidan katta ahamiyatga egaki, kurrai zaminimizning 25% qismi sho’rlangan. Tuproqni sho’rlanganligini quyidagi guruhlarga bo’linadi:

1. Sho’rlanmagan. 2. Kam sho’rlangan. 3. O’rtacha sho’rlangan. 4. Sho’rli (sho’rxok) tuproqlar.

Sho’rga chidamligi-galofitlar tuproqda me’yoridan ortiqcha tuz bo’lishidan asosan uch usul bilan himoyalanadilar.

1. Tuzni ko’p shimib ularni hujayradagi vakuolada to’plashi bilan, natijada osmotik bosimini yuqori bo’lishi ta’minlanadi.

2. Shimilgan tuzlarni suv bilan maxsus tuzli bezlar orqali va to’kiladigan barglarida to’plab chiqaradi.

3. Ildizi orqali shimishni cheklaydi.

Tuproqning sho’rlanish tiplari o’simliklarning tuzilishiga ta’sir ko’rsatadi. Xloridli sho’rlanishda sukullent belgilar-barglarni etdorligi, suvli to’qimalarning rivojlanishi sodir bo’ladi. Sulьfatli sho’rlanishda o’simlik kseromorflik belgilarini-barglarni maydalashuvi ro’y beradi. Xloridli sho’rlangan joydagi o’simliklarda nafas va fotosintez jarayonlari kuchli emas, suv ajralishi sekin, sulьfatli sho’rlangan hududlardagi o’simliklarda bu jarayonlar kuchli ro’y beradi [Lebedev S.I., 1988].

Sho’rlanish o’simlik bo’yini o’stirmaydi, azot almashinuvini buzadi, natijada azotli oraliq moddalar aminlar, diaminlar va ammiak to’planadi. Bu birikmalar o’simlikka zaharli ta’sir qiladi.

Sho’rlanishga qishloq xo’jalik amaliyotida sho’rlangan yerlarga ko’p miqdorda suv quyib, zovur qazib kurashiladi. G’o’za chigiti, bug’doy donini 3% li NaCl eritmasi bilan bir soat davomida namlash yaxshi natija beradi. Sho’rga chidamli navlarni yaratishda gen injenerligi bilan bog’liq ishlarni olib borish bu borasida samarali natijalarga olib keladi.

Tuproqdagi tuzlarning ko’pligi ildiz va novda uchidagi meristema hujayralarini bir maromda bo’linishini buzadi. Barcha holatlarda hujayralarning cho’zilishi pasayadi. Buning natijasida kseromorf tuzilmalar hosil bo’ladi [Imamaliev A.I., 1987].

O’simliklarda kislorodning yetishmovchiligi quyidagi holatlarda ro’y berishi mumkin: o’simlik o’sayotgan tuproqda namlikning ortiqchaligini vaqtincha yoki ko’p muddat davomida bo’lishi; kuzgi ekinlarni qishda tuproq yuzasida muz qoplanishi bilan; shahar sharoitida o’simlik atrofida asfalьt yotqizilishi; sug’orma dehqonchilikda, qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash davri va shu kabi holatlarda.

Suv bostirilgan va botqoqlashgan yerlarda kislorod kam bo’lsa ham o’simliklarning ko’pchiligi bunday sharoitlarda o’sishga moslashgan. O’simliklarni kislorod yetishmovchiligiga moslanishi: a) kislorodni kamligi yoki butunlay yo’qligiga o’zidagi fiziologiya jarayonlarni moslashtirish bilan; b) ildiz to’qimalarida kislorod miqdorini me’yorga yaqin miqdorda saqlashga harakat bilan amalga oshiradi [Solomentsev Yu.M., 2002].

Ildizi kislorod yetishmasligini doimo sezib turadigan o’simliklar uzoq davom etgan evolyutsiya davomida to’qimalarida morfologiya va anatomiya jihatidan o’zgarishlarni hosil qilgan. Ular: poyaning asosini kengaytirgan; ildizda tarmoqlanish ortib, uning yuzasini kengaytirgan; hujayralararo havo almashinuvini ta’minlagan; o’simlikni yer usti qismidan ildizga havo kelishini ta’minlagan [Kuznetsov V.V., 2005]



2.2. O’simliklar resurslaridan oqilona foydalanish va ularning ekologik muhofazasi

O’simliklarning tuproqni eroziya va defilyasiyaga qarshi barqarorligini oshirishda bosh omil, deb baho berilsa mubolag’a bo’lmasa kerak. Chunki, o’simlik mavjud bo’lgan joyda suv yoki shamol o’z kuchini ko’rsata olmaydi. O’simlik qoplami tuproqqa chuqur kirib borgan sari uni yuvilish, surilish va uyilish jarayonlaridan saqlaydi. Barglari, novdalari va poyalari, xullas barcha tanasi bilan yog’in-sochinning asosiy qismini qabul qiladi va tuproqqa nam kam tushadi, shamol vaqtida esa uning yo’nalishiga ro’para bo’lib, uning kuchini ancha qirqadi. Agar o’simlik siyrak yoki butunlay mavjud bo’lmagan sharoitda

eroziya, deflyasiya, surilma, sel, garmsel kabi noxush hodisalar tabiiy komplekslarga jiddiy zarar yetkazadi. Eng dahshatli tuproq usti yuvilishi va u qulay sharoitlarda jar eroziyasiga o’tib ketishi tabiatda ko’p kuzatiladi. Qiya tog’ yonbag’irlarida lyossimon yotqiziqlar yoki lyoss qoplami yog’in-sochin vaqtida namga bo’kishi natijasida og’irlik massasi bir necha barobar ortib ketadi va mazkur yotqiziqlar ostida suv o’tkazmaydigan qumtosh yoki namga chidam boshqa jinslar, qiyalik ustida bir necha 10 yoki 100 m.ga surilib tushadi. Bu hodisa katti hududlarda sekin-asta, ba’zan bir zumda ro’y berishi mumkin. Surilgan hududda yoki uning oldida qishloq, chorva fermasi, avtomobil yo’li, biror korxona va boshqa xo’jalik obyektlari joylashgan bo’lishi mumkin. Buning oqibatida surilgan grunt massivi chuqur va keng yoriqlarga ajralib ketadi va o’z yo’lida uchragan barcha inshootlarni yakson qiladi.

To’satdan bo’lgan bunday noxush hodisalarning iqtisodiy zarari va oqibatlari bir necha yuz minglab so’m bilan hisoblanadi.

Sayyoramizda so’nggi davrlarda ro’y berayotgan halokatli toshqinlari, kuchli-talofatli shamollar va chang-tuzonli bo’ronlarning kuchayganligi, tuproq, deflyasiyasi va eroziyasining tezlashganligi, iqlimdagi ro’y berayotgan o’zgarishlar, nam tropik o’rmonlar maydonining qisqarishi oqibatidir. Eng xatarlisi havoning musaffoligi yo’qolib, kislorod muvozanati o’zgarmoqda.

O’zbekiston hududining tekislik qismida o’simliklar shimodan janubga qarab o’zgarib boradi, bunda o’simlik tiplarining birin-ketin almashinuvining asosiy sababi kenglik bo’ylab iqlimning o’zgarishidir.

Tog’ yonbag’irlari bo’ylab ko’tarilganda ham iqlim asta-sekin tog’ cho’qqilariga qarab o’zgaradi. Joyning absolyut balandligi qancha yuqori bo’lsa, iqlim shuncha salqin keladi. Tog’ etagidan cho’qqiga ko’tarilgan sari iqlimning o’zgarishi natijasida tuproq va o’simliklar ham o’gzara boradi: tekisliklarda o’sadigan ancha issiqsevar va kserofit o’simliklar o’rnini asta-sekin sovuqqa chidamli va mezofill o’simliklar oladi. Tabiatdagi bunday hodisa tik mintaqaviylik deb yuritiladi. Kavkaz, Markaziy Osiyo va boshqa tog’li o’lkalarda tik mintaqaviylik ravshan namoyon bo’ladi .

To’qayzorlar yildan yilga kamayib bormoqda. 1978 yilda ularning maydoni 78 ming.ga, 1983 yilda 34 ming.ga, 1992 yilda 31 ming gektargacha kamaydi. Amudaryo deltasida daraxtli butali to’qaylarning maydoni cho’llashish munosabati bilan ayniqsa, juda tez qisqarmoqda.

60-yillarga qadar hududda to’qayzorlar maydoni 270 ming ga bo’lgan holda ularning maydoni hozirda 10-15 marta kamaydi. 70-80 yillarda paxta maydonlarini kengaytirish bahonasida daryolar uzanlariga qadar yangi yerlar ochildi, shuning uchun ham ko’p to’qayzorlar ayni shu davrda butunlay yo’qoldi.

Sanoat revolyusiyasi tufayli inson tabiatga ta’sirini juda kuchaytirdi. Ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tubdan o’zgardi, tabiiy resurslardan foydalanish hajmi keskin ortib ketdi. Sanoatning kislorodga bo’lgan ehtiyoji orta borayotgan bir paytda, sayyoramiz o’simliklari ishlab chiqarayotgan kislorodlarning chorak qismiga yaqini inson tomonidan yoqib yuborilmoqda. Yana yiliga atmosfera tarkibidan ishlab chiqarish maqsadlari uchun 90 mln.t kislorod va 70 mln. t azot olinmoqda. Olimlarning hisoblaricha yiliga yoqib yuborilayotgan kislorodning 1%i qayta tiklanmay qolaversa, Yana VI-VII asrdan so’ng yer atmosferasi kislorod zahirasining 70%ga yaqini tugashi mumkin ekan .

Buning ustiga yer sharida kislorodning asosiy manbai hisoblangan o’rmonlar maydoni yil

sayin 125 ming km ga qisqarmoqda. Inson sayyoramiz yashil boyligi – o’rmonlarni 50% dan ortig’ini kesib bo’ldi. Yevropa mamlakatlarida o’rmonlarning 85-95%i kesib yuborilgan bo’lsa, AQSh da o’rmonlar maydoni qadimgi 900 mln. ga dan 260 mln. ga qisqardi. Hozir Hindistonning 18% hududi o’rmon Bilan qoplangan bo’lsa, XXI asrda bu ko’rsatkich atiga 9% ni tashkil etadi .

Landshaft yelementlari inson yashaydigan muhit hisoblanib, uni har qanday ko’ngilsiz va nooqilona o’zgarishlarni ham ifloslanishlardan muhofaza qilish zarur. Landshaftlarni muhofaza qilish deganda, biz uning yelementlarini iloji boricha toza saqlash, undagi muvozanatning buzilishiga yo’l qo’ymaslik, tabiatning tipik va ajoyib territoriyalarini tabiiy holicha saqlab qolish kabilar tushuniladi. Landshaft va uning yelementlarini turli shakillarda muhofaza qilish mumkin. Ularni umumlashtirib quyidagi uch guruhga ajratamiz: landshaftning butun konponentlarini to’la-to’kis muhofaza qilish; landshaftning

ayrim va ajoyib obektlarini muhofaza qilish; antropogen landshaftning vujudga kelishi va uni optimal saqlash . Landshaftning butun komponentlarini muhofaza qilishda qo’riqxonalarning ahamiyati juda katta.

Qo’riqxonalar – bu tabiat etaloni bo’lib, tabiatni muhofaza qilishda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

1.Qo’riqxonalar tashkil etish orqali ma’lum bir o’lka yoki geografik zona tabiatining barcha komplekslari bilan birga namunasi tabiiy holicha kelajak avlod uchun saqlab qolinadi.

2.Qo’riqxona – bu tabiat etaloni sifatida tabiat komplekslari yaxshi saqlangan maydonlar hisoblanib, unda tabiiy territorial komplekslarining rivojlanish qonuniyatini, o’zaro aloqasini, organizm bilan muhit o’rtasidagi munosabatlarni ilmiy jihatidan o’rganiladigan tabiiy laboratoriyadir. Bu tabiiy laboratoriyada olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasi, insonning xo’jalik faoliyati tufayli o’zlashtirilgan qo’shni territoriyada sodir bo’lgan salbiy va ijobiy o’zgarishlarga taqqoslanib ilmiy bashorat beriladi.

Xo’jalik faoliyati natijasida atmosferaga yiliga faqat turli yoqilg’ilar yoqish hisobiga 22 mlrd. t karbonad angidrid, 200 mln.t dan ortiq, uglerod oksidi, 160 mln. t sulfat oksidi, 50 mln. t azot oksidi, Yana shuncha uglevodlar, 250 mln. t turli kimyoviy zarrachalar aerozollar hamda 300 ming t qo’rg’oshin chiqarilmoqda.

XX asr o’rtalarida faqat toshko’mir yoqishning o’zidan yer yuzasiga har yili 2 mlrd.t shlak chiqarilgan. Faqat yoqilg’i yoqish maqsadida esa 15 mlrd.t kislorod sarflanmoqda.

Hozir inson quruqlik yuzasining 60% dan ortiq qismdan o’z maqsadlari uchun

foydalanayotgan bo’lsa (30% dan ortig’ida qishloq xo’jalikda, 11% da yerlarni haydab ekin ekmoqda), 20% dan ortig’ini turli qurilishlar tufayli butunlay o’zgartirib yuborgan (XX asrning o’zida bunday yerlar 250 mln.ga ga ortdi), 100 mln.ga yer faqat shaharlar qurilishi bilan baland, sanoatlashgan hududlarning yarmidan ortig’ini muxandislik qurilmalari egallagan.

O’rmonlarning betartib kesib yuborilishi oqibatida keyingi 80-90 yil mobaynida Dunyo bo’yicha sug’oriladigan yerlarning chorak qismi erogiyaga uchrab (AQShda eroziyaga uchragan yerlar 50% ga yaqinlashdi) qishloq xo’jalikda foydalanishga yaroqsiz xolga kelgan bo’lsa, suv eroziyasi tufayli yiliga 24-10 t tuproqlarning unumdor qismi yuvilmoqda .

Eroziyaning muqarrar rivojlanishi evaziga, keyingi asr mobaynida 2 mlrd. ga yer yaroqsizlandi, yiliga 200-300 ming ga yer shurlanish va botqoqlanish evaziga qishloq xo’jalik ahamiyatini yo’qotmoqda. Shuning uchun bu jarayonlarning oldini olishda o’simliklar muhim ahamiyatga ega.

Hozirgi vaqtda umurtqali hayvonlarning 600 ga yaqin turi, juda ko’p o’simliklar turlari butunlay yo’qolib ketish xavfi ostida turibdi. O’simlik va hayvon turlarining tobora yo’qolib borish xavfi mamlakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va malga oshirish extiyojini tug’dirmoqda.

1948 yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muxofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muxofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtirib, 1973 yilda ―Qora ro’yxat‖ni chop etdi va undan batamom yo’qolib ketgan hayvonot turlari ro’yxati keltirildi. Keyinchalik bu ―ro’yxat‖ ―Qizil kitob‖ nomini oldi. Hayvon va o’simlik dunyosini asrashda ko’pgina amaliy ishlar qilinib va ularni hisobga olib har qaysi davlat, viloyat, tuman va mintaqalarda o’z Qizil kitoblari tashkil etilmoqda. O’zbekiston ―Qizil kitobi‖ ham 1984 yilda tashkil topgan. Undan ko’pgina o’simlik va hayvon turlari kiritilgan.

Masalan, o’simliklardan; lolaning barcha turlari, anzur piyozi, boychechak...

―Qizil kitob‖ning yana bir muhim joyi bo’lib, bu uning sahifalari xech qachon tugallanmasligidir, doimo uning sahafalarini yangi o’simlik turlari va hayvon zotlari to’ldirib boradi. AQSHning Norzern Universiteti biologlarining xulosalariga ko’ra, ―Qizil kitob‖ning sahifalarini qisqartirish uchun inson madaniyati va xulqini doim oshira borish kerak.

O’zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4200 ga yaqin gulli o’simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muxtoj ko’pgina kamyob, endem va relikt turlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo’lib, ular O’zbekiston florasining 10-12% ini tashkil qiladi. Misol uchun, Zarafshon vohasining florasi 2600 tur, Samarqand viloyatining 1700 tur bo’lib, undan 201 tur dorivor o’simliklardir. O’zbekiston florasining yo’qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur o’simlik ―Qizil kitob‖ning 1984 yilgi nashriga kiritilgan, yangi ―Qizil kitob‖da esa (1998) kiritilgan o’simlik turlarining soni 301 taga etdi.

Hozirgi vaqtda tog’ o’rmonlari 311 ming ga maydonni egallaydi, asosiy o’simligi archa hisoblanib, qolganlari turli-xil daraxt va butalardan iborat.

Cho’l o’rmonlari 2,4 mln. ga dan iborat. Bu o’rmonlarning asosiy o’simligi saksovulzorlardir.

To’qay o’rmonlari ilgarilari juda zich bo’lib, hozirda atigi 25 ming ga maydonda saqlanib qolgan.

Vodiy o’rmonlarini madaniy iqlimlashtirilgan daraxtlar tashkil etib, ular 12 ming ga dan iborat.

XX asr boshlarida O’zbekiston o’rmonlarining maydoni 4-5 martaga qisqardi. Ayniqsa to’qay o’rmonlari antropogen tayziqqa duch keldi.

Dunyo bo’yi o’rmonlar xolati qoniqarli emas. Haddan tashqari o’rmonlarni kesilishi avj olib, ularning tiklanishi etarli emas. O’rmonlar kesilishini yillik hajmi 3 mlrd.m3 ni tashkil etadi. Bu FAO (BMTning oziq-ovqat va q/x tashkiloti)ning ma’lumotlariga qaraganda 2000 yilga kelib 1,5 barobarga ortdi. Ayniqsa tropik o’rmonlar (Yer yuzining 7%idan iborat) holati g’oyat tashvishlidir.

Aniq ilmiy manbalarda keltirilishicha, biz yashab turgan yer kurasida bundan 1,5 ming yil muqaddam o’rmonlar 47% maydonni tashkil qilgan bo’lsa, hozir ular 27% ni tashkil qiladi. Ko’p mamlakatlardagi sanoat manbalarida foyda ketidan quvish oqibatida juda ko’p o’rmonlar kesilib, ularning o’rniga katta-katta zavod, fabrikalar qurilmoqda. Bu zavod va fabrikalarda chiqayotgan chiqindilar atrof-muhitni ifloslanishi natijasida ko’plab nodir va noyob o’simlik turlari qirilib ketishiga sabab bo’lmoqda. BMTning rasmiy ma’lumotlariga qaraganda sanoat rivojlana boshlagan davrdan 250 ming xil o’simlik turi yo’q bo’lib ketishi xavotir ostida ekanligi ta’kidlangan. O’zbekiston Respublikasida mustaqillikka erishgach atrof-muhitni, hayvonot va o’simliklar dunyosini muhofaza qilishga alohida e’tibor berildi. 1992 yil 9 dekabrda «Tabiatni muhofaza qilish» to’g’risida, 1993 yil 7 mayda «Alohida muhofaza qilinadigan hududlar» to’g’risida va nihoyat 1997 yil 26 dekabrda «O’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish» to’g’risida qonunlar qabul qilindi. Ushub qonunlarda tabiiy sharoitda o’sadigan o’simliklar dunyosini shuningdek, takror etishtirish va genetik fondini saqlash uchun ekib o’stiriladigan yovvoyi o’simliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlar to’g’risida boradi.



2-modda – O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi munosabatlar to’g’risida qonun hujjatlarini asosiy vazifalari quyidagilardir:

- Floraning tur bo’yicha tarkibini va genetik fondini tabiiy sharoitlarda saqlab qolish. Tabiiy o’simlik jamoalarining va yovvoyi o’simliklar o’sadigan muhitning bir butunligini saqlab qolish.

- O’simlik dunyosidan oqilona foydalanish va uni takror etishtirishni ta’minlash yuridik va jismoniy shaxslarni o’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi faoliyatini huquqiy tartibga solish.

4-modda - O’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat hokimiyati organlari, shuningdek, mahsus vakolat berilgan davlat organlari va davlat organlari boshqaruv organlaridir. YUridik va jismoniy shaxslar o’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risidagi qonun hujjatlarda belgilangan tartibda va sharoitlarda qoplashlari shart.



2.3. O’zbekiston xududida tarqalgan noyob o’simliklarni muhofaza qilish chora-tadbirlari.

Respublikamiz hududidagi tabiiy landshaftlarni saqlab qolish muammosi dolzarb masalalar qatoridan o’rin olgan. Respublikamizdagi barcha ekosistemalar bir necha asrlardan beri davom etib kelayotgan antropogen omillar yig’indisining ta’siri ostida qolib kelmoqda. Ilgari aholi sonining nisbatan kamligi va tabiatdan foydalanishning mahalliy uslublari ekologik muvozanatni birmuncha saqlab kelgan. Biroq keyingi bir necha o’n yilliklar davomida kishilarning tabiatga ta’siri bir necha barobar ortdi. Chorva mollarini betizim o’tlatilishi tog’ va balantog’dagi o’tloqlarning tarkibini bir xillashib borishiga, chorma mollari yemaydigan begona o’tlarning ko’payib ketishiga olib keldi. Kamyob va yo’qolib borayotgan turlari va ularni muhofaza qilish maqsadida ushbu turkumning ayrim turlarini O’zbekiston Respublikasi ―Qizil Kitobi‖ga kirish va Respublikamizdagi Qo’riqxona va milliy bog’larda saqlab qolish choralari ishlab chiqilmoqda.

―Qizil kiob – bu hujjat bo’lib u insonning vijdonidir. Har qaysi millat dunyo oldida o’zining tabiat boyliklarini asrash ma’suliyatini olgan‖.

Tabiat o’zining go’zalligi bilan o’ziga insoniyatni jalb etadi. Har bir kishini maftunkor tog’larni qoplab turgan doimiy muzlar, ulardagi xushbo’y gullar, dorivor o’simliklar, hayvon turlari, toza havo sho’x sharsharalari, muz cho’qqilari, qoyalari bilan rom etadi. Bularning hammasidan zavq olish kerak, har bir narsaning o’z qadriga yetish, tabiatdagi mo’’jazgina bir jonli mavjudotni ham asray-avaylash lozim.

Ma’lumotlarga qaraganda, Yer yuzida hayvonot va o’simlik turlarining yo’qolib ketishga ikkita sabab bor bo’lib, ulardan birinchisi – bu tabiiy sharoitning o’zgarishi (tabiiy sabab) natijasida bo’lsa, ikkinchisi esa – (antropogen) inson xarakatlari natijasidir. Dunyoda umumiy qushlar va hayvonlarning to’rtdan bir qismi tabiiy sabablar natijasida yo’qolgan bo’lsa, to’rtdan uch qismi esa inson ta’sirida yo’qolganligi aniqlangan. Bunday raqamlarni yana ko’plab keltirish mumkin, afsuski, ularning deyarli barchasi insoniyatning bilib-bilmay tabiatga nisbatan olib borayotgan beayov qilmishlarini ko’rsatib beradi. Aslini olganda, bu raqamlar aynan bo’lmasa-da, ko’pchiligimizga ma’lum, bu raqamlar oqibatida yuzaga keladigan fojealar ham ma’lum. Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o’simliklar) o’simlik va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo’lib, ularning 93 % uchun quruqlik va 7% i uchun suv yashash muhiti hisoblanadi. Turlarning hosil bo’lishi va ularning yo’qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo’lib, Yerda geologik sharoitlarning o’zgarishiga ham bog’liqdir. Ammo, odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o’simliklarning antropogen (inson faoliyati) ta’sirlari natijasida yo’qolib borish jarayoni tezlasha boshladi. Odam tomonidan yangi yerlar, orollar va qit’alarning o’zlashtirilishi natijasida butun sayyorada fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda.

Ma’lumki, o’simliklar xalq xo’jaligining barcha sohasida samarali foydalanib kelinmoqda. Shu jumladan chorvachilik, tibbiyot, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalarni misol qilib keltirish mumkin. Lekin shu tufayli o’simliklardan belgilangan miqdordan ko’proq foydalanish o’simliklar qoplamiga salbiy ta’sir etmoqda. Bunday xarakatlar dovomida o’simliklar florasi, antropogen omillar natijasida son jixatidan kamaishi, ayrim turlar yo’qolish arafasida turganligi, ko’p sonli o’simlik turlari O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilayotganligi, o’simliklarni muhofaza qilish, ularni asrab-avvaylash, ko’paytirish va ularni tarqalgan arealini kengaytirish, ularga ta’sir qiluvchi ekologik omillarni aniqlash hamda taxlil qilish shu kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligini tasdiqlaydi.



2.4.Atrof- muhitni muhofaza qilishda qo’riqxonalarning ahamiyati.

O‘simliklarni muhofaza qilish. O‘zbekiston hududida cho‘l, adir, tog‘ oldi, tog‘ va baland tog‘ balandlik mintaqalari o‘simlik qoplami tarqalgan. Respublika hududida 4100 dan ortiq o‘simlik turi bo‘lib, shundan 577 tasi dorivor, 103 tasi bo‘yoqli va 560 tasi efir moyli. O‘simliklarning 10–12% muhofazaga muhtoj. Bundan tashqari mamlakatda, xususan. Orolbo‘yida tabiatni muhofaza qilish maqsadida ihota o‘rmonlari bunyod etish davom etmoqda.

Bundan 40–45 yil muqaddam tekislikdagi daryo va soylar qayirlari ancha zich to‘qay va qamishzorlar bilan qoplangan bo‘lib, to‘qaylarda turang‘il, tol, jiyda, yulg‘un kabi daraxt va butalar qalin o‘sgan. Keyingi yillarda to‘g‘on, suv omborlari va kanallar qurilishi avj olib, daryo hamda soy suvlari keskin kamayishi, sizot suvlari sathi tobora kamayib, ularning minerallashuvi va sho‘rligi ortishi natijasida bu to‘qaylarning katta qism quridi (ayniqsa, quyi Amudaryoda). Respublika yaylovlarining hozirgi ahvoli ham ancha tashvishlidir. Bularning asosiy sabablari – yaylovlardan noto‘g‘ri foydalanish, tog‘ oldi va chala cho‘l zonasidagi katta-katta maydonlarning asossiz ravishda haydalib, ekinlar ekilganligi, cho‘lda – saksovul, tog‘larda archa kabi qimmatbaho daraxt va buta o‘simliklarining ko‘plab kesilib ketganligi, yaylovda qo‘y, mol boqish me’yoriga amal qilmaslik, yangi erlarning o‘zlashtirilishi, cho‘l zonasida yangi-yangi shahar va yo‘llar qurilib, yangi konlar ishga tushirilganligidir.



O‘zbekistonning o‘rmon fondi, asosan, tog‘ o‘rmonlaridan iborat bo‘lib, tabiatni muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega. Ular ajoyib tabiiy manzara, o‘ziga xos sog‘lom mikroiqlim yaratadi, suvni saqlaydi va tuproqni eroziyadan asraydi, atrof muhitning sanitariya-gigiena holatini yaxshilaydi.

O‘rmonlar respublika maydonining 5,1% ini tashkil etadi. Keyingi 30–35 yil mobaynida ekologik vaziyatning yomonlashuvi sababli O‘zbekiston «qizil kitobi»ga 147 o‘simlik oilasi kiritildi. Bularning ko‘pi qimmatbaho dorivor o‘simliklardir. Respublikamizda 1997 yilda «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish haqida» qonun qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi o'ziga xos o’simlik va hayvonot dunyosiga ega. So'ngi yillarda insonning xo'jalik faoliyati natijasida flora va faunaga salbiy ta'sir kuchaydi. (O’zbekistonda mavjud 4 mingdan ortiq o'simlik turlarining 10-12 foizi muhofaza talab. O'rmon resurslari cheklangan va o'rmonlarni qayta tiklash ishlari talabga to'la javob bermaydi. Eng qimmatli tog' o'rmonlarining maydoni o'nlab marta qisqarib ketgan. To'qaylar va qayir o'rmonlari kcfplab kesib tashlangan. Tabiiy yaylovlarning holati yomonlashgan va ularning maydoni 6,5 mln.ga kengaygan. O’zbekistonda dorivor o’simliklarning turlari ham ko’plab uchraydi va ularning aksariyati hozirgi vaqtda muhofaza talab. Respublikamizda o’simlik resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni ta'minlash maqsadida turli tadbirlar o'tkazilmoqda.

O’zbekiston faunasi 682 tur umurtqali hayvonlar va 32484 tur umurtqasiz hayvon turlaridan iborat. Hali to'la o'rganilmagan umurtqasiz hayvonlar ichida muhofazaga muhtqjlari ajratilmagan. 1983 yili e'lon qilingan (O’zbekiston « qizil kitob » iga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan bo’lib baliqlar-5 tur; qushlar-31 tur; sut emizuvchilar-22 tur; sudralib yuruvchilar-5 turdan iboratdir. O’zbekistonda turon yo'lbarsi, qizil bo'ri, gepard, yo'l-yo'l giena kabi turlar qirilib ketgan. Ustyurt qo'yi, burama shoxli echki, qor barsi, buxoro bug'isi va boshqa ayrim turlar yo'qolish arafasidadir. Orol dengizining qurishi, daryolar suvining ifloslanishi va suv omborlarining qurilishi ko’plab qimmatli baliq turlarining kamayishiga olib keldi. (O’zbekistonda har yili o'n minglab turli hayvonlar ov qilinadi. Ruxsatsiz ov qilish ayrim noyob hayvon turlarining yuqolishiga olib kelmoqda. (O’zbekistonda noyob o’simlik va hayvonlar qonun tomonidan himoya qilinadi va ulardan oqilona foydalanish, muhofaza qilish uchun xilma-xil tadbirlar o'tkazilmoqda.

Respublika vodiylarida o‘rmon maydoni 210 ming gektar. Unda jiyda, turong‘i, akatsiya, tol, terak, zarag, qayrag‘och va chinor daraxtlari o‘sadi. O‘rmonlarni muhofaza qilish uchun Quyidagi tadbirlarni bilish va bajarish zarur:

- yosh nihollar nobud bo‘lishining oldini olish; - o‘rmon resurslarini qayta tiklash va hosildorligini oshirish;

- o‘rmonlarni yong‘indan saqlash;

- o‘rmonlarni har xil zararkunandalardan va kasallanishdan saqlash;

- o‘rmonlarni zaharli va kimyoviy moddalar bilan iflos-lanishdan saqlash.

Respublikamizda 1981-85 yillarda yong‘in natijasida 778 gektar o‘rmon yonib, 385 gektarida o‘rmonlar butunlay yongan va nobud bo‘lgan. Respublikamizdaga o‘simliklarning 577 turidan dori tayyorlanadi, 103 turidan bo‘yoq, 560 turidan efir moyi olinadi.

Tabiatda moddalar va energiya almashinuvida hayvonlar muhim rol o‘ynaydi. Dunyodagi yashil o‘simliklar, quyosh energiyasining 1 foizinigina o‘zlashtirib, yiliga 150-120 mlrd t organik modda hosil qiladi.



Download 317,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish