Reja: Ikkinchi jaxon urushining yakunlari


Vittorio Emanuele Oriando (1860—1952) - italyan liberal harakati rahbarlaridan biri



Download 94,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana27.05.2023
Hajmi94,18 Kb.
#944704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
IKKINCHI JAHON URUSHI YAKUNLARI VERSAL TINCHLIK SHARTNOMASI.

Vittorio Emanuele Oriando (1860—1952) - italyan liberal harakati rahbarlaridan biri.
1917-1919-yillarda Italiya Vazirlar mahkamasi raisi. 1925-yildan fashist tuzumiga
muxolifatda, 1931-yilda fashist hukumatiga qasamyod qilishdan bosh tortgan.
Devid Lloyd-Jorj (1863-1945) - 1916-1922-yiIlarda Buyilk Britaniya Bosh vaziri. Liberal
partiyaning yirik rahbarlaridan biri.


G`olib mamlakatlarning manfaatlari ham bir-biriga tamomila zid edi. Fransiya Germaniyadan
o`zining kuchsizligini anglagan holda bu mamlakatni batamom kuchsizlantiradigan ya
Yevropada Fransiyaning ustunligini ta'minlaydigan tinchlik o`matilishini istar edi. Italiya
Adriatika dengizi sohillari va orollarni qo`lga kiritishdan umidvor edi. Angliya o`zining
imperiyasi hududlarini kengaytirishni o`ylardi. Yaponiya Osiyoda ustun mavqega erishishni
orzu qilardi. AQSh dengizlarda suzish erkinligini ta'minlashni talab etar, shu yo`l bilan
o`zining okean floti ustunligidan foydalanishni mo`ljallardi.
Konferensiya qatnashchilarining doimo diqqat markazida turgan muammo «rus masalasi»
edi. Bolshevizm g`oyalarining yoyilishi qarshisidagi qo`rquv Versal konferensiyasining
qarorlariga ham o`z muhrini bosdi. G`arb mamlakatlari rahbarlari konferensiya boshlangan
kundanoq Rossiyaga qarshi intervensiyani tashkil qilish bilan shug`ullandilar. Ular
Rossiyadagi bolsheviklar hukumatini yo`qotish o`z mamlakatlaridagi inqilobiy harakatni va
Sharqdagi milliy-ozodlik harakatini bostirishda muhim ahamiyatga ega bo`ladi, deb
hisoblardilar.
Versal tinchlik shartnomasining shartiari
Versal tinchlik shartnomasi, boshqacha aytganda, Parij tinchlik shartnomasi Germaniya va
uning ittifoqchilari bilan alohida-alohida tuzilgan besh ayri shartnomadan iborat edi. 
1919-
yil
ning 28-iyilnida 
Versal saroyining Oynali zalida Germaniya bilan tinchlik shartnomasi
imzolandi. Germaniya va uning ittifoqchilari urush aybdorlari deb e'lon qilindilar. Tabiiyki,
ular aybdor sifatida jazolanishlari lozim edi. Germaniyadan dunyodagi eng boy temir
konlariga ega bo`lgan Elzas-Lotaringiya ajratib olindi va Fransiyaga berildi. Fransiya,
shuningdek, Saar ko`mir konlarini 15 yil davomida ishlatish huquqini qo`lga kiritdi.
Germaniyaning Reyn daryosidan g`arbdagi hududi Fransiya chegaralarigacha, sharqda 50
kilometrgacha harbiylardan xoli zonaga aylantirilishi, Reyn daryosining g`arbiy qirg`og`ida
15 yil mobaynida ittifoqchilarning qo`shinlari turishi zarur, deb belgilandi. Shartnomaga
ko`ra, Germaniyada majburiy harbiy xizmat bekor qilinishi, mamlakat suv osti floti, harbiy va
dengiz aviatsiyasi taqiqlanishi zarur edi. Ko`ngilli asoslarda shakllanadigan armiyaning
askarlari soni 100 mingdan oshmasligi lozim edi. Bosh shtabni tarqatish, harbiy maktablarni
yopish, barcha zobitlarni ishdan bo`shatish majburiy qilib qo`yildi. Mavjud qurol-yarog`lar
— tank va to`plar, tez otar qurollar Antanta mamlakatlariga topshirildi. Germaniya amalda
to`liq qurolsizlantirildi. Tayinlangan Nazorat komissiyasi shartnoma talablari bajarilishini
kuzatib turishi zarur edi.
Mazkur shartnomaga asosan Belgiya Eypen va Malmedi okruglarini oldi. Shlezvigning
shimoliy qismi Daniya ixtiyoriga o`tdi. Polsha Poznan, Yilqori Sileziyaning bir qismi,
Pomeraniya, G`arbiy va Sharqiy Prussiya rayonlariga ega bo`ldi. Gdansk Millatlar Ligasi
boshqaruvidagi «erkin shahar» deb e'lon qilindi. Polshaning dengizga chiqishini
ta'minlaydigan maxsus «yo`lak» ham ajratildi.
Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalari asosan Angliya, Fransiya va Belgiya o`rtasida
taqsimlandi. Angliya va Fransiya Togo va Kamerunni, Angliya — Tanganikani, Belgiya —
Ruanda-Urundi va Namibiyani (Janubi-G`arbiy Afrikani) oldi. Yaponiya Tinch okeanidagi
Marshall, Marian va Karolin orollarining, shuningdek, Xitoyning Szyao-Chjou viloyati va
Shandundagi konsessiyaning sohibi bo`ldi.


Germaniyaga ittifoqchilarning tinch ahohsi va ularning mulkiga yetkazilgan zarar uchun
tovon to 'lash majburiyatini yilkladilar. Tovonning umumiy miqdori konferensiyada
belgilanmagan bo`lsa-da, Germaniya 1921-yilgacha har yili ittifoqchilarga 5 milliard dollardan
to`lab turishi zarur edi. Shundan keyin 30 yil davomida to`lanishi lozim bo`lgan umumiy
mablag` belgilanishi ko`zda tutilgandi. Bunday qarordan ko`proq fransuzlar mamnun edilar.
Chunki ularning fikricha, agar Germaniya tovonni to`lab borsa, holdan toyadi va
kuchsizlanadi, agar to`lamasa, fransuzlarning bosqinchiligini oqlash uchun asos bo`ladi.
Bu ochiqcha talonchilikni oqlash uchun ittifoqchilar Versal shartnomasiga 231-bandni
qo`shdilar. Unda shunday deyilgandi: «Ittifoqchilar va ularga qo`shilgan davlatlar shuni
ta'kidlaydilarki, Germaniya va uning ittifoqchilari tajovuzi tufayli ro`y bergan urushda
ittifoqchilar va ularga qo`shilgan davlatlar fuqarolariga yetkazilgan talafot va zarar uchun
butun mas'uliyatni Germaniya o`z zimmasiga oladi». Nemislar o`z hududlarining 10 foizini
yo`qotdilar, bu hududda millionlab odam yashar, ularning bir necha yilz mingi uy-joysiz
qolgan, o`nlab shaharlar vayron qilingan, millionlab odamlar nogiron bo`lib qolgan edi.
Bunday vaziyatda ulkan miqdorda tovon to`lash aqlga sig`masdi.
Ammo Germaniyaning boshqa chorasi yo`q edi. U ikki mushkul imkoniyatdan birini tanlashi:
qo`yilgan shartlar asosida tinchlikka erishishi yoki urushga kirib, shaksiz mag`lubiyat va
inqilobiy tartibsizlik alamini totishi lozim edi. Qolaversa, Germaniya hukumati mag`lub
Rossiyaga bundan ham og`ir va tahqirlovchi tinchlik bitimi imzolatilgan Brest-Litovskni
yaxshi xotirlardi. Har qalay, Versal shartnomasida bir paytlar Rossiyaga berihnagan ba'zi bir
imkoniyatlar mavjud edi. Brest-Litovsk shartnomasiga asosan Rossiya tovonni darhol oltin,
oziq-ovqat, xom ashyo bilan to`lashga majbur qilingan bo`lsa, Versal shartnomasida ma'lum
vaqt berilgandi. Germaniya hay'ati shartnomani imzoladi.

Download 94,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish